7QADAM
270 subscribers
29 photos
2 videos
7 files
67 links
Ushbu kanalda 7QADAM turkum kitoblari va muallif ijodidan bahramand bo'lasiz.

Facebook: https://www.facebook.com/yettiqadam

Instagram: https://www.instagram.com/yettiqadam?r=nametag

"Yaratish - yashash demakdir."

Bogʻlanish: @yettiqadamBot
Download Telegram
Shaharning katta ko’chalaridan birida bir gadoy juda eski bir quti ustida o’tirib, tilanchilik qilar ekan. Kunlardan bir kun shu ko’chadan bir darvesh o’tib qolibdi. Gadoy darveshning eskirib ketgan ust-boshiga qarab, undan sadaqa so’rash-so’ramaslikni o’ylab tursa, darvesh o’zi uning yoniga kelib, unga bitta tanga uzatibdi.
- Qanchadan beri shu yerda sadaqa so’raysan? – qiziqibdi darvesh.
- Yigirma yildan beri, - javob beribdi gadoy, - bu shaharning odamlari sahiy, hech quruq qo’yishmaydi.
- Ustida o’tirganing qanday quti? – yana so’rabdi darvesh.
- Bilmadim, eski bir quti-da. Uni shu yerda topib olganman – shundan beri ustida o’tiraman, juda qulay.
- Ichida nima bor?
- Bilmayman.
- Ochib ko’rmaganmisan?
- Yo’q. Uni ochishga qo’rqaman.
- Nega? Buning nimasi qo’rqinchli?
- Uning ustiga “Buning ichida nima borligini faqat xudo biladi” deb yozib qo’yilgan. Buning ichida oddiy banda bilishi mumkin bo’lmagan narsa bo’lsa – demak, juda yomon narsa bor. Shuning uchun uni hech qachon ochib ko’rmaganman.
- Balki uning ichida juda yaxshi narsa bordir, - kulibdi darvesh, - Nahot, shuncha yildan beri qutida nima borligiga qiziqmagansan.
- Aytdim-ku, uning ichida yaxshi narsa bo’lishi mumkinmas. Xudodan boshqa hech kim bilmaydigan narsa hech zamonda yaxshi narsa bo’lmaydi.
- Men darvesh bo’lib, yurtlarni kezib, juda ko’p g’aroyibotlarni ko’rganman. U ajoyibotlar haqida ham bu shaharda hech kim bilmaydi. Dadil bo’l, qutini ochib ko’r.
Darveshning qistovi bilan gadoy qo’rqa-pisa qutini ochib qarasa – ichi to’la tilla tanga emish. Darvesh hayratdan og’zi ochilib qolgan gadoy yelkasini qoqib:
- Eh birodar, hech kim bilmagan narsani bilishdan qo’rqib, yigirma yil oltin to’la quti ustida o’tirib, tilanchilik qilibsan. Darvesh bo’lib, bunaqasini hali ko’rmaganman, - dega ekan.

7Qadam_4
@yettiqadam
7QADAM pinned Deleted message
🎼 Go'zal Musiqalardan bahramand bo'ling! 😊