This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Zomin_seminari_2025
Номозшом қуёшни орқалаб қайтар,
Тинка қуригунча ишлар аёвсиз.
Турмушин, боласин, ватанин ўйлаб
Юраги қақшайди ярим кечаси.
@Elyor_Haydar
Номозшом қуёшни орқалаб қайтар,
Тинка қуригунча ишлар аёвсиз.
Турмушин, боласин, ватанин ўйлаб
Юраги қақшайди ярим кечаси.
@Elyor_Haydar
👍4🔥3❤2🕊1
#Zomin_seminari_2025_taassurotlari
Zomin seminari menga nima berdi?
Har yili yozning qoq chillasida Zomin tog‘larining Oybek domla aytmish o‘shshaygan qoyalari labida anʼanaviy Yosh ijodkorlar seminari bo‘lib o‘tadi. Ushbu seminarning bu yilgi ishtirokchilar orasida kamina ham bor edi.
Buyog‘i Qaraqalpog‘istondan Andijongacha, naryog‘i Toshkentdan Surxondaryogacha butun O‘zbekiston yoshlarini birlashtirgan seminar haqiqiy adabiyot festivaliga aylanib ketdi.
Rostini aytsam ijodkorni yozdiradigani ham, aqldan ozdiradigani ham hayrat! Zominning hech bir shaklga sig‘magan qoyalariga boqib cheksiz hayratga to‘ldim. U yerdagi har bir tosh she'r, har bir cho‘qqi o‘zining sir sinoatlaridan hikoya qilib turardi. Qorlari erib tushgan jilg‘alar esa cheksiz musaffolik ila siylar kishini.
Ustozlar o‘gitiyu, tengdoshlar ijodini tinglab fikrlar birmuncha teranlashdi. Yangi do‘stlar orttirdim. Zomin seminari adabiyot maydoniga yosh ijodkorlar timsolidagi nihollarni o‘tkazdi. Endi o‘sib, ulg‘ayib azim chinorga aylanish uchun bizdan yuqori ijodiy quvvat, tinimsiz mehnat zarur.
Elyor Haydarov
Qashqadaryo viloyati

👍3❤2👏2❤🔥1🐳1
Alber Kamyu ziddiyatlarga to‘la dunyoda tug‘ildi, uning hayoti yorug‘lik va soya, quyosh va sukunatning keskin qarama-qarshiliklaridan iborat edi. Fransiyaning mustamlakasi Jazoirdagi og‘ir qashshoqlik sharoitida ulg‘aygan, savodsiz farrosh ona va umrida ko‘rmagan otaning o‘g‘li bo‘lgan Kamyu, kamtar oila farzandi bo‘lishiga qaramay, kuchli irodasi ortidan mashhurlikka erishdi.
Yozuvchi Shimoliy Аfrikaning keng, quyoshli manzaralarini fransuz adabiy doiralarining aql-zakovati bilan uyg‘unlashtirdi va bu o‘z navbatida ajoyib natijalar berdi. Kamyu o‘tkir nigohli ko‘zlari va bardoshli jozibasi bilan ikki jahon urushi qoldirgan axloqiy vayronalarga qarshi kurashayotgan avlod ovoziga aylandi. Uning “Begona” romanidan tortib “Sizif afsonasi”gacha bo‘lgan asarlari qiynoqlarga to‘la ekzistentsial keskinlik – insonning bemaʼni va befarq olamda tinmay maʼno izlashi bilan to‘lib-toshgan. Biroq Kamyu shunchaki chetdan kuzatib turuvchi ziyoli emas edi; u qanday ehtiros bilan yozgan boʼlsa, shu qadar yonib yashar, o‘z falsafasining asosini tashkil etgan isyon va taslim bo‘lish o‘rtasidagi kurashni o‘z hayotida gavdalantirar edi.
1951 yilda “Isyonkor odam” asari nashr etilganda, Kamyu ham bashoratchi, ham rad etilgan shaxsga aylanib ulgurgandi. Totalitarizmni – xoh fashizm niqobi ostida bo‘lsin, xoh marksistik taʼlimotning inqilobiy jo‘shqinligi ko‘rinishida bo‘lsin – rad etishi uni ko‘plab zamondoshlaridan, jumladan, bir paytlar do‘sti va fikrdosh raqibi bo‘lgan Jan-Pol Sartr bilan aloqalari uzilishiga sabab bo‘ldi. Biroq Kamyu mafkuraviy murosasozlik davrida o‘z eʼtiqodida sobit, axloq meʼyorlarining yolg‘iz tarafdori bo‘lib qolaverdi. Uning ham muloyim, ham qatʼiyatli ovozi adolat inson qadr-qimmatidan ajralmas ekanini, isyon zarur bo‘lsa-da, hech qachon insoniylikka xiyonat qilmasligi lozimligini uqtirdi. Hayoti ham ijodi singari ziddiyatlarning nozik muvozanatidan – tartibsizlikdan aniqlik izlagan ijodkor, haqiqat barobarida go‘zallikka tashna mutafakkir, diniy ehtiros bilan qalam tebratgan dahriylikdan iborat edi:
1960-yilda ushbu g‘ayrioddiy aql alangasi avtohalokat sabab so‘ndi, bu voqea yozuvchi muxlislarini lol qoldirdi va chuqur qayg‘uga soldi. Kamyu parchalangan dunyoda maʼno izlash kurashini yoritib turadigan, hamon qadrini yo‘qotmayotgan meros qoldirdi.
Faxriyor tarjimasi

❤4🕊1🐳1
Bu yo‘lga yuzingni burishdan avval,
o‘ldir, ichingdagi xoinni o‘ldir.
o‘ldir, ichingdagi xoinni o‘ldir.
❤🔥3🔥2❤1
* *
Энди бизга ишқ йўллари хатарлидир,
Маъюслидир, оғриқлидир, кадарлидир,
Ибтидомиз интиҳодан хабарлидир,
Қувончи оз, ғами ўлим қадарлидир.
Ўртамизда бегоналар нафаси кўп,
Покликнинг ҳам, гуноҳнинг ҳам шарпаси кўп
Юракларнинг чидаб бўлмас ҳафаси кўп,
Умр — дарё, ҳар мавжи бир аждарлидир.
"Оҳ" урармиз, ҳар "оҳи"миз — сариқ япроқ,
Ишқ боғ берди иккимизга, туманли боғ,
Ҳар бир барги хазонликда, ҳар барги доғ —
Нажотсиз ишқ дами одам ютарлидир.
Қарашингда умид бордир, видо бордир,
Бахтли, бадбахт жо бўлгувчи дунё бордир,
Қўрқма, сенга менингдек бир фидо бордир,
Гарчи севги иккимизга заҳарлидир.
Ёшларингни юлдуз қилма осмонларга,
Осмон эмас, инсон чидар армонларга,
Келгин, сўнг бор ишонайлик ёлғонларга —
Ки, севгининг йўли мудом саҳарлидир.
Усмон Азим

🔥3💔2🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Puankare — Bir dahoning parchalanishi. Orzuga to‘la yurakning armonga evrilishi. Muhit, jamiyat va tirikchilik isteʼdodni shu qadar g‘ajib tashlaydiki oxirida undan quruq ustixon qoladi. Shunisi ayonki murosasiz bo‘lish kerak. Faqat yurakla yashamoq darkor. Faqat kurashgan g‘olib chiqar!
@Elyor_Haydar
@Elyor_Haydar
❤4👍2🕊2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥4👍4🔥1🕊1