***
Osmon yolg‘iz vatan — qushman aslida,
Qanotim kurakka mahkam yopishgan.
Nogoh yerga tushdim qaynoq faslda,
Negadir tilimni obdon chopishgan.
Qayga borsam uchar so‘zlarim afg‘on,
Shuurni ezadi har bitta ohang.
Hey, uyg‘on, mudragan ko‘ksimdagi jon,
Yutmasdan ilgari bu hayot — nahang.
Ayishib boradi qarshimda so‘qmoq,
Ko‘zlarim tinadi taqdir nazmidan.
Boshlarga urilgan haqtalab to‘qmoq,
Omon o‘toldimmi shayton bazmidan?!
@Elyor_Haydar
Osmon yolg‘iz vatan — qushman aslida,
Qanotim kurakka mahkam yopishgan.
Nogoh yerga tushdim qaynoq faslda,
Negadir tilimni obdon chopishgan.
Qayga borsam uchar so‘zlarim afg‘on,
Shuurni ezadi har bitta ohang.
Hey, uyg‘on, mudragan ko‘ksimdagi jon,
Yutmasdan ilgari bu hayot — nahang.
Ayishib boradi qarshimda so‘qmoq,
Ko‘zlarim tinadi taqdir nazmidan.
Boshlarga urilgan haqtalab to‘qmoq,
Omon o‘toldimmi shayton bazmidan?!
@Elyor_Haydar
❤2🔥2
***
Bu tuproq belangan eng shirin dardga,
Bag‘rida ming bitta olov qizg‘aldoq.
Yurt deb shahid ketgan bahodir, mardlar,
Ko‘ksidan ko‘pchigan eng qayg‘uli dog‘!
Bu tuproq onaning ohidan bunyod,
Ko‘zyoshlar selidan oqar amu-sir.
Sen nechun jim turib boqasan dunyo,
Sen nechun yovuzlik komiga asir?!
Bu tuproq Kubrolar hokidan barpo,
Har bitta yurakda gullagan hasrat.
Suysalar lab tishlar xushro‘yu barno,
Qalblar tub-tubida avaylar, asrar.
Bu tuproq manglayim suvini qorib,
Eng go‘zal sanʼatga evrilgan ijro!
Bir kuni kirarman bag‘riga horib,
Bermasa bas endi cheki yo‘q hijron!
21.09.2026

🔥5❤🔥3
Forwarded from Anonim savollar
Shoir koʻzi bilan dunyoga nazar.Bu yerda she’riyat va koʻngil suhbat quradi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4🔥1
Anonim savollar
Asli she'riyat birla olam ranginroq!
❤5
***
Landovur, suyagi yirik bandaman,
Ilkimga qo’nmaydi halovat qushi.
Ko’rsatkich barmog‘im manglayda turar
Bir kuni otilar, tugar shu tushim.
Nigohim osmonga termular hayhot,
Qanotim kurakka yopishgan nechun?!
Peshonamni o’yib charchamas hayot,
Borliqqa sochilar ilohiy kuchim.
Savoldan iborat boru bisotim,
So’zlarim chalkashur, uchar bo‘g‘zimdan.
Do‘stim-u sevgilim jonim nisordir,
Xanjarni qayrangu sanching ko‘ksimga!
Nahotki o’lmayman, to’lmas paymonam,
Muhabbat, dard ila yonish qismatdir.
Tuproqqa evrilgan mehribon ona
Endi yer shoxlashim o‘lim, isnoddir!
09.09.2026
Elyor HAYDAR

🔥4👍2
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar.
Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar merosiga bağişlangan konferensiyadagi nutqimda alifboni tuzatiş taşabbusini ilgari surgan holda, mazkur bahslarga nuqta qöyiş vaqti kelganini aytgan edim.
Albatta, özgarişlar oson keçmaydi, kimlardadir e’tiroz yoki xavotir uyğotişi ham tabiiy. Lekin, işoning, yozuvimizdagi noqulayliklarga barham beriş va tilimizning raqamli makondagi örnini mustahkamlaş uçun boşqa yöl yöq edi.
Endi hamma hujjatlar yangidan qilinadimi? Yöq, aslo! Biz xarajatlarni eng minimal darajaga tuşiriş yölini tanladik: amaldagi barça hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlar öz kuçida qoladi, darslik, peşlavha va körsatkiçlar esa yaroqlilik muddati tugagaç, bosqiçma-bosqiç almaştiriladi.
Uşbu qonunning 21-oktyabr kuni qabul qilinişida çuqur ramziy ma’no bor. Tuzatilgan alifbomiz ma’rifatparvar ajdodlarimiz orzusi, yoşlarimiz savodxonligi va tilimiz mavqeyini yuksaltirişga xizmat qilişiga işonaman.
Barçangizni Özbek tili bayrami kuni bilan tabriklayman!
—
Наконец исправлена многолетняя историческая ошибка. Сегодня наш Президент подписал закон о совершенствовании узбекского алфавита, основанного на латинской графике.
Этот вопрос вызывал споры на протяжении многих лет, и конца им не было видно. Выступая 11 декабря 2023 года на конференции, посвящённой наследию джадидов, я выдвинула инициативу по доработке алфавита и высказала мнение, что пришло время поставить точку в этих дискуссиях.
Конечно, перемены всегда даются нелегко, и совершенно естественно, что они могут вызывать возражения или опасения. Но, поверьте, иного пути устранить недостатки нашей письменности и укрепить позиции родного языка в цифровом пространстве у нас не было
Придётся ли теперь менять все документы? Вовсе нет. Мы выбрали путь минимизации затрат: все действующие документы, национальная валюта и ценные бумаги сохранят свою силу, а учебники, вывески и указатели будут заменяться поэтапно, по мере истечения срока их службы.
Принятие этого закона именно 21 октября несёт в себе глубокий символический смысл. Уверена, что наш усовершенствованный алфавит послужит воплощению мечты предков-просветителей — повышению грамотности молодёжи и укреплению авторитета нашего языка.
Поздравляю всех вас с Днём узбекского языка!

Saida Mirziyoyeva
Nihoyat, uzoq yillik tarixiy xato tuzatildi. Bugun Prezidentimiz lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga oid qonunni imzoladilar. Bu yillar davomida bahslarga sabab bölayotgan va oxiri körinmayotgan masala edi. 2023-yil 11-dekabrda jadidlar…
Buyoğiga rasmiy davlat taşkilotlari, Gazeta, jurnal, reklama, bozor peşlavhalari, televideniye va eng asosiysi kompyuter klaviaturalari tölaligiça şu alifboga ötmas ekan hammasi qoğozda qolib ketaveradi va qolganiga bir qöşimça qöşimça yozuv bilan odamlar battar çalkaşadi. Umid qilamanki, bunday bölmaydi, hammasi özgarib, faqat bitta yozuvi bor ONA TILIMIZ böladi!
👍3
Tilimizni faqat bayramda qadrlaymizmi?
Har yili oktyabr keldi degunça til haqida bong uramiz. Kamina ham şunday qilyapti. Bu eldan oşib qayoqqa ham borardim? Taşkilotlar qöşa-qöşa tadbirlar taşkil etadi, tabriklarlar yoziladi, tanlovlar ötkaziladi. Televideniye va radio esa 21-oktyabr munosabati bilan yuqoridan belgilangan reja va smetalarni bajariş uçun körsatuv, tok-şoular taşkil etadi. Ammo şu tadbirlarning qay birida çin samimiyat bor? Qay birida tilga muhabbatni sözlovçining nigohidan, ovozidan, yuragidan his qiliş mumkin?
Tilga muhabbatni balandparvoz jumlalar bilan ifodalaş oson. Uning nomiga «ona» sözini qöşib, tantanavor ohangda takrorlaş ham qiyin emas. Lekin şu sözlarning zamirida qanday tuyğu bor? Biz tilni çindan sevamizmi yoki uni seviş kerakligini eslatişgani uçungina sevgandek körinamizmi?
👉Batafsil

Forwarded from Mashhura Alimardon
Aprel — o‘n sakkiz yosh qizdan-da go‘zal,
Kipriklari uzun sochlari xushbo‘y.
Erkalab bag‘rida o‘ynab shamolni
O‘ttiz kun borliqqa tortiq etar to‘y.
Aprel — sohibjamol, yashil kelinchak,
Bahorning olamga go‘zal tortig‘i.
Maysalar shiviri, musicha sasi,
Yuragim ohangdan ketar hapriqib!
Aprel — muhabbatning baland torlari
Avjida yafroqdan olingan bo‘sa!
Har sahar
Har oqshom
Har bitta lahza,
Osmonga termulib daraxtlar o‘sar!
Aprel — tovlanar uzun teraklar,
Boshida suzadi oppoq kemalar.
Aprel — bir o‘t, hayrat,
Yurak-yurakdan
ming yonib, to‘lg‘onib seni seni sevaman!
Aprel...
Elyor Haydarov
https://t.me/mashhuraabdurayimova

👍2🥰2❤🔥1❤1
***
Tikanakka tölgan hovlimni
Tozalab bosarman hovrimni.
Bilmaymam qay lahza sovrildi,
Tinglayman yuragim şovrini!
Har parça yer uçun kuraş avjida
Savaşlar keçadi ona tuproq deb.
Jon berar ösimlik jim hovuçimni
Naştarida tilib ketar qonatib.
Baribir kuraşga töymayman, jasur
Ötga otib borgum begona ötni.
Tomirda alamin tiğda jam etib
Xuş körmas kamina devona yotni.
U ham ne desin şu yer vatani,
Tomirin hayotga eltgan tuproqdir.
Şum taqdir bir közda körmas barçani,
Kimdir xazon ketar kuzgi yaproqdek.
Yana bahor kelar, nişlar kökarib,
Kuç olar kuraşim avjiga çiqar.
Yurakda Qon yangliğ ruhni kötarib,
Kimdir mağlum ölsa, kim zafar quçar.
Har parça yer uçun kuraş avjida!
13.10.2026
@Elyor_Haydar
Tikanakka tölgan hovlimni
Tozalab bosarman hovrimni.
Bilmaymam qay lahza sovrildi,
Tinglayman yuragim şovrini!
Har parça yer uçun kuraş avjida
Savaşlar keçadi ona tuproq deb.
Jon berar ösimlik jim hovuçimni
Naştarida tilib ketar qonatib.
Baribir kuraşga töymayman, jasur
Ötga otib borgum begona ötni.
Tomirda alamin tiğda jam etib
Xuş körmas kamina devona yotni.
U ham ne desin şu yer vatani,
Tomirin hayotga eltgan tuproqdir.
Şum taqdir bir közda körmas barçani,
Kimdir xazon ketar kuzgi yaproqdek.
Yana bahor kelar, nişlar kökarib,
Kuç olar kuraşim avjiga çiqar.
Yurakda Qon yangliğ ruhni kötarib,
Kimdir mağlum ölsa, kim zafar quçar.
Har parça yer uçun kuraş avjida!
13.10.2026
@Elyor_Haydar
🔥3⚡1👍1