Yosh kimyogarlar olimpiadasi
414 subscribers
144 photos
15 videos
58 files
96 links
Download Telegram
👉 Testni boshlash 👈 ni bosing va test ishlashni boshlang.

Platformaga kirgandan so‘ng undan chiqmang, aks holda qaytib kira olmaysiz, bitta ishtirokchi faqat bir marta kira oladi.

Har bir savolda A, B, C, D kalitlar bor va ulardan bittasi to‘g‘ri.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#natija2021.pdf
385.2 KB
Assalomu alaykum qadrli kimyo ixlosmandlari!

16.05.2021 sanada o'tkazilgan YKO ning yakuniy - final bosqichi natijalarini e'lon qilyapmiz. Hakamlar hay'ati va tashkiliy qo'mita o'rin olish uchun kamida 80 ball to'planishi shartligiga qaror qilishdi. Jadvallarda ishtirokchilar o'z o'rinlarini va jamg'argan ballarini ko'rishlari mumkin. G'oliblar O'zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti tomonidan keyinchalik tegishli diplomlar va sovg'alar bilan taqdirlanadilar (pandemiya sababli qoldirilgan).

YKO jamoasi barcha g'oliblarni chin qalbdan tabriklaydi va ularning keyingi ishlarida omad va zafarlar tilab qoladi.
Kelasi olimpiadalarda ham barchangizni kutib qolamiz va albatta do'stlaringizni ham chorlang!

P.S. Abituriyentlar guruhida so'ralgan ism-familyalar yozilmaganligi uchun biz ishtirokchilar shaxsini aniqlay olmadik, shu sababli shaxsi noma'lum qatnashchilarga o'rin berolmasligimizni ma'lum qilamiz!

P.S. Kelasi haftadan boshlab har hafta olimpiada savollarining batafsil yechimlari berib boriladi.
Assalomu alaykum qadrli ustozlar! Bugungi kasb bayramingiz muborak bo'lsin! Sog'lik-salomatlikda ushbu mashaqqatli, sharafli, oliyjanob ishni davom ettirib shogirdlaringiz kamolini ko'rib yurish nasib qilsin. Shogirdlar ardog'idagi, xalq ichida aziz kishilardan bo'lib barcha shogirdlaringizga bosh bo'lib yuring. Bayramni yaxshi o'tkazing!

Kamoli ehtirom ila YKO jamoasi
Assalomu alaykum qadrli kimyo ixlosmandlari!

Bizga ma'lum va noma'lum sabablarga ko‘ra juda uzoq kutilgan diplomlar va nihoyat tayyor bo‘ldi. YKO jamoasi kuzatilgan kamchilik uchun uzr so‘raydi va barcha g‘oliblarni yana bir bor g‘alaba bilan tabriklaydi.

Belni mahkam bog‘lab bu yilgi olimpiadaga tayyorgarlikni kuchaytiring. Oz qoldi...

Hurmat bilan YKO jamoasi

Kanalga ulanish