Talim yangiliklari 🎓
51.6K subscribers
185 photos
151 videos
45 files
874 links
Oʻqituvchilar, talabalar va abituriyentlar uchun taʼlimga oid eng soʻngi yangiliklar barchasi @talim_yangiliklari kanalida!

“Ta’limga e’tibor – kelajakka poydevor”

Reklama
https://t.me/joinchat/AAAAAEsAKPmIpK5Gc7vXpQ
Download Telegram
#SavollargaJavoblar #Qabul2022

Savol: Diagnostik test topshiriqlariga qanday buyurtma berish mumkin? Diagnostik test topshiriqlarini qayerdan olsak bo‘ladi?

Javob: Davlat test markazi tomonidan e-DTM tizimi ishga tushirilgan bo‘lib, abituriyentlar mazkur tizim orqali diagnostik test topshiriqlarini ishlab, o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari mumkin.

📥 Buning uchun abituriyentlar @e_dtm_bot telegram boti orqali 1- va 2-mutaxassislik fanlarini tanlaydilar hamda 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha test topshiriqlarini yagona kitob holida yuklab oladilar.

📚 Bunda bir vaqtning o‘zida bir nechta test topshiriqlari kitobiga buyurtma berish imkoniyati mavjud bo‘lib, test variantlariga 3 xil tilda – o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillarida buyurtma berish mumkin.

Natijalarni esa mazkur bot orqali onlayn tarzda shu zahotiyoq bilib olish imkoniyati mavjud.

Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 28-iyun 18:30 holatiga)

👨‍💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 132 783 nafar. Shundan:

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 26 638 nafar (20 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 106 145 nafar (80 %).

🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 50 340 nafar. Shundan:

🔸 23 139 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 27 201 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Toshkent viloyati — 3 337 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 2 817 nafar.
3️⃣ Toshkent shahri — 2 782 nafar.
4️⃣ Farg‘ona viloyati — 2 527 nafar.
5️⃣ Andijon viloyati — 2 473 nafar.
6️⃣ Qashqadaryo viloyati — 2 381 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 1 838 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 1 606 nafar.
9️⃣ Buxoro viloyati — 1 476 nafar.
🔟 Navoiy viloyati — 1 243 nafar.
1️⃣1️⃣ Jizzax viloyati — 1 225 nafar.
1️⃣2️⃣ Sirdaryo viloyati — 1 087 nafar.
1️⃣3️⃣ Xorazm viloyati — 972 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 874 nafar.

Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
Kechki-2022 (tillar kesimida).pdf
390.4 KB
#Qabul2022 #Kvota
Kechki ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kechki ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
Masofaviy-2022 (tillar kesimida).pdf
303.8 KB
#Qabul2022 #Kvota
Masofaviy ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
Kunduzgi-2022 (tillar kesimida).pdf
2.5 MB
#Qabul2022 #Kvota
Kunduzgi ta’lim shakli uchun qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimoti

🔹2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitish tillari bo‘yicha taqsimlanishi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022
Tanlov ustuvorligini belgilash

Abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida 5 tagacha ta’lim yo‘nalishi bilan birga tanlov ustuvorligini ham tanlash imkoniyati yaratilgan.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa - tanlagan barcha ta’lim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti asosida, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;

🔹 Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa - har bir ta’lim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Tanlov abituriyent tanlagan ta’lim yo‘nalishlarining qat’iy ketma-ketligi bo‘yicha u tanlagan ustuvorlik (“Davlat granti” yoki “Davlat granti va to‘lov-kontrakt”) asosida amalga oshiriladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022
Tanlov usutvorligini belgilash

Yuqoridagi postda tanlov ustuvorligini belgilash bo‘yicha ma’lumot va uning ishlash sxemasi berilgan edi. Mazkur jarayonni misol asosida ko‘rib chiqsak, quyidagi holat yuzaga keladi.

Misol uchun, abituriyent test sinovida 163,5 ball to‘plasa, quyidagi ikki holatdan biri bo‘lishi mumkin:

🔹 Ustuvorlik sifatida “Davlat granti” tanlansa, abituriyent Toshkent davlat agrar universitetining “5630102 - Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (qishloq xo‘jaligida)” ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etiladi.

🔹 Ustuvorlik sifatida “Davlat granti va to‘lov-kontrakt” tanlansa, abituriyent Toshkent farmatsevtika institutining “5510500 - Farmatsiya (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etiladi.

Abituriyentlardan ustuvorlikni belgilashda e’tiborli bo‘lishlarini so‘raymiz!

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 30-iyun 18:00 holatiga)

👨‍💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 192 077 nafar. Shundan:

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 76 983 nafar (40 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 115 094 nafar (60 %).

🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 91 682 nafar. Shundan:

🔸 49 139 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 42 543 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Toshkent viloyati — 10 051 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 8 255 nafar.
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 7 471 nafar.
4️⃣ Andijon viloyati — 7 349 nafar.
5️⃣ Toshkent shahri — 6 947 nafar.
6️⃣ Qashqadaryo viloyati — 6 764 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 5 891 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 4 783 nafar.
9️⃣ Jizzax viloyati — 3 886 nafar.
🔟 Buxoro viloyati — 3 573 nafar.
1️⃣1️⃣ Sirdaryo viloyati — 3 378 nafar.
1️⃣2️⃣ Navoiy viloyati — 3 322 nafar.
1️⃣3️⃣ Xorazm viloyati — 3 135 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 177 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022 #Harbiy
Harbiy OTMlarga topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

📆 Joriy yilda ham oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘tkaziladigan test sinovlari bilan bir vaqtda nomzodlar o‘zlari tanlagan hududlarda o‘tkaziladi.

🔰 Ularga oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tishda test topshiriladigan fanlar majmuasi va ketma-ketligi bir xil bo‘lgan harbiy bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarining beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi beriladi.

Bunda abituriyent hujjat topshirgan harbiy OTMdagi ta’lim yo‘nalishiga fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lgan davlat OTMlari va ta’lim yo‘nalishlari dasturda avtomatik tarzda chiqariladi.

Fanlar majmuasi va ketma-ketligi mos bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlari esa chiqarilmaydi. Shu sababli ular my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularga barcha OTM va ta’lim yo‘nalishlari ko‘rinmaydi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022
Joriy yil bitiruvchilari diqqatiga!

🏫 Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritishlari lozim.

👨‍🎓 Joriy yil bitiruvchilari esa mazkur ma’lumotni kiritmaydilar. Ularning ma’lumotlari ular tahsil olgan ta’lim muassasasi qaysi vazirlik tasarrufida bo‘lsa, mazkur vazirlikning bazasidan real vaqt rejimida olinadi.

Lekin ayrim ta’lim muassasalari tomonidan o‘z bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli bazaga to‘liq kiritilmagani sababli abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularning tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari chiqmayapti.

Shunday holatda abituriyentlardan tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmasdan o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasasi (maktab, litsey, kasb-hunar maktabi) ga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 2-iyul 18:00 holatiga)

👨‍💻 my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 240 041 nafar. Shundan:

🔹 Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 116 847 nafar (49 %);
🔹 Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 123 194 nafar (51 %).

🏫 Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 125 137 nafar. Shundan:

🔸 67 983 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
🔸 57 155 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

1️⃣ Toshkent viloyati — 14 892 nafar.
2️⃣ Samarqand viloyati — 13 485 nafar.
3️⃣ Farg‘ona viloyati — 11 349 nafar.
4️⃣ Andijon viloyati — 10 682 nafar.
5️⃣ Qashqadaryo viloyati — 10 436 nafar.
6️⃣ Toshkent shahri — 10 248 nafar.
7️⃣ Surxondaryo viloyati — 8 985 nafar.
8️⃣ Namangan viloyati — 7 116 nafar.
9️⃣ Jizzax viloyati — 5 919 nafar.
🔟 Buxoro viloyati — 5 728 nafar.
1️⃣1️⃣ Sirdaryo viloyati — 5 091 nafar.
1️⃣2️⃣ Navoiy viloyati — 4 999 nafar.
1️⃣3️⃣ Xorazm viloyati — 4 864 nafar.
1️⃣4️⃣ Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 052 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
Sog‘liqni saqlash-2022 (maqsadli).pdf
788.7 KB
#Qabul2022 #Kvota #Maqsadli
Sog‘liqni saqlash sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida sog‘liqni saqlash sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (ta’lim yo‘nalishlari va tuman (shahar)lar kesimida).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
Xalq ta’limi-2022 (maqsadli).pdf
744.7 KB
#Qabul2022 #Kvota #Maqsadli
Xalq ta’limi sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xalq ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti (olis, chekka va tog‘li hududlarda joylashgan umumta’lim maktablari uchun).

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
Veterinariya-2022 (maqsadli).pdf
426.7 KB
#Qabul2022 #Kvota #Maqsadli
Veterinariya sohasi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida veterinariya sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bo‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi-2022 (maqsadli).pdf
420.9 KB
#Qabul2022 #Kvota #Maqsadli
Ijtimoiy-ish ta’lim yo‘nalishi uchun maqsadli qabul parametrlari taqsimoti

2022-2023-o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlaridan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligining oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoji asosida hududlar kesimida maqsadli qabul parametrlari taqsimoti.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2022
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni o‘tkazish tartibi (rus tilida)

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

- - -

Порядок проведения профессиональных (творческих) экзаменов по иностранному языку (на русском языке)

Просмотр на YouTube (в формате HD)

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022
Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini yangilash

🏫 my.dtm.uz saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tishda joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ular tahsil olgan ta’lim muassasasi qaysi vazirlik tasarrufida bo‘lsa, mazkur vazirlikning bazasidan real vaqt rejimida olinadi.

Lekin ayrim ta’lim muassasalari tomonidan o‘z bitiruvchilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli bazaga to‘liq kiritilmagani sababli abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda ularning tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari chiqmayapti.

Shunday holatda abituriyentlardan tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritmasdan o‘zlari tahsil olgan ta’lim muassasasi (maktab, litsey, kasb-hunar maktabi) ga murojaat qilishlarini so‘raymiz.

👨‍💻 Ta’lim muassasasi tomonidan tegishli ma’lumotlar kiritilganidan so‘ng esa abituriyentlar “Tugatgan ta’lim muassasasi” bo‘limidan “Yangilash” yoki “Yuklab olish” tugmasini bosish orqali tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini yangilab olishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022
2022-2023-o‘quv yili uchun Javoblar varaqasi namunasi

Davlat komissiyasining 2022-yil 22-apreldagi 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili qabulida kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlangan.

Javoblar varaqasining namunasi bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
#Qabul2022
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni tasdiqlandi.

📌 Unda 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
Yangi yo‘nalishlar-2022.pdf
302.5 KB
#Qabul2022
Yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos fanlar majmuasi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida tashkil etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Batafsil malumot👇
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU
https://t.me/+V1AHHKmbD0ue-1HU