7QADAM
292 subscribers
29 photos
2 videos
3 files
63 links
Ushbu kanalda 7QADAM turkum kitoblari va muallif ijodidan bahramand bo'lasiz.

Facebook: https://www.facebook.com/yettiqadam

Instagram: https://www.instagram.com/yettiqadam?r=nametag

"Yaratish - yashash demakdir."

Bogʻlanish: @yettiqadamBot
Download Telegram
🎬 Disney va PIXAR dan qo'rquvni yengish - chegaralarni kengaytirish haqida ajoyib multfilm! :)
Kompleks va qo'rquvlar bizni baxtdan ayiradi, xotirjam yashahga xalal beradi. Ulardan qutilmasdan, baxtga erishib bo'lmaydi. Ammo ulardan qutilish uchun esa shaxsiy kuch (jargonda aytganda, dux) kerak. Shaxsiy kuchni esa muhimlik olib qo'yadi. Agar biz kompleks va qo'rquvlar bilan olishishga tushsak, biz ularning ahamiyatini oshirgan bo'lamiz va bu kurashda yana-da ko'p quvvat yo'qotamiz. Shu mantiqdan kelib chiqib, men komplekslarni muhim deb bilmaslikni, ular bilan kurashishni to'xtatishni - ularni oddiy hol deb qabul qilishni taklif qilaman. SHunday qilgan odamda muhimlik pasayadi, ichki kurashdan ozod bo'ladi va kuch sarfini kamaytiradi. Vaqt o'tib, to'plangan shaxsiy kuch kompleks va qo'rquvlarni tabiiy usulda yengishga yordam beradi.

Javlon Juraev
@yettiqadam_buyurtma
Qo'rquv - juda murakkab psixologik holat. Odamda ikki xil qo'rquv bo'ladi - obyektiv qo'rquv (yoki ratsional qo'rquv) va subyektiv (yoki irratsional qo'rquv). Ratsional qo'rquv obyektiv (chindan ham) mavjud hafvdan tana o'zini himoya qilish uchun asab sistemasiga o'tkazadigan bosimidan hosil bo'ladi. Irratsional qo'rquv odam o'z bilimlariga asoslanib, tahmin qilgan havfdan himoyalanish uchun aql sun'iy yaratgan bosimdan hosil bo'ladi. Masalan, chayondan qo'rqish ikki xil qo'rquvni o'z ichiga oladi: chayon keltirishi mumkin bo'lgan obyektiv hafvdan himoyalanish (obyektiv qo'rquv) + chayon haqidagi bizning tahminlarimizdan kelib chiqadigan tasavvurdagi hafvdan himoyalanish (subyektiv qo'rquv). Bunda odam qancha chayon haqida ko'p narsa bilsa - uning subyektiv qo'rquvi shuncha kam bo'ladi (chayonlarni o'rganadigan olim ular bilan ancha dadil muomala qiladi). Obyektiv qo'rquvni yengib bo'lmaydi, lekin subyektiv qo'rquvni bilim va tajriba bilan kamaytirish mumkin.

Javlon Juraev
@yettiqadam_buyurtma
G'urur - o'zini boshqalarga solishtirib his qilinsa, bu manmanlik

Kibr - hech kimga solishtirmasdan o'ziga yuqori baho berish, asossiz yuqori baho

G'urur absolyut bo'ladi.
Absolyut degani - qiyoslashsiz degani. Shunchaki, o'z millati, oilasi va qilgan ishlarini hech kimga solishtirmay yaxshi ko'rish - g'urur.

Javlon Juraev
@yettiqadam_buyurtma
O'zimizga mehr shartsiz bo'lishi kerak - nisbiy mehrdan kelib chiqqan individualizm buzg'unchi egoizmga olib keladi.

Ego - odamning o'z-o'zini asrash instinkti asosida aql yaratgan obraz.

Javlon Juraev
@yettiqadam_buyurtma
Astral holati, xuddi ko'plab diniy va falsafiy ta'limotlar talqinida bo'lgani kabi - ikkilamchi ongning (podsoznaniye) aql nazoratidan holi bo'lgan vaziyati. Bunga buddistlar meditatsiya, so'fiylar maxsus raqs va qo'shiqlar, nasroniylar chin dildan tavba qilish va musulmonlar namoz orqali erishishi nazarda tutilgan. Buning hammasi ma'naviy dunyo (ruh - ma'naviy yarmimiz, tana - moddiy) birlamchi ekaniga ishora. Ya'ni asliyatni (reallikni) qatlam-qatlam deb olsak, uning tubida (asosiy qatlamida) ruhiy dunyo (astral yoki ma'naviy dunyo) turadi va uning ustida moddiy dunyo quriladi. Bu g'oya moddiy dunyo ahamyatsiz - odam ma'naviy dunyo haqida qayg'urishi kerakligi haqidagi qarashni ilgari suradi. Endi. Astral holati - bu shunchaki tabiiy o'zakka qaytish, jamiyat yaratgan aqlni bir muddatga o'chirib qo'yish va asl siz - ruhingiz bilan yakkama-yakka qolish degani. Bunda odamga u xuddi tanasidan holi bo'lgandek, moddiy dunyo qonunlari bilan cheklanmagandek tuyiladi. U sof quvvat (energiyaga) aylanadi va moddiy dunyo kengliklarida to'siqsiz yura oladi. Bilasizki, moddiy koinotda faqat quvvat erkin harakat qila oladi (yoruqlik, issqilik va elektrdagi quvvat fizika qonunlariga bo'ysunmay yura oladi). Astral holati - sof energiyaga aylanib, koinotda harakatlanish. Bu sof texnik ta'rif. Bu qanchalik amalda qilsa bo'ladigan ish - bu boshqa masala. Bundan qanday amaliy naf bor - yana bir boshqa masala.

Javlon Juraev
@yettiqadam_buyurtma
Siz pragmatizmni odat qilishingiz kerak.
Pragmatizm - falsafadagi bir yo'nalish. Har kimning o'z falsafasi bor - hamma o'zini o'z usulida aldab yashaydi qaysidir ma'noda. Chunki biz bilishimiz mumkin bo'lgan narsalar cheklangan - bila olmagan narsalarimiz haqida tasavvur hosil qilishga majburmiz. Har kim juda ko'p jihatdan ana shu tasavvurlari (e'tiqodi, shaxsiy prinsipi, shaxsiy falsafasi) bilan yashaydi, shundan kelib chiqib hayotini quradi. Pragmatizm - hech bir falsafani inkor qilmaydi. Uning birdan bir talabi - har qanday falsafa shu falsafa egasiga amaliy naf keltirishi kerak. Agar kimdir olovga sig'inib, shu e'tiqodidan amaliy naf topib, shu asosida baxtli hayot qura olsa - demak shu falsafa pragmatik to'g'ri falsafa.

Pragmatizm aynan kapitalizm muhitida gullashi bu mantiqiy holat - kapitalizm hamma narsani o'z joyida va samarali ishlatishni istaydi. Shu sabab falsafiy qarashlar ham foydaliligiga qarab saralab tashlanadi.

Javlon Juraev
@yettiqadam_buyurtma
Bir nima haqida fikr yurotganda (masalan, astral holat, dejavyu yoki ilohiy energiya) shu mavzuning ichidan chiqish kerak - unga tashqaridan qarash kerak. Nega bu narsa paydo bo'lgan, odamlar nega buni o'ylab topgan va nega bunga ishonadi? Shu kabi savollar bilan baholash kerak. Aytaylik, siz qurtsiz va olma nima ekanini bilmoqchisiz. Lekin siz olmani ichida yurar ekansiz, uni meva ekanini, u daraxtda o'sishini, uni odamalr yetishtirishini, unga o'xshagan mevalar ko'p ekanini bilmaysiz.

Javlon Juraev
@yettiqadam
Nur

Quyoshdan zaminga yetdi bitta nur,
Shaffof mudofaadan u omon o‘tdi,
Shu zarra taftidan gul oldi surur -
Gul o‘sha zarrani ko‘p muddat kutdi.

Gul yuzin ochishin poylagan bulbul,
Sevinchdan qo‘shig‘in boshlab yubordi -
Bulbul qo‘shig‘idan lol qolgan dovul
Qahrini dengizga tashlab yubordi.

Dengiz to‘lqinlandi yana ham battar,
Hislari sohilga toshib ketdilar -
Tuxumdan yorigan toshbaqachalar
Bexatar suvgacha borib yetdilar.

Sohilda cho‘ntakka solib qo‘lini,
Bir yigit turardi ko‘r-u garangdek,
Topmagan edi u hayot yo‘lini -
Xuddi unga quyosh nur bermagandek...

Javlon Juraev
@yettiqadam
Falsafa - bu odam o'z hayotini o'zi hal qilishi uchun zarur bilimlar va prinsiplar jamlamasi. Xato falsafa bo'lmaydi - befoyda falsafa, ya'ni odamga hech qanday nazorat bermaydigan falsafa bo'ladi.

Konstruktivizm - yaratuvchanlikni targ'im qiladigan falsafa.

Masalaga kuch ishlatish yo'li bilan yondashishni tanlaydigan odam - militarist.

Patsifizm - tinchliksevarlik, urushga, to'qnashuvga qarshilik.

Patsifizm "pacio" - tinchlik so'zidan olingan,
patriotizm - "patro" (ota) ota vatan so'zidan.

Javlon Juraev
@yettiqadam
Tush

Quyoshli kun edi, daraxtlar qator
Atrof sukunatin qo‘riqlar edi,
Toshyo‘lak chetida tosh romli gulzor -
Unda rangin gullar yaraqlar edi.

Ikkimiz kezardik soya bag‘rida,
Dunyoni biz tanho kezardik go‘yo,
Suhbat qurar edik nelar to‘g‘rida –
Batafsil xotirlay olmasman aslo.

Birdan ko‘zlarimga tikildingiz siz,
Birdan yana nigoh yerga qadaldi,
Tilingizdan uchdi “sevdim” degan so‘z -
Bildimki, bu tuhfa menga ataldi.

Alvonga talpindi yuzlarim rangi,
Quvonchdan sakradim – samoga yetdim,
Olamga jar soldim, baxtim jarangi
G‘oyat baland edi – uyg‘onib ketdim…

Javlon Juraev
@yettiqadam
Sog‘indim

Qaniydi bir bora yuzingni ko‘rsam -
Yuragim sevinchdan yorilsa kerak,
O‘lmasdan rahmatim aytib ulgursam -
Rahmatim tuproqqa qorilsa kerak.

Senga o‘xshaganin topolmayapman -
Kunduzi sham yoqib qidirib ko‘rdim,
Tugagan kitobni yopolmayapman -
Qara - ojizligim bildirib qo‘ydim.

Tushlarimda seni izlab chiqaman,
Topganda aytasan o‘rganmaslikni -
Tushlarimdan yig‘lab-bo‘zlab chiqaman,
Qanchalar istardim uyg‘onmaslikni.

Odamlarga aql bo‘lib yuribman,
O‘zimning hayotim yirtilib ketgan,
Sening umidingda tirik turibman,
Peshonamga kutish surtilib ketgan.

Yuragimda qolgan sog‘inch bo‘shlig‘i,
Qancha she’r yozsam ham, to‘lmayapti, dod!
Ko‘plarni ovutgan ovinch qo‘shig‘i,
Shuncha qaytarsam ham, bo‘lmayapti yod.

O‘zimni kimlardan qanday asradim -
Borimcha men kimga kerakman endi?
Mana, yana qog‘oz oldi hasratim -
Keyingi she’rgacha tirikman endi.

Qaniydi bir bora yuzingni ko‘rsam...

Javlon Juraev
@yettiqadam
Farishtam

Farishtam, sog‘indim qanotlaringni,
Meni osmonlarga boshlagan yo‘lsan,
Oftob chiniqtirgan sabotlaringni,
Otash sahrolarda ungan bulbulsan.

Men esa shoirman senga dil bergan,
Yerdan uzolmasman nigohlarimni,
Xudo hazil qilib menga til bergan -
So‘z bilan oqlashga gunohlarimni.

Bilmaysan dunyoga tashvishligimni,
Seni asraganman tuhmatlarimdan,
Senga ataganman darvishligimni -
Seni yasaganman hikmatlarimdan.

Ko‘zlaring kuladi, so‘zing muloyim,
Yuzingni eslasam - doim baxtlisan,
Mening sevgimdan ham erkin bo‘l doim -
Sen erkin bo‘lishga doim haqlisan

Dilimdagi sukut - vasling bevasi,
Yolg‘izlikka qo‘ygan talablarim ko‘p,
Ularning barchasi sog‘inch mevasi -
Seni sog‘inishga sabablarim ko‘p.

Ko‘ngling bo‘sh qolmaydi, bo‘lsam ham yiroq,
Lek yoningda bo‘lsam, bag‘ring to‘lardi,
Hatto ayriliqda baxtlimiz - biroq
Birga baxtli bo‘lsak, yaxshi bo‘lardi...

Javlon Juraev
@yettiqadam
U qanaqa bo‘ladi?

Sevgi izhor eshitmoqlik qanday bo‘lar?
Nimalarni his qiladi bunda yurak?
Ortda qolib ketsa kerak bor obro‘lar -
Eng tengi yo‘q ehtirom shu bo‘lsa kerak?

Ketmasmikin sururdan hush meni tashlab?
Yo Xudoga shukr aytib yig‘laymanmi?
Yo o‘zgacha yashaymanmi shundan boshlab?
Bu so‘zlarning ma’nosini ilg‘aymanmi?

Mehr izhor qilish shuncha qo‘rqinchlimi?
Qilganda ko‘p qiyinmi yo qilmaganda?
Savollarim kulgilimi, o‘tinchlimi?
Menga hech kim sevgi izhor qilmagan-da...

Javlon Juraev
@yettiqadam
Shunchaki

Yuraging bo‘lmasa buncha gumonchi?
Axir, yolg‘iz darddan yaralmas olam,
G‘uncha gulbargida titragan tomchi
U aslo ko‘z yoshmas – shunchaki, shabnam.

Eshitmoq bo‘lganga aytarkan hasrat,
Kim baxtin, kim dilda ahdini ko‘zlar,
“Hasrat”ga qofiya bo‘lgan “harorat”
Tuyg‘ular aksimas – shunchaki, so‘zlar.

Sen dilda samimiy bahorni asra,
Beg‘amlik tashvishin menga qo‘yib ber,
O‘tdek sochildimi qog‘ozga misra -
Barchasi bekor gap – shunchaki, bir she’r.

Hayolim ovutgan dunyo rangorang,
Atvorim qoldirmas yurakda bo‘shliq,
Qulog‘ingga unsiz chalingan ohang
Qalbim nolasimas – shunchaki, qo‘shiq.

Nur og‘riq keltirsa qarog‘larimga,
Zulmatni ularga aylagum davo,
Beparvo bo‘lganing so‘roqlarimga
Hissizlik gardimas – shunchaki, vafo.

So‘zsizman – qandayin aytay shukrona,
Tilsizman Xudodan so‘rashga to‘zim,
Alamin qog‘ozdan olgan devona –
Shunchaki, sensizlik – shunchaki, o‘zim.

Javlon Juraev
@yettiqadam