Talim yangiliklari 🎓️
40.1K subscribers
163 photos
151 videos
44 files
846 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
Бугунги кунга қадар 1-синфларга қарийб 90 фоиз боланинг ҳужжати қабул қилинди

Жорий йилнинг 18 август санасига қадар Республика умумтаълим мактабларининг 1-синфига 578710 нафар ўқувчининг ҳужжати қабул қилинди, бу эса жорий ўқув йили учун қабул режасининг 90 фоизи демакдир.

Шундан халқ таълими тизимидаги мактабларга 577304 нафар бола, бошқа вазирлик тасарруфидаги мактабларга 103 нафар ва 1303 нафари нодавлат мактабларга қабул қилинган.

Жорий ўқув йилида халқ таълими вазирлиги 650116 нафар ўқувчини қабул қилишни режалаштирган.

Ўқувчиларнинг аксарияти, 96,4 фоизи ўз микроҳудудидан қабул қилинган (558140 нафар бола).

2020-2021 ўқув йили учун қабул жорий йилнинг 25 августига қадар давом этишини маълум қиламиз.

Эслатиб ўтамиз, Тошкент шаҳрида тажриба-синов тариқасида илк маротаба 1-синфга борадиган ўқувчиларнинг ҳужжат топшириш жараёни qabul.maktab.uz орқали онлайн навбат асосида амалга оширилмоқда.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
#Bilasizmi

Умумтаълим мактабларида синфларни комплектлашда ўқувчилар сони қанча бўлиши керак?

Жавоб
: Умумтаълим муассасаларининг синфлари қуйидаги меъёрлар асосида ўқувчилар сонидан келиб чиқиб комплектланади,
шаҳар ҳудуди ва туман марказларида 25-35 нафаргача;
қишлоқ ҳудудларида 20-35 нафаргача (олис (тоғли,чўлли) ҳудудларда жойлашган умумтаълим муассасалари бундан мустасно);
бошқа ҳолларда умумтаълим муассасаси ҳамда туман (шаҳар) халқ таълими ва молия бўлимлари билан келишилган ҳолда синфлар комплектланади.

Асос: “Умумтаълим муассасаларида синфларни комплектлаш ҳамда тарификация рўйхатларини шакллантириш тартиби тўғрисида”ги Низом 2-боб, 3-банди. 2020 йил 30 июнда адлия вазирлигида 3271-сон билан рўйхатдан ўтказилган.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Bu yilidan boshlab maktablarda matematika, kimyo va biologiya fanlari chuqurroq o‘rgatiladi

Endilikda, maktablarda 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab:
👉 matematika fani haftasiga 55 soat (o‘tgan yilda 54 soat);
👉 kimyo fani haftasiga 12 soat (o‘tgan yilda 10 soat);
👉 biologiya fani haftasiga 15 soat (o‘tgan yilda 13 soat);
👉 informatika fani haftasiga 10 soat (o‘tgan yilda 9 soat) o‘qitiladi.

BATAFSIL: 👉 https://bit.ly/3l1Gim7

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
💻O‘qituvchilar notebook va planshetlar bilan to‘liq ta’minlanadi

Xalq ta’limi vazirligi umumiy oʻrta ta’lim maktablarini notebook va planshetlar bilan ta’minlash boʻyicha «Alif Moliya» MChJ bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Hamkorlikdagi dastur Toshkentning uchta, 144-sonli, 217-sonli hamda 222-sonli maktablarni texnika bilan ta’minlashdan boshlandi.

Hozirgi kunda oʻqituvchilarni notebook va planshetlar bilan ta’minlash imtiyozli dasturi faqat Toshkentning oʻzidagina emas, balki Sirdaryo va Samarqand viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida amalga oshirilyapti.

Bugungi kunda mazkur dasturni Buxoro, Jizzax va Oʻzbekistonning boshqa shaharlarida davom ettirish rejalashtirilgan. Shuningdek taklif etilayotgan jihozlar assortimentini kengaytirish imkoniyati koʻrib chiqilyapti, deb xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​ «Bu iltimos emas, talab» – Xushnudbek Xudoyberdiyev

19-avgust kuni Senatning Fan, ta'lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining oliy ta'lim tizimidagi muammolar muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika oliy ta'lim kengashi a'zosi, huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev tizimdagi bir qator muammolar va ularni keltirib chiqargan sabablar haqida gapirdi.

«Uzoq yillar davomida amal qilgan tizim bizni botqoqqa botirib qo‘ygan. Bu bor narsa. Bundan chiqishga shunchalar qiynalyapmizki, bir necha 10 yillar davomida ishdan chiqqan tizim bizni 20-30 yil orqaga uloqtirib yuborgan. Biz hali zamonaviy dunyoga yetib olishimizga ancha bor.

Davlat uzoq yillar xususiy oliy ta'limga qarshi bo‘lib kelgan. Hamma narsani davlat o‘z nazoratiga oladi, hammasini davlat o‘qitadi, deyilgan. Xususiy oliy ta'limga dushmandek qaralgan. Davlat na o‘zi eplay olgan, na talabalar kontraktini xarajatlarni qoplaydigan darajada belgilashga ruxsat bergan, na yetmayotgan summani o‘zi oshig‘i bilan to‘lab bergan, na o‘zim o‘qitaman, bozor sharoitida zo‘r sifat qilaman degan tadbirkorga ruxsat bergan.

Bundan tashqari, kirish imtihonlari qanaqa o‘tganini hammamiz bilamiz. Maktab o‘z joyiga borib qolgan, undan keladigan o‘quvchilarni Kembrijda o‘qitsangiz ham nari borsa 30 foizi yaxshi kadr bo‘ladi. Bularning hammasi o‘tdi. Endi nima qilamiz?

Pandemiya tufayli ko‘p narsa tezlashib ketdi. Ta'limning tepasida qo‘rqoqlar bo‘masligi kerak. Bunaqa odamlar amalda o‘tirmasligi kerak. Qo‘rqib qancha ko‘p vaqtni o‘tkazsak – oliy ta'lim tayyor emas, talaba tayyor emas, o‘qituvchilar tayyor emas, deb yashayversak, har bir kun uchun kamida 1-2 oyga orqada qolib ketyapmiz. Onlayn qabul, masofaviy ta'lim qanchadan beri aytib kelingan. Biz tayyor emasmiz deyishdi. Oqibatda nima bo‘ldi? Onlayn ta'limga o‘tdikmi?! 1,5 mln hujjat qabul qildik, eplasa bo‘lar ekan-ku!

Masofaviy ta'limga o‘tishni sal avvalroq boshlaganimizda – 5-10ta oliy ta'lim muassasasida boshlaganimizda ham, ular bazaviy sifatli ta'limni bera olgan bo‘lardi. Biz umuman ruxsat bermadik. Hamma noldan, emaklashdan boshladi. Natijada talaba ham sifatdan norozi bo‘ldi»,
dedi u davra suhbatida.

Huquqshunos talabalarda turli savol va e'tirozlarga o‘rin qolmasligi uchun oliy ta'lim muassasalari o‘z xarajat hisobotlarini ochiq e'lon qilishi lozimligini ta'kidladi.

«Moliyaviy masala haqida gap ketar ekan, moliyaviy shaffoflikni ta'minlash kerak. Talaba to‘layotgan kontrakt ta'lim xarajatlarining 68 foizini qoplashi aytilyapti. Bu raqamni juda ko‘p eshitdik, lekin buning tagi qani? Barcha oliy ta'lim muassasalarida ham bunday emas. 68 foiz bu – o‘rtacha raqam. Qaysi biridadir bu ko‘rsatkich 30 foiz, qaysidadir 90 foiz bo‘lishi mumkin. Nega rektorlar o‘zining oliy ta'lim muassasasida mana shunaqa moliyaviy hisobotlarni e'lon qilmaydi? 1 yilda 100 mlrd pul tushirdik, xarajatimiz 200 mlrd bo‘ldi, pulni mana bularga sarfladik, deb aytmaydi? Nega moliyaviy shaffoflik yo‘q?

Faqat vazirlik 100dan ortiq muassasa uchun javob beradi. U barcha ma'lumotlarni umumlashtirib bitta raqam aytadi, lekin bu raqam faqat savolni ko‘paytiradi, javob bermayapti. Har bir rektor o‘z talabalari bilan gaplashib javob bersa bo‘lmaydimi? Axir bu soliqchilarning, talabalarning puli, rektorning cho‘ntagidagi pul emas.

Har bir rektor o‘zining oliy ta'lim muassasasi bo‘yicha xarajatlarni e'lon qilsin. Shunda javoblar olinadi, oz bo‘lsa ham norozilik pasayadi. Keyingina sifat masalasi bo‘ladi.

Bu iltimos yoki imkoniyat bo‘lsa qilinadigan ish emas. Talab qilishimiz kerak. Marhamat, o‘zining hisobotlarini ochiq va shaffof e'lon qilsin. Biz bilaylik va keyingi strategiyalarni shundan kelib chiqib belgilaylik»
, deydi Xushnudbek Xudoyberdiyev

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​❗️Пандемия даврида боғчаларга қўйиладиган санитария талаблари

🔰 Ҳужжатга кўра, МТТга болаларни қабул қилиш вақтида қуйидаги асосий қоидаларга риоя этиш муҳим ҳисобланади:

😷 тарбияланувчини олиб келувчи ва олиб кетувчи шахс ва тарбияланувчилар МТТга тиббий ниқоб тартибига риоя этган ҳолда боради;

🚫 тарбияланувчининг олиб келувчи ва олиб кетувчи шахсларга МТТ ҳудудига кириши тақиқланади;

📝 тарбияланувчини МТТнинг масъул ходими қабул қилиб олади ҳамда тиббий ходим томонидан “эрталабки фильтр” ўтказилади ва кўрсаткичлар махсус журналга қайд қилинади;

🚰 тарбияланувчи “эрталабки фильтр”дан ўтгандан кейин гуруҳга киришдан олдин тиббий ниқобни ечади, кийим ва пойафзалини алмаштиради, сўнгра МТТ ходими назорати остида 20 сониядан кам бўлмаган муддатда қўлларини совун билан яхшилаб ювади;

🌡 МТТда тарбияланувчиларнинг тана ҳарорати камида 2 марта (МТТга келганда ва уйга қайтишдан олдин) ва эҳтиёж бўлганда ўлчанади.

📋 Шунингдек, ҳужжатда тарбияланувчиларни хавфсиз таълим олиши ва тарбияланишини ташкил этиш чора-тадбирлари ҳам белгиланган.

📌 Жумладан, ўйинларни ўтказишда тарбияланувчилар гуруҳи ўзаро муносабатларни чеклаш орқали 2-3 боладан иборат кичик гуруҳларга бўлинади.

⚠️ Эслатиб ўтамиз, Президентнинг тегишли Фармонига кўра, техник ҳужжатлар жорий йилнинг 1 июлидан эътиборан Адлия вазирлигида мажбурий тартибда ҳуқуқий экспертизадан ўтказилади ҳамда ижобий хулоса олингандан сўнг ҳисобга олинади ва кучга киради.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​"Birinchi sinfda o‘qishni o‘rganmagan o‘quvchi uchinchi sinfda ham o‘zlashtirishda orqada qoladi"

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tashabbusi bilan Maktabgacha ta’lim, Xalq ta’limi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirliklari bilan hamkorlikda fan dasturlarining uzviyligini ta’minlash bo‘yicha yalpi yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda Respublika ta’lim markazi direktori Shuhrat Sattorov fan dasturlarining mazmun mohiyati, ta’lim mazmuni, darsliklarni yaratish tizimini takomillashtirish hamda uzluksiz ta’limda umumiy o‘rta ta’limining ahamiyati masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Umumiy o‘rta ta’lim keng qamrovli bo‘lishi kerak

Umumiy o‘rta ta’limining maqsad-mohiyati keng qamrovli bo‘lishi, o‘quvchilarda nafaqat yaxshi ish topish uchun zarur ko‘nikma va bilimlarga ega bo‘lishga yordam berishi, shuningdek, jamiyatda faol fuqarolar sifatida o‘z o‘rnini egallashga tayyor, zarur paytda mas’uliyatni zimmasiga olib, to‘g‘ri qaror chiqarish ko‘nikmasiga ega avlodni tarbiyalashga yo‘naltirilgan bo‘lishiga diqqat qilinmoqda.

Uzviylikni ta’minlovchi tizimni yaratish uchun zarur talabalarni belgilaydigan mezonlarni ishlab chiqish kerak

Mazkur maqsadni amalga oshirish ta’limni isloh qilish ishtirokchilari, siyosatchilar va ma’murlardan, o‘qituvchilardan ta’limni bir-biridan ajratilgan sektorlar emas, balki o‘zaro bog‘liq, o‘zaro uyg‘un bo‘lgan tizim sifatida ko‘rib chiqishni talab qiladi. Bunday yagona, bir-birini tizimli to‘ldiruvchi tizimni yaratish uchun zarur talabalarni belgilaydigan ko‘rsatkichlarni, mezonlarni ishlab chiqishni taqozo qiladi.

Qanday ko‘rsatkichlarni inobatga olinadi?

Maktabgacha ta’lim muassasasiga «o‘rganishga tayyor» bo‘lib kelishi maqsadga muvofiq. Xususan, bunda ikki muhim tarkibiy qismga diqqat qilish lozim.

Bolalarning jismoniy, ijtimoiy va hissiy tayyorligi, eng muhimi bolalarning kognitiv o‘rganishga bo‘lgan tayyorligi va maktablarning tayyorligi.

Har bir umumiy o‘rta ta’lim maktabi bolalarga o‘rganish va rivojlanish uchun zarur imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.

Xalqaro tajriba

Bugun umumiy o‘rta ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqot amaliyotini yo‘lga qo‘yish oliy ta’limga sifatli kadrlarni yetkazib berishning kafolatidir.

Misol uchun, xalqaro tadqiqotlarda birinchi sinfning oxiriga qadar o‘qishni o‘rganmagan o‘quvchining uchinchi sinf so‘ngida ham o‘zlashtirishda orqada qolishi isbotini topgan.

1993 yilda olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra, uchinchi sinfda ham o‘zlashtirishi past bo‘lgan o‘quvchilarning istiqbolda oliy ta’limga kirish yoki jamiyatda o‘z o‘rnini egallash imkoniyati ham past bo‘ladi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
RASMAN: Ertaga, 22-avgustdan boshlab, abituriyentlar abitur.dtm.uz saytidan «Abituriyent ruxsatnomasi»ni yuklab olishlari mumkin.

Bu haqida Davlat test markazi direktori oʻrinbosari Sardor Rajabov maʼlum qildi.

P.S: videoda 22-sentyabr deyilgan🤦🏻‍♂, unga eʼtibor qilmang avgust demoqchi edilar adshib ketdi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Kaltak yana o‘qituvchining boshida sinadi(mi?)

🤔 Maktablarning 50 foiz bitiruvchisi talaba bo‘lishi kerak emish…
Oliy ta’limning yillik qabul kvotasi miqdorini solishtirib ko‘rsak, bitiruv­chilarimizning zo‘rg‘a 25 foiziga to‘g‘ri keladi.
Nega o‘qituvchilarning boshini qotirib 50 foiz deyishadi. Hisobni to‘g‘ri olishmaydimi? Ertaga yana kaltak o‘qituvchining boshida sinadi.
©️Botir KARIMOV

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Ota-onalar diqqatiga!
​​Bu yilgi imtihonda oldingi yillardagi kabi ota-onalar uchun alohida kutish joylari "tashkil qilinmaydi"🙅🏻‍♂

Abituriyentlarga test vaqtidan 1 soat oldin sinov oʻtkaziladigan hududga kelishi tavsiya etiladi.

Kirish imtihonlari 2-sentyabrdan boshlanadi va 12 kun davom etadi. Test 2 smenada tashkillashtiriladi. 1-smena soat 8:00dan 10:00 gacha, 2-smena esa soat 17:00dan 20:00gacha 3 soat davom etadi.

Toshkent shahri va Toshkent, Fargʻona viloyatlarida 6 tadan, Samarqand, Namangan, Surxondaryo viloyatlarida 4 tadan, Buxoro, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3 tadan, Sirdaryo va Navoiy viloyatlarida 2 tadan, Jizzax, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida 1 tadan hudud (stadion) test oʻtkazish uchun belgilangan.

Qayd etilishicha, test sinovlarida 1 361 473 nafar abituriyent ishtirok etishi kutilmoqda. Stadionlarga kirishda alohida punktlardan oʻtish talab etiladi. Hududlar kuzatuv kameralari bilan taʼminlanadi.

Har bir abituriyent kirishdan oldin alohida tekshiruvdan oʻtkaziladi. Shuning uchun ulardan oʻzlari bilan ortiqcha narsa olib kelmasliklari lozim.

Bundan tashqari, bu yilgi imtihonda oldingi yillardagi kabi ota-onalar uchun alohida kutish joylari tashkil qilinmaydi. Test oʻtkaziladigan hududlarga olib keluvchi avtomobil yoʻllari kamida 1,5 kilometr masofada beton toʻsiqlar yoki yuk avtotransportlari bilan yopiladi. Bularning barchasi zaruriy xavfsizlik choralari hisoblanadi.

"Abituriyentlar va ularning ota-onalaridan shunday cheklov choralariga oldindan tayyorgarlik koʻrishlarini soʻraymiz. Abituriyentlarga test vaqtidan 1 soat oldin sinov oʻtkaziladigan hududga kelishi tavsiya etiladi”, - deydi vazirlik rasmiysi.

IIV vakilining qoʻshimcha qilishicha, abituriyentlarni tashish uchun alohida avtobuslar tashkillashtirish ham rejalashtirilmoqda.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

🔖 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni shaxsiy kabinet (abitur.dtm.uz) laridan olishlari mumkin.

👨🏻‍💻 Abituriyentlardan ruxsatnomalarni avgust oyi yakuniga qadar yuklab olib, chop etib olish lozim.

Mazkur ruxsatnoma test sinovlarida ishtirok etadigan abituriyentlarga beriladi.

“Abituriyent ruxsatnomasi” test sinovlarisiz to‘liq kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘ladigan ta’lim yo‘nalishlariga ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga berilmaydi.

Abituriyentlar test sinovlariga fuqarolik pasporti (nusxasi qabul qilinmaydi) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishlari lozim.

⚠️Fuqarolik pasporti bo‘lmagan taqdirda abituriyent ruxsatnomasi haqiqiy deb hisoblanmaydi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​#Tezkor
7-sentabrdan maktablar ochiladi.

Bugun bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida Xalq ta’limi tizimiga doir videoselektor yigʻilishi o‘tkazildi


Videoselektor yigʻilishida quyidagi topshiriqlar berildi:

👉🏻 7-sentabrdan yashil hududlarda tajriba tariqasida maktablar ochiladi;

👉🏻 14-sentabrdan barcha hududlardagi maktablar ochiladi;

👉🏻 Maktablar ochilgach, o‘quvchilar «sinf rejimi» tartibida o‘qishadi. Ya’ni xonama-xona ko‘chib yurishmaydi;

👉🏻 Viloyat hokimliklari tomonidan 10-sentabrga qadar barcha maktablar antiseptik va boshqa kerakli vositalar bilan ta’minlanadi (ko‘chma qo‘l yuvish joylari ham tashkillanadi);

👉🏻 Barcha o‘qituvchilar koronavirusga test topshiradi, keyinroq virusga qarshi vaksina qilinadi;

👉🏻 Barcha maktablarda izolyatsiya xonalari tashkil qilinadi;

👉🏻 Maktablarning birontasida burjuyka pechkalar qolmaydi;

👉🏻 Yotoqda qoladigan o‘quvchilar (IDUMI) oziq ovqatlari, albatta, SES nazorati ostida bo‘ladi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov:

Bu yilgi o‘quv yilini 14 sentyabr – dushanba kunidan boshlash taklif sifatida kiritildi.

«Hurmatli ota-onalar!

Xabaringiz bor, biz 3 ta ssenariy bo‘yicha ishlayotgan edik: 1) an’anaviy maktabni ochish, 2) onlayn maktab orqali o‘qitish va 3) aralash (gibrid) ssenariyham an’anaviy ham onlayn. Telegram orqali deyarli 1 mln. foydalanuvchi qatnashgan so‘rovnomada 70% ota-ona bola sog‘lig‘idan xavotirda bo‘lib, uyda o‘zi onlayn o‘qitishi mumkinligi, 30% esa pandemiya sharoitida ham farzandini maktabga yuborishini bildirgan.

Shuning uchun, aholining ko‘proq qatlamini rozi qilishni inobatga olib, faqat 3-ssenariy, ya’ni ota-onalarning o‘zlariga tanlash huquqini berish eng optimal variant bo‘lib turibdi.

Bir tomondan, internetda ba’zi davlatlarda maktablar ochilib, kasallik ko‘payishi natijasida qaytadan yopilgani, bolalar o‘zi kuchli kasallanmasada, kattalarga qaraganda kuchliroq virus tashuvchisi bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalayapti.

Ikkinchi tomondan, bu virusdan yaqin orada qutilmasligimizni, vaksina ishlab chiqilgan taqdirda ham uni barcha xavfsizlik sinovlaridan o‘tkazishga va ishlab chiqarib bizga yetib kelishiga ancha vaqt ketishi ham aniq. Shunga, ushbu vaqt davrida farzandlarimiz bilim olishdan orqada qolib ketmasliklari zarur.

Karantin qoidalarining yumshatilishi kasallik holatlarining ortishiga olib kelishi mumkinligi, ularni davolashga ham qo‘shimcha vaqt talab etilishi kerakligi hamda o‘qish boshlanishidan avval ularni davolab, kamaytirish muhimligi kabi faktorlarni inobatga olib, ekspertlar fikridan kelib chiqib, bu yilgi o‘quv yilini 14 sentyabr – dushanba kunidan boshlash taklif sifatida kiritildi.

Shuningdek, bir hafta oldin sinov tariqasida virus tarqalmagan, xavfsiz hududlardagi ba’zi kichik maktablarni ochish, ushbu jarayonda barcha choralarni to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirilishini o‘rganib chiqish ham rejalashtirilgan. Maktabga o‘quvchilarning bir vaqtda kelmasligi, kirayotganda isitmasi o‘lchanishi, barcha darslar bir sinf xonasida o‘tilishi, tanaffusda sinf havosi shamollatilishi, o‘quvchilarga ijtimoiy masofani saqlashni tushuntirish kabi qator talablar ishlab chiqilib, joylardagi barcha maktablarda ijrosini ta’minlanish choralari ko‘rilish kerak bo‘ladi.

Shu sababli, bugun-erta barcha maktablarda ota-onalardan so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda. Bizga har bir ota-onaning fikri muhim. Iltimos, ushbu so‘rovnomada faol qatnashing! Pandemiya sharoitidan kelib chiqib, aynan sizning farzandingiz maktab ochilganda maktabga borib o‘qiydimi yoki uydan onlayn o‘qiydimi degan savolga faqat siz javob bera olasiz! Bizga esa bu so‘rovnomalar barcha maktablar kesimida aniq, ob’yektiv holat bo‘yicha ma’lumotni yig‘ishga imkon beradi.

Maktablar qayta ochilishi, ta’limni aralash ko‘rinishda tashkil etish, albatta, maktab jamoasiga qo‘shimcha mas’uliyat va vazifalar yuklaydi. Shuning uchun, ushbu jarayonlarda, hurmatli ota-onalarimizdan, pedagoglar mehnatini ham qadrlashlarini so‘rab qolamiz!»

Sherzod Shermatov,
Xalq ta'limi vaziri

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
​​Maktablar ochilishi bo‘yicha ijtimoiy so‘rovnomada qatnashing!

Xalq ta’limi vazirligi ota-onalar uchun so‘rovnoma e’lon qildi. So‘rovnomani ota-onalar farzandlari o‘qiydigan maktablarga shaxsan borib, to‘ldirib berishlari va tagiga o‘z javoblarini tasdiqlab, imzo qo‘yishlari kerak. Boshqacha aytganda bu so‘rovnoma ham emas, o‘ziga xos tilxatning bir ko‘rinishi. Ya’ni farzandini maktabga chiqishiga rozi bo‘ladigan yoki qarshi bo‘ladigan ota-onalar ertaga muammo chiqmasligi uchun o‘z qarorlarini shaxsan tasdiqlab berishlari so‘ralmoqda.

Bunda tashqari, bloger Xushnudbek Xudayberdiyev va XTVlar ham ushbu so‘rovnomani onlayn ko‘rinishda o‘tkazib ko‘rishmoqda. Bu so‘rov anonim tarzda bo‘ladi va shunchaki statistika uchun foydasi tegadi.

Uzog‘i 2 daqiqa vaqtingizni ayamay, shu so‘rovnomalarda qatnashing👇

1⃣
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSevOpCvTwE32MqmOwg3m1edtwXq6hYtGO_dF4kEYRo0bx1i-g/viewform?usp=sf_link

2⃣
https://forms.gle/ZetmBVcKrGjqjQdJ6

❗️Eslatma: ushbu so‘rovnoma maktablarda o‘tkazilayotgan surovnoma o‘rnini bosmaydi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
AOKA zalida Xalq ta’limi va Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilayot matbuot anjumanidan:

🔹Maktablarda dars vaqti 30 daqiqa bo‘lishi mumkin. Dars vaqtini 45 minutdan 30 daqiqaga qisqartirish taklifi berilgan. Bu amaliyot barcha fanlarga emas, ayrim fanlarga nisbatan joriy etilishi nazarda tutilgan.

🔹Agar bitta sinfda bir vaqtning o‘zida 3 nafar o‘quvchida virus aniqlansa, faqat o‘sha sinf karantinga olinadi. Mazkur sinf onlayn o‘qishga o‘tkaziladi.

🔹Sherzod Shermatov, Xalq ta'limi vaziri: Maktablarning kirish qismida dezinfeksiyaga mo‘ljallangan tunnellar o‘rnatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki xlor bolalar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maktablarda qatʼiy forma talab qilinadimi?

Davomad, o‘quvchilarning kelish-ketishi nazorat qilinadimi?


Sherzod Shermatov — Xalq taʼlimi vaziri.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
Prezident qarori. Maktab o‘qituvchilarining barchasi grippga qarshi emlanadi

Prezident qaroriga binoan, respublikadagi barcha umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining rahbar, pedagogik va boshqa (yordamchi) xodimlari markazlashgan tartibda 2020-yil 1-oktyabrga qadar grippga qarshi emlanadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi har bir ta’lim muassasasiga borgan holda xodimlarni emlash o‘tkazishni va tegishli sog‘liqni saqlash muassasalarini vaksina va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash choralarini ko‘radi.

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Янги тартибда ишлаш ўқитувчининг маошига таъсир қилмайди – Шерзод Шерматов

👉 Батафсил ўқимоқ

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sinfda o‘quvchilar qanday joylashtiriladi?

Maktabga kirish-chiqishda o‘quvchilar orasida tiqilinch yuzaga kelsa, bu virus tarqalishiga olib kelmaydimi?

Maktablar ochilsa, o‘quvchilarning tana haroratini o‘lchashdan tashqari yana qanday choralar ko‘riladi?

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg
⚡️ Maktablarda o‘quv yili 14-sentyabrdan boshlanadi, so‘rovnomada qatnashgan ota-onalarning 76%i ta’lim jarayonini an’anaviy shaklda olib borish tarafdori bo‘lgan

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-avgust kuni umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

💬 Qayd etilishicha, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan alohida so‘rovnoma tuzilib, har bir ota-onaning fikri batafsil o‘rganildi. Bu tadbirda 5 million 500 ming nafar ota-ona ishtirok etdi.

⬇️ Batafsil

⭕️ Rasmiy || @talim_yangilik'lari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-b5Ms4u7AcmMg