Yosh kimyogarlar olimpiadasi
414 subscribers
144 photos
15 videos
58 files
96 links
Download Telegram
#onlinetest
#results

🔸Rasmda faqat 28.02.2021 kuni 21:00 gacha yuborganlarning natijalari e'lon qilindi.

🔸Texnik sabablarga ko‘ra kecha natijalarni e'lon qilib bo‘lmadi.

@ykouz
Yosh kimyogarlar olimpiadasi pinned «⚡️YKO jamoasidan navbatdagi yangilik 🔹Har oyning ikkinchi va to‘rtinchi yakshanbasida @ykouz kanalida 20 talik test (60 daqiqa vaqt) o‘tkaziladi. Testda barcha qiziqqanlar qatnashishlari mumkin ! 🔹Test 20:00 da boshlanadi va 21:00 da tugaydi. 🔥Debyut test…»
Assalomu alaykum!

Kanalimizdagi qadrli opa-singillar, muhtarama onalarimizni, qolaversa barcha obunachilarimiz orqali ularning opa-singillari va onajonlarini Xalqaro ayollar kuni munosabati bilan chin dildan tabriklaymiz. O'zingizdagi nafislik va latofatni hayoingiz bilan boyitib dunyoni go'zallik tomon chorlab yashang. Albatta dunyo ayollar bilan go'zal, hayotimiz ular bilan sarishta. Sizlarga mustahkam oilaviy baxt tilab qolamiz. Bayramingiz muborak bo'lsin!

Kamoli ehtirom ila YKO jamoasi.
Yosh kimyogarlar olimpiadasi pinned «YouTubeda " #IYKO1 #solution #78class " videosini ko‘ring https://youtu.be/IfAo8cZ6Aj0»
#onlinetest

👉 Test2 ni boshlash 👈 ni bosing va test ishlashni boshlang.

Har bir savolda A, B, C, D kalitlar bor va ulardan bittasi to‘g‘ri.

Nasib bo‘lsa 3-soni 28-mart kuni soat 20:00 da boshlanadi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#onlinetest

👉 Test3 ni boshlash 👈 ni bosing va test ishlashni boshlang.

Har bir savolda A, B, C, D, E kalitlar bor va ulardan bittasi to‘g‘ri.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
onlinetest-3-sonining-natijalari.pdf
157.2 KB
#onlinetest
#results

🔹 Faylda faqat 28.03.2021 kuni 21:00 gacha yuborganlarning natijalari e'lon qilindi.

@ykouz
#onlinetest

👉 Test4 ni boshlash 👈 ni bosing va test ishlashni boshlang.

Har bir savolda A, B, C, D, E kalitlar bor va ulardan bittasi to‘g‘ri.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Yosh kimyogarlar olimpiadasi 2-bosqichining o’tkazilish tartibi to’g’risida (1)

YKO tashkiliy qo’mitasi va hakamlar hay’ati olimpiadaning 2-bosqichida ishtirok etishga muvaffaq bo’lgan qatnashchilarni qutlaydi va barchaga omad yor bo’lishini tilab qoladi!

•YKO 2-bosqichiga barcha ishtirok etishi mumkin, ammo sovrinli o’rinlar va tegishli diplomlar faqatgina 1-bosqichda qatnashib 2-bosqichga yo’l olganlar orasidan tanlanadi! Ya’ni 2-bosqichda o’rin oluvchilar 1-bosqichda ishtirok etib yetarli ball to’plaganlar qatorida bo’lishlari kerak. 2-bosqichga yo’llanma olganlar ro’yhati guruhlar kesimida kanalda e’lon qilingan.

•Abituriyentlar uchun 30 ta test savoli tayyorlangan bo’lib, ularga 2 astronomik soat ajratilgan.

•Abituriyentlar testlarni ma’lum platformada (platformaga havola va testlarga ruxsat olimpiada boshlanishidan biroz oldin kanalda e’lon qilinadi) yechishadi va javobini testni yechib tugatgan zahoti bilib olishadi.

•Abituriyentlar uchun olimpiada Olimpiada 2021-yil 16-may kuni soat 10:00 da boshlanadi va 12:00 gacha davom etadi. 12:00 dan keyin yuborilgan javoblar qabul qilinmaydi.
Yosh kimyogarlar olimpiadasi 2-bosqichining o’tkazilish tartibi to’g’risida (2)

•Qolgan 4 ta guruh ishtirokchilariga 3 ta masala taqdim etiladi. Masalalarni yechishingiz uchun ixtiyoringizga 4.5 astronomik soat vaqt berilgan. Qo’shimcha 30 minut esa yechimlaringizni skanerlab tashkiliy qo’mitaga uzatishingiz uchun: olimpiadaga jami 5 soat vaqt ajratilgan.

•Olimpiada 2021-yil 16-may kuni soat 09:00 da boshlanadi. Ayni shu vaqtda savollar olimpiadaning rasmiy telegram kanalida (@ykouz) e’lon qilinadi. Shu vaqtdan boshlab 5 soat ichida berilgan topshiriqlarni yechib, skanerlab, .pdf formatda telegramdagi @ykouz_bot manziliga uzatishingiz lozim! Yechimlarni qabul qilishning oxirgi vaqti 16-may soat 14:00.

•Yechimlar oq A4 qog’ozda yoki toza, boshqa yozuvlardan holi bo’lgan odatdagi katak daftarlarga yozilgan bo’lishi kerak.

•1-betga to’liq ism-sharifingiz, viloyat, tuman va tegishli ta’lim muassasi (maktab, litsey, universitet va hokazo), bosqich (sinf, kurs), telefon raqamingiz, pochta manzilingiz yozilgan bo’lishi kerak. 1-betni qolgan qismini ochiq qoldirib yechimlarni 2-betdan boshlang.

•Muhim: 1-betda yozadigan shaxsiy ma’lumotlaringiz (ism familya, telefon raqami, pochta manzili, viloyat ha boshqalar) 1-bosqichda yozganingiz bilan bir xil bo’lishi kerak. Siz yozadigan ma’lumotlaringizni biz 1-bosqich ishtirokchilari ma’lumotlari bilan solishtiramiz va faqatgina 1-bosqichdan o’tganlargina o’rin olib tegishli diplom va sovg’alarga ega bo‘lishlari mumkin. Aks holda olimpiadada o’rin berilmaydi.

•2-betdan boshlab har bir varoq (bet) ning yuqori qismida safiha raqami va ishtirokchi ism-familyasi yozilgan bo’lishi kerak.

•Har bir masala hamda uning shartlari raqamlari javoblar varaqasida keltirilgan bo’lishi kerak.