Bu jamiyat odamni shaxs sifatida sindirib, ezg‘ilab tashlashni va hech nima bo‘lmagandek mo‘ltirab qarashni eplaydi xolos!
💯3🕊2👏1🤔1😐1
Bu mening qishlog‘im, ko‘rsatuv qahramoni Pirnazar aka dadamning bolalikdagi jo‘rasi. Mana shu muhitda, shunday jaydari odamlar orasida ulg‘ayganman va bundan faxrlanaman!
Ko‘rsatuv suratga olinishida sababchilaridan biri bo‘lganimdan xursandman.
P/s: Darvoqe videoda bizni hovlimiz ham tushgan. Ko‘rib mazza qildim.
@Elyor_Haydar
https://youtu.be/yR-qSMwpZ0Q?si=4jjspbtigBLqeOXx
Ko‘rsatuv suratga olinishida sababchilaridan biri bo‘lganimdan xursandman.
P/s: Darvoqe videoda bizni hovlimiz ham tushgan. Ko‘rib mazza qildim.
@Elyor_Haydar
https://youtu.be/yR-qSMwpZ0Q?si=4jjspbtigBLqeOXx
YouTube
20 yillik jarchi hikoyasi | Otameros | GAZETA
Qarshi tumani Chorbog‘-Boyg‘undi qishlog‘ida yashovchi Pirnazar Bekniyozov bugun u qadar ehtiyoj sezilmayotgan kasblardan biri — jarchilik bilan shug‘ullanadi. To‘y-maraka va muhim xabarlardan qishloq ahlini voqif qilib keluvchi jarchi birgina baqirish bilan…
❤9🔥4🕊3
Suhbat
Yana surat bilan so‘zlashaman jim,
Qo‘limda titraydi maʼsum nigohlar.
Sen ila yashnar dil, sensiz bo‘ldim kim,
Qay baxtdan asrading, qaysi gunohdan?!
Zimdan termulaman holing siniqqan,
Yuzingda qayg‘uning alangalari.
Nechun ayrolikka oson ko‘nikdik,
Nechun taqdir o‘yin, talangani biz?!
Ko‘zim botib ketmish nigohlaringda
nechun takror-takror o‘zimni ko‘rdim,
Ayt-chi, asroldimmi gunohlarimdan,
yo ishq maydonida qildikmi g‘o‘rlik?!
Bu ko‘zlar aldamas, aldamas yonish,
U oydin kechalar, farahli kunlar.
Tepamda musicha aylarkan honish,
Sarg‘aygan surating yig‘laydi, jimman.
Yana surat bilan so‘zlashaman jim!
22.11.2025
Elyor HAYDAR
https://t.me/Elyor_Haydar
Yana surat bilan so‘zlashaman jim,
Qo‘limda titraydi maʼsum nigohlar.
Sen ila yashnar dil, sensiz bo‘ldim kim,
Qay baxtdan asrading, qaysi gunohdan?!
Zimdan termulaman holing siniqqan,
Yuzingda qayg‘uning alangalari.
Nechun ayrolikka oson ko‘nikdik,
Nechun taqdir o‘yin, talangani biz?!
Ko‘zim botib ketmish nigohlaringda
nechun takror-takror o‘zimni ko‘rdim,
Ayt-chi, asroldimmi gunohlarimdan,
yo ishq maydonida qildikmi g‘o‘rlik?!
Bu ko‘zlar aldamas, aldamas yonish,
U oydin kechalar, farahli kunlar.
Tepamda musicha aylarkan honish,
Sarg‘aygan surating yig‘laydi, jimman.
Yana surat bilan so‘zlashaman jim!
22.11.2025
Elyor HAYDAR
https://t.me/Elyor_Haydar
Telegram
Elyor Haydar
Ҳувиллаб ётибди қорачиқларим,
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
❤8👏4🙏2🕊2💔1
***
Bolalikda osmon musaffo edi,
Yulduzlari g‘ujg‘on, oy-da charog‘on.
Momom uzun kecha kalima aytar,
Ezgulik tilardi yomonlarga ham.
Momomning bir ko‘zi cho‘ksada qabrday,
Olamni ko‘rardi hammadan ravshan.
Yolg‘iz tul boshiga yog‘ilgan jabrlar,
Ajinli yuzida o‘ynardi sho‘x-shan!
Bolalik momomga ergashdi, ketdi,
Yulduzlar o‘ynamas, porlamas oy ham,
Musaffo osmonga xiralik bitdi,
Momomni izlayman kalimalardan!
23.11.2025
Elyor HAYDAR
https://t.me/Elyor_Haydar
Bolalikda osmon musaffo edi,
Yulduzlari g‘ujg‘on, oy-da charog‘on.
Momom uzun kecha kalima aytar,
Ezgulik tilardi yomonlarga ham.
Momomning bir ko‘zi cho‘ksada qabrday,
Olamni ko‘rardi hammadan ravshan.
Yolg‘iz tul boshiga yog‘ilgan jabrlar,
Ajinli yuzida o‘ynardi sho‘x-shan!
Bolalik momomga ergashdi, ketdi,
Yulduzlar o‘ynamas, porlamas oy ham,
Musaffo osmonga xiralik bitdi,
Momomni izlayman kalimalardan!
23.11.2025
Elyor HAYDAR
https://t.me/Elyor_Haydar
Telegram
Elyor Haydar
Ҳувиллаб ётибди қорачиқларим,
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
❤6🕊3👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shamolning sasida raqsga tushgan
Soching iforida ketarman o‘zdan!
Video va montaj: @otashyashin
https://www.instagram.com/reel/DQhM79fDDJ9/?igsh=cmljcnFqM3BhNDEw
@Elyor_Haydar
Soching iforida ketarman o‘zdan!
Video va montaj: @otashyashin
https://www.instagram.com/reel/DQhM79fDDJ9/?igsh=cmljcnFqM3BhNDEw
@Elyor_Haydar
❤3👍3❤🔥1
Bugun iymon shoiri Asqar Mahkam tug‘ulgan kun!
* * *
Bu Ishq dog‘ulidir. Dog‘u nedur? Ishq.
Bu Ishq og‘ulidir. Og‘u nedur? Ishq.
Yurak domingga necha yilki asirdir,
Seni sayyod deyur. Ohu nedur? Ishq.
Ichurmiz lolagun zahru sharobing,
Tiriltirmoq esang doru nedur? Ishq.
Sen, ey oyu quyosh, yulduz jamoli,
Nedur oyu quyosh? Yog‘du nedur? Ishq.
Nechun sensiz yashab bo‘lmas hayotda?
Bu mangulik nedur? Mangu nedur? Ishq...
©Asqar MAHKAM
@Elyor_Haydar
* * *
Bu Ishq dog‘ulidir. Dog‘u nedur? Ishq.
Bu Ishq og‘ulidir. Og‘u nedur? Ishq.
Yurak domingga necha yilki asirdir,
Seni sayyod deyur. Ohu nedur? Ishq.
Ichurmiz lolagun zahru sharobing,
Tiriltirmoq esang doru nedur? Ishq.
Sen, ey oyu quyosh, yulduz jamoli,
Nedur oyu quyosh? Yog‘du nedur? Ishq.
Nechun sensiz yashab bo‘lmas hayotda?
Bu mangulik nedur? Mangu nedur? Ishq...
©Asqar MAHKAM
@Elyor_Haydar
Telegram
Asqar Mahkam ijodi
...Sizlar ham, ey birodarlar,
Haqqa tomon yuringlar!..
Haqni sog‘ininglar!..
Haqni topinglar!..
Biz shunda ko‘rishamiz!
Haqqa tomon yuringlar!..
Haqni sog‘ininglar!..
Haqni topinglar!..
Biz shunda ko‘rishamiz!
❤4👍2🕊2
***
O‘hho‘ qancha dard bor — aytilmagan so‘z,
Qancha jumlalar bor egasin kutgan.
Mashuqlar oshiqqa kelmas yuzma-yuz,
Necha ming oshiqni och mozor yutgan!
So‘zlasang azobning keti ko‘rinmas,
Bir ezgin jilmayish bariga tengdir!
Muhabbatsiz olam tor hammasidan,
Ishqqa to‘la nigohlar dunyodan kengdir!
O‘hho‘ qancha baxt bor, yashalmagan hech,
Bu quchoqda mehrdan gullaydi hali.
Sog‘inch-u o‘rtanish ayriliqqa esh,
Quvib yetolmagan quvonch mahalin!
Bilmadim qay yo‘sin kecharkan asli,
Senga bir dardli, baxtli xat yo‘lladim.
Endi hech sevmasman ortiq kuz faslin,
Sen ila tirikman, oshiq o‘lmadim!
2025
Elyor HAYDAR
https://t.me/Elyor_Haydar
O‘hho‘ qancha dard bor — aytilmagan so‘z,
Qancha jumlalar bor egasin kutgan.
Mashuqlar oshiqqa kelmas yuzma-yuz,
Necha ming oshiqni och mozor yutgan!
So‘zlasang azobning keti ko‘rinmas,
Bir ezgin jilmayish bariga tengdir!
Muhabbatsiz olam tor hammasidan,
Ishqqa to‘la nigohlar dunyodan kengdir!
O‘hho‘ qancha baxt bor, yashalmagan hech,
Bu quchoqda mehrdan gullaydi hali.
Sog‘inch-u o‘rtanish ayriliqqa esh,
Quvib yetolmagan quvonch mahalin!
Bilmadim qay yo‘sin kecharkan asli,
Senga bir dardli, baxtli xat yo‘lladim.
Endi hech sevmasman ortiq kuz faslin,
Sen ila tirikman, oshiq o‘lmadim!
2025
Elyor HAYDAR
https://t.me/Elyor_Haydar
❤6👍4🕊2
***
Borim — Ishq, zorim – Ishq, dildagi dorim — Ishq,
Yor yanog‘idagi jon xumori — ishq.
Ah, nechun dardga dosh berib yig‘lamay,
Ko‘ksim-a kipriklar qadab tig‘lamay?!
U otashdan o‘tib bo‘larmu sokin,
Jon-jonim sixlangan dodlaydi ohim!
She’r shaklinda ohlar yozar oq varoqda,
Oshiq dilim qalam tinmay chavaqlar.
Ishq dedim ul yorning qaro ko‘zlarin,
Ishq deb oxir yozdim yorug‘ so‘zlarim!
Yorib chiqdi ko‘ksim Haqqa tashna nish,
Borim — Ishq…
zorim — Ishq…
dildagi dorim — Ishq!
Elyor HAYDAR
https://t.me/Elyor_Haydar
Borim — Ishq, zorim – Ishq, dildagi dorim — Ishq,
Yor yanog‘idagi jon xumori — ishq.
Ah, nechun dardga dosh berib yig‘lamay,
Ko‘ksim-a kipriklar qadab tig‘lamay?!
U otashdan o‘tib bo‘larmu sokin,
Jon-jonim sixlangan dodlaydi ohim!
She’r shaklinda ohlar yozar oq varoqda,
Oshiq dilim qalam tinmay chavaqlar.
Ishq dedim ul yorning qaro ko‘zlarin,
Ishq deb oxir yozdim yorug‘ so‘zlarim!
Yorib chiqdi ko‘ksim Haqqa tashna nish,
Borim — Ishq…
zorim — Ishq…
dildagi dorim — Ishq!
Elyor HAYDAR
https://t.me/Elyor_Haydar
Telegram
Elyor Haydar
Ҳувиллаб ётибди қорачиқларим,
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
❤6🕊3👍2🙏1
Adabiyotda Abdullalar ko‘p. Qodiriydan tortib Shergacha sanasa serob. Biz bilganu bilmaganlar qancha. Qizig‘i bularning hammasi pachoq tugul o‘rtacha ham emasda. Baland. Bugun, ana shularning so‘nggi vakili, Abdulla Muhammad tug‘ilgan. Tayoqdek to‘g‘ri yigit.
Do‘stimga “Chizgi”lari yanada o‘tkirlashib, Abdullayu Muhammadlar qatorida, ortimizdagi Samarqanddek balandlik tilayman!
* * *
Kuzak kirib keldi yilning soʻngida
Bargrezon bogʻlarga yovday yoprilib.
Koʻylagin yechdilar koʻzim oʻngida
Oqbadan qayinlar qizday tortinib.
Mezonda safarga chiqqan yoʻlchilar
Tizilib uchdilar janub yoqlarga.
Hazin bir sukunat yorilib shu on
Tumanday toʻraldi azim togʻlarga.
Negadir, bu fasl koʻngilga yaqin,
Hijronning ramziga oʻxshaydi goʻyo.
Yigʻisi yetilgan yetimday gʻamgin
Osmonning oʻpkasi toʻldimikan yo?
© Abdulla MUHAMMAD
https://t.me/Elyor_Haydar
Do‘stimga “Chizgi”lari yanada o‘tkirlashib, Abdullayu Muhammadlar qatorida, ortimizdagi Samarqanddek balandlik tilayman!
* * *
Kuzak kirib keldi yilning soʻngida
Bargrezon bogʻlarga yovday yoprilib.
Koʻylagin yechdilar koʻzim oʻngida
Oqbadan qayinlar qizday tortinib.
Mezonda safarga chiqqan yoʻlchilar
Tizilib uchdilar janub yoqlarga.
Hazin bir sukunat yorilib shu on
Tumanday toʻraldi azim togʻlarga.
Negadir, bu fasl koʻngilga yaqin,
Hijronning ramziga oʻxshaydi goʻyo.
Yigʻisi yetilgan yetimday gʻamgin
Osmonning oʻpkasi toʻldimikan yo?
© Abdulla MUHAMMAD
https://t.me/Elyor_Haydar
❤6
Ketmoqlik og‘rig‘in bilsaysing,
Kulsayding, so‘z demay kulsayding,
Men senga dunyolar yaratdim,
Unda biz jon berib o‘lsaydik!
Nahotki o‘lim ham begona,
Endi men na oshiq, devona.
Yurakka o‘t purkab, yondirib
O‘rtada raqs tushgan parvona!
Ko‘ksimni yorginey kel gulim,
Visoldan yondirib soch kulim.
Ishqimsiz shipshiydam nokasman,
Bisoti bo‘shagan kachkulim!
Bo‘g‘zimda titrarkan dilso‘zim,
Ruhimni yubordi to‘zitib.
Dunyoga ne sirlar bitgaysan
Oshig‘ing aqlidan ozitib.
Nahotki o‘lim ham begona!
05.12.2025
https://t.me/Elyor_Haydar
Kulsayding, so‘z demay kulsayding,
Men senga dunyolar yaratdim,
Unda biz jon berib o‘lsaydik!
Nahotki o‘lim ham begona,
Endi men na oshiq, devona.
Yurakka o‘t purkab, yondirib
O‘rtada raqs tushgan parvona!
Ko‘ksimni yorginey kel gulim,
Visoldan yondirib soch kulim.
Ishqimsiz shipshiydam nokasman,
Bisoti bo‘shagan kachkulim!
Bo‘g‘zimda titrarkan dilso‘zim,
Ruhimni yubordi to‘zitib.
Dunyoga ne sirlar bitgaysan
Oshig‘ing aqlidan ozitib.
Nahotki o‘lim ham begona!
05.12.2025
https://t.me/Elyor_Haydar
Telegram
Elyor Haydar
Ҳувиллаб ётибди қорачиқларим,
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
Ҳайҳот, мен уларни тўлдиролмадим.
Жангга тайёр турган нажоткор қалбни
Шеърдан бошқасига кўндиролмадим!
Чори АВАЗ
❤3❤🔥1👍1😢1🕊1💔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekcha faqat o‘zbeklarning emas, hamma o‘zbekistonliklarning tili bo‘lishi kerak, — Darya Sosyal, turk jurnalisti.
@Elyor_Haydar
@Elyor_Haydar
👍4👏3🔥1🕊1