⚡️Qoraqalpogʻiston yoshlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratildi
Davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yili uchun qoraqalpog‘istonlik yoshlar oliy taʼlimga kirishda quyidagi 2 ta qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bo‘ldi.
1️⃣ 1-imkoniyat:
2026-yil 2–6-oktyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida doimiy yashovchi va kirish imtihonlarida 68 ball va undan yuqori natija ko‘rsatib, davlat oligohlarining kunduzgi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan yoshlar 500 ta maqsadli qabul parametrlari uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Roʻyxatdan oʻtish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Bunda abituriyentlar talabalikka tavsiya etilgan oliy taʼlim tashkiloti va taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tanlovda ishtirok etadi.
Roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlar oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijasiga koʻra toʻplagan ballari ketma-ketligiga qatʼiy rioya qilgan holda maqsadli qabul parametrlariga tavsiya etiladi.
2️⃣ 2-imkoniyat:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining murojaatiga muvofiq Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari kesimida toʻlov-kontrakt asosida viloyatlardagi davlat oliy taʼlim tashkilotlariga qoʻshimcha 6 500 ta qabul parametrlari tasdiqlandi.
Bunda bazaviy toʻlov-kontrakt asosidagi qoʻshimcha qabul parametrlari davlat oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtgan Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlarini tamomlagan, oʻtkazilgan kirish imtihonlari natijalariga koʻra 56,7 va undan yuqori ball toʻplagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantiriladi.
Tanlov qaydnomalari tegishli oliy taʼlim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yetkaziladi.
✅ @Axmadjanoov

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
⚡️Rasman: Birinchi ustuvor ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qish imkoniyati ochildi
Davlat qabul komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalari asosida tanlovda ishtirok etib, ikkinchi–beshinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridan biriga davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga o‘z xohishiga ko‘ra, ustuvorlik tartibida tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishida tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishga ruxsat berildi.
Mazkur tartib maqsadli qabul asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Belgilangan mezonlarga muvofiq tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin bo‘lgan abituriyentlar arizalarni kontrakt.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda rasmiylashtirishlari mumkin.
Abituriyent tomonidan rasmiylashtirilgan ariza oliy ta’lim muassasasi Qabul komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi. Shundan so‘ng, abituriyent uchun QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Tasdiqlangan to‘lov-shartnomasini platformadan yuklab olish hamda unda belgilangan to‘lovlarni belgilangan muddatlarda amalga oshirish so‘raladi.

❤🔥2❤2
⚡️1-yoʻnalishga super-kontrakt qilish tartibi haqida
Agarda siz tanlagan 5 ta yoʻnalishingizdan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, oʻz xoxshingizga koʻra faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin.
Bunda hozirda oʻqishga tavsiya etilgan grant yoki kontraktingiz kuyadi va faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Muhim jihati shu-ki, 1-yoʻnalishda super kontrakt asosida oʻqishingiz uchun u yoʻnalishga balingiz yetmagan boʻlishi lozim. Super kontrakt miqdori balingizdan qat'iy nazar 4 balldan koʻproq yetmay qolganlar singari hisoblanadi.
➡️ Ya'ni agarda sizga 1-yoʻnalishga 2 ball yetmay qolgan boʻlsa ham siz 10-20-30 ball yetmay qolganlar bilan bir xil summa toʻlaysiz. Shuning uchun 1-yoʻnalishga super qilishdan avval super-kontrakt summasini aniqlashtirib oling.
✅ @Axmadjanoov
Agarda siz tanlagan 5 ta yoʻnalishingizdan biriga oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, oʻz xoxshingizga koʻra faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin.
Bunda hozirda oʻqishga tavsiya etilgan grant yoki kontraktingiz kuyadi va faqatgina 1-yoʻnalishda super-kontrakt asosida oʻqishingiz mumkin. Muhim jihati shu-ki, 1-yoʻnalishda super kontrakt asosida oʻqishingiz uchun u yoʻnalishga balingiz yetmagan boʻlishi lozim. Super kontrakt miqdori balingizdan qat'iy nazar 4 balldan koʻproq yetmay qolganlar singari hisoblanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤8🔥5
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘qituvchilar uchun bir oylik majburiy malaka oshirish tartibi bekor qilinadi
Endi pedagoglarning malaka oshirish uchun poytaxt yoki viloyat markaziga borib, bir oylik majburiy kurslarda o‘qishi shart bo‘lmaydi.
Uning o‘rniga o‘qituvchilarga toifa sinovidagi natijasiga qarab, o‘zi xohlagan joyda 18 soatdan 72 soatgacha mustaqil malaka oshirish uchun kasbiy rivojlanish vaucheri beriladi. Buning uchun mablag‘ni davlat ajratadi.
✅ @Axmadjanoov | Instagram

Prezident bugungi uchrashuvga tayyorgarlik jarayoni haqida:
“Bu majlisga juda qiynalib tayyorgarlik qildik. Xuddi sizlar bilan birga yurgandek bo‘lishga harakat qildim. Bular — sizlarning og‘ir masalalaringiz. Albatta, qiyin bo‘ladi. Lekin mana shu manfaatni joyiga qo‘ysak, o‘zgarish bo‘ladi”, — dedi Prezident.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘qituvchilar uchun yangi imtiyozlar e’lon qilindi
🟠 milliy sertifikatga ega o‘qituvchilarning oyligiga qo‘shimcha 50 foiz ustama to‘lanadi;
🟠 har yili 208 ta tuman va shahardagi lider o‘qituvchilarga 30 mln so‘mdan mukofot beriladi;
🟠 har yili 1 000 nafar o‘qituvchi Buyuk Britaniya, Fransiya, Singapur kabi davlatlarga stajirovkaga yuboriladi;
🟠 kamida 15 yillik ish stajiga ega pedagoglarning farzandlariga OTM kontrakti uchun foizsiz kredit ajratiladi.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda pedagoglarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi choralarni e’lon qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍4
⚡️Rasman: Magistr xotin-qizlar kontrakt to‘lovini davlat budjetidan qoplab berish boʻyicha ariza berish muddati uzaytirildi
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qaroriga muvofiq, magistraturaga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar tomonidan ariza berish muddati 2026-yil 10-oktabrga qadar uzaytirildi.
Magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat budjetidan qoplab berish uchun arizani kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuborishlari mumkin.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 15-avgustdagi 447-son qaroriga muvofiq, magistraturaga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan va tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlari Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.
2026/2027-o‘quv yili uchun talabalar tomonidan ariza berish muddati 2026-yil 10-oktabrga qadar uzaytirildi.
Magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlar kontrakt to‘lovini Davlat budjetidan qoplab berish uchun arizani kontrakt.edu.uz platformasi orqali yuborishlari mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6
Tanlovda qatnashish istagini bildirgan nomzodlar 1-oktabridan 20-oktabriga qadar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tadilar (my.uzbmb.uz).
26-yoshgacha boʻlgan 1-2 bosqich talabalari ham hujjat topshirishlari mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
❗️Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun muhim yangilik!
Qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha 6 500 ta qabul parametri bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 6 500 nafar abituriyentning hududlardagi davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarigato‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul parametrlari bo‘yicha o‘qishga qabul natijalari e’lon qilindi.
Mazkur qo‘shimcha qabul parametrlari davlat oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxatdan o‘tish davrida doimiy yashash hududi Qoraqalpog‘iston bo‘lgan hamda shu yerdagi umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlarini tamomlagan, kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.
Bunda abituriyentlarning to‘plagan ballari ketma-ketligiga qat’iy rioya qilindi.
Tanlov natijalari bo‘yicha qaydnomalar tegishli oliy ta’lim tashkilotlariga belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun yuboriladi.
Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz orqali shaxsiy kabinetdan yoki mandat.uzbmb.uz orqali ID raqamini kiritgan holda bilishlari mumkin.

❤10👍1
⚡️Rasman: 17 ta oliygoh Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimiga oʻtkazildi.
Qarorga koʻra, Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 14 ta oliy ta'lim muassasalari Oliy ta'lim vazirligi tizimiga oʻtkazildi.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Prezident “Ayrim davlat oliy taʼlim muassasalarining boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2026-yil 2-oktyabrdagi PQ–358-son qarorni imzoladi.
Qarorga koʻra, Maktabgacha va maktab ta'lim vazirligi hamda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 14 ta oliy ta'lim muassasalari Oliy ta'lim vazirligi tizimiga oʻtkazildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7🔥3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️DXX akademiyasi uchun ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma.
DXX akademiyasiga nomzodlar har yili 1-oktyabr kunidan 20-oktyabr kunigacha my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn hujjat topshiriladi.
Elektron anketa-soʻrovnomalarni toʻgʻri toʻldirgan nomzodlarga anketa-soʻrovnomalar qabul qilinganligi yuzasidan 3 kun ichida elektron tarzda xabar yuboriladi va ular oʻqishga nomzodlar roʻyxatiga kiritiladi.
Elektron anketa-soʻrovnomalarni notoʻgʻri toʻldirgan nomzodlar 1 kun ichida anketa-soʻrovnomalarni qayta toʻldirishi mumkin.
✅ @Axmadjanoov
DXX akademiyasiga nomzodlar har yili 1-oktyabr kunidan 20-oktyabr kunigacha my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn hujjat topshiriladi.
Elektron anketa-soʻrovnomalarni toʻgʻri toʻldirgan nomzodlarga anketa-soʻrovnomalar qabul qilinganligi yuzasidan 3 kun ichida elektron tarzda xabar yuboriladi va ular oʻqishga nomzodlar roʻyxatiga kiritiladi.
Elektron anketa-soʻrovnomalarni notoʻgʻri toʻldirgan nomzodlar 1 kun ichida anketa-soʻrovnomalarni qayta toʻldirishi mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍1
⚡️Rasman: Oliy ta'lim va maktabgacha ta'lim vazirligi birlashtirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi.
Ushbu islohotning asosiy maqsadi mamlakatimizda ta’lim, tarbiya va ilm-fanning yaxlit tizimini zamon talablari asosida tashkil etish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish hamda inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni yangi darajaga olib chiqishdan iborat.
Shuningdek, ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash, maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’limgacha barcha bosqichlarni hamda ilmiy faoliyatni qamrab olgan yagona samarali boshqaruv tizimini joriy qilish, uning jamoatchilik oldida hisobdorligini oshirish ko‘zda tutilgan.

❤7
⚡️Oliy ta'lim va maktabgacha ta'lim vazirligi birlashtirildi
Ikki ta'lim vazirligi birlashtirilgani sababli Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna ham lavozimidan ozod qilingan.
Yangi vazirlik uchun kim rahbarlik qilishi hozircha e'lon qilinmadi.
Sardor Radjabov vazir boʻlarmikin a-?
✅ @Axmadjanoov
Ikki ta'lim vazirligi birlashtirilgani sababli Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo'ng'irotboy Sharipov hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Karimova Eʼzozxon Gapirjonovna ham lavozimidan ozod qilingan.
Yangi vazirlik uchun kim rahbarlik qilishi hozircha e'lon qilinmadi.
Sardor Radjabov vazir boʻlarmikin a-?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Shaxsiy fikrim: hozirda ta'lim tizimiga rahbar sifatida Qoʻngʻirotboy Sharipov va Abduqodir Toshqulovdan boshqa munosibroq nomzod boʻlmasa kerak.
Shu ikki vazir davrida ta'lim tizimida oʻzgarishlarni quyi boʻgʻindagilar ham his qildi va tizim hodimlari uchun ijobiy rahbar sifatida taassurot qoldirishdi.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Shu ikki vazir davrida ta'lim tizimida oʻzgarishlarni quyi boʻgʻindagilar ham his qildi va tizim hodimlari uchun ijobiy rahbar sifatida taassurot qoldirishdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯13❤5🔥2
➖DXX akademiysiga ro'yxatdan o'tgan nomzodlar uchun dastlabki saralab olish test sinovlari bo'lib o'tadi (noyabr–dekabr)
Bunda:
🟠 ona tili –15 ta test, 2,1 balldan(31,5 ball);
🟠 O‘zbekiston tarixi –30 ta test, 3,1 balldan(93 ball);
🟠 matematika –15 ta test, 2,1 balldan(31,5 ball);
🟠 chet tili – 30 ta test, 3,1 balldan(93 ball).
✅ Maksimal ballning (249 ball) kamida 30 (74,7 ball) foizini to'plagan nomzod keyingi bosqichlarda qatnashish huquqiga ega bo'ladi.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
Bunda:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat xavfsizlik akademiyasiga hujjat topshirmoqchi boʻlganlar diqqatiga!
DXX akademiyasiga hujjat topshirish tartibi, ta'lim yoʻnalishlari, kimlar hujjat topshira olishi, beriladigan imtiyozlar-u, ishga kirish tartibi haqida batafsil ma'lumotlar e'lon qilindi. Koʻrmoqchi boʻlganlar quyidagi kerakli qismlar ustiga bosing:
Qabul jarayonlari 1-oktabrdan 20-oktabrga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn boʻladi.
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 4-qism
👉 5-qism
👉 6-qism
❕ Eslatma: akademiyaga oliygohlarning 26 yoshgacha boʻlgan 1-2 kurs talabalari ham hujjat topshirishlari mumkin.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
DXX akademiyasiga hujjat topshirish tartibi, ta'lim yoʻnalishlari, kimlar hujjat topshira olishi, beriladigan imtiyozlar-u, ishga kirish tartibi haqida batafsil ma'lumotlar e'lon qilindi. Koʻrmoqchi boʻlganlar quyidagi kerakli qismlar ustiga bosing:
Qabul jarayonlari 1-oktabrdan 20-oktabrga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn boʻladi.
👉 1-qism
👉 2-qism
👉 3-qism
👉 4-qism
👉 5-qism
👉 6-qism
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7
⚡️Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi
🇺🇿O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘quv yuklamasi yuqori bo‘lgan 52 ta tumanda xususiy maktablar ochishni qo‘llab-quvvatlashning yangi moliyaviy mexanizmlarini e’lon qildi. Bu haqda Milliy axborot agentligi xabar berdi.
🏦Ushbu hududlarda maktab tashkil etish uchun 7 yillik 10 foizli imtiyozli kredit, ochish va jihozlash xarajatining 15 foizigacha, ko‘pi bilan 1,5 milliard so‘m subsidiya beriladi. Binosini maktabga ijaraga berganlar yer va mulk solig‘idan imtiyoz oladi.
🏬Barcha tumanlarda bo‘sh davlat binolari xususiy maktab ochish uchun 10 yilga bepul ijaraga beriladi. Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tish xarajatining yarmi qoplanadi.
📈Farzandi xususiy maktabda o‘qiydigan ota-onalar uchun soliq olinmaydigan daromad chegarasi 3 milliondan 6 million so‘mga oshiriladi.
👉 @Axmadjanoov

❤3🔥2👏2🥰1
⚡️Rasman: Ichki ishlar akademiyasiga oʻqishga kirish osonlashadi
2027/2028 oʻquv yilidan boshlab:
▶️ IIV akademiyasida kechki va masofaviy ta'lim shakli joriy etiladi;
▶️ Tabaqalashtirilgan kontrakt asosida oʻqish imkoniyati yaratiladi;
▶️ Davlat va nodavlat oliygohlarning axborot tizimlari sohalarida tahsil olayotgan 2-kurs talabalari akademiyaga oʻqishini koʻchirishga ruxsat etiladi;
▶️ Oʻqishi koʻchirilgan talabalar IIV Akademiyasi bakalavriatining kunduzgi ta’lim shaklidagi Yurisprudensiya (“Raqamli texnologiyalar sohasida jinoyatlarga qarshi kurashish”) yo‘nalishiga “2+2” dasturi asosida davlat granti bilan maqsadli tanlov orqali qabul qilinadilar;
▶️ IIV tizimiga ishga kirish uchun yosh chegarasi rasman 35 yoshga oshirildi.
✅ @Axmadjanoov | Instagram
2027/2028 oʻquv yilidan boshlab:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍5
⚡️Tibbiyot xodimlari farzandlariga kontrakt toʻlovining bir qismini qoplab berish boshlandi
Ushbu toifadagi xodimlarning farzandlariga respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida oʻqish uchun yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori BHMning 15 baravari (6,6 mln soʻm) dan oshmasligi kerak.
✔️ Bugundan kontrakt summasining 30 foizigacha qismini qoplab berish boshlandi. Ya'ni, ariza topshirganlar va arizasi tasdiqlangan xodimlarning farzandlarining oliygohlariga pullar kelib tusha boshlagani haqida ma'lumotlar kelmoqda.
Subsidiya koʻrinishidagi kontrakt toʻlovini bir qismini qoplab berish tartibi boʻyicha qoʻshimcha:
Subsidiya olish uchun onlayn ariza yuborish: https://my.gov.uz/uz/service/1489
✅ @Axmadjanoov | Instagram
📄Esingizda boʻlsa, Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 12-iyundagi 310-son qarori bilan davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega boʻlgan tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlari uchun bakalavriatdagi yillik kontrakt toʻlovining 30 foizini qoplab berish belgilangan edi.
Ushbu toifadagi xodimlarning farzandlariga respublikadagi oliy taʼlim tashkilotlarida bakalavriat bosqichida oʻqish uchun yillik toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab beriladi. Bunda subsidiya miqdori BHMning 15 baravari (6,6 mln soʻm) dan oshmasligi kerak.
Subsidiya koʻrinishidagi kontrakt toʻlovini bir qismini qoplab berish tartibi boʻyicha qoʻshimcha:
▶️ Subsidiya uchun arizalar yil davomida har oy oxirgi ish kuniga qadar qabul qilinadi;▶️ Subsidiya davlat va nodavlat oliygohi talabalariga toʻlanadi;▶️ Subsidiya bakalavriatdagi talabalar uchun ajratilgan;▶️ Subsidiya har bir farzand uchun kontrakt summasidan kelib chiqib ajratiladi;▶️ Subsidiya talaba oʻqishni tamomlaguncha (yoki talabalar safidan chetlashtirilguncha) har yili beriladi.▶️ Subsidiya super-kontrakt uchun ham amal qiladi.▶️ Subsidiya oliygoh hisob raqamiga tushadi;▶️ Talaba oʻqishdan chetlatilsa, u tomonidan subsidiya qaytarilmaydi.
Subsidiya olish uchun onlayn ariza yuborish: https://my.gov.uz/uz/service/1489
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
⚡️Xushxabar: Endi pedagoglar chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonini 50% chegirma bilan topshirishlari mumkin!
Imtihonda ishtirok etish uchun my.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tish jarayonida toʻlovga imtiyoz berilganlar qatoriga pedagoglar ham qoʻshildi.
Ushbu bandni tanlash orqali pedagoglar imtihonlar uchun: 594 000 so‘m o‘rniga 297 000 so‘m miqdorida to‘lov cheki shakllanadi.
Eslatma: Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida imtiyoz bo‘limida aynan “Pedagoglar” bandi belgilanganligiga e’tibor bering.
✅ @Axmadjanoov – ta'limiy blog

👍7🔥2👏1