Profilim, tavsiya etilgan kanallar va yana 15 ta funksiya

Asl eʼlonni ingliz tilida oʻqish
Profilim, tavsiya etilgan kanallar va yana 15 ta funksiya bilan tanishing

Bu oy biz 15 ta yangi funksiya, jumladan, tavsiya etilgan kanallar, oʻz profilingizni koʻrish usuli va sahifangizda kanalingiz va tugʻilgan kuningizni aks ettirish, guruh adminlari uchun yaxshilangan moderatsiya vositalari va boshqalarni qoʻshdik.

Tavsiya etilgan kanallar

Qidiruv interfeysi siz kuzatadigan kanallarni koʻrsatadigan yangi “Kanallar” sahifasiga ega boʻldi. Sahifada yangi kontent ijodkorlarini topishingiz mumkin boʻlgan oʻxshash mavzular bilan tavsiya etilgan kanallar roʻyxati ham mavjud.

Kanaldan postlarni koʻrganda roʻyxatda keyingi oʻqilmagan kanalga oʻtish uchun yuqoriga tortishingiz mumkin. Barcha kanallarni koʻrib chiqqandan keyin tavsiya etilgan kanallarni kezish uchun varaqlashda davom etishingiz mumkin.

Kanal tavsiyalari faqat siz obuna boʻlgan kanallar umumiy mavzusiga asoslanadi. Shuning uchun muayyan sabzavot yoki mevalar turlarining har qanday ustunligi butunlay sizga bogʻliq.

Profilim

Sozlamalaringiz endi profilingizni boshqalarga koʻringanidek koʻrish va har qanday axborotni tezda tahrirlash yoki oʻzgartirish imkonini beradigan “Profilim” boʻlimiga ega.

Endi yutuqlaringizni namoyish qilish yoki siz liftda uchratgan kostyum kiygan mushukni oʻtkazib yubormasliklarini taʼminlash uchun profilingiz yuqorisiga 3 tagacha hikoyani qadashingiz mumkin.

Biz endi joylagan hikoyalaringiz maxfiylik sozlamalarini koʻrsatadigan kichik belgilar ham qoʻshdik. Bu bilan ularga oʻzgarishlar kiritish kerak boʻlsa, tezda koʻrishingiz mumkin.

Tugʻilgan kunlar

Istalgan kishi profiliga tugʻilgan kunini qoʻshishni tanlashi mumkin. Bu barcha kontaktlariga qachon sovgʻa berish kerakligini bilish imkonini beradi. Tugʻilgan kuningizda profilingizga kiradigan istalgan kishi animatsiyali konfetti va koʻplab sharlar bilan kutib olinadi.

Kimningdir tugʻilgan kuni boʻlganida chatlaringiz roʻyxatida banner chiqadi. Shunda ularni tabriklashni unutmaysiz. Agar unga sovgʻa olishni unutgan boʻlsangiz, tashvishlanmang, tezda Telegram Premium yuborish uchun bannerni bosishingiz mumkin.

Birlamchi sozlamalarda tugʻilgan kuningiz faqat kontaktlaringizga koʻrinadi. Profilingizdagi boshqa axborotlar kabi tugʻilgan kunlar Sozlamalar > Maxfiylik va xavfsizlik > Tugʻilgan sana rukni orqali boshqarishingiz mumkin boʻlgan maxfiylik sozlamalariga ega.

Profilingizdagi kanallar

Agar biror kanal egasi boʻlsangiz, endi uni profilingizga qoʻshishingiz mumkin. Bu holatda tarjimayi holingiz yuqorisida kanaldan oxirgi xabarga razm solish oynasi aks etadi. Shunda profilingizga kiruvchilar bitta bosish bilan shaxsiy loyiha, onlayn portfolio yoki kompaniya blogingizga oʻtishi mumkin.

Profilingizdagi kanallar

Profilingizda kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari va raqamlar

Kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari egalari ularni profil sahifasida qoʻshimcha nomlarni koʻrsatgan holda Telegram hisobi yoki kanallariga ulashi mumkin.

Kimningdir profilida kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomi yoki anonim raqamga bosilsa, endi u haqida qachon va qanchaga xarid qilingani kabi qoʻshimcha axborot chiqadi.

Profilingizda kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari va raqamlar

Kolleksiyalanadigan foydalanuvchi nomlari va raqamlarni TON blokcheynidan foydalanadigan Fragment platformasidan sotib olish va sotish mumkin.

Joylashuvni muddatsiz ulashish

Doʻstlar bilan uchrashganda yoki sayohatga chiqqanda jonli joylashuvingizni alohida foydalanuvchilar yoki butun guruh chatlariga ulashishingiz mumkin. Bu boshqalarga sayohatingizni kuzatish yoki hatto yetib kelganingizda bildirishnoma yuborish imkonini beradi.

Endi mavjud ulashilgan joylashuvga koʻproq vaqt qoʻshishingiz mumkin. Agar doʻstlar va oilangiz harakatlaringizni uzoq muddat kuzatishini xohlasangiz, joylashuvingizni muddatsiz uni faolsizlantirguningizga qadar ulashish uchun yangi imkoniyat qoʻshildi.

Joylashuvingizni ulashishni boshlash uchun shaxsiy chat yoki guruhda biriktirmalar menyusini oching va Joylashuv > Jonli joylashuvimni ulashish.. bandini tanlang.

Reaksiya bildirishnomasi sozlamalari

Biz xabarlaringizga reaksiyalar uchun bildirishnomalarni boshqarish imkonini beradigan yangi sozlamalar qoʻshdik.

Reaksiya bildirishnomasi sozlamalari

Bu yangilanish hikoyalaringizga reaksiyalar haqidagi bildirishnomalarni ham taqdim etadi. Shunday ekan, endi hech qachon yurakchani oʻtkazib yubormaysiz.

Yangi sozlamalarga Sozlamalar > Bildirishnomalar va tovushlar > Reaksiyalar rukni orqali kirish mumkin.

Uzatilgan xabarlarda profil rasmlari

Uzatilgan xabarlar endi ularning muallifi profil rasmini koʻrsatadi. Bu oʻzgarish yordamida ushbu xabar kimdan uzatilganini tushunish osonlashadi va bir nechta muallifli uzatilgan suhbatlarni oʻqishni qulaylashadi.

Uzatilgan xabarlarda profil rasmlari

Agar xabaringiz uzatilganida u orqali hisobingizga oʻtishi mumkin boʻlganlar doirasini cheklasangiz, profil rasmingiz sizdan uzatilgan xabarlarda koʻrinmaydi.

Maslahat: Telegramda siz bilmaydigan odamlarga koʻrsatiladigan alohida ommaviy rasm belgilashingiz mumkin.

Premium: Soʻrovnomalarda animatsiyali emoji

Premium foydalanuvchilar endi soʻrovnomalarda animatsiyali va maxsus emoji qoʻshishi mumkin. Nihoyat, ovoz berish orqali animatsiyali oʻrdaklar yoki statik mushuklardan qaysi biri yaxshiroqligini hal qilish mumkin.

Guruhlar uchun yalpi moderatsiya

Guruh adminlari samaradorlikni oshirish uchun endi bir nechta xabarni tanlashi hamda har bir foydalanuvchi uchun alohida sozlama va amalga ega yangi menyuda bir vaqtda bir nechta moderatsiya amalini bajarishi mumkin.

Yangi menyu guruhda toʻliq bloklash oʻrniga foydalanuvchilar huquqlarini cheklash imkonini beradi.

200+ aʼzoli guruhlar adminlari chatlarida muammoli foydalanuvchini avtomatik aniqlash va cheklash uchun spamga qarshi kuchaytirilgan himoyani yoqishi ham mumkin.

Takomillashgan oxirgi amallar

Oxirgi amallar boʻlimi guruh adminlariga oʻchirilgan yoki tahrirlangan xabarlar va admin harakati kabi oxirgi 48 soatda yuz bergan ahamiyatli hodisalarni koʻrish imkonini beradi.

Bu yangilanish bilan oxirgi amallar endi bitta admin tomonidan oʻxshash amallar birga guruhlangan holatda ixchamroq boʻldi. Bundan tashqari, adminlar endi javoblarni va oxirgi amal xabarlari qaysi mavzularga tegishli ekanini koʻrishi mumkin.

Takomillashgan oxirgi amallar

Oxirgi amallarni qidirganingizda matnlarni ajratib koʻrsatishni ham tuzatdik — endi u odatiy Telegram chatlarida qidirganingizdagi kabi yaxshi ishlaydi.

Kanallar uchun reaksiyalar boshqaruvi

Kanal adminlari endi reaksiyalarini boshqarishning qoʻshimcha usuli — ixchamroq koʻrinishi uchun har bir postga bildirilishi mumkin boʻlgan maksimal reaksiyalar sonini tanlash imkoniyatiga ega boʻldi.

Bu kanalda nafaqat vizual shovqinning oldini olish, balki mavjud reaksiyalar sonini tez-tez oʻzgartirish (masalan, bayramga mavzuga oid emojilarni qoʻshish) imkonini beradi.

Premium: Reklamalarni koʻrsatish

Birlamchi sozlamalarda Telegram Premiumga obuna boʻlinsa, kanallardagi reklamalar berkitiladi. Agar shunda ham oʻz reklamalaringizni tekshirish yoki kanal egalariga mukofotlar ishlashda yordam berish uchun ularni koʻrishni xohlasangiz, Sozlamalar > Telegram Biznes ruknida reklama xabarlarini koʻrsatish uchun yangi sozlama mavjud.

Reklamalarni koʻrsatish

Premium: Hikoyalarni anonim ochish

Hikoyalarni koʻrayotganda Premium foydalanuvchilar oxirgi koʻrishlarini berkitish va keyingi 25 daqiqada berkitishda davom etish uchun Koʻrinmaslik rejimini yoqishi mumkin.

Endi Koʻrinmaslik rejimini chatlar roʻyxatidan ham faollashtirishingiz mumkin — shunchaki tasmangizda hikoyani bosib turing va Anonim koʻrish bandini tanlang. Bunda hikoya sizni hatto bir soniya ham koʻrganlar roʻyxatiga qoʻshmasdan ochiladi va Koʻrinmaslik rejimi ham yoqiladi.

Hikoyalarni anonim ochish

Keyingi mavzu uchun surish

Mavzular yoqilgan guruhlarni kezishda keyingi oʻqilmagan kanalga oʻtish uchun yuqoriga tortishingiz mumkin.

Keyingi mavzu uchun surish

Telegram Desktopda Tezkor koʻrish

Telegramning krossplatformali Desktop ilovasi sahifa va uning barcha mediasini bevosita ilovangizda nol yuklash vaqti bilan ochish imkonini beradigan veb-saytlar uchun Tezkor koʻrish funksiyasini qoʻllab-quvvatlaydi.

Telegram Desktopda Tezkor koʻrish

Agar Tezkor koʻrish sahifasida xatolarni topsangiz, bizga fikr-mulohaza yuborish uchun sahifaning quyi qismiga varaqlang va “Maketda xatolik bormi?” bandini bosing.

Mualliflar uchun mukofotlar

Kanal egalariga kanallarida chiqarilgan reklamadan tushgan daromadning 50% qismini ulashuvchi yangi mukofot tizimi ishga tushirildi. Fragment platformasida muvofiq kanallar allaqachon komissiyasiz pul yechib olishi mumkin.

Foydalanuvchilar TON blokcheyni asosida ishlovchi Telegram Reklama platformasida reklama yaratish orqali kanali yoki botini reklama qilishi mumkin.

900 million foydalanuvchi

Telegram dunyodagi eng koʻp foydalanilgan va eng koʻp yuklab olingan ilovalardan biri boʻlib kelishda davom etmoqda va endi 900 milliondan ortiq oylik faol foydalanuvchilarga ega. Bu katta marra va Telegramning kelajagi haqida batafsil oʻqish uchun asoschi va bosh direktorimizning ushbu postini oʻqing.


2024-yil, 25-aprel
Telegram jamoasi