7QADAM
313 subscribers
29 photos
2 videos
3 files
63 links
Ushbu kanalda 7QADAM turkum kitoblari va muallif ijodidan bahramand bo'lasiz.

Facebook: https://www.facebook.com/yettiqadam

Instagram: https://www.instagram.com/yettiqadam?r=nametag

Admin: @yettiqadamBot

"Yaratish - yashash demakdir."
Download Telegram
Back Street Prelude
Vanessa Mae
​​​​​​"Xalqparvar bo’ling – o’z yurtdoshlaringizni navlarga ajratmay yaxshi ko’rishni o’rganing. Odamlari xalqparvar bo’lgan jamiyat ocharchilik ham, nochorlik ham ko’rmaydi. Odamlari ilmparvar bo’lgan jamiyat buyuk kashfiyotlar qiladi. Odamlari yaratganni shartsiz sevgan jamiyat hammaga ma’naviy ibrat bo’ladi. Bunday xalq, bunday jamiyat – bunday davlat yaratganning ham, yaratilganlarning ham rahmatiga sazovor bo’ladi. Oddiygina mehrning qudrati bu – koinotdagi yagona cheklanmagan qudrat."
​​Xolislik odamni har qanday qo’rquvdan ozod qila oladi. Xolislikni saqlay bilgan odam hech bir ijtimoiy qo’rquv soyasida yashamaydi. Men o’z maqsadimga xolis qarasam, uning amalga oshmay qolishi ehtimolidan qo’rqmayman – men bu ehtimolni qabul qilaman. Men o’z xatolarim uchun javobgarlikni o’zimda qoldirib, maqsadimga xolis yondashsam – xato qilib, tanqidga uchrashdan qo’rqmayman.

Ba’zilar shaxsiy rivojlanishda shu darajada ildamlab ketadiki, ular hatto o’limdan qo’rmaslikka yetadigan xolislikka erishadi. Bu tushkunlikka tushish, yoki sevib qolish oqibatida o’limdan qo’rmay qolish holatiga mutlaqo zid vaziyat. Tushkunlik yoki sevgi bergan “mardlik” o’ta izdan chiqqan muhimlik mevasi. Xolis odamning mardligi esa – nazoratdir. Bu – vaziyat ustidan to’liq nazorat. Xolis odamning o’lim oldidagi xotirjamligi unga ajalni nazoratda tutishga imkon beradi. Bu – tengi yo’q shaxsiy kuch ifodasidir.

Har birimiz tabiatimiz chakalakzorlari orasida yashirin bir ko’l bor. Unda bizga tug’ilishda in’om etilgan xolislik suvi jamlangan. U har doim o’sha yerda – faqat biz unga borar yo’lni unutganmiz. U ko’lning suvlari juda sokin va xotirjam – na bizning tashvishlarimiz, na qo’rquvlarimiz uning sadhiga to’lqin sola oladi. Agar shaxsiyatimizni bulg’ab turgan butalar orasidan shu ko’lni topa bilsak, uning sokin suvlarida cho’milishimiz mumkin. Ana shunda xolislik suvi ko’zimizdagi muhimlik va komplekslar ilib tashlagan pardalarni va yuragimizdagi qo’rquvlarni yuvib ketadi. Ana shunda biz bu dunyoga hech bir hadik va ta’nasiz sergak qaraymiz. Ana shunda biz bu dunyo va o’z shaxsiyatimizning asl go’zalligini xolisona baholay olamiz. Ana shunda biz o’zligimizni anglaymiz.

7QADAM - 3
@yettiqadam
​​...Erkinlikni tanigan odam o‘z shaxsiyati hayot va boshqa odamlar uchun u avval o‘ylaganchalik muhim emasligini anglab qoladi. Shaxsiy muhimlikni o‘z ilohi deb bilgan aqlga esa bu holat aslo yoqmaydi.
Ammo erkinlik – bu yolg‘izlik degani emas. Davlat, din yoki odamlarga bo‘lgan tobelik aloqalarini uzib, erkin bo‘lgan shaxs o‘z tanlovi bilan hayot va odamlar bilan yangi rishtalarni o‘rnatadi. Bu rishtalar bir tomonning boshqa tomonga itoatiga emas – tenglik tamoyiliga asoslanadi. Bunda ikki odam o‘zaro mehr yoki hurmatdan kelib chiqib munosabatga kirishadi. Erkin shaxs o‘zini, xudoni, odamlarni shartsiz sevishni o‘rganadi. Hech kimdan hech narsa kutmaydi.
Erkinlikka erishgan shaxs o‘z qalbi istaklariga ergashib yashaydi. Sevgan kasbi bilan shug‘ullanadi va shu bilan odamlarning hurmati va olqishiga sazovor bo‘ladi. U kimdandir o‘zish, kimgadir munosib bo‘lish, kimningdir umidlarini oqlash – davlat e’tiborini yoki xudo mehriga loyiq bo‘lish uchun yashamaydi. U baxt uchun yashaydi.
Yuqoridagi fikrlardan erkin odam faqat o‘zini o‘ylaydigan xudbin odam ekan degan tasavvur uyg‘onishi mumkin. Ammo xudbin odam erkin emas – u o‘z istaklari, manfaatlari va muhimligiga tobe. Erkin odamning qalbida xudbinlikka joy yo‘q. Uning shaxsiy kuchi ko‘p bunyodkor ishlar qilishga yetadi. Erkin shaxs bu bunyodkor ishlarni faqat o‘zi uchun emas – jamiyat uchun ham qiladi. Erkin shaxsgina davlat va jamiyatga naf keltira oladi.
Tobelik soyasidan chiqishga qo‘rqmang. Soyadan chiqsangiz, erkinlik nurlari ko‘zingizni og‘riqli qamashtiradi, erkinlik oftobi teringizni bir oz kuydiradi. Lekin bu nur va iliqlikka ko‘nikkaningizdan so‘ng, siz ana shu quvvatdan foydalanishni, uni o‘z ko‘nglingiz istaklariga erishish uchun ishlatishni o‘rganasiz. Erkinlik oftobi ostida avval xayolingizga sig‘magan ajoyib mevalar o‘stirsa – navnihol maqsadlarni ulkan daraxt darajasiga yetkazsa bo‘ladi. Maqsadlarini to‘g‘ri parvarishlab, undirishga shaxsiy erkinligi yetgan shaxslargina jamiyat va davlatga qadrli insonlar bo‘la oladi. Odam erkinlikni tanlashdan qo‘rqmasa bo‘lgani.
Viva la Vida
David Garret
O‘yin

Nega biz shunchalar egallanganmiz -
Ko‘nglimiz og‘riydi ko‘ngilchanglikdan?
Nimaga bunchalar chigallanganmiz -
Mushkulot kutamiz yengilchanglikdan?

Yuramiz o‘ng yo‘lning so‘liga qarab,
Ishqda ishqsizlardan o‘rnak olamiz,
Bizni sevmaganlar yo‘liga qarab,
Bizni sevganlarni ko‘rmay qolamiz!

Bizning borligimiz - dunyoga qimor,
O‘yin gardkamligi - “ekanman“likda,
Hayotdan nolishlik - yo‘qlikka xumor,
Dunyo birkamligi - mukammallikda...

Javlon Juraev
@yettiqadam
Dancing String
Dilpora
Bir qadam

Yigirma beshimdan xotirjam kechib,
Yuzimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam,
Qat-qat niqoblarni birma-bir yechib,
Yuzimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.

O‘tkinchi baxtlarning eng o‘limsizi,
Bebosh shamollarning eng qo‘nimsizi,
Millionlab yo‘llarning eng ko‘rimsizi -
Izimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.

Parilar yoqmasa parvonamdagi,
Bollar tatimasa koshonamdagi,
Yaratgan siylagan peshonamdagi
Tuzimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.

Ko‘z yoshim qog‘ozga sochib ketib men,
Fikrim darvozasin ochib ketib men,
Quruq xayollardan qochib ketib men,
So‘zimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.

Cho‘rtkesar odatim qoldirib ortda,
Qismatim qo‘limga olib bir marta,
Kuydirgi yozimni unutib shartta,
Kuzimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.

Ilmning ortidan bo‘lib ovora,
O‘zimni borimcha sevib oshkora,
Xudoni bilishga intilib - zora
O‘zimga bir qadam yaqinroq bo‘lsam.

Javlon Juraev
@yettiqadam
​​Ilm chirog‘i

Tasavvur qiling, zim-ziyo o‘rmonda ketyapsiz. Har bir qadamingizni juda ehtiyot bo‘lib tashlaysiz. Har bir qadam qo‘rquvni yengish uchun katta quvvat sarflash evaziga amalga oshadi. Zulmat sizga oldinda nima borligini bilishga to‘sqinlik qiladi – ana shu oldinda nima borligini bilmaslik sizni qo‘rquv va gumonlar orasida qoldiradi.

Endi qo‘lingizga chiroq tutqazildi deylik. Qadamlaringiz darrov dadillashadi – endi hadiksiz ildam yurasiz. Nega? Nega bo‘lardi – chunki endi siz yo‘lingizda nima borligini bilasiz. Ana shu bilim sizdagi qo‘rquv va shubhalarni yo‘qqa chiqaradi. Ana shu bilim tufayli endi siz qo‘rquvni yengishga quvvat sarflamaysiz.

Yuqoridagi misolda hal qiluvchi omil chiroq va u bergan yorug‘lik emas. Sizga chiroq o‘rniga o‘rmonni yaxshi biladigan yo‘lboshchi yoki qorong‘ida ko‘rishga imkon beradigan maxsus qurilma taklif qilinsa ham – natija xuddi o‘sha bo‘ladi. Bunda hal qiluvchi omil – bilimdir.

Bilim – ajoyib narsa, qudratli kuch. U sizga qo‘rquvni yengishga yordam beradi. 
​​...Masalan, shaxsiy kuchi kam odam notanish shaharda ketyapti. U har burilishda qiyin fikrlash jarayonidan o‘tadi: “Bu yoqqa burilsam, u bo‘ladi bu bo‘ladi. Sharqqa yursam-chi? Yo‘lning oxiri berk bo‘lsa-chi? Qaytib chiqib keyin bu yoqqa yurishimga to‘g‘ri keladi”.

Kuchli shaxsga bunday holatda uning kuchli intuitsiyasi yordam beradi. Uning aqliga intuitsiya aytib turgan tomonga yurishni nazorat qilish qoladi, xolos.

Demak, bilim – odamga hayotiy quvvat ustidan nazorat beradi. Buning natijasida hayotiy quvvat qo‘rquv va shubha kabi zararli odatlarga sarflanmaydi. Natijada hayotiy quvvat tejaladi va ortadi. Natijada odamning intuitsiyasi kuchayadi va kam quvvat sarflab yangi bilimlar orttiradi. Va jarayon yana takrorlanadi: bilim quvvatni oshiradi, quvvat – bilimni…

Ilm oviga chiqing. Bu xuddi kuch ovlashday gap. U atrofimizda cheklanmagan miqdorda yastanib yotibdi – gap uni ko‘rishda va olishda, xolos. U hammaga va har doim yetadi. Uni olish uchun imtihondan o‘tish yoki kimgadir pul berish kerak emas. U eng tekin narsa. Eng buyuk qudratlar suv va havo singari tekin bo‘ladi.

Zulmat o‘rmonda borar ekanmiz, yo‘limizda qanchalik erkin ketishimiz qo‘limizdagi chiroqqa bog‘liq. U qancha yorqin bo‘lsa – yo‘limiz shuncha nurafshon bo‘ladi. U chiroqning nuri – bilim, moyi – izlanuvchanlik. Bilimni rad etadigan johillar esa – quyoshli kunda ham o‘rmonda ko‘zlarini ataylab yumib yurishni tanlagan odamlardir.
‼️Yangilik.

6-kitob - "Shaxs va Iqtisod"!
https://juraev.uz/7qadam/oltinchi-kitob
Kitobxonlar fikri.. – Telegraph
http://telegra.ph/Kitobxonlar-fikri-06-03-3
...Albatta, qanchadir darajada idealist bo'lgan yaxshi - ammo g'irt idealist bo'lish soxta qadriyatlar ortidan quvishga yoki umuman hech qanday harakat qilmaslikka olib keladi.
Uyg‘onish

Hayotning niqobdor tomoshasida
Haqiqiy yuzini yo‘qotar banda,
Xudodan o‘tadi harhashasida,
Unutib bir qilcha jonligin tanda.

Kaltabin rolida o‘ynar to‘rani,
Oqilga tengini chiqarib olib,
Qo‘rqmay ajratadi oq-u qorani,
Qozicha yengini shimarib olib.

Dahriy shubhalarga haddimiz sig‘ib,
Xudo borligiga izlaymiz isbot,
Imondan rizqimiz ilondek bo‘g‘ib,
Aql rost-yolg‘onga axtarar nisbat.

Gumondor ixlos-la Xudoga zormiz,
Axir, ishonch-shubha - egiz sezgilar,
Esiz, mavhum baxtdan ko‘p umidvormiz,
Umidlar ko‘ngilning xohshin ezg‘ilar.

Og‘zimiz to‘ldirib “hayot” atagan
G‘aflatdan uyg‘otib, o‘lim kelajak,
Jannatga yetaklar ruhni Yaratgan -
Ikkisi u yerda mangu qolajak...

Javlon Juraev
@yettiqadam
Tea
Dilpora
Malagim

Bezovta uyquda ro‘yo ko‘ribman:
Kurrai zaminni chulg‘amish zulm,
Bir shula axtarib, sarson yuribman -
Tikonlar oralab yotardi yo‘lim.

Nogahon qarshimda ko‘rindi darvish,
Undan-da so‘radim: "Bu qanday balo?"
Dedi: "Farishtalar yerni tark etmish,
Borki go‘zallikdan ayrildi dunyo.

Mudroq ko‘zlarimdan yosh qalqdi pitrab,
Hayotdan kechishga ko‘ndi yuragim!
Sovuq terga botdim, uyg‘ondim titrab...
Sen hamon yerdami, mening malagim?..

Javlon Juraev
@yettiqadam
​​​​Muammolaringizni hal qilishni boshqalar yoki davlatga yukladingizmi – tamom, shaxsiy erkinlik haqida unuting. Jamiyat muammolariga befarq bo‘lishni, uni sizdan boshqa kimdir hal qilishini kutishni tanladingizmi – tamom, shu muammolar soyasida yashashga majbur ekaningizni qabul qiling. Befarqlikning bahosi shu.

Kuchli shaxslar sifatida bizdan ozgina e’tiborli bo‘lish, atrofimizdagi odamlar dardini muhimlik va hissiyotga berilmasdan tushunish, tahlil qilish va ularga yechim topishga intilish talab qilinadi. Ishoning – odamlarga naf keltirishdan ortiq baxt yo‘q hayotda. Buni g‘urur uchun, faxr uchun yoki rahmat uchun emas – o‘z shaxsiy o‘sishimiz uchun, o‘z shaxsiy baxtimiz uchun qilsak arziydi.

7QADAM - 5
@yettiqadam
Rainmaker
Yanni