Axmadjanov | Ta'limiy blog
19.1K subscribers
104 photos
37 videos
54 files
222 links
Ta'lim sohasidagi uzoq yillik koʻnikmalarim asosida bilishingiz lozim boʻlgan muhim ma'lumotlarni birgalikda tahlil qilamiz – Firdavs Axmadjanov

@Talimgaoid_admin
Download Telegram
😳 234 ming nafar abituriyent eng kam 56,7 ballni ham to‘play olmadi

Bilimni baholash agentligi ma’lumotlariga ko’ra, 234 072 nafar abituriyent minimal o‘tish bali — 56,7 ballni to‘play olmagan.

🔥 7 579 nafar abituriyent 189 va undan yuqori ball olgan.

📈 Ballar taqsimoti:
➖ 189+ ball: 7 579 nafar;
➖ 170–188 ball: 47 152 nafar;
➖ 150–169 ball: 48 740 nafar;
➖ 130–149 ball: 48 791 nafar;
➖ 110–129 ball: 45 137 nafar;
➖ 90–109 ball: 56 366 nafar;
➖ 70–89 ball: 53 997 nafar;
➖ 56,7–69,9 ball: 106 722 nafar;
❌ 56,7 balldan past: 234 072 nafar.

🏆 Mandat saytidagi eng yuqori ball 217,4 ballni tashkil etmoqda.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😱74😢22❤17🥴10😁6🤩2
⚡️Xorijdan nodavlat oliygohlarga oʻqishni koʻchirishda bir qator muammolar paydo boʻldi!

Xorijdan nodavlat oliygohlarga oʻqishni koʻchirish tartibi hech qanday e'lon bermasdan imi-jimida oʻzgartirib yuborildi. Endi aynan shu yildan nodavlat oliygohga ham oʻqishni koʻchirish davlat test sinovlari asosida amalga oshiriladi.

Talabgorlar xorijdan nodavlat oliygohga oʻqishni koʻchirish uchun my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ariza topshiradilar, sertifikatlar mavjud boʻlsa yuklaydilar. Ariza qabul qilinsa toʻlov invoysi shakllanadi hamda toʻlovni amalga oshirib test sinovlarida qatnashadilar.

❕ Eng qizigʻi bu tartibdan oʻqishni koʻchirmoqchi boʻlgan talabalarning oʻzi xabardor emas. Xatto ayrim nodavlat oliygohlar ham bu haqida deyarli qabul jarayonlari tugashi arafasida xabar topishdi.

Yangi tartib sabab bir nechta dolzarb muammolar paydo boʻldi:

1) Bu tartib hech qanday rasmiy manbalarda e'lon qilinmadi, lekin amalga tadbiq qilib yuborildi. Natijada xorijdan oʻqishni koʻchirmoqchi boʻlgan talabalar bu haqida bexabar qolib ketishdi.

2) Arizalar qabul qilinishi uchun nodavlat oliygohlarning barchasiga ham login-parol berilmagan. Ariza yuborgan talabalar natijani kutish bilan ovora. Saytda adminlik huquqi boʻlmagan nodavlat oliygohi esa arizani qabul qila olmayapti. Natijada ariza yuborgan talabaning taqdiri soʻroq ostida qolgan.

3) Bu tartib paydo boʻlguncha koʻplab nodavlat oliygohlar oʻqishini koʻchirib kelgan bir necha ming talabani qabul qilib boʻlgan. Shartnomalar berilgan, kontraktlar toʻlangan, aloqa xatini olgan talaba eski oʻqish joyidan talabalar safidan ham chiqarilgan. Bularning taqdiri ham endi nima boʻlishi noma'lum.

4) Ayrim nodavlat oliygohlar hanuz eski tartib boʻyicha oʻqishini koʻchirmoqchi boʻlgan talabalarni oʻz qabul sayti orqali qabul qilib kelishmoqda. Sababi ular ham nima boʻlishini tushunishmayapti, aniqrogʻi rasmiylar tomonidan aniq bir huquqiy asosga koʻra tushuntirish berilmagan.

5) Jarayonning eng havotirli tomoni oʻqishni koʻchirish jarayonlari yakunlanishiga atiga 2 kun qoldi. Hanuz bu masala mavhum va tushunarsiz holatda turibdi. Biror bir rasmiy munosabat berilmadi ham.

Vaziyatning oxiri nima bilan tugashi esa hammaga qiziq!

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9💯9😱5👍4🔥3
⚡️Nodavlat oliygohdan nodavlat oliygohga oʻqishni koʻchirishdagi muammolari haqida!

Oʻqishni koʻchirishda yana bir kutilmagan yangilik koʻpchilikni "shokka" tushirib qoʻydi. Bir nodavlat oliygohidan boshqasiga oʻqishni koʻchirish tartibi hech bir ommaviy e'lonlarsiz uzrli sabab bilan amalga oshirilishi belgilandi.

Bir nodavlat oliygohidan boshqasiga koʻchirmoqchi boʻlsangiz endi 2 ta uzrli sababdan biri kerak va shu sabablar boʻlsagina transfer.edu.uz sayti orqali onlayn ariza topshirishingiz mumkin.

Eng qiziq tomoni bu yangilik ham hech qayerda e'lon qilinmadi va shunchaki amaliyotga tadbiq etildi qoʻyildi. Kiritilayotgan yangiliklar juda yaxshi, lekin uning ijrosini "eplay" olinmasa bunday yangilik xalq tomonidan ijobiy qabul qilinmaydi va qilinmadi ham.

Endi uzrli sabablarga ega boʻlmagan, oʻzi oʻqiyotgan nodavlat oliygohni almashtirishni istagan bir necha oʻn minglab talabalar taqdiri nima boʻlishi ham noma'lum. Qabul tugashiga esa 2 kun qoldi!

Vazirlik matbuot xizmati rahbari Nazokat Qunduzovadan rasmiy munosabat kutib qolamiz.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁10❤6👍5💯3🔥2
⚡️56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlar diqqatiga!

Belgilangan minimal oʻtish bali sababli afsuski, sizda bu yil davlat oliygohiga giper kontrakt asosida ham oʻqishga kirish imkoniyatingiz mavjud emas.

Minimal o‘tish chegarasi, ya’ni 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlar super-kontrakt asosida ham talaba bo‘la olmaydi.

❓56,7 balldan past to‘plagan abituriyentlar endi nima qiladi?

Endi oldingizda ikki tanlov bor:
1) Bir yil tayyorlanib, kelasi yili qayta topshirish;
2) Bu yilning o‘zida xususiy universitetga kirish.

Tavsiyam, bir yil umringizni yoʻqotmangda kontrakti arzonroq oʻzingizga qulay birorta xususiy oliygohga topshiring.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤣18❤11💯9👍4🥰3❤‍🔥2🏆2👏1😱1
❕Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani?

Abituriyentlarga yo‘nalish tanlash huquqi berilganda davlat grantini ustuvorlik sifatida belgilashi mumkin.

👉 Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

🔹 Davlat grantini tanlasa — tanlagan barcha taʼlim yo‘nalishlarida dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida saralanadi;

🔹 Ta’lim yo’nalishini tanlasa — avval har bir taʼlim yo‘nalishida davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo‘nalishdan biriga kirishimning farqi yo‘q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo‘nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo‘nalishga beradi.

Yuqoridagi suratda buning ketma-ketligi ko’rsatilgan.

➡️ Abituriyentlar ustuvorlikni belgilashda eʼtiborli bo‘lishlari kerak. Mandat chiqqandan keyin, “voy, men bu yo’nalishda o’qimayman, ikkinchida o’qimoqchi edim, beshinchida o’qimoqchi edim” degan gaplar befoyda bo’ladi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤12👍2🔥2
😈 Bojxona qoʻmitasi ishga kirishda dastlabki test quyidagicha bo'ladi:

🇺🇿 Savollar 100 ta bo'lib har bir to'g'ri javobga 1-ball beriladi, kamida 60 ball ya'ni 60% ijobiy natija deb baholanadi. Va nomzod testdan o'tgan deb hisoblanadi.

✅ Bojxonaga testlar quyidagicha fanlardan:
⭐️ Huquqshunoslik.
⭐️ Tarix.
⭐️ Iqtisodiyot.
⭐️ Ma'naviyat asoslari
⭐️ Chet tili fanlaridan o'tqaziladi.

✅ Izoh: To'plagan balingiz 20 ga bo'linadi va o'sha ball qoyiladi. Masalan: 60 ball oldingiz = 60÷20=3. Nomzodning bali 3 ball.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
⚡️Rasman: Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish yengillashtirildi

Jarayon kecha yakunlanganiga qaramay, bugun ham yozgi ‘‘perevod’’ uchun arizalar qabul qilinmoqda. Transfer.edu.uz platformasida nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish uchun 2 majburiy sababni inkor etuvchi yangi sabab turi paydo bo‘ldi.

Xabaringiz bor, kecha 5-avgust kuni o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilishning so‘nggi kuni edi. 2026/2027-oʻquv yili uchun talabalarning oʻqishini davlat oliy taʼlim tashkilotlariga koʻchirish boʻyicha onlayn arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilindi. Biroq, bugun 6-avgust 11;45 holatiga ko‘ra transfer.edu.uz sayti orqali ariza topshirish imkoniyati ochiq holatda turgani ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, saytda yana bir muhim o‘zgarish kuzatildi. Platformada uzrli sabablar ro‘yxatiga ‘‘Boshqa sababga ko‘ra’’ nomli yangi sabab turi qo‘shilgani ma’lum boʻldi.

Vazirlikning rasmiy sahifalarida arizalar qabuli qachongacha davom etishi va yangi sabab turi haqida qo‘shimcha ma’lumot berilmagan. Shu sababli, jarayon qachongacha davom etishi noma'lum bo‘lib qolmoqda.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤14❤‍🔥1🌚1
Harbiylashtirilgan.pdf
2.3 MB
🟦🟦🟦

⚡️Rasman: Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasining 2026/2027 oʻquv yili uchun oʻtkazilgan test natijalari e'lon qilindi.

✅@Axmadjanoov | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10🔥2