Abituriyent | Axborot portali 👨‍🎓
22.5K subscribers
292 photos
153 videos
81 files
1.1K links
📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el

@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot
Download Telegram
​​📌2020/2021-o‘quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kirish imtihonlarini quyidagicha o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun:
•taʼlim shakli – kunduzgi, masofaviy;
• kirish imtihoni shakli – test sinovlari;
• test sinovlari bo‘lib o‘tadigan muddat – 5-20 avgust oralig‘ida;
• test sinovlari o‘tkaziladigan til – o‘zbek va rus tillari;
• test topshiriladigan fanlar – mutaxassislik fanlari va chet tili;
• qabul parametrlari bo‘yicha o‘qitish ko‘rinishi – to‘lov-kontrakt yoki tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt.

✅Xorijiy davlat fuqarolari uchun:
• taʼlim shakli – kunduzgi;
• kirish imtihoni shakli – suhbat;
• suhbat bo‘lib o‘tadigan muddat – 1-20 avgust oralig‘ida;
• suhbat o‘tkaziladigan til – o‘zbek, rus va ingliz tillari;
• qabul parametrlari bo‘yicha o‘qitish ko‘rinishi – to‘lov-kontrakt

♻️ Barcha abituriyentlarga tarqating!

⭕️
@DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boʻlajak magistrlar diqqatiga!!!

❓Savol: Joriy yilda magistraturaga hujjat topshirish qay tartibda amalga oshiriladi?

✅Batafsil javobni videoda bilib olishingiz mumkin🎥 00:00

🎥Sifatli formatda YouTubeda ko'rish👇
https://youtu.be/HI_7ry3DMB4

❗️♻️Barcha abituriyent doʻstlaringizga tarqating!

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​📌RASMAN!

O‘quv markazlar faoliyati joriy mavsumda ochilmaydi. Hattoki yashil hududlarda ham.

🎓 ta’lim tashkilotlari (bog‘cha, maktab, lisey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar), o‘quv kurslari faoliyatini yo‘lga qo‘ymaslik ya'ni karantin talablari saqlab qolinishi belgilandi.

❗️"Qizil" toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, "yashil" va "sariq" toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini o‘rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo‘ladi.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​📌RASMAN!

Oʻtgan yilgi 3 ta yo‘nalishga hujjat topshirish imkoni bu yil ham saqlanib qolinadi. Bunda ta'lim shakli ham, yo'nalishi ham, tili ham bir xil bo'lishi kerak.

❗️ 6ta ta'lim yo'nalishiga hujjat topshirish amaliyoti keyingi yilga qoldirildi.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​Joriy yilda abituriyentlardan 111,5 ming soʻm "минималка" olmaslik kerak!

Kutilayotgan 78mlrd soʻmdan voz kecha olamizmi ?

Batafsil oʻqing👉
https://telegra.ph/Taklif-05-30

⭕️
@DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​​​Kasbiy (ijodiy) imtihonlar haqida.

- Kasbiy (ijodiy) imtihonlar abituriyentlar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tish jarayonida tanlagan birinchi oliy taʼlim muassasasi tomonidan test sinovlari o‘tkazilishiga qadar 11 iyuldan 20 iyulgacha, test majmualarida fanning o‘rniga qarab uning uchun nazarda tutilgan eng ko‘p ballning 0 dan 100 foizigacha bo‘lgan oraliqda yagona ko‘p balli baholash tizimi bo‘yicha amalga oshiriladi.

- Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari bo‘yicha tushgan norozilik (apellyatsiya) arizalari oliy taʼlim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan 21 iyulga qadar bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

- Kasbiy (ijodiy) imtihonlar natijalari Davlat test markaziga oliy taʼlim muassasalari tomonidan 22 iyulgacha taqdim etiladi.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌RASMAN!

Shu yil kirish imtihonlarida o‘tgan yilgi geografiya va tarix fanlari qatorida kimyo, biologiya, fizika, ingliz, nemis va fransuz tilidan ham yozuvsiz xarita, jadval va rasmli ko‘rinishdagi test topshiriqlari beriladi.

✅Batafsil videoda bilib olishingiz mumkin🎥 00:00

🎥Sifatli formatda
YouTubeda ko'rish👇
https://youtu.be/wfszsAJgrfk


❗️♻️Barcha abituriyent doʻstlaringizga tarqating!


⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Savol: Kirish imtihonlarida maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari uchun test savollari qaysi darsliklardan shakllantiriladi?

Youtube orqali ko‘rish

Eslatib o‘tamiz, 2019-2020-o‘quv yilida umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida qo‘llanishga tavsiya etilgan darslik va o‘quv-metodik qo‘llanmalar ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​"Qovun challenge" davom etadi..
❓Savol: Litsey va kollej bitiruvchilari imtihonsiz oʻqishga qabul qilinadimi ?

✅Javob: YOʻQ!
Ijtimoiy tarmoqlarda xususan "Namanganliklar" kanalida, 2020/2021 o‘quv yilida kasb-hunar kollejlari va akademik litsey bitiruvchilari imtihonsiz o‘qishga qabul qilinishi to‘g‘risida norasmiy xabar tarqatdi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan bunday xabar tarqatilmaganligini avval ham xabar qilgan edik.

Aprel oyida tarqalgan yolgʻon xabar, yana avjiga olibdi, @abituriyent_aloqabot murojaat botimizga yana shu kabi savollar kelmoqda.

Vazirlik o‘qishga qabul qilish tartibiga hech qanday o‘zgartirish kiritilmaganini ma’lum qiladi.

❗️Kanaliga auditoriya toʻplash uchun yolgʻon xabar tarqatayotgan baʼzi bir kanal administratorlariga eslatma:

“189-2-modda. Yolg‘on ma'lumotlar tarqatish

Ommaviy axborot vositalarida, axborot va telekommunikatsiya tarmoqlarida shuningdek, Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalanib fuqarolarning hayoti va (yoki) sog‘lig‘iga, mulkka xavf tug‘diruvchi, jamoat tartibini ommaviy buzishga va (yoki) jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi, davlat organlarining, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, mulkchilik shaklidan qat'i nazar korxona, muassasa va tashkilotlarning normal faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi ishonchli xabarlar niqobi ostida ijtimoiy ahamiyatga ega haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma'lumotlarni bila turib tarqatish - ma'muriy huquqbuzarlik predmeti hisoblangan vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa qirq baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.


© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
Sharq tillaridan test namunalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–4682-son qarorida 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga qabulda avvallari o‘tkazib kelingan ko‘p balli tizim asosidagi imtihonlar o‘rniga test sinovlari o‘tkazilishi belgilangan.

Ushbu topshiriq yuzasidan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan turk, arab, fors, dariy, hind (hindiy), urdu, xitoy, koreys, uyg‘ur va yapon tillari bo‘yicha testlar tafsiloti, test namunalari ishlab chiqildi, shuningdek, test mazmuni va shakliga oid xususiyatlar muvofiqlashtirildi.

Saytimizga abituriyentlar uchun sharq tillari bo‘yicha shakllantirilgan testlardan namunalar joylashtirildi.

👉 https://dtm.uz/page/sharqtillar

Foydalanuvchilar testlar bilan tanishishlari, savollar va javoblarni mazmun va shakl jihatdan o‘rganishlari, tahlil qilishlari hamda testlar bo‘yicha ko‘nikma hosil qilishlari mumkin.

©Davlat test markazi

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
❗️Oliygohlarda yangi sohalar bo'yicha talabalar qabul qilinadi
­
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlaridagi bakalavriatga quyidagi yangi yo'nalishlar bo‘yicha talabalar qabul qilinadi (alifbo tartibida):
­
• Agrobiznes va marketing
• Agroturizm
• Asalarichilik
• Byudjet hisobi va nazorati
• Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (sharq tillari bo‘yicha)
• Gidrobiologiya
• Grim
• Investitsion loyihalarni moliyalashtirish
• Ixtiologiya
• Ko‘chmas mulk kadastri 
• Mediakommunikatsiya va data-jurnalistika
• Moliya va moliyaviy texnologiyalar 
• Qishloq xo‘jaligida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va xizmat ko‘rsatish
• Qurilish sanoati materialshunosligi
• Raqamli iqtisodiyot
• Reklama ishi
• Sanʼat sohasida prodyuserlik
• Turizm sohasida menejment 
• Xalq tabobati 
• Yer maydonlarini masofaviy zondlashtirishda innovatsion texnologiyalar 
• Yer resurslaridan foydalanish va tuproqni bonitetlashtirish
­
❗️ Barcha abituriyentlarga tarqating.
­
⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ta’lim tizimidagi asosiy muammo haqida juda tushunarli kinolavha.(Albatta koʻring!)

- Keyingi safar qarindosh va yaqinlar to‘liq yig‘ilmaguncha, imtihonni boshlamang.
- Tanish-bilishlarchi?
- Tanish-bilishlar ha
m.

🎥Sifatli formatda YouTubeda ko'rish👇
https://youtu.be/71MsAWDWM38

P.S: ADIAZ & COC - TKNDSH (Tanish bilish)

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
​​📌RASMAN!

5-iyundan o‘quv markazlari va repetitorlik faoliyatiga ruxsat berildi

Maxsus komissiya qarori bilan 5-iyundan 🟢 “yashil” hududlarda ta’lim markazlari, to‘garaklar faoliyatiga ruxsat berildi.

❗️Bunda darslar 10 kishidan ko‘p bo‘lmagan guruh tashkil etib, vaqtini oldindan kelishgan holda tashkil etilishi kerak.

Shuningdek, xodimlar va bolalarning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalarni mashg‘ulotlar chetlatish, shuningdek, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish talab etiladi.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​📌RASMAN!

Bu yil faqat 2 ta fandan imtixon bo‘lib o‘tadi. 1-blok 3.2 ball 2-blok 3.1 ball beriladi.

1-blokga jami 96 ball,
2-blokga jami 93 ball beriladi.

Jami 189 ball to‘plash mumkin.

Testlarni ishlash uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Abituriyentlar uydan chiqmagan holda testga kirish uchun ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

Vazirlik sayti orqali
DTM sayti orqali
Davlat xizmatlari orqali

64ta ob’yektda testlar topshiriladi, 1 kunda 3 smenada test qabul qilinadi. Binolarning ro‘yxati 5 kun ichida e’lon qilinadi.

Imtixonga tibbiy niqob va qo‘lqob bilan kiritiladi.

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
Joriy yilda test sinovlari 2 ta fandan bo‘ladi

Joriy yilda istisno ravishda 3 ta majburiy fanlardan (ona tili, O‘zbekiston tarixi va matematika) test bo‘lmaydi.

Test sinovlari abituriyent tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos 2 ta fandan o‘tkaziladi.

Test topshiriqlari soni har bir fan bo‘yicha 30 tadan, jami 60 tani tashkil etadi.

Test topshiriqlarini ishlash va ularni javoblar varaqasiga belgilash uchun har bir fanga 1 soatdan, ikkita fan uchun 2 soat vaqt ajratiladi.

Ballar quyidagicha belgilanadi:

1-fan - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball to‘plash mumkin.

2-fan - 30 ta savol, har bir to‘g‘ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball beriladi.

Yig‘ish mumkin bo‘lgan maksimal ball - 189 ball.

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​Kunning asosiy yangiliklari:

▪️Bu yil faqat 2 ta fandan imtixon bo‘lib o‘tadi(BATAFSIL).

▪️Testlarni ishlash uchun jami 3 soat vaqt beriladi(BATAFSIL).

▪️Ertadan 🟢 “yashil” hududlarda o‘quv markazlari va repetitorlik faoliyatiga ruxsat berildi(BATAFSIL).

▪️Endi barcha OTMlarda o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qitiladi(BATAFSIL).

▪️Hujjat topshirish uchun maktab bitiruvchisi attestat olishi shart emas(BATAFSIL).

▪️Abituriyentlarga hamrohlik qiluvchilar(ota-onalari, ustozlari) test topshiriladigan binolar oldiga qo‘yilmaydi(BATAFSIL).

▪️Joriy yilda abituriyentlardan 111,5 ming soʻm "минималка" olinadi(BATAFSIL).

▪️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 1 soatda va 1 kunda boʻlib oʻtadi(BATAFSIL).

▪️800 qizga OTMda o‘qish uchun grant ajratadi(BATAFSIL).

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​OTMlarga hujjat 15-iyundan 15-iyulgacha qabul qilinadi.

📑 Talab qilinadigan hujjatlar:

👉Avvalgi yillardagi bitiruvchilar uchun
• pasport;
• diplom;
• til bilishi sertifikati;
• imtiyozi mavjud bo‘lganda, imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlar.

👉2020 yil bitiruvchilari uchun
• pasport;
• bitiruv attestati (qabul qiluvchilar tomonidan bazadan elektron tarzda olinadi).

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Rostdan ham 2 ta fandan imtixon bo‘ladimi ?

Testlarni ishlash uchun 3 soat vaqt beriladimi ?

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar qachon boʻladi ?


✅Shu kabi savollarga video rolikda batafsil javob olishingiz mumkin! 00:00

🎥Sifatli formatda YouTubeda ko'rish👇
https://youtu.be/XWBAop7IJfE

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
​​Qabul–2020. Eng muhim ma’lumotlar

▪️Bu yil 1 million 270 mingdan ortiq abituriyent hujjat topshirishi kutilmoqda

▪️Test sinovlari 3 smenada bo‘ladi

▪️Har bir smenada 25 ming abituriyent test topshiradi, abituriyentlar orasi 3 metr bo‘ladi

▪️Kirish imtihonlari (test) 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkaziladi

▪️Imtihon jarayoni onlayn ravishda internet va TV orqali jonli efirga uzatiladi

▪️Avvalgi yillarda bitirgan
abituriyentlardan 111,5 ming soʻm "минималка" olinadi.

▪️Ushbu to‘lov I va II gurux nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda davlat ta’minotidagi chin yetimlardan undirilmaydi.

🎓 Ijodiy va kasbiy imtihonlar bor yo‘nalishlarda sinov qanday bo‘ladi?

▫️OTMga hamma abituriyent kelib yig‘ilmaydi

▫️OTMlar hududiy imtihon komissiyasini tashkil qiladi

▫️Abituriyentlar o‘z hududida ijodiy imtihon topshiradi

▫️Imtihonlar 1 soat bo‘ladi

▫️Abituriyent imtihonga faqat bir marta keladi. Shu bir kelganda barcha imtihonini topshirib ketadi

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qabul jarayolariga bag‘ishlangan 4-iyundagi brifingning to‘liq shakli

Davomiyligi: 48:01 daqiqa
Hajmi: 146.1MB

⭕️ @DTMuz (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇
https://t.me/joinchat/AAAAAFW0ki67jIyqpJIJtw