7QADAM
270 subscribers
29 photos
2 videos
7 files
67 links
Ushbu kanalda 7QADAM turkum kitoblari va muallif ijodidan bahramand bo'lasiz.

Facebook: https://www.facebook.com/yettiqadam

Instagram: https://www.instagram.com/yettiqadam?r=nametag

"Yaratish - yashash demakdir."

Bogʻlanish: @yettiqadamBot
Download Telegram
Bir nima haqida fikr yurotganda (masalan, astral holat, dejavyu yoki ilohiy energiya) shu mavzuning ichidan chiqish kerak - unga tashqaridan qarash kerak. Nega bu narsa paydo bo'lgan, odamlar nega buni o'ylab topgan va nega bunga ishonadi? Shu kabi savollar bilan baholash kerak. Aytaylik, siz qurtsiz va olma nima ekanini bilmoqchisiz. Lekin siz olmani ichida yurar ekansiz, uni meva ekanini, u daraxtda o'sishini, uni odamalr yetishtirishini, unga o'xshagan mevalar ko'p ekanini bilmaysiz.

Javlon Juraev
@yettiqadam
Nur

Quyoshdan zaminga yetdi bitta nur,
Shaffof mudofaadan u omon o‘tdi,
Shu zarra taftidan gul oldi surur -
Gul o‘sha zarrani ko‘p muddat kutdi.

Gul yuzin ochishin poylagan bulbul,
Sevinchdan qo‘shig‘in boshlab yubordi -
Bulbul qo‘shig‘idan lol qolgan dovul
Qahrini dengizga tashlab yubordi.

Dengiz to‘lqinlandi yana ham battar,
Hislari sohilga toshib ketdilar -
Tuxumdan yorigan toshbaqachalar
Bexatar suvgacha borib yetdilar.

Sohilda cho‘ntakka solib qo‘lini,
Bir yigit turardi ko‘r-u garangdek,
Topmagan edi u hayot yo‘lini -
Xuddi unga quyosh nur bermagandek...

Javlon Juraev
@yettiqadam
Falsafa - bu odam o'z hayotini o'zi hal qilishi uchun zarur bilimlar va prinsiplar jamlamasi. Xato falsafa bo'lmaydi - befoyda falsafa, ya'ni odamga hech qanday nazorat bermaydigan falsafa bo'ladi.

Konstruktivizm - yaratuvchanlikni targ'im qiladigan falsafa.

Masalaga kuch ishlatish yo'li bilan yondashishni tanlaydigan odam - militarist.

Patsifizm - tinchliksevarlik, urushga, to'qnashuvga qarshilik.

Patsifizm "pacio" - tinchlik so'zidan olingan,
patriotizm - "patro" (ota) ota vatan so'zidan.

Javlon Juraev
@yettiqadam
Tush

Quyoshli kun edi, daraxtlar qator
Atrof sukunatin qo‘riqlar edi,
Toshyo‘lak chetida tosh romli gulzor -
Unda rangin gullar yaraqlar edi.

Ikkimiz kezardik soya bag‘rida,
Dunyoni biz tanho kezardik go‘yo,
Suhbat qurar edik nelar to‘g‘rida –
Batafsil xotirlay olmasman aslo.

Birdan ko‘zlarimga tikildingiz siz,
Birdan yana nigoh yerga qadaldi,
Tilingizdan uchdi “sevdim” degan so‘z -
Bildimki, bu tuhfa menga ataldi.

Alvonga talpindi yuzlarim rangi,
Quvonchdan sakradim – samoga yetdim,
Olamga jar soldim, baxtim jarangi
G‘oyat baland edi – uyg‘onib ketdim…

Javlon Juraev
@yettiqadam
Sog‘indim

Qaniydi bir bora yuzingni ko‘rsam -
Yuragim sevinchdan yorilsa kerak,
O‘lmasdan rahmatim aytib ulgursam -
Rahmatim tuproqqa qorilsa kerak.

Senga o‘xshaganin topolmayapman -
Kunduzi sham yoqib qidirib ko‘rdim,
Tugagan kitobni yopolmayapman -
Qara - ojizligim bildirib qo‘ydim.

Tushlarimda seni izlab chiqaman,
Topganda aytasan o‘rganmaslikni -
Tushlarimdan yig‘lab-bo‘zlab chiqaman,
Qanchalar istardim uyg‘onmaslikni.

Odamlarga aql bo‘lib yuribman,
O‘zimning hayotim yirtilib ketgan,
Sening umidingda tirik turibman,
Peshonamga kutish surtilib ketgan.

Yuragimda qolgan sog‘inch bo‘shlig‘i,
Qancha she’r yozsam ham, to‘lmayapti, dod!
Ko‘plarni ovutgan ovinch qo‘shig‘i,
Shuncha qaytarsam ham, bo‘lmayapti yod.

O‘zimni kimlardan qanday asradim -
Borimcha men kimga kerakman endi?
Mana, yana qog‘oz oldi hasratim -
Keyingi she’rgacha tirikman endi.

Qaniydi bir bora yuzingni ko‘rsam...

Javlon Juraev
@yettiqadam
Farishtam

Farishtam, sog‘indim qanotlaringni,
Meni osmonlarga boshlagan yo‘lsan,
Oftob chiniqtirgan sabotlaringni,
Otash sahrolarda ungan bulbulsan.

Men esa shoirman senga dil bergan,
Yerdan uzolmasman nigohlarimni,
Xudo hazil qilib menga til bergan -
So‘z bilan oqlashga gunohlarimni.

Bilmaysan dunyoga tashvishligimni,
Seni asraganman tuhmatlarimdan,
Senga ataganman darvishligimni -
Seni yasaganman hikmatlarimdan.

Ko‘zlaring kuladi, so‘zing muloyim,
Yuzingni eslasam - doim baxtlisan,
Mening sevgimdan ham erkin bo‘l doim -
Sen erkin bo‘lishga doim haqlisan

Dilimdagi sukut - vasling bevasi,
Yolg‘izlikka qo‘ygan talablarim ko‘p,
Ularning barchasi sog‘inch mevasi -
Seni sog‘inishga sabablarim ko‘p.

Ko‘ngling bo‘sh qolmaydi, bo‘lsam ham yiroq,
Lek yoningda bo‘lsam, bag‘ring to‘lardi,
Hatto ayriliqda baxtlimiz - biroq
Birga baxtli bo‘lsak, yaxshi bo‘lardi...

Javlon Juraev
@yettiqadam
U qanaqa bo‘ladi?

Sevgi izhor eshitmoqlik qanday bo‘lar?
Nimalarni his qiladi bunda yurak?
Ortda qolib ketsa kerak bor obro‘lar -
Eng tengi yo‘q ehtirom shu bo‘lsa kerak?

Ketmasmikin sururdan hush meni tashlab?
Yo Xudoga shukr aytib yig‘laymanmi?
Yo o‘zgacha yashaymanmi shundan boshlab?
Bu so‘zlarning ma’nosini ilg‘aymanmi?

Mehr izhor qilish shuncha qo‘rqinchlimi?
Qilganda ko‘p qiyinmi yo qilmaganda?
Savollarim kulgilimi, o‘tinchlimi?
Menga hech kim sevgi izhor qilmagan-da...

Javlon Juraev
@yettiqadam
Shunchaki

Yuraging bo‘lmasa buncha gumonchi?
Axir, yolg‘iz darddan yaralmas olam,
G‘uncha gulbargida titragan tomchi
U aslo ko‘z yoshmas – shunchaki, shabnam.

Eshitmoq bo‘lganga aytarkan hasrat,
Kim baxtin, kim dilda ahdini ko‘zlar,
“Hasrat”ga qofiya bo‘lgan “harorat”
Tuyg‘ular aksimas – shunchaki, so‘zlar.

Sen dilda samimiy bahorni asra,
Beg‘amlik tashvishin menga qo‘yib ber,
O‘tdek sochildimi qog‘ozga misra -
Barchasi bekor gap – shunchaki, bir she’r.

Hayolim ovutgan dunyo rangorang,
Atvorim qoldirmas yurakda bo‘shliq,
Qulog‘ingga unsiz chalingan ohang
Qalbim nolasimas – shunchaki, qo‘shiq.

Nur og‘riq keltirsa qarog‘larimga,
Zulmatni ularga aylagum davo,
Beparvo bo‘lganing so‘roqlarimga
Hissizlik gardimas – shunchaki, vafo.

So‘zsizman – qandayin aytay shukrona,
Tilsizman Xudodan so‘rashga to‘zim,
Alamin qog‘ozdan olgan devona –
Shunchaki, sensizlik – shunchaki, o‘zim.

Javlon Juraev
@yettiqadam
Naridan beri

Dunyoning ishi-la asli murosa
Kamina sizlarga aytari-deri,
Kamtar deb shoshilinch qilmang xulosa -
Axir, men so‘ylayman naridan beri.

Ergashib tanqidning xasisligiga,
Demangiz, bunchalar chiroyli she’ri,
Aldanmang qofiya nafisligiga -
Axir, men shoirman naridan beri.

Shirin deb o‘ylamang yegan oshimni -
Unga hech singmagan peshonam teri,
Narilab aytmangiz asl yoshimni -
Axir, men hali yosh naridan beri.

Oqil deb o‘ylamang - axir, menda bor
Sizdagi aqlning yettidan biri,
Johil deb o‘ylamang, keltirsam ozor -
Axir, men bandaman naridan beri.

Kamina safari changli ko‘chadir,
Bu yerdan ko‘rinmas ko‘zlagan yeri,
Yo‘ldoshim bo‘lasiz qayergachadir,
Axir, biz yo‘ldamiz naridan beri....

Javlon Juraev
@yettiqadam
Diqqat!

Kitob o'qishni sevuchilar uchun Ajoyib Tanlov! 😃

Sovrin - $200.

Postni ko'proq odamga tarqatishga ko'maklashing!

https://m.facebook.com/groups/417372595400124?view=permalink&id=417527505384633
G‘animat dunyo

Bu dunyo g‘animat, g‘animat bu jon,
Har kunim g‘animat, g‘animat har on,
Odamlar g‘animat, g‘animat zamon,
G‘animat dunyoda yonib yashaylik.

G‘animat har oqshom, har bir otgan tong,
G‘animat quvonchdan yurak urgan bong,
G‘animat ekan baxt zo‘r taratgan dong,
Xatolardan ibrat olib yashaylik.

Menga siz aytgan o‘sha so‘zlar g‘animat,
Yaxshi-yomon boqqan ko‘zlar g‘animat,
Suyukli chexralar ko‘zlarga ne’mat -
G‘animat dunyoda yonib yashaylik.

Siyratimga tushgan g‘ubor g‘animat,
Bizni yo‘qlab kelsa bahor g‘animat,
Axir, aytishadi diydor g‘animat -
G‘animat diydordan qonib yashaylik.

Alamga zo‘r yetgan doshimiz bo‘lsin,
Baxt kelsa to‘karga yoshimiz bo‘lsin,
Yolg‘onga otarga toshimiz bo‘lsin,
G‘animat yolg‘ondan tonib yashaylik.

Otash yuragimga muz solsa tig‘lar,
G‘animat umrim ham o‘tib behuda,
Shunda abadlikka da’voyim yig‘lar -
Mangulik g‘animat bo‘lgani shu-da…

Javlon Juraev
@yettiqadam
Life 1
Soundtrack
Black Gold
Soundtrack
Gado

Gavjum ko‘chalarning biridan
Bir gado – nochor ko‘zlari ko‘r –
Odamlarning uri-suridan
Yo‘lin topib borardi bazo‘r.

Nursiz ko‘zlarida yo‘q mador,
Oq sochlari to‘zib borardi,
Qilcha achinishdan umidvor,
Qo‘llarini cho‘zib borardi.

Hali umid uzmagan jondan,
Yolvorib borardi bechora,
Diydasi qotgan olomondan
Tilanib bo‘lardi ovora.

Bir notovon chiqib yo‘liga,
Kulmoq bo‘lib so‘qir ustidan,
Berib qo‘ydi gado qo‘liga,
Bir tosh olib oyoq ostidan…

Men ham yaqin kelguncha o‘lim,
Sizdan yupungan bechoraman,
Mehr so‘rab uzatsam qo‘lim,
Tosh bersnagiz qayga boraman?

Javlon Juraev
@yettiqadam
Markaziy Osiyodagi birdamlikka intilish: kim nima kutmoqda? - Iqtisod
https://iqtisod.uz/63-markaziy-osiyodagi-birdamlikka-intilish-kim-nima-kutmoqda
Back Street Prelude
Vanessa Mae
​​​​​​"Xalqparvar bo’ling – o’z yurtdoshlaringizni navlarga ajratmay yaxshi ko’rishni o’rganing. Odamlari xalqparvar bo’lgan jamiyat ocharchilik ham, nochorlik ham ko’rmaydi. Odamlari ilmparvar bo’lgan jamiyat buyuk kashfiyotlar qiladi. Odamlari yaratganni shartsiz sevgan jamiyat hammaga ma’naviy ibrat bo’ladi. Bunday xalq, bunday jamiyat – bunday davlat yaratganning ham, yaratilganlarning ham rahmatiga sazovor bo’ladi. Oddiygina mehrning qudrati bu – koinotdagi yagona cheklanmagan qudrat."
​​Xolislik odamni har qanday qo’rquvdan ozod qila oladi. Xolislikni saqlay bilgan odam hech bir ijtimoiy qo’rquv soyasida yashamaydi. Men o’z maqsadimga xolis qarasam, uning amalga oshmay qolishi ehtimolidan qo’rqmayman – men bu ehtimolni qabul qilaman. Men o’z xatolarim uchun javobgarlikni o’zimda qoldirib, maqsadimga xolis yondashsam – xato qilib, tanqidga uchrashdan qo’rqmayman.

Ba’zilar shaxsiy rivojlanishda shu darajada ildamlab ketadiki, ular hatto o’limdan qo’rmaslikka yetadigan xolislikka erishadi. Bu tushkunlikka tushish, yoki sevib qolish oqibatida o’limdan qo’rmay qolish holatiga mutlaqo zid vaziyat. Tushkunlik yoki sevgi bergan “mardlik” o’ta izdan chiqqan muhimlik mevasi. Xolis odamning mardligi esa – nazoratdir. Bu – vaziyat ustidan to’liq nazorat. Xolis odamning o’lim oldidagi xotirjamligi unga ajalni nazoratda tutishga imkon beradi. Bu – tengi yo’q shaxsiy kuch ifodasidir.

Har birimiz tabiatimiz chakalakzorlari orasida yashirin bir ko’l bor. Unda bizga tug’ilishda in’om etilgan xolislik suvi jamlangan. U har doim o’sha yerda – faqat biz unga borar yo’lni unutganmiz. U ko’lning suvlari juda sokin va xotirjam – na bizning tashvishlarimiz, na qo’rquvlarimiz uning sadhiga to’lqin sola oladi. Agar shaxsiyatimizni bulg’ab turgan butalar orasidan shu ko’lni topa bilsak, uning sokin suvlarida cho’milishimiz mumkin. Ana shunda xolislik suvi ko’zimizdagi muhimlik va komplekslar ilib tashlagan pardalarni va yuragimizdagi qo’rquvlarni yuvib ketadi. Ana shunda biz bu dunyoga hech bir hadik va ta’nasiz sergak qaraymiz. Ana shunda biz bu dunyo va o’z shaxsiyatimizning asl go’zalligini xolisona baholay olamiz. Ana shunda biz o’zligimizni anglaymiz.

7QADAM - 3
@yettiqadam