Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Bugundan boshlab istalgan kishi Telegramdan chiqmasdan yangi kuchli muharrir yordamida tezda stikerlar va butun stikerlar toʻplamlarini yaratishi mumkin.
Shunchaki istalgan rasmni oling va matn, chizmalar yoki platformada mavjud boʻlgan cheksiz animatsiyali stikerlar, emojilar va GIF fayllarni kiriting. Mushuklarni vizual sanʼat asariga aylantirish hech qachon bunchalik oson boʻlmagan.
Obyektlarni qirqib olish va fonni olib tashlash uchun bitta bosish kifoya. Rasmingiz qismlarini qoʻlda oʻchirish va tiklashingiz ham mumkin. Qirqib olingan obyektga klassik oq kontur qoʻshishingiz mumkin.
Yangi stiker yaratish uchun istalgan chatda kiritish maydonidagi stiker rasmli tugmani bosing. Chiqqan panelda muharrirni ochish uchun (+) tugmasini bosing.
Tayyor stikerni darhol yuborishingiz yoki doʻstlaringiz ijodingizni chatlarida ishlata olishi uchun stikerlar toʻplamini yaratishingiz mumkin.
Toʻplamga stiker qoʻshish uchun uning hissiyotini tasvirlaydigan emojilarni tanlang. Telegram mushuk, it yoki avtomobil kabi rasmingiz asosida emoji taklif qilish uchun sunʼiy intellektdan ham foydalanadi.
Telegramda emojilardan stikerlarni tezda yuborish uchun foydalanish mumkin. Chatda emoji kiritganingizda Telegram yuborishingiz mumkin boʻlgan mos stikerlarni avtomatik taklif qiladi.
2015-yildan buyon millionlab rassomlar va mem ijodkorlari Telegramning ochiq platformasidan ijodlarini ulashish uchun foydalanib kelmoqda.
Maxsus toʻplamlaringizga istalgan mavjud stikeringizni qoʻshishingiz mumkin. Masalan, barcha sevimlilaringizni bitta toʻplamga jamlash yoki mavzuli termalar yaratish uchun.
Stikerlar toʻplamingizni ulashish uchun shunchaki kimgadir stikerlardan birini yuboring. Suhbatdosh butun toʻplamni qoʻshish uchun unga bosishi yetarli. Har bir toʻplam oʻz unikal t.me havolasiga ham ega.
Bu yangilanishda barcha stikerlar va emojilar toʻplamlari uchun havolalarga razm solish imkoniyatini ham qoʻshdik.
Shuningdek, biz bu oy yana 16 ta yangi funksiyani eʼlon qilamiz, lekin avval oʻz stikerlaringizni yaratishga nima deysiz?
2024-yil 13-aprel,
Telegram jamoasi