Yosh kimyogarlar olimpiadasi
414 subscribers
144 photos
15 videos
58 files
96 links
Download Telegram
Assalomu alaykum qadrli ustozlar! Bugungi kasb bayramingiz muborak bo'lsin! Sog'lik-salomatlikda ushbu mashaqqatli, sharafli, oliyjanob ishni davom ettirib shogirdlaringiz kamolini ko'rib yurish nasib qilsin. Shogirdlar ardog'idagi, xalq ichida aziz kishilardan bo'lib barcha shogirdlaringizga bosh bo'lib yuring. Bayramni yaxshi o'tkazing!

Kamoli ehtirom ila YKO jamoasi
Assalomu alaykum qadrli kimyo ixlosmandlari!

Bizga ma'lum va noma'lum sabablarga ko‘ra juda uzoq kutilgan diplomlar va nihoyat tayyor bo‘ldi. YKO jamoasi kuzatilgan kamchilik uchun uzr so‘raydi va barcha g‘oliblarni yana bir bor g‘alaba bilan tabriklaydi.

Belni mahkam bog‘lab bu yilgi olimpiadaga tayyorgarlikni kuchaytiring. Oz qoldi...

Hurmat bilan YKO jamoasi

Kanalga ulanish
Assalomu alaykum hammaga!

2021-2022-yilgi Yosh kimyogarlar olimpiadasining 1-bosqichiga kreativ, fikrlashga undaydigan va o‘zgacha testlar bilan o‘z hissangizni qo‘shishni istaysizmi? Biz eng ajoyib, nostandart va yodlashga asoslanmagan test tuzuvchilarni qidirmoqdamiz. Agar sizda ham shunday qobilyat bo‘lsa va bilimingizni ko‘pchilik bilan bo‘lishmoqchi bo‘lsangiz 01.12.2021 gacha @ykouz_bot manziliga o‘z testlaringizni to‘g‘ri javoblari bilan yuboring. Testlar qaysi sinf uchunligiga qarab ajratib ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Testlar Office Word dasturida, Times New Roman shrifti, 12 kegl o‘lchamda yozilgan bo‘lishi so‘raladi. Barcha tuzuvchilar ism-sharifi, viloyati, tumani va ish yoki o‘qish joyini to‘liq, to‘g‘ri yozishi kerak.
Testlar qaysi sinf va kurslar uchunligiga qarab saralab olinganlari 1-bosqichda beriladi va mualliflar ko‘rsatib o‘tiladi.

Namunaviy savollar 👉 bu yerda

Bilimingizni bo‘lishing va kimningdir yangi narsa o‘rganishiga sababchi bo‘ling.