Yosh kimyogarlar olimpiadasi
414 subscribers
144 photos
15 videos
58 files
96 links
Download Telegram
Assalomu alaykum hammaga!

2021-2022-yilgi Yosh kimyogarlar olimpiadasining 1-bosqichiga kreativ, fikrlashga undaydigan va o‘zgacha testlar bilan o‘z hissangizni qo‘shishni istaysizmi? Biz eng ajoyib, nostandart va yodlashga asoslanmagan test tuzuvchilarni qidirmoqdamiz. Agar sizda ham shunday qobilyat bo‘lsa va bilimingizni ko‘pchilik bilan bo‘lishmoqchi bo‘lsangiz 01.12.2021 gacha @ykouz_bot manziliga o‘z testlaringizni to‘g‘ri javoblari bilan yuboring. Testlar qaysi sinf uchunligiga qarab ajratib ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Testlar Office Word dasturida, Times New Roman shrifti, 12 kegl o‘lchamda yozilgan bo‘lishi so‘raladi. Barcha tuzuvchilar ism-sharifi, viloyati, tumani va ish yoki o‘qish joyini to‘liq, to‘g‘ri yozishi kerak.
Testlar qaysi sinf va kurslar uchunligiga qarab saralab olinganlari 1-bosqichda beriladi va mualliflar ko‘rsatib o‘tiladi.

Namunaviy savollar 👉 bu yerda

Bilimingizni bo‘lishing va kimningdir yangi narsa o‘rganishiga sababchi bo‘ling.
Yosh kimyogarlar olimpiadasi pinned «Assalomu alaykum hammaga! 2021-2022-yilgi Yosh kimyogarlar olimpiadasining 1-bosqichiga kreativ, fikrlashga undaydigan va o‘zgacha testlar bilan o‘z hissangizni qo‘shishni istaysizmi? Biz eng ajoyib, nostandart va yodlashga asoslanmagan test tuzuvchilarni…»
Channel photo updated
Assalomu alaykum qadrli kanalimiz kuzatuvchilari!
Barchamizga kirib kelayotgan 2022-yil muborak bo'lsin! Yangi yilda avvalo tan-sihatlik, qolaversa oilaviy ahillik, baxt-saodat tilaymiz. Kelgusi yil omadli, muvaffaqiyatlarga to'la samarador yil bo'lishi tilab qolamiz. Allohim hammamizni hidoyatiga boshlasin va shu yo'lda bardavom qilsin, ko'ngil xotirjamligi va halovatni nasib qilsin.
Yangi yilda oldingizga yangi marralar qo'yib ularni zabt etishingiz tilakdoshimiz.
Assalomu alaykum qadrdon kuzatuvchilarimiz!

Barcha mo‘tabar onaxonlarimizni, mehribon opa-singillarimizni bugungi Xalqaro ayollar kuni bilan chin dildan tabriklaymiz💐💐💐
Ayollarga avvalo ona deb qaralsa ularning darajalari yaqqol tushuniladi. Kelajak avlodning eng birinchi ustozlari va tarbiyachilari ham ayollardir. Sizlar borki olam munavvar, xonadonlarimiz fayzli!
Qalbingizdagi barcha ezgu niyatlarizga yetishib yurishlaringizni, yuzlaringizdan tabassum hech qachon arimasligini tilaymiz!

Kamoli ehtirom ila YKO jamoasi
Assalomu alaykum qadrli kanalimiz obunachilari.

Barchangizni muborak Ramazon oyining boshlanishi bilan qutlaymiz!
Ramazon shukuhini to'la his etgan holda, ushbu oyda g'ayratingizga g'ayrat qo'shilib o'ylagan, rejalashtirgan ibodatlaringizni ortig'i bilan bajarishingiz tilakdoshimiz.
⚡️ Халқаро Менделеев олимпиадаси Ўзбекистонда!

🇺🇿Жорий йилнинг 9-16май кунлари бўлиб ўтадиган 56-Халқаро Менделеев кимё олимпиадасига Ўзбекистон мезбонлик қилади.

🌏Президент таълим муассасалари агентлиги томонидан ташкил этиладиган ушбу нуфузли олимпидада Австрия, БАА, Хитой, Россия, Туркия, Хорватия, Венгрия, Исроил, Латвия, Македония, Озарбайжон, Арманистон, Грузия каби 20дан ортиқ давлатларнинг ўқувчилари иштирок этиши кутилмоқда.

Иқтидорли ёшларини қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилаётган Халқаро Менделеев олимпиадаси янгиликларини ҳаволаси орқали кузатиб боринг.

«Таълим/Образование» саҳифалари👇
Telegram | Веб сайт | Youtube
Kimyo yozma ish yechimlari va baholash.pdf
1.1 MB
27-may kuni o'tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi olimpiadaning respublika bosqichida yozma ish bo'yicha nazorat materiallarining yechimlari hamda baholash mezonlari.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz oo.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep
Converted.pdf
734 KB
#Alxorazmiy2022

Kimyodan Al-Xorazmiy olimpiadasi Respublika bosqichi test savollari
#Alxorazmiy2022

Kimyodan Al-Xorazmiy olimpiadasi Respublika bosqichi test savollari javoblari
Kimyo qaror 28-may.pdf
1 MB
Kimyo qaror 28-may

Al Xorazmiy olimpiadasi natijalari
Xushxabar!!!

2-Yosh kimyogarlar olimpiadasi Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti bilan hamkorlikda o‘tkaziladi.

1-bosqich fevral oyini o‘rtalarida onlayn shaklda, 2-bosqich esa may oyida Toshkent shahrida Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot institutida oflayn tarzda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

YKO ga qatnashmoqchi bo‘lganlar o‘zlariga mos quyidagi 4 ta yo‘nalishdan faqat 1 tasida qatnashishi mumkin:
• 7,8-sinflar
• 9,10-sinflar
• 11-sinflar va abituriyentlar
• 1,2,3-kurs OTM talabalari

Final bosqichi g‘oliblari diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi, shuningdek final bosqichida 1,2,3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 11-sinf va abituriyentlarni Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti imtihonsiz o‘qishga qabul qiladi.

Olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tish 1-dekabrda ochiladi va 15-yanvarga qadar davom etadi.

Qo‘shimcha ma'lumotlar @ykouz telegram kanalida berib boriladi.

♻️ Do‘stlarga ulashish ♻️
Yosh kimyogarlar olimpiadasi pinned «#seminartraining https://www.youtube.com/watch?v=_o13Bw3HAAE&feature=youtu.be»
2-Yosh Kimyogarlar Olimpiadasiga qatnashish uchun
👉 ro‘yxat o‘tish 👈 ni bosib ro‘yxatdan o‘ting.

Ro‘yxatdan o‘tish 15-yanvargacha davom etadi.

P.S. Olimpiadaga ro‘yxatdan o‘tish va qatnashish bepul.

♻️ Do‘stlarga yuborish ♻️

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube