Hayot go'zal🕊
8 subscribers
4 photos
1 link
Download Telegram
Channel photo updated
Aqlli himoya

Yoshi ulg‘ayib qolgan jang san’ati ustasi qaytib maydonga tushmaslikka qaror qildi. Biroq bir kuni yosh, manman polvon uni olishuvga chorladi. Usta bunga e’tibor bermay, jim o‘tiraverdi. Yosh jangchi endi uni masxaralashga, ajdodlarini haqoratlashga tushdi. Ammo bu ham natija bermadi.
Oxir-oqibat yosh polvonning hafsalasi pir bo‘lib, indamay qoldi.
Ustozning shogirdlari uning xatti-harakatidan hayron qolishdi, ayrimlari esa ta’na ham qilishdi:
– Nahot sizga o‘zingizning yoki ajdodlaringizning sha’ni qadrli bo‘lmasa?!
Ustoz bu savolga savol bilan javob berdi:
– Agar sizga biror narsa sovg‘a qilishsa-yu, uni olmasangiz, hadya kimda qoladi?
– Egasining o‘zida qoladi-da! – deyishdi ular.
– Hasad, g‘azab va nafrat ham xuddi shunday. Agar biz uni qabul qilmasak, u o‘z egasida qoladi.

Gulxandan...
Channel name was changed to «Hayot go'zal»
Channel name was changed to «Hayot go'zal🕊»
O'qigan kitoblarimdan hikoyalarimdan eng saralarini joylashni niyyat qildim. Inshaallah manfaatli bo'ladi degan umiddaman😊.
❤1
"Baxt hafsalasiz odamlarga yordam beraolmaydi"
Sofokl..
👍3
Pul yaxshi xizmatkor, ammo yomon xo'jayin ekanini yodda tut.
                                  Solih Uyan
           Ruhiyat parhezi.
👍3
Hayot juda qisqa. 
Ayni dam, eng so'ngi daqiqalarimizni yashayotgan bo'lishimiz mumkin.
Kimdir hozir baxtdan sarmas, kimdir esa qayg'udan qiynalib yashayotgandir.
Eng qizig'i bu soniyalar qayg'u bilan yashashga juda qimmatlik qilar ekan...
❤2
Hayot yutqazgan joyingdan emas,
Hayot ,anglagan, joyingdan boshlanar ekan.
Menimcha yutqazish degan tushuncha yo'q. Yutqazish emas  tajriba bor.  Tajriba sen erishadigan  ulkan muvafaqiyatlar kalitidir.
👍3🔥3
O'z taqdiringni o'zing boshqar,
aks holda bu ishni boshqalar bajaradi.
Noel Tichi.
Shaxsiy manfaatlar va qulaylikka qaramlik haddan oshib borarkan, insonni inson qiluvchi barcha fazilatlar o'z qiymatini yo'qotmoqda.
Solih Uyan
🔥3
Shogirtlar ularga xatolarini aytaveradiganga emas,
tog'ri yo'l ko'rsatadigan ustozga ergashadilar.

Kvintillan
👍4
Bu kun kechdi. Quyildi oqshom.
Men haqimni olurman tundan
Tun- ajoyib fikrga oʻxshar.
Xotiralar qolmishdir kundan.

Kun aylandi mening boshimda
Odamlarning fikri aylandi.
Koʻrganlarim ich-u toshimda
Hukm-farmoniga boylandi.

Hech kim meni xafa qilmadi
Hech kim xursand qilmadi meni.
Yuragimni kimdir bilmadi,
Kimdir koʻtarmadi koʻnglimni...

Bu kun kechdi. Bir hasrat qoldi.
Bir quvonchim qoldi orqada.
Koʻz oʻngimdan bu kun yoʻqoldi,
Quyosh ketdi uni orqalab.

Bu kun kechdi tilini tishlab,
Na xursandman, na xafa undan
Bu kun kechdi. Quyildi oqshom,
Men haqimni olurman tundan.
❤2👍1
Men seni sog'inib qolsam
nima qilaman,
Kimdan so'rab borgum, kimga  yiqilgum?
Majnunning poyidan bir ishq tilanib
men senga keldim!
Sog'insam, ichikib o'ksinib qolsam,
Yoding to'ldirarmi yurakning kamin?
Qaysi bir gullardan so'rab boraman
Dunyoda eng hushtam lablarning ta'min?!
Sog'insam, men qaysi yo'ldan boraman,
va qaysi yulduzni olgayman nishon.
Meni sog'inib kut, senga yurakda
Xudoni ko'tarib boraman ishon!
Sog'insam...
Shoshma, ayt, sen-chi
mobodo,
Sog'inmay yashasang, dil bilmasa g'am.
Unda...
Meni-ku aytmasa bo'lar,
Kechirmasa kerak hatto Xudo ham!

Aziz Nur
❤5
donishmanddan so'rashdi: nima muhimroq, sevishmi yoki sevilishmi?

donishmand javob berdi: qush uchun qaysi qanot muhimroq, o'ngmi yoki chapmi?
#Komron
❤2
O'zingizni munosib qalb uchun asrang, munosibi doim bitta bo'ladi...
🔥4
⚡️Yurtimizda o‘tkazilayotgan islohotlar va Yurtboshimiz imzolayotgan farmonlar natijasi o‘laroq, mutasaddilarning xalq manfaatlari uchun kurashishlari va yoshlarning bandligiga ko‘maklashishlari o‘z samarasini bergan holda, yuksak faxr va iftixor ila shuni ayta olamanki, bugun avtobusda o‘tirib ketdim...😌😂(ozgina xanda)
👍1🔥1
Inson ongi bo'shliqni hushlamaydi va bu bo'shliq har doim nima bilandir to'ldiriladi. Agar inson muvaffaqiyat haqidagi kitoblarni o'qimasa, uning ongi salbiy fikrlarga to'ladi.


S. Davlatov kitobidan...
👍2❤1