Milliy manmanlikka berilgan shaxslarning yana bir mantiqsiz odati bor: ular millatning ojiz vakillarini qabul qila olmaydilar. Ular o‘zbeklar orasida ham turli xatolarga yo‘l qo‘yadigan kuchsiz odamlar borligini tan olishni istamaydilar. O‘z hayotini boshqara olmagan yoki yo‘ldan adashgan millatdoshlarini ko‘rsalar – ulardan nafratlanishga tushadilar. Va bu bilan o‘zlaridagi faxr tuyg‘usi qanchalik nisbiy va ishonchsiz ekanini oshkor qilib qo‘yadilar.
Va nihoyat, faxrning eng yuqori ko‘rinishi – bu g‘ururdir. Ko‘pchilik kibr va manmanlikni g‘urur bilan adashtiradi.
Odamlar o‘zlarida haddan ziyod avj olib ketgan shaxsiy muhimlik tuyg‘usini ham “g‘urur” niqobi ortiga berkitmoqchi bo‘ladilar.
Mag‘rur shaxs – shartsiz va sababsiz g‘ururlanadi. U o‘z xalqi bilan faxrlanish uchun asos ham, sabab ham izlamaydi.
Uning xalqiga bo‘lgan mehri millatning buyuk o‘tmishiga ham, bugun erishgan yutuqlari yoki yo‘l qo‘ygan xatolariga ham bog‘liq emas. U xalqidan shunchaki faxrlanadi. Mana shu milliy g‘urur. Mana shu vatanni shartsiz sevish.
G‘ururli odam o‘z tarixidagi qora kunlardan uyalmaydi. U har qanday millat tarixida ham xatolar, noto‘g‘ri qarorlar bo‘lishini biladi. Bunday odam alohida shaxs singari butun xalq ham o‘z xatolaridan tajriba orttirishini – yuksalib borishini biladi. Mag‘rur odam xalqi o‘tmishda qilgan xatolari va ulardan o‘ziga olgan qimmatli xulosalari bilan ham faxrlanadi. G‘ururli odam o‘z tarixidagi ulug‘ ishlardan kibrlanmaydi. U inson qilishi mumkin bo‘lgan har qanday buyuk ish kamtarona mehnat evaziga amalga oshishini biladi. Bunday odam o‘z millatini boshqalardan buyukroq yoki ustunroq bilgani uchun emas –xalqi hech kimnikiga o‘xshamagan, hech kimniki bilan taqqoslab bo‘lmaydigan o‘ziga xos yo‘l bosib o‘tgani uchun yaxshi ko‘radi.
Faxrning bu uch ko‘rinishini bir-biridan ajratish juda oson. Buni sportga muxlislik qilishda yaqqol ko‘rish mumkin. Kibrli odam o‘zbeklarning ham o‘z sporti, terma jamoasi va chempionlari borligidan faxrlanadi. Vaholanki, u o‘zbek sporti, terma jamoa a’zolari, ular erishgan yutuqlar haqida juda kam narsa biladi. U, shunchaki, faxrlanish yoqimli bo‘lgani uchun milliy sportchilaridan faxrlanadi.
Manman odam terma jamoa kimnidir yutsa, kimdandir ustun kelsagina ulardan faxrlanadi. Unga jamoaning mehnati emas – nom va faxr beradigan yutuq muhim. Bordi-yu sportchilar kimgadir yutqazib qo‘ysa, ular o‘zlarini kamsitilgan his qiladilar. Ularning milliy sport bilan faxrlanishlari bellashuv natijasiga bog‘liq.
G‘ururli odam milliy sporti, sportchilari bilan har qanday holatda faxrlanadi. Uning hurmati g‘alabaga emas – terma jamoaning mehnatiga qaratilgan. U sportchini millionlab yoshlarga sog‘lom turmush tarzi bilan o‘rnak bo‘lgani uchun qadrlaydi. Sportchining musobaqadagi g‘alabasidan ham, mag‘lubiyatidan ham birdek faxrlanadi.
Vatanga bo‘lgan mehringizni kibr va manmanlikdan holi qilsangiz – qolgani sof g‘urur tuyg‘usi bo‘ladi. Kuchli shaxsga o‘z xalqini sevish uchun buyuk tarix yoki nomdor ajdodlar kabi asos kerak emas. Kuchli shaxs o‘z xalqidan yuksalishi yoki tushishi, buyukligi yoki qoloqligi, g‘olib yoki mag‘lubligidan qat’iy nazar faxrlanaveradi. Kuchli shaxsning milliy g‘urur tuyg‘usi ham kuchli va haqiqiy bo‘ladi.
7QADAM - 5
@yettiqadam

...Umuman, nafrat – dinga xos bo‘lmagan tuyg‘u. E’tiqodi butun odam nafratdan nari yuradi. Faqat mehr yaratuvchi kuchga ega. Nafrat – shaytoniy tuyg‘u. U faqat vayron qilishni biladi. Shuning uchun qahrga berilganda biz nimalarnidir sindirgimiz, buzgimiz keladi.
Dinning asl mohiyatini yaxshi anglamaganlar boshqacha hayot tarzini tanlaganlarga nafrat bilan qarashga odatlangan. Buning sababi ularning o‘zlari yagona to‘g‘ri yo‘ldan borayotganliklariga ishonishidir. Ammo haqiqatga borish yo‘llari cheksiz ko‘p – din ulardan biri, xolos.
Dunyoda dinlar qadrini tushirayotgan va dinga nisbatan ishonchsizlik, hadiksirash hisini paydo qilayotgan voqealar ortida dinga noto‘g‘ri munosabat turadi. Dinni o‘z shaxsiy manfaatlariga erishish, boshqa odamlarni o‘z izmiga solish uchun ishlatadigan odamlar va guruhlar faoliyati natijasida ommada din haqida asossiz salbiy tasavvur uyg‘onmoqda. Yana qaytaraman - din o‘z-o‘zicha buzg‘unchi narsa emas, undan alohida odamlar va guruhlar buzg‘unchi maqsadlariga erishishda foydalanadilar, xolos.
E’tiqod haqiqatga erishish uchun nima qilish kerakligini aytadi: “ilm izla, shukr keltir, bunyodkor ishlar qil”. Din shularni qanday qilish kerakligini aytadi: “falon kitobni falon marta o‘qib chiq, boyligingdan sadaqa ber, ibodatxona qur”. Asrlar davomida din ana shunday ko‘rsatmalarning eng sara va samaralilarini jamlab keladi. Natijada bu ko‘rsatmalar inson hayotining deyarli hamma jihatlarini qamrab olgan va ularning barchasiga amal qilishga bitta odam umri davomida ham ulgurmasligi mumkin. Ba’zida bir dinning ichida turli xil ko‘rsatmalar paydo bo‘ladi va alohida yo‘nalish, mazhab va oqimlar kelib chiqadi.
Biznikidan boshqacha yo‘ldan borayotganlarni hurmat qilishni o‘rgansak – ana shunda bunyodkor shaxs bo‘lamiz. Ana shunda dinimiz bizga ato etgan bilimlardan o‘zimiz bilmay boshqalarni ayblashda foydalanmagan, bu bilimlarni o‘zimiz va yaqinlarimiz hayotini baxtliroq va mazmunliroq qilishga safarbar qilgan bo‘lamiz.
7QADAM - 4

Qirqta jon – Telegraph
https://telegra.ph/Qirqta-jon-08-21-2
https://telegra.ph/Qirqta-jon-08-21-2
Telegraph
Qirqta jon
Ushbu bob eng aziz va muhtaram onalarimiz va opa-singillarimizga bag’ishlanadi Bugun muhokama qiladigan so‘ngi masala – jinsiy muhimlikdir. Anglab turganingizdek, bu bizda ko‘p uchraydigan erkaklarning ayollardan o‘zini yuqori hisoblash holatidir. Qadim-qadimdan…
Agar kitob sizga maqul kelgan bo'lsa, uni do'stlarga tavsiya qiling. Bunday bilimlarga ega bo'lish va foyda topishga har kim haqli.
Ishoning, atrofimizda kuchli shaxslar qancha ko'p bo'lsa, hayotimiz shuncha farovon bo'ladi. :)

Shaxsiy muhimlik – Telegraph
https://telegra.ph/Shaxsiy-muhimlik-09-23
https://telegra.ph/Shaxsiy-muhimlik-09-23
Telegraph
Shaxsiy muhimlik
Men Janobi Oliylari “Shaxsiy muhimlik tuyg‘usi insonning eng zolim va makkor dushmanidir” (Don Xuan, Karlos Kastanedaning ustozi) Odamning tabiati erkinlikka intiluvchan qilib yaratilgan. Ammo eng qiziq holat shundaki, bizni tobe etishi mumkin bo‘lgan kuchlar…
O‘zlikni anglab, kuchli shaxs bo‘lishning eng oliy mukofoti – inson yangi kengliklarni kashf qilishidir. Shaxsiy kuch sizga to‘rtinchi va undan ko‘p o‘lchamlar eshigini ochib beradi. Intuitsiyangiz rivojlanib, dunyoga vaqt va fazoga tobe bo‘lmagan holda qarashni o‘rganasiz.
Juda xayolparast gaplardek tuyilmayaptimi sizga bular? Agar shunday tuyilayotgan bo‘lsa – demak aqlingiz mantiq yordamida hali ham sizni nazoratda saqlayapti ekan. Axir, yuqoridagi gaplarni imkonsiz xayollar sirasiga qo‘shgan aynan mantiq.
Men intuitsiya (ya’ni qalb bilimi) haqida bejiz gapirmadim. Maqsadlarimizga oson erishishda intuitiv bilimlarning ahamiyati katta. Intuitsiya esa shaxsiy kuchi ko‘p odamlarda kuchli bo‘ladi.
Biz – uch o‘lchamli odamlarmiz. Ammo bizga shu uch o‘lcham chegaralaridan tashqariga chiqish qudrati berilgan. Shunday imkoniyatimizga ishonmaganlar mana shu yerda bizni tark etishlari mumkin. Insonning cheksiz imkoniyatlariga ishonganlarga esa meni hali aytadigan gapim ko‘p.
7QADAM - 3

Yot maqsadlarni insonga oila, jamiyat, g‘oya beradi. Gitlerning g‘oyasiga ergashganlar yot maqsadga intilgan. Axir, aytaylik, Myunhenlik oddiy nemis kishiga Yahudiylarni qirg‘in qilish yoki nemislarni hukmron irq darajasiga ko‘tarish nimaga kerak bo‘lishi mumkin? Bu oilali va sodda nemisga emas – Gitler va uning partiyasiga kerak bo‘lgan. Umuman, urushlar-u inqiloblar juda ko‘p odam ular uchun begona maqsadlarning ortidan yurganida kelib chiqadi. Tarix buni ko‘p bora isbotlagan.
Insonni yot maqsadlardan tejab qoluvchi odat – albatta, sergaklik. Biz u yoki bu intilishlarimiz aslida kimga kerak ekanini faqat sergak nazar bilan payqay bilamiz.
Maqsad – xuddi farzanddek. U faqat baxt ato etadi, hayotingizni mazmunga to‘ldiradi. Uni ham quvonch bilan kutib olish, tarbiyalash va qadrlash kerak. Yot maqsadlarga ergashish xuddi o‘z bolangizni qarovsiz qoldirib, boshqalar bolasiga g‘amxo‘rlik qilishdek gap.
O‘z maqsadlaringizni sergaklik elagidan o‘tkazib ko‘ring: ularning qaysilari puch yoki yot ekanini bilib olasiz. Sizning maqsadlaringiz – hayotda kim ekaningizni ko‘p jihatdan belgilab beradi. Shunday ekan, puch yoki yot maqsadlarga ergashish – o‘zligini yo‘qotish bilan barobar.

Aziz doʻstlar!
Ajoyib yangilikni sizga yetkazishdan mamnunmiz.
Oʻzbek tili imlo dasturi (imlo.insof.uz) yangi nom va koʻrinishga ega boʻldi. Xizmat uchun savodxon.uz manzilini tanladik.
Yangi brend barchamizga muborak!
https://savodxon.uz/

Noshukrlikning davosi – shartsiz orzu qilishdir. Ya’ni orzuga erishish uchun emas – orzu qilish jarayonidan rohatlanish uchun orzu qilish. Mana sizga noshukr odamning orzu qilish tartibi:
“Qaniydi, Karibdagi biror orol sohilida o‘zimni oftobga solib yotsam. Juda maza bo‘lardi-da” – bu jarayonning sof orzu qismi, unda odamning ko‘zlari yumilgan, tanasi bo‘shashgan, chehrasi ochiq bo‘ladi. Undan keyin keladigan fikr: “Buning uchun pulim bo‘lishi kerak-da” – bu shart qismi, ya’ni orzuga erishish uchun qanday shart bajarilishi kerak. Tamom, orzu mana shu yerda tugaydi. Odamning yuzi darrov jiddiylashadi, tana muskullari taranglashadi, aql o‘z ishini boshlaydi. Keyingi fikr: “Xo‘sh, pulni qayerdan olsa bo‘ladi? ‘A’ qilsammikan, ‘B’ qilsammikan?..” – bunisi endi reja qismi. Bunda orzuning hidi ham qolmaydi, odam endi aqliy faoliyat bilan band (foydasiz aqliy faoliyat bilan). Oxirgi fikr: “Har yo‘liga qilsam ham, kerakli pulni topa olmas ekanman. Esizgina, kinolarda ko‘rgan joylarimni ko‘rish nasib qilmas ekan-da...” – bu orzuning dafn marosimi, uni chuqur qabrga ko‘mib, ustiga armon toshi qo‘yiladi.
Mana bunisi rostdan ham Yaratganning cheksiz marhamatiga ishongan, uning qudratiga shubha qilmagan odamning orzu qilishi:
“Dengiz bo‘yida maza qilib oftobda toblansam. Yaqinlarim ham yonimda bo‘lsa. Ha nima – Xudo beraman desa, beraveradi. Mana, ishlarim yaxshi ketyapti, topishim yomonmas. Shu paytgacha ko‘p niyatlarimga erishdim. Bir kun kelib, dengiz bo‘yiga ham boramiz-da, Xudo xohlasa. O‘sha kunlarga o‘zi yetkazsin, iloyim...”
Bu odamning butun orzu qilish jarayonida yuzidan tabassum ketmaydi. Orzu qilayotgandayoq xuddi niyatiga erishgandek dili yayraydi. Bunga qanday erishadi, buning uchun nimalar qilish kerak – bu uni qiziqtirmaydi. Unga orzu qilishing o‘zi yetarli. U atrof-dunyoga o‘z orzusini qush kabi uchirib yuboradi: agar ahdi mustahkam bo‘lsa, bir kuni orzusi uning oldiga o‘z ro‘yobini boshlab keladi.
O‘zingiz o‘ylab ko‘ring: orzuni avval boshidayoq armonga aylantirib, ko‘mib tashlagandan ko‘ra, uni erkin qo‘yib yuborgan yaxshi emasmi? Aytaylik, siz shaharning bir nuqtasidan boshqa nuqtasiga bormoqchisiz. Aynan siz bilgan yo‘l ta’mirlash vaji bilan to‘sib qo‘yilgani sababli siz yo‘lga chiqishdan voz kechdingiz. Lekin sizni ko‘zlagan manzilingizga olib boradigan yo‘llar soni cheksiz – ularning hammasini siz bilishingiz shart emas, yo‘l o‘zi sizni olib boradi.
Xuddi shunday, sizdan orzu qilish va harakatlanish talab etiladi, xolos. Istagingizga sizni aynan qaysi yo‘llar bilan va qaysi vositalar yordamida yetkazishni siz Xudoga ishonib topshiring. Toki U orzuyingizga siz bilmagan va xayolingizga ham keltirmagan qisqa va zavqli yo‘llardan olib borsin. Faqat maqsadingizga erishganingizda shukrona keltirishni unutmang.

Xalq biror nima yoki biror kimdan qo‘rqqani uchun davlat tuzmaydi. Xalq o‘z istaklariga erishish uchun maqsadlar va amallarni muvofiqlashtirish uchun davlat tuzadi. Qaysidir davlat xalq intilishlarini inobatga olmay ish qilishni boshlasa, xalq bunday davlatni ag‘darib tashlashdan aslo qo‘rqmaydi. Davlatning mavjudligiga asos – xalqning qanchalik undan qo‘rqishi emas, uning xalqqa qanchalik yaxshi va to‘g‘ri xizmat qilishidir.
Ba’zi odamlar davlat xalqdan qo‘rqsagina, jamiyat taraqqiy topishini ta’kidlaydilar. Bu ham bir keskinlik va tarix bu fikr qanchalik xato ekanini ko‘p marta ko‘rsatgan. Bunga misol izlab uzoq o‘tmishga va uzoq o‘lkalarga murojaat etish shart emas. Mamlakatimizga qo‘shni Qirg‘izistonda odamlar shu kabi tamoyilda yashaydilar. Ikki inqilobdan so‘ng, bu mamlakat xalqi davlatni qo‘rquv ostida tutishga o‘rgangan. Natijada esa jiddiy qarorlar qabul qila olmaydigan, hammaning ko‘nglini teng olishga intiladigan amorf va zaif hukumat yuzaga kelgan. Davlat uzoq muddatli islohotlar bilan jamiyat hayotini yaxshilash o‘rniga, qisqa muddatli loyihalar bilan xalq kayfiyatini yaxshi saqlash bilan band bo‘lib qolgan. Bunday hukumat mamlakat manfaatini xalqaro hamjamiyatda himoya qilishga ham, xalq uchun ishonchli kelajakni ta’minlovchi strategik siyosatni olib borishga ham ojiz.
Aflotun “Davlat” deb atalgan asarida bunday turdagi davlatda odamlar o‘zlariga berilgan erkinliklarni suyiiste’mol qilishlarini, bu holat borgan sari chuqurlashib borishini, oxir oqibatda bunday jamiyatda zolim hukmdorlar chiqishini mantiqiy tahlillar bilan izohlagan. Xalq kuchi oldida qo‘rqib, zaiflashgan davlatlar turli tashqi xatarlar oldida ojiz qolishini uzoq va yaqin tarix ham ko‘p marta amalda isbotlagan.
Yuqoridagilardan xulosalar juda oddiy: shaxs va davlat o‘rtasidagi munosabatlarga qo‘rquv aralashmasligi lozim. Davlatidan qo‘rqqan xalq ham, xalqidan qo‘rqqan davlat ham bunyodkor ishlar qilishga noqodir. Zaif davlat esa hech birimiz manfaatimizga xizmat qila olmaydi.
Xo‘sh, shaxsning davlatdan – davlatning shaxsdan qo‘rqmasligini ta’minlash uchun qanday tamoyilga amal qilgan ma’qul?
Shaxsning davlatga munosabati ishonchga asoslanishi lozim. Biz o‘z davlatimizga ishonishimiz, har qanday holatda ham unga suyanishga tayyor bo‘lishimiz kerak. Bunday ishonch davlatning faoliyatidan to‘la xabardor bo‘lish bilangina yuzaga keladi. Biz davlatimiz nima qilayotganini va nega shunday qilayotganini bilib tursak, unga yaqin bo‘lishimiz, uning siyosati bizning intilishlarga mos ekanini ko‘ra bilishimiz, uning qarorlari bizning manfaatga xizmat qilishini anglashimiz oson bo‘ladi.
O‘z faoliyatida oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga amal qilgan, o‘z amallarini xalqqa oddiy va tushunarli tilda yetkaza bilgan davlat ham xalq noroziligi soyasida qolish xavfidan himoyalangan, jamiyatdagi ichki ziddiyatlardan sug‘urtalangan bo‘ladi.
Davlatdan qo‘rqish hisidan holi bo‘lmagan odam shaxsiy erkinlikka erisha olmaydi. Biz bolalikdan begonalardan qo‘rqamiz – demak, davlat bilan yaqindan tanish bo‘lsak, u bilan do‘st tutinsak, unga ishonishni va uni hurmat qilishni o‘rgansakkina, undan qo‘rqmaydigan bo‘lamiz.
Davlatga undan qo‘rqadigan fuqarolar kerak emas. Bunday fuqarolardan jamiyatga naf kam. Bunday shaxslar mustaqil qarorlar qabul qilishdan ham, o‘z qarorlari uchun mas’uliyatni o‘zlariga olishdan ham qo‘rqadilar.
Xalqdan qo‘rqadigan ojiz davlat ham hech bir xalqqa kerak emas. Bunday davlat hatto o‘z xalqi manfaatlariga xizmat qiluvchi qarorlarni ham xalq qahridan hadiksiz qabul qila olmaydi.
Kuchli shaxs belgisi qo‘rquvdan holilik bo‘lganidek – kuchli jamiyat ham har qanday qo‘rquvdan holidir.

7QADAM turkum kitoblarini Rossiyada yashovchi kitobxonlar uchun yana ham yaqin qildik. Endi siz Rossiyaning o'zida kitobning elektron yoki bosma ko'rinishi uchun buyurtma berishingiz mumkin. Link:
https://ridero.ru/author/zh_raev_zhavlon_suvg2/#.W-LCpgqkNBw.facebook

Farzandlaringizni hech kimdan kam qilmay katta qilish istagi – puch maqsad. Bu maqsad sizning ota-onalik mehringizdan emas, ota onalik muhimligingizdan kelib chiqqan. Siz farzandingizni insoniylik nima ekanini biladigan kuchli shaxs etib tarbiyalashni ko‘zlang. Buning uchun esa ularda “hech kimdan kam emaslik” hisini emas – “hamma bilan tenglik” hisini shakllantirish lozim. Ana shunda siz farzand tarbiyasiga muhimlik mehr niqobi ostida aralashishining oldini olgan, bolangizga mehr ko‘rsataman deb, jabr qilmagan bo‘lasiz.
Mehr izhor etishdan kelib chiqqan maqsadlar yo‘lidan borib, farzandlaringizga but maqsadlar qanday bo‘lishi haqida saboq bering. Bunda ularga sizning maqsadlaringiz namuna bo‘lsin. Ularni shartsiz mehr bilan to‘yintiring. Mehrga to‘yib ungan gul, atrofga faqat xushbo‘y ufor taratadi. Farzandlaringiz mehridan zavqlangan odamlar, ularni parvarish qilgan bog‘bonlarga rahmat aytsinlar. Ularning minnatdorligi ham – sof holdagi mehrdir.
Oldimizga qanday maqsad qo‘yishimizdan qat’iy nazar, uning kelib chiqishini aniq bilishimiz lozim. Uning o‘zagi qalb istagida bo‘lishi, uning o‘zi mehrdan kuch olishi bu maqsad bunyodkor ishlarga turtki bo‘lishi garovi. Bunyodkor ishning esa katta-kichigi bo‘lmaydi.
Hech qachon odamlarga rahmat deyishni kanda qilmaylik. Oddiy rahmat aytish ham mehr izhori, qalb istagi ekani yodimizda bo‘lsin. Odamlarning yordamlarini minnatdorlik bilan qadrlay bilish – kuchli shaxsiyat xislatidir. Minnatdorchilik bildirish – bizga kerak, bu bilan bizning qalbimiz o‘z so‘zini aytadi.
Mehr kuch bergan maqsadlarga intilishga zamon yoki makon imkon bermaydi deydiganlarga men bir nima deyishim qiyin. Ular o‘z shaxsiy erkinliklarini tashqi va ichki tobeliklarga berib qo‘ygan baxtsizlardir. Ular hali ham aql tuzoqlaridan nariga o‘tishni istamaydilar. Ular o‘zlariga (hatto o‘zlariga) shaxsiy erkinlik berishdek mehribonchilikni ravo ko‘rmaydilar. Bu ularning tanlovi.
Tangri bu borliqni tengsiz mahorat bilan yaratgan. U dunyo daftariga hayot suratini ahd qalamini mehr siyohiga botirib chizgan. U bizga ham ahd kuchi bilan bu daftarga suratlar chizishni o‘rgatgan. Ahd qalamini botirib turish uchun mehr siyohiga to‘la qalb ato etgan. Keyinchalik biz nafrat va g‘ayirlik kabi bo‘yoqlarni ham kashf qilganmiz. Ular yordamida hayot surati mukammalligiga zarar yetkazishni, Tangrining shundoq ham bekam ilohiy asariga insoniy tuzatishlar kiritishni o‘rganganmiz.
Bugun ham – hozir ham ana shu yaratuvchilik qudrati sizning qo‘lingizda. Shaxsiyatingiz tubida mehri hech qachon tugab qolmaydigan qalb siyohdoni bor. Izmingizda shu siyohdan go‘zalliklar bunyod qilishga qodir ahd qalami bor. Ana shu bunyodkor kuchni haq yo‘lda va Haq yo‘lida ishlata bilish qoldi, xolos. To‘g‘ri, Yaratgan oldida biz bor-yo‘g‘i bir havaskor musavvirlarmiz – lekin, ba’zida, havaskor ijodkorning ilhomi ham san’at asarlari yaratishga qodir.

Ana, miyamiz qanchalar ajoyib! U xuddi qaysidir qonun ustida bir qarorga kela olmayotgan parlamentga o’xshaydi: unda irratsionallar partiyasi va ratsionallar partiyasi mudom bahslashadilar. Hamma o’z nuqtayi nazarini aytadi. Ratsional tomon xotirjam mantiqiy usulda tushuntirish bilan qarorni o’z tomoniga og’dirmoqchi bo’lsa, irratsional tomon dod-voy solib yoki qo’rqitib qaror ustidan emotsional nazorat o’rnatishga intiladi. Esdan og’ib qolmaganimizga qoyilman.
Aynan irratsional omillar ta’sirida biz o’zimizga kerak bo’lmagan narsalarga ega bo’lishga intilamiz, o’zimizga yarashmagan (lekin moda bo’lgan) kiyimlarni kiyishni “to’g’ri ish” deb bilamiz. Irratsional omillar bizni vaqtimizni aslida bizga keraksiz bo’lgan maqsadlarga sarflashga, sog’ligimiz va kuchimizni asossiz ishlarga isrof qilishimizga sabab bo’ladi.
Xalqimizda farovonlikni anglatuvchi “baraka” yoki “fayz” kabi ajoyib so’zlar bor. U uy-ro’zg’orda hamma narsa sergaklik bilan qilinishi natijasi. Oilaning daromadi kerakli va foydali maqsadlarga sarflanadi, buyum va vositalardan unumli va mas’uliyat bilan foydalaniladi. Fayzning boylikka aloqasi yo’qligini hammamiz bilamiz – ba’zi anchayin boy xonadonlarda fayzdan asar ham bo’lmaydi. Demak, fayz mulkning miqdorida emas – undan qanchalik samarali foydalanishda. Samarali foydalanish esa – ratsional qarorlarga asoslanadi.
Milliy iqtisod – bizning ulkan oilamiz. Uning ham o’z xo’jaligi bor. Uning qanchalik fayzli va barakali bo’lishi birgina xo’jalikka ish boshqaruvchi qilib yollangan davlat zimmasida emas. Milliy iqtisod fayzi bizning qo’limizda. Uni ko’tarish uchun qayerdandir pul topib, mamlakatga shu pulni kiritib, boylikni oshirish emas – avvalo mavjud nematlardan ratsional foydalanish darkor.
7QADAM - 6
(tugallanmagan)

Yollangan bog’bon
Ushbu kitob shaxs va davlat o‘rtasidagi munosabatlarga urg‘u berishga qaratilgan. Xo‘sh, kuchli shaxs davlatga qanday munosabatda bo‘lishi kerak? Bu savolga sodda usulda javob berish uchun yana tasavvurga murojaat qilamiz.
Tasavvur qiling, sizning ulkan gurkiragan bog‘ingiz bor. U yerda mevali daraxtlar ham, anvoyi gullar ham, poliz ekinlari ham, sabzavotlar ham bor. Shu bog‘ni parvarish qilish uchun siz bog‘bon yollaysiz. Chunki siz bunday katta bog‘ni orasta saqlashni, undagi barcha o‘simliklarni parvarish qilishni o‘zingiz uddalay olmaysiz. Bunda bog‘bon sizdan ko‘ra ko‘proq tajribaga va bilimga ega. Uning hayotdagi mahorati – tabiat bergan iqtidori shu: bog‘ parvarish qilish.
Bog‘bon siz to‘lagan haq evaziga siz istagan bog‘ni yaratadi. Siz aytgan joyga salqin soladi, siz istagan joyga favvora chiqaradi. U bog‘ni sizga yoqadigan gullar bilan bezatadi, siz kutgan mevalarni o‘stiradi. Siz unga faqat bog‘ qanday bo‘lishini aytasiz – u o‘z bilim va qobiliyatini ishga solib, sizga shuni yetkazib beradi. Siz bog‘bon o‘z ishini qilishiga qo‘yib berasiz. Unga nimani qanday qilishni o‘rgatmaysiz. Siz uning tajribasi va didiga suyanasiz. U istagingiz bo‘yicha bir narsa qilsa, sizga ko‘rsatadi – siz yakuniy ishni ma’qul ko‘rmasangiz, sizning fikrlaringizni hisobga olib, u tegishli o‘zgartirishlarni kiritadi.
Davlat – xuddi ana shunday yollangan bog‘bon. Xalq esa bog‘ egasi. Xalq o‘z orzu-istaklaridan kelib chiqib, kerakli bilim va tajribalarga ega bog‘bonlarga bog‘ga qarash vazifasini ta’minlaydi va buning uchun ularga haq to‘laydi. Davlat xalq istaklaridan kelib chiqib, mamlakat bog‘ida nimalar ekishni, qayerni obod qilish, qayerga suv chiqarish, bog‘ hosilini bog‘ egasiga qanday yetkazishni hal qiladi. Davlat hech qachon mamlakat bog‘iga egalikni da’vo qilmaydi: u doim bog‘ aslida xalqniki ekanini esda tutadi.
Bog‘ingizga qarash uchun yollagan bog‘bonga qanday muomala qilasiz? Undan qo‘rqmaysiz, unga ishonasiz – ammo uni nazoratsiz tashlab ham qo‘ymaysiz. U siz bilan maslahatlashmay, bog‘da biror katta o‘zgarish qilmaydi. Davlatga munosabat ham xuddi shunday bo‘lishi kerak: uni tajribasiga ishonasiz, uning ishi uchun haq to‘laysiz – lekin doim uning ishini kuzatasiz. Bunday kuzatuvsiz mamlakat bog‘iga qarash uchun yollangan bog‘bonlar xalq ishonchini shaxsiy manfaat yo‘lida suiiste’mol qilishlari mumkin. Bog‘ mevalarini o‘zi uchun o‘g‘irlaydigan, ish haqini olib, bog‘dagi vazifalarini qo‘l uchida bajaradigan, bog‘ egasining haqiga xiyonat qiladigan bog‘bonlar ham bo‘ladi.
Siz pulga yollangan bog‘bonni ulug‘lab, ilohiylashtirmaysiz, unga tirikligida haykal va yodgorliklar qurmaysiz. Uni oldida o‘zingizni quyi yoki tobe hisoblamaysiz. Uni xatolarini aytishdan, uning qilgan ishlariga munosabat bildirishdan qo‘rqmaysiz.
Bizda davlat bilan munosabatda ikki keskinlikka borish ko‘p kuzatiladi. Ba’zilar davlatga u yoki bu ishni qanday qilish kerakligini aytib, uni shu ishni qilmaslikda ayblaydilar. Ya’ni, bog‘bonga o‘z ishini qanday qilishni o‘rgatmoqchi bo‘ladilar. Boshqalar davlat mamlakat bog‘ida nima qilsa qilaversin deydilar. Ya’ni, bog‘bonga bog‘da istagancha ish qilishga qo‘yib beradilar.
Bu ikki keskinlik ham davlat va shaxs munosabatlarini chigallashtiradi. Birinchi holatda davlat o‘z ishini samarali bajara olmaydi – bog‘bonga bog‘ egasi tinimsiz o‘z ko‘rsatmalari bilan xalal berib tursa, bog‘bonning ishi unmaydi. Ikkinchi holatda nazoratsiz qolgan davlat xalq istaklaridan uzoqlashadi va xalqqa keraksiz ishlarni qiladi – bog‘bon bog‘ egasiga keraksiz daraxtlar va gullarni o‘stiradi.
Shaxs o‘z istagini, qanday bog‘da yashamoqchi ekanini davlatga aytish va davlat ana shu istaklarga monand bog‘ barpo qilishini nazorat qilishi kerak. Bu ishni eng samarali usulda bajarishni u davlatning tajribasiga ishonib topshirishi va ortiqcha ko‘rsatmalar bilan uning ishiga xalal bermasligi lozim. Davlat o‘z ishi davomida vaqti-vaqti bilan shaxsdan fikr so‘rab turadi – shunday holatlarda shaxs albatta o‘z fikrini bildirishi, befarq qolmasligi kerak.