Talim yangiliklari 🎓️
40.5K subscribers
163 photos
151 videos
44 files
846 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
▪️Texnikumlarga qabul kvotalari tasdiqlandi !

📃 2021/22-o‘quv yilida O‘zbekistondagi texnikumlarga jami 103 098 nafar yoshlar qabul qilinadi. Kvotalar ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

69648 kvota – kunduzgi
22871 kvota – sirtqi
7993 kvota – kechki
2586 kvota – dual

🔺 Sirtqi, kechki va dual ta’lim shakllarida grant yo‘q. Kunduzgi shaklga 13 666 kishi davlat granti asosida, 55 982 kishi kontrakt asosida qabul qilinadi.

📅 Texnikumlarga onlayn hujjat topshirish 10-sentabrga qadar texnikum.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.

📨Barcha abituriyentlarga ulashing!

Batafsil👇
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
@abituriyent IJARA SHARTNOMA.docx
12.8 KB
▪️Ijarada turmoqchi boʻlgan talabalar uchun namunaviy ijara shartnomasi !

📃 Buning uchun pasport, ijaraga olinayotgan uyning kadastr hujjati va uy egasi pasporti bilan shahar Soliq inspeksiyasiga murojaat qilinadi, shartnoma 3 nusxada, soʻrovnoma 1 nusxada tuziladi.

🌐 Shartnoma onlayn tarzda roʻyxatga olinadi va tegishli hujjat taqdim etiladi. Albatta kelishuv mustahkam boʻlishi kerak.


Batafsil👇
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
▪️Talabalarni ijaraga qo‘yganlarni daromad solig‘idan ozod etish rejalashtirilmoqda !

📃 Vazirlar Mahkamasining «Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorda talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish va bunga Davlat byudjetidan subsidiya ajratish bo‘yicha bir qator yangiliklar belgilandi.

Bundan tashqari, jismoniy shaxslarning uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan Soliq kodeksiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

🌐 Ijara shartnomalarini soddalashtirilgan raqamli imzosiz hisobga qo‘yishni ta’minlaydigan elektron tizim ishga tushiriladi.

🏢 Shuningdek, talabalar uchun turar joy qidirishga ixtisoslashgan elektron platforma ishlab chiqiladi, talabalar turar joyi va xususiy xonadonlardan ijaraga turar joy qidirishning ishonchli tizimi yo‘lga qo‘yiladi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.

📈 Respublika bo‘yicha 85 ta OTMga talabalar turar joyi qurish uchun qo‘shimcha yer ajratiladi, jami 228 ta talabalar turar joylari (jami 91 ming 200 o‘rinli) barpo etiladi. Shundan hududlarda 2022 yili 47 ta, 2023 yili 67 ta, 2024 yili 62 ta, 2025 yili 52 ta talabalar turar joylari quriladi.

Batafsil👇
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
▪️Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda tarix oʻrniga huquqiy fanlardan test topshirish amaliyoti joriy etiladi !

📃 Bugungi kunda Toshkent davlat yuridik universitetiga oʻqishga kirishda abituriyentlar 2 ta boʻlimdan iborat 5 ta fan majmuasidan test sinovlari topshiradi.

1-boʻlimda barcha yoʻnalishlar uchun majburiy 3 ta fan – ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va oʻzbekiston tarixi;

2-boʻlimda 2 ta fan – tarix va chet tili fanlari jamlangan.

📄 TDYU Kengashi 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab mutaxassislik blokidagi tarix fani oʻrniga huquqiy fanlarni kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.


❗️Ya’ni bu yangilik keyingi yildan emas, balki 2-yildan keyin joriy qilinadi.

🔺 Yanada aniqroq qilib aytganda, hozir maktabda 11-sinfda oʻqiyotganlar keyingi yil imtihonda tarixdan test topshiradi, hozir 10-sinfda oʻqiyotganlar esa 2023-yilgi testda tarix oʻrniga huquqiy fanlardan test topshiradi.


Ma’lumot o‘rnida, bugungi kunda umumtaʼlim maktablarida 4 yil davomida yuqori sinflarda Davlat va huquq asoslari hamda Konstitutsiyaviy huquq asoslari fanlari oʻqitib kelinmoqda. Test savollari ushbu maktab darsliklari asosida tuziladi.

Batafsil👇
https://t.me/joinchat/V1AHHKmbD0ue-1HU
⚡️ Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi o‘tkaziladigan joylar

📆 Ma’lumki, 2022-yil 16-17-18-iyun kunlari barcha hududlarda chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tadi.

📋 Test topshiruvchilarga qulaylik yaratish maqsadida test sinovi o‘tkaziladigan joylar to‘g‘risidagi ma’lumotlar va ularning geolokatsiyalari shakllantirildi.

Talabgorlar mazkur ma’lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishlari mumkin: https://telegra.ph/Chet-tili-06-14.

Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
​Rasman: Qabul kvotalari tasdiqlandi

2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari quyidagicha tasdiqlandi:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga – 77 477 nafar;

sirtqi ta’lim shakliga – 26 095 nafar;

kechki ta’lim shakliga – 3 725 nafar;

masofaviy ta’lim shakliga – 3 410 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 10 688 nafar.

Moliyaviy mustaqillik berilgan davlat OTMlarining kuzatuv kengashlariga hamda qabul parametrlarini Vasiylik kengashi qarori bilan tasdiqlash vakolati berilgan oliy ta’lim tashkilotlariga tegishli qabul parametrlarini 2022-yil 20-iyunga qadar tasdiqlash tavsiya etildi.

Rasman: qabul 20-iyundan 20-iyulga qadar davom etadi

Prezidentning tegishli qaroriga asosan, davlat OTMlariga qabul jarayonida abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Yagona portal va DTMning rasmiy veb-sayti orqali har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar (20 iyulь kuni ham), chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha esa 10-iyulga qadar (10 iyul kuni ham) amalga oshiriladi.


Op-paaa, abituriyentlarga mazzzaaaa boʻldiyu :)

Masofaviy taʼlim shakli qoʻshildi va 5 tagacha yoʻnalishni arashtirib tanlashga ham ruxsat beriladi

Prezident qaroriga koʻra, abituriyentlarga:

test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil boʻlgan beshtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini hamda bir vaqtning oʻzida barcha taʼlim shakllarini tanlash huquqi beriladi;

roʻyxatdan oʻtish jarayonida tanlangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari ustuvorligiga qarab dastlab davlat granti, keyinchalik toʻlov-kontrakt asosida tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi.

Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022
⚡️ Barcha abituriyentlar diqqatiga!

Ertaga, 20-iyun kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi.

Bunda abituriyentlar telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazib, pasport ma’lumotlari, doimiy yashash manzili va tugatgan ta’lim muassasasi bo‘yicha ma’lumotlarni kiritishlari, shuningdek, imtiyozlari mavjud bo‘lsa, ularni tekshirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin.

Ta’lim yo‘nalishlarini esa 2022-2023-o‘quv yili uchun qabul parametrlarining ta’lim tillari bo‘yicha taqsimoti tasdiqlanganidan so‘ng tanlash mumkin bo‘ladi.

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) davom etadi va abituriyentlar 20-iyulga qadar o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘ladigan bo‘lsa, sertifikat ma’lumotlarini kiritishlari mumkin bo‘ladi.

Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatga olish esa 10-iyulga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.


Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
Vanihoyat DTMning my.dtm.uz sayti orqali yo’nalishlarni tanlash imkoniyati ochildi.

Abituriyentlar 5 tagacha yo’nalish tanlashi mumkin.

Joriy yildan boshlab bir paytning o’zida bir nechta ta’lim shakllarini (kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy) tanlasa bo’ladi.

Barchaga omad!

Boʻlajak talabalar safiga qoʻshiling👇

Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: Diagnostik test topshiriqlariga qanday buyurtma berish mumkin? Diagnostik test topshiriqlarini qayerdan olsak bo‘ladi?

Javob: Davlat test markazi tomonidan e-DTM tizimi ishga tushirilgan bo‘lib, abituriyentlar mazkur tizim orqali diagnostik test topshiriqlarini ishlab, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

📥 Buning uchun abituriyentlar @e_dtm_bot telegram boti orqali 1- va 2-mutaxassislik fanlarini tanlaydilar hamda 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha test topshiriqlarini yagona kitob holida yuklab oladilar.

📚 Bunda bir vaqtning o‘zida bir nechta test topshiriqlari kitobiga buyurtma berish imkoniyati mavjud bo‘lib, test variantlariga 3 xil tilda – o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida buyurtma berish mumkin.

Natijalarni esa mazkur bot orqali onlayn tarzda shu zahotiyoq bilib olish imkoniyati mavjud.

Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 28-iyun 18:30 holatiga)

👨‍💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 132 783 nafar. Shundan:

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 26 638 nafar (20 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 106 145 nafar (80 %).

🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 50 340 nafar. Shundan:

🔸 23 139 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 27 201 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Toshkent viloyati — 3 337 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 2 817 nafar.
3️⃣ Toshkent shahri — 2 782 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 2 527 nafar.
5️⃣ Andijon viloyati — 2 473 nafar.
6️⃣ Qashqadaryo viloyati — 2 381 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 1 838 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 1 606 nafar.
9️⃣ Buxoro viloyati — 1 476 nafar.
🔟 Navoiy viloyati — 1 243 nafar.
1️⃣1️⃣ Jizzax viloyati — 1 225 nafar.
1️⃣2️⃣ Sirdaryo viloyati — 1 087 nafar.
1️⃣3️⃣ Xorazm viloyati — 972 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 874 nafar.

Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
Kechki-2022 (tillar kesimida).pdf
390.4 KB
#Qabul2022 #Kvota
Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
Masofaviy-2022 (tillar kesimida).pdf
303.8 KB
#Qabul2022 #Kvota
Masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
Kunduzgi-2022 (tillar kesimida).pdf
2.5 MB
#Qabul2022 #Kvota
Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

🔹2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022
Tanlov ustuvorligini belgilash

Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida 5 tagacha ta’lim yo‘nalishi bilan birga tanlov ustuvorligini ham tanlash imkoniyati yaratilgan.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti asosida, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022
Tanlov usutvorligini belgilash

Yuqoridagi postda tanlov ustuvorligini belgilash bo‘yicha ma’lumot va uning ishlash sxemasi berilgan edi. Mazkur jarayonni misol asosida ko‘rib chiqsak, quyidagi holat yuzaga keladi.

Misol uchun, abituriyent test sinovida 163,5 ball to‘plasa, quyidagi ikki holatdan biri bo‘lishi mumkin:

🔹 Ustuvorlik sifatida “Davlat granti” tanlansa, abituriyent Toshkent davlat agrar universitetining “5630102 - Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (qishloq xo‘jaligida)” ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiladi.

🔹 Ustuvorlik sifatida “Davlat granti va to‘lov-kontrakt” tanlansa, abituriyent Toshkent farmatsevtika institutining “5510500 - Farmatsiya (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 30-iyun 18:00 holatiga)

👨‍💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 192 077 nafar. Shundan:

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 76 983 nafar (40 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 115 094 nafar (60 %).

🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 91 682 nafar. Shundan:

🔸 49 139 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 42 543 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Toshkent viloyati — 10 051 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 8 255 nafar.
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 7 471 nafar.
4️⃣ Andijon viloyati — 7 349 nafar.
5️⃣ Toshkent shahri — 6 947 nafar.
6️⃣ Qashqadaryo viloyati — 6 764 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 5 891 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 4 783 nafar.
9️⃣ Jizzax viloyati — 3 886 nafar.
🔟 Buxoro viloyati — 3 573 nafar.
1️⃣1️⃣ Sirdaryo viloyati — 3 378 nafar.
1️⃣2️⃣ Navoiy viloyati — 3 322 nafar.
1️⃣3️⃣ Xorazm viloyati — 3 135 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 177 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022 #Harbiy
Harbiy OTMlarga topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

📆 Joriy yilda ham oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda nomzodlar o‘zlari tanlagan hududlarda o‘tkaziladi.

🔰 Ularga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda test topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi beriladi.

Bunda abituriyent hujjat topshirgan harbiy OTMdagi ta’lim yo‘nalishiga fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lgan davlat OTMlari va ta’lim yo‘nalishlari dasturda avtomatik tarzda chiqariladi.

Fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlari esa chiqarilmaydi. Shu sababli ular my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularga barcha OTM va ta’lim yo‘nalishlari ko‘rinmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022
Joriy yil bitiruvchilari diqqatiga!

🏫 Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritishlari lozim.

👨‍🎓 Joriy yil bitiruvchilari esa mazkur ma’lumotni kiritmaydilar. Ularning ma’lumotlari ular tahsil olgan ta’lim muassasasi qaysi vazirlik tasarrufida bo‘lsa, mazkur vazirlikning bazasidan real vaqt rejimida olinadi.

Lekin ayrim ta’lim muassasalari tomonidan o‘z bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli bazaga to‘liq kiritilmagani sababli abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularning tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari chiqmayapti.

Shunday holatda abituriyentlardan tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmasdan o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasasi (maktab, litsey, kasb-hunar maktabi) ga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 2-iyul 18:00 holatiga)

👨‍💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 240 041 nafar. Shundan:

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 116 847 nafar (49 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 123 194 nafar (51 %).

🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 125 137 nafar. Shundan:

🔸 67 983 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 57 155 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Toshkent viloyati — 14 892 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 13 485 nafar.
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 11 349 nafar.
4️⃣ Andijon viloyati — 10 682 nafar.
5️⃣ Qashqadaryo viloyati — 10 436 nafar.
6️⃣ Toshkent shahri — 10 248 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 8 985 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 7 116 nafar.
9️⃣ Jizzax viloyati — 5 919 nafar.
🔟 Buxoro viloyati — 5 728 nafar.
1️⃣1️⃣ Sirdaryo viloyati — 5 091 nafar.
1️⃣2️⃣ Navoiy viloyati — 4 999 nafar.
1️⃣3️⃣ Xorazm viloyati — 4 864 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 052 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
Sog‘liqni saqlash-2022 (maqsadli).pdf
788.7 KB
#Qabul2022 #Kvota #Maqsadli
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU