Talim yangiliklari 🎓️
40.4K subscribers
163 photos
151 videos
44 files
846 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 Oliy taʼlim muassasalarida joriy o‘quv yilini anʼanaviy shaklda boshlash bo'yicha boʼlib oʼtgan matbuot anjumanining toʼliq videosi

🕐 Davomiyligi: 52:11
💾 Hajmi: 122,9 mb



⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
⚡️Agar talabaning imkoniyati yo‘q bo‘lsa, o‘z xohishi bilan o‘qishni masofaviy (onlayn) davom ettirishi mumkin

Bu haqda AOKA press-xolida o‘tgan matbuot anjmumanida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i Abduvali Xoliqov ma’lum qildi:

«Oliy ta’lim muassasalari qaysi kursni qachondan boshlash kerakligi bo‘yicha to‘liq grafigini tayyorladi. 16 noyabr kuni barcha talabalar yoki barcha kurslar jalb qilinmaydi. Buning imkoniyati mavjud emas. Kurslarning muhimlik darajasi bo‘yicha ketma-ketlikda an’anaviy ta’limga jalb qilish OTMning o‘zining vakolatida.

Talabalarning imkoniyatlari va OTMning imkoniyatlari birinchi navbatda hisobga olinishi kerak. Har qanday sharoitda ham bugungi kunda talabaning yoki OTM xodimining sog‘lig‘ini o‘ylagan holda amalga oshirishimiz kerak. Har bir oliy ta’lim muassasasi mana shu talabga rioya qilgan holda jarayonni boshlayapti.

Agar talabalarning imkoniyatlari mavjud bo‘lmasa, o‘z xohishi bilan masofaviy ta’limda davom ettirish imkoniyati bor»
.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
Bugun, 16-noyabrdan Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 12-noyabrdagi yig‘ilishi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar va reja-grafik asosida o‘quv jarayonlari an’anaviy shaklda boshlandi.

Andijon mashinasozlik institutida ham an’anaviy ta’lim jarayonlari boshlandi. Kunning birinchi yarmida asosan 1-bosqich talabalariga, ikkinchi yarmida 4-bosqich talabalariga dars mashg‘ulotlarini o‘tish rejalashtirilgan. 2- va 3-bosqich talabalari ham tez kunda an’anaviy ta’lim shakliga o‘tishi kutilmoqda.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
Fanlar majmuasi @Abituriyent.pdf
534.8 KB
Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, topshiriqlar soni hamda ularni baholash mezonlari

Test sinovlari mutaxassisliklarga mos 2 ta fandan o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi. Test topshiriqlari soni har bir fan bo‘yicha 30 tadan, jami 60 tani tashkil etadi.

Bunda, ballar quyidagicha belgilanadi:

1️⃣-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.2 balldan. Maksimal ball – 96 ball.

2️⃣-fan – 30 ta savol. Har biri uchun 3.1 balldan. Maksimal ball – 93 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball.


Test topshiriqlarini bajarish uchun (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga) har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat vaqt ajratiladi.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"2020/2021 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun saralash imtihonlari qanday tashkil etiladi?" mavzuidagi matbuot anjumani

Savol. Qaysi yo‘nalishlarda imtiyoz, ya’ni imtiyoz asosida qabul qilish jarayoni mavjud?


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"2020/2021 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun saralash imtihonlari qanday tashkil etiladi?" mavzuidagi matbuot anjumani

Savol? 11 yillik ta’lim tizimiga o‘tilishining asosiy sabablari nimada?


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"2020/2021 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun saralash imtihonlari qanday tashkil etiladi?" mavzuidagi matbuot anjumani

Savol. Savollar tuzilishida nimalarga ko‘proq ahamiyat berilgan?



⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"2020/2021 o‘quv yilida kollej va texnikumlarga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun saralash imtihonlari qanday tashkil etiladi?" mavzuidagi matbuot anjumani

Savol. Test javoblari qanday tartibda e’lon qilinadi?



⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
Talabalar kontraktni qachongacha to‘lashi kerak?

Davlat qabul komissiyasi majlisining 7-son bayoni qaroriga muvofiq, o‘qishga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar (yaʼni 1-kurslar, bakalavr va magistr) hamda o‘qishini ko‘chirgan (tiklagan) talabalar uchun (kursidan qatʼi nazar) kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1-dekabrgacha uzaytirildi. Yuqori kurslar uchun kontrakt to‘lash muddati OTM rektorlari tomonidan belgilanadi.

Shuningdek, talabalarga kontraktni 4 ga bo‘lib to‘lashga ruxsat berilgan.

Jumladan:

belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha yoki Davlat qabul komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha (bugungi kunda 1 dekabrgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha yoki OTM rektori tomonidan uzaytirilgan muddatgacha;

belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha yoki OTM rektorlari tomonidan uzaytirilgan muddatlargacha to‘lanishi kerak.

Super-kontrakt summasini qachongacha to‘lash kerak?

Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, 2020/2021 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlarini ikkiga bo‘lib to‘lash mumkin.

Bunda:

o‘quv yilining birinchi yarmi uchun kamida 50%i 2020-yilning 1-dekabridan;

ikkinchi yarmi uchun esa qolgan qismi 2021-yilning 1-martidan kechiktirmay to‘lanishi kerak.

©urfon


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
#ixtirochi_talabalar

Andijon davlat universiteti talabasi Jasurbek G‘ulomov professor Rayimjon Aliyev ilmiy rahbarligida universitet qoshidagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” ilmiy laboratoriyasida “Kremniy asosli p-n strukturali quyosh elementlarini samaradorligini oshirish” bo‘yicha o‘z ilmiy tadqiqotlarini olib bormoqda.

U ilmiy tadqiqotlari natijasida 29 ta patent olgan bo‘lib, bulardan 6 tasi yangi foydali model uchun, 24 tasi EHM uchun olingan.

Bundan tashqari Jasurbek 18 ta xalqaro, 7 ta respublikamiz ilmiy jurnallarida maqola chop ettirgan bo‘lib, bulardan 1 tasi Scopus bazasida ro‘yxatdan o‘tgan jurnalda chop etilgan. U xalqaro ilmiy konferensiyalarda 15 ta tezis, respublika konferensiyalarida esa 4 tezis chop ettirgan.

Germaniyaning Berlin texnika universiteti professori Frenk Behrent «Qayta tiklanuvchi energiya manbalari» bo‘yicha o‘tgan 3 oylik kurs bitiruvchisi.

Synopsys kompaniyasining Centaurus TCAD dasturdan modellashtiruvchi dasturchi.


Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi



⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
​​⚡️Kelasi yildan boshlab, abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati aniqlanadi

Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaror loyihasida belgilab o'tilgan.

Hujjat bilan abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqatini aniqlash 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab 5-iyundan 5-iyulga qadar Xalq ta’lim vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Maktabgacha ta’lim vazirligining qarorlari (buyruqlari) bilan hududlar hamda oliy ta’lim muassasalarida tuziladigan Maxsus komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

➡️ Maxsus komissiyalar quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

👉🏻 pedagogika ta’lim sohasining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga qabul qilish jarayonida abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati darajasini aniqlash uchun ekspertlar tarkibini tasdiqlash;

👉🏻 abituriyentlarning pedagoglik kasbiga layoqati darajasini aniqlash uchun savollar bazasini shakllantirish;

👉🏻 pedagogik layoqatni baholash bo‘yicha tasdiqlangan savollar bazasi asosida variantlangan savollar to‘plami(biletlar)ni tasdiqlash;

👉🏻 abituriyentlarning suhbatga jalb etish jadvalini tasdiqlash va e’lon qilish.

©masofatalim


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
​​🔰 Qarorga ko‘ra, 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Gidrometeorologiya fakulteti tashkil etiladi.

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab Rossiya davlat gidrometeorologiya universiteti va boshqa xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturlari bo‘yicha gidrometeorologiya yo‘nalishida kadrlar tayyorlash tashkil etiladi.

“Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida”gi va “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan gidrometeorolog” unvonini taʼsis etish to‘g‘risida”gi qonunlar loyihalari ishlab chiqiladi.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Bugun, dushanba kuni soat 19:30 da UzReport telekanalida Metsenat.uz loyihasining taqdimoti jonli efirda bo'lib o'tadi.

Loyihada talabalarning o'qishi uchun grantlar va stipendiyalar e'lon qilishga ko'maklashuvchi tizim haqida ma'lumot beriladi.

O'tkazib yubormang!


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
​​⚡️⚡️⚡️ Kontrakt mablag‘ini haligacha to‘lamagan “kontraktchi” abituriyentlar va “perevodchi” talabalar uchun YAXSHI XABAR:

❗️O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 7-son bayoni qaroriga muvofiq:

o‘qishga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar hamda o‘qishini ko‘chirgan (tiklagan) talabalar uchun kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 1 dekabrgacha uzaytirildi.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
​​Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Hukumat qarori (739-son, 21.11.2020 y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga ko‘ra, yetim bolalar va ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar taʼlim muassasalari (davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalari, akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollej va texnikumlar)da, shuningdek OTMda taʼlim-tarbiya oladigan muddatda to‘liq davlat taʼminotida bo‘ladi.

Taʼlim muassasalarida o‘quvchilarning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida (446 ming so‘m) pul mablag‘lari to‘lanadi.

To‘liq davlat taʼminoti pul nafaqalari hamda oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar bilan taʼminlash, shuningdek, transportda yurish kartochkalaridan iborat bo‘ladi.

💴 Davlat taʼminotida bo‘lgan bolalarga taʼlim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish uchun BHMning 100 baravari (22 mln 300 ming so‘m), yo‘l xarajatlari uchun BHMning 5 baravari (1 mln 115 ming so‘m) miqdorida bitiruv nafaqasi beriladi.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
❗️2021/2022 o‘quv yilidan bitiruvchilar kasb tanlashi, mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishi uchun «Kasbga yo‘naltirish tizimi» joriy etiladi

Bugun AOKAda o‘tgan brifingda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedogogik-psixologik respublika tashxis markazi bo‘lim boshlig‘i Hayot Foziljonov bu borada batafsil ma’lumot berdi:

2021/2022 o‘quv yilidan boshlab umumta’lim muassasalari bitiruvchilari o‘z iqtidori va qiziqishlariga mos kasbni tanlab olishi, mehnat bozorida munosib o‘rnini topishi, kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatga erishishi uchun «Kasbga yo‘naltirish tizimi» joriy etiladi;

7-sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida interaktiv so‘rovnomalar o‘tkazilib, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishi aniqlanadi va ularning ma’lumotlar bazasi yaratiladi;

7-sinf o‘quvchilari uchun har oyda bir marta «Kasblar olamiga sayohat» mavzusida maxsus kurslar, 8-sinf o‘quvchilari uchun har chorakda kamida bir marotaba «Mening kelajakdagi kasbim» mavzusida seminar-treninglar olib boriladi;

9-sinf o‘quvchilarining kasbiy moyilligi bo‘yicha o‘tkazilgan pedagogik-psixologik tashxislar natijalari asosida kelgusida aniq ishchi kasblar bo‘yicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olishi mumkin bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida kasbga yo‘naltirish ishlarini olib boriladi.

Tizimning afzalligi — o‘quvchilar tizimli ravishda kasb-hunarga yo‘naltirilib boriladi, ongli ravishda kasb tanlashga va to‘g‘ri tanlashga erishiladi.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
🏦 Banklar tomonidan oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi bo‘limlariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan talabalarning o‘qishi uchun ularning o‘zlariga, ota-onalari yoki vasiylariga ta’lim kreditlari berilishi mumkin.

Ta’lim kreditlari talabalar uchun bakalavriatga o‘qishga qabul qilinganda 10 yilgacha va magistraturaga o‘qishga qabul qilinganda 5 yilgacha bo‘lgan muddatga beriladi.

Banklar tomonidan berilgan ta’lim kreditlari bo‘yicha:
👉 chin yetimlar, “Mehribonlik uylari”da tarbiyalanganlar hamda bolalikdan I va II guruh nogironligi bo‘lganlarga – nol foiz stavkasi (foizsiz kredit);
👉 talabalarning qolgan toifalariga — 2020 yil 1 yanvardan boshlab foiz xarajatlarining bir qismini "Yoshlar — kelajagimiz" jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kompensasiya qilish mexanizmidan foydalanish imkoniyati bilan bozor stavkalari belgilanadi.

Ta’lim krediti uchun bankka quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
• ariza;
• to‘lov-kontrakt shartnomasi (kontrakt);
• kreditni qaytarishning ta’minlanishi to‘g‘risida hujjat;
• imtiyozli ta’lim kreditlari olish huquqiga ega bo‘lgan chin yetimlar, "Mehribonlik uylari"da tarbiyalanganlar, bolalikdan I va II guruh nogironligi bo‘lganlar, kam ta’minlangan oilalardan chiqqanlar tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.

❗️Qarz oluvchi yuqoridagi hujjatlarni bankka taqdim etish bilan ayni bir vaqtda pasportini shaxsan ko‘rsatadi. Bank pasportdan va taqdim etilgan boshqa hujjatlardan zarur ko‘chirmalar va nusxalar olishga haqlidir.

Manba: Huquqiy axborot


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
Grantga kirgan talabalarning 50%ini joriy yilda maktabni tugatganlar tashkil qilgan

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov joriy yilgi qabul jarayonlariga oid quyidagi ayrim ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashdi

1) 1,5 mln abituriyentning atigi 23 foizi bu yilgi maktab bitiruvchilari bo‘lgan bo‘lsa, ular davlat granti kvotasining 50 foizini egalladi. Qolgan 77 foiz abituriyentni tashkil etgan lisey, kollej bitiruvchilari yoki avvalgi yilgi bitiruvchilar ham OTMga harakat qilgan, repetitorga borgan, lekin ularning umumiy natijasi maktab bitiruvchilarinikidan anchagina orqada bo‘ldi.

2) Oliy ta’limga bironta ham o‘quvchisi kirmagan maktablar soni 3 barobarga kamaydi, ya’ni o‘tgan yili 2126 ta edi, bu yil 692 taga tushdi. Bunga ham o‘tgan yildan bunday maktab rahbarlarini lavozimiga loyiqligini jiddiy ko‘rib chiqish boshlangani katta turtki bo‘ldi.

Endi buyog‘iga direktorlarimiz va maktab jamoasi faqat natijaga harakat qilishi kerak. Natija bu bitiruvchilarning hayotda muvaffaqiyatga erishishi. Ularning bir qismi o‘qishni keyingi bosqichiga o‘tsa, keyingi qismi o‘z ishini topib ketishidir. O‘qishga ham kirolmasa, ish ham topa olmasa, keyinchalik yoshlarimiz hayotda qiynalib qolishadi. Shu sababli maktab davridagi vaqtini aynan shu natijaga yo‘naltirishi, shu jumladan, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirishi kerak.

Bir oy davomida Xorazm, Navoiy, Sirdaryo va Qashqadaryo viloyatlarida bo‘lib yaxshi ko‘rsatkichga ega va umuman natija ko‘rsatmagan maktablarni solishtirganda asosiy farq aynan direktor va maktab jamoasining o‘z kasbiga bo‘lgan fidoiyligi tufayli bo‘layotganiga amin bo‘ldik.

Solishtirganda ko‘rinadiki, aksariyat yomon ko‘rsatkichga ega maktablarning moddiy texnik holati yaxshi ko‘rsatkichga ega bo‘lgan maktabnikidan ancha yaxshi bo‘lib chiqayapti. Eskichasiga faqat maktabning tashqi ko‘rinishiga qarab direktorga baho berilganida, aksincha bular yaxshi bo‘lib chiqardi va yaxshi natija ko‘rsatgan direktorga esa maktabining ko‘rinishi yaxshi bo‘lmaganiga chora ko‘rilishi mumkin edi...

«Shuning uchun, o‘z ishiga fidoiy bo‘lgan pedagoglarimizga ushbu o‘zgarishlarga sabab bo‘lganlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va kelgusi faoliyatlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz! Aksincha, bu sohaga adashib kelib, avvalgidek paxta va boshqa ortiqcha ishlar bilan o‘ralashib yurishga o‘rganib qolganlarga boshqa ish topishlarini tavsiya qilamiz», - deydi Xalq ta’limi vaziri.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
3 ta shaharda «Narxoz»ning yangi filiallari ochiladi

Qarshi, Nukus va Urganchda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiallari ochiladi.

Bu haqda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjatga asosan respublika viloyatlarida universitetning filiallarini ochish mo‘ljallanmoqda.

2022 yil Qarshi shahrida;

2023 yil Nukus shahrida;

2024 yil Urganch shahrida
.


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw
🔰 Oliy ta'lim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va to'lash quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

🗂 Talabalarga stipendiya tayinlashda davlat granti, to'lov-kontrakt asosida ta'lim olayotgan talabalar hamda I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun alohida tartib amal qiladi.

📌 Davlat granti asosida ta'lim olayotgan talabalar:

Birinchi kursning 1-semestrida stipendiyaning bazaviy miqdori to'lanadi;

Keyingi semestrdan boshlab oldingi semestr natijalariga qarab quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to'lanadi:

Barcha fanlardan o'zlashtirish ko'rsatkichi a'lo bo'lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holatda to'lanadi;

Umumiy fanlarining 30% va undan ortiq qismini qoniqarli o'zlashtirgan, ya'ni 71 balldan kam to'plagan talabalarga stipendiya tayinlanmaydi. To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno;

Davlat granti asosida ta'lim olayotgan qolgan barcha talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori to'lanadi.

📌 To'lov kontrakt asosida ta'lim olayotgan talabalarga quyidagi tartibda stipendiya tayinlanadi va to'lanadi:

Kontrakt asosida o'qiyotganlar stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda o'qishi mumkin;

Kontraktdagilarga o'zlashtirish ko'rsatkichidan qat'iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdori to'lanadi.

Stipendiya tegishli tartibda belgilangan kontrakt summasi to'langanidan so'ng tayinlanadi va to'lanadi.

📌 I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun quyidagi tartibda stipendiya to'lanadi:

I va II guruh nogironligi bor talabalar grant yoki kontraktda o'qishidan qat'iy nazar stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50%ga yuqori miqdorda stipendiya tayinlanadi va to'lanadi;

To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to'lanadi.

↘️ O'zbekiston Respublikasi OTMlari talabalari uchun stipendiyalar miqdori quyidagicha (so'mda):

• O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi - 1.811.191;

• Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Islom Karimov va Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyalari - 1.207.461;

• A'lo bahoga o'zlashtirgan davlat granti va stipendiyali kontrakt asosida ta'lim olayotgan talabalar uchun - 513.600;

• Davlat granti va to'lov-kontrakt asosidagi talabalar uchun - 428.000;

• I va II guruh nogironligi bor talabalar uchun - 632.000;

Stipendiyaning bazaviy miqdori summasi 428.000 so'mni tashkil qiladi.

🔹 Siz o'zingiz olishingiz lozim bo'lgan stipendiyani shu miqdordan kelib chiqib, yuqorida belgilangan qoidalar asosida hisoblab chiqarishingiz mumkin. Mazkur miqdor stipendiyalarni oshirish haqida Prezident farmoni qabul qilinganida o'zgaradi.
©urfon


⭕️ Rasmiy || @talim_yangiliklari kanaliga ulanish👇👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEL20-bW3_XyWnQblw