Abituriyent | Axborot portali
118K subscribers
995 photos
389 videos
309 files
3.56K links
@Abituriyent | Axborot portalining rasmiy telegram sahifasiga xush kelibsiz!

- Biz orqali eng muhim va dolzarb ma'lumotlar bilan tanishib boring.

📩 Aloqa: @abituriyent_aloqabot

📬 Reklama: https://t.me/+SwAo-YikrkZzu9el
Download Telegram
​​​​#Muhim_xabar

📌 To‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarga beriladigan 10 %lik chegirma barcha davlat oliy ta’lim muassasalarida amal qiladi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan birgalikda pandemiya sharoitida aholining to‘lov qobiliyati pasayishini hisobga olib, farzandi to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan oilalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi o‘quv yilida amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori uchun 10 foiz chegirma berilishi haqida xabar bergan edik.

Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan ma’qullandi va barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga vazifa sifatida yuborildi.

Yangi 2020/2021 o‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasida kunduzgi ta’lim shaklida to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan BARCHA talabalarga shartnoma shartlarini bajarishda amaldagi bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz qismidan) miqdoriga 10 foiz chegirma beriladi.

Hurmatli talabalar va ota-onalar!

Agar sizda ushbu masala yuzasidan tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, aniq faktlarni ko‘rsatgan holda telegramdagi @otvmurojaat_bot boti orqali bizga ma’lum qiling. Hech bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi!

👉 Murojaat uchun - @otvmurojaat_bot

OO‘MTV Axborot xizmati

Batafsil maʼlumot👇
https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

© @Abituriyent rasmiy sahifalari
Тelegram | ВКонтакте | Instagram | Youtube
Tabaqalashtirilgan.pdf
106.1 KB
#Muhim_xabar #Super_kontrakt

📌Rasman: Super kontrakt narxlari tasdiqlandi

O‘zR ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2020-yil 5-son bayoni bilan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktning minimal miqdorlari tasdiqlandi.

Super-kontrakt narxini qanday hisoblayman?

Mazkur miqdorlar joriy yil kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4 baldan ortiq yetmagan va Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal ball (56,7 ball)dan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi o‘quv yili uchun qo‘llaniladi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari ushbu ta’lim shakli uchun belgilangan stipendiyasiz bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga 10 foizli chegirma qo‘llangan holda hisoblanadi.

Batafsil maʼlumot👇

https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A