Elyor Haydar
129 subscribers
220 photos
92 videos
24 files
202 links
Huvillab yotibdi qoraçiqlarim,
Hayhot, men ularni töldirolmadim.
Jangga tayyor turgan najotkor qalbni
Şe’rdan boşqasiga köndirolmadim!

Çori AVAZ
Download Telegram
Bugun uzun kecha…
Yaldo kechasi,
Sening yuragingda qaltiraydi qish!
Bahor ko’zlaringda dardning nechasi,
Qancha og’riqlarin yashiradi ishq?!

Bugun uzun kecha ko’ksingda bedor,
Tuyg’ular daryodek jo‘sh uradi, jo‘sh!
Ayt-chi, nelar seni ayladi bemor?
Butun borlig’ingni qismatimga qo‘sh!

Bugun uzun kecha…
Ishq-la to’lg’onib,
Bag’rimga sho’ng’igin qaro sochligim!
Ming bitta alam-la yonib, qizg’onib,
Faqat senga tashna ko’ngil ochligi!

Bu tun uzun kecha, uzulmasin dil
Oramizdan qil o’tmas jonim, anbarim!
Ayriliq umriga zil ketsin-a zil,
Yashalmay tong qotgan baxtli damlarim!

Bugun uzun kecha…
Yaldo kechasi!

Elyor

https://t.me/Elyor_Haydar
🔥3🕊2🥰1
***

Bir o‘zim yashayveraman. Kuylayveraman
bir o‘zim.
Bir o‘zim ovqatlanaman.
Bir o‘zim
kuzni tomosha qilaman.
Bir o‘zim
kuz tortiq qilgan she’rlarni
yuragimdan to‘kaman qog‘ozga,
bir o‘zim “Xudoyim!” deb nola qilaman,
kuchim yetmaganda bu olamga.
Bir o‘zim
superbirbalo do‘konga boraman.
Bir o‘zim
bir o‘zim uchun
xarid qilaman bir narsalarni.
Bir o‘zim
eng ulkan baxtda ham bebaxt bo‘laman.
Bir o‘zim dorilar sotib olaman.
Og‘risam,
o‘zimga qarayman bir o‘zim.
Bir o‘zim
o‘lmaslikka harakat qilaman…

Chunki
kelasanmi, deb o‘ylayman
bir kunmas bir kun.


Usmon Azim


@Elyor_Haydar
❤3❤‍🔥2🔥1😢1🕊1💔1
***
Titroq novdalarda uyg‘onar hayot,
Sarg‘aygan qor kabi erib bitar dard.
Yashin tuyg‘ulardan chayqalasan shod,
Fevral o‘tib borar, yaqinlashar mart.

Musaffo ruhingni olqaydi qushlar,
Maysalar – hayotning shirin tillari.
Uyqungni to‘ldirar eng go‘zal tushlar,
Oyning nurlarini silar qo‘llaring.

Kunlarning chiroyi ochilib borar,
Ochilib borasan kunlarday, go‘zal.
Ikki fasl sening ko‘nglingga qarar,
Ko‘nglingni avaylab qisqarar fevral...

Uning himmati keng toki sen borsan.
Yigirma sakkiz kun tanti sayyorga
Kundan kun go‘zalsan va baxtiyorsan,
Fevral bir juft kunin sochar bahorga.

Havasim sengadur, shodlik ortmoqda,
Sarg‘aygan qor kabi erib bitar dard.
Mening yuragimdan fevral o‘tmoqda,
Sening yuragingga kirib bordi mart.

Eshqobil Shukur

https://t.me/Elyor_Haydar
🕊2❤1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
NE’MAT

Ramazon — mashaqqat, sinovlar oyi,
O‘ttiz qorong‘u kun, o‘ttiz yorug‘ tun.
Tonglar nasib etdi toza havoyu
Bulbulning ovozin saharlik uchun.

Achchiq so‘z chiqmaydir — yopiqdir og‘zim,
Birovga qadali b tikilmak tamom.
Ko‘ngil to‘q, ruh yengil.
Xushbaxtman o‘zim —
Gul isin iftorlik uchun berdi shom.

1989

© A’zam O‘ktam

https://t.me/Elyor_Haydar
❤2🔥2🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endi ko‘plar bilan oram sovigan,
Ko‘plar omadimga sevinmas endi.
Yigirma uch yoshimda meni sevganlar
O‘ttiz uch yoshimda sevolmas endi.

Romiz Ravshan

@Elyor_Haydar
❤6🔥1
Forwarded from Ravshan Haqmurod
#Auksion

Doʻstlarim, obunachilarim mendan judayam koʻp soʻrashdi qachon kitobingiz chiqadi deb. Aslida oʻzim ham bu kunni ancha vaqt kutdim. Xozir qoʻlimda kitobimdan ikki dona bor. Birini meni shu xalqqa qoʻshgan onamga atadim. Ikkinchisini esa oʻqirmanlarimdan biriga bermoqchiman. Ammo, minglab doʻst-birodarlarim orasidan kimga, qaysi yoʻl bilan tuhfa qilishni bilmadim. Oʻylab-oʻylab eng toʻgʻri toʻgʻri yoʻli Aukion oʻtkazishga qaror qildim. Koʻramiz kitob kimga nasib qilarkan. Kitobni yutgan odamga oʻz qoʻllarim bilan yetkazaman. Auksion ayni vaqtdan ertaga 18:00gacha davom etadi.

Boshlangʻich narx: 60 ming soʻm.

Aytgancha postni ulashsangiz xursand boʻlaman.

Hurmat bilan
Ravshan Haqmurod
Elyor Haydar
RAHMATILLA YUSUPOV – KETGIM KELMAYAPTI
Shu qo‘shiqning ikki muallifi ham olamdan o‘tdi.

O‘smirlikdagi dunyoqarashimni ag‘dar-to‘ntar qilib yuborgan “1984”ni Karim Bahriyev tarjimasida o‘qiganman. Jurnalistikasida esa o‘zbekka xos bo‘lmagan qo‘rqmaslikni ko‘rardim. Axir kim ham yurak yutib to‘g‘ridan-to‘g‘ri mamlakat rahbariga hammasini ochiq yozib chiqa olardi. Sheʼriyati esa alohida olam! Bugun O‘zbek katta shaxsdan ayrildi. Juda katta shaxsdan.

@Elyor_Haydar
😢1
Forwarded from Behzod Fazliddin
***
Ахир шу чоққача қаёқда эдинг,
Эй кўҳна латофат, эй инжа хилқат!
Юрак-юрагимни тўлдириб келдинг,
Кўзимга жо бўлди бир чимдим жаннат.

Тоғу тош, боғу роғ пешвоз йўлингга,
Дарахтлар саф тортмиш – қомати расо.
Узукдек ярашиб нозик қўлингга,
Ям-яшил нур сочар зумрадкўз дунё.

Яшнатиб манзурсан, яшнаб масрурсан,
Умримни тўлдирди муҳаббат куни.
Қанча гўзал бўлсанг, шу қадар ҳурсан,
Мен шундай озода руҳнинг мафтуни!

Борлиқни қуршамиш илоҳий бир ҳис,
Эҳ, азал нафаси келган малика!
Не тонгки, бахтим бут, қувончим тўкис,
Ҳаётим уйғундай мукаммалликка.

Тобора юксалар орзу кафтари,
Заминдан самога мужда илиниб.
Кўксимни қуёшга тутганим сари,
Тушуна боряпман олам тилини.

Юрак учмоққа шай қушга ўхшайди,
Куртаклар жилваси – энг гўзал ашъор,
Сен ҳам бир мўъжиза кўрсатгин, дейди
Дилга илҳом солган Буюк Ижодкор.

Туйғулар қўлимга гулқалам тутиб,
Юрак тошар дақиқ лаҳзалар аро.
Безавол номига қасида битиб,
“Барига шукур!” деб чекаман имзо.

© Беҳзод Фазлиддин @Behzod_Fazliddin

Баҳор, бахт ва муҳаббат шеърларидан туркум фейсбук саҳифамизда

(#Сен_қачон_гуллайсан, #Кутмаган_кунларим_кутган_кунларим, #Тушларингдан_чиқиб_келдим китобларидан.)

#Кайфият #Лаҳзалар #Шеърлавҳа
❤4🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’pkamga sig’magan top-toza havo,
Erkka aylanmagan bir dunyo xayol.

Elyor Haydar

@Elyor_Haydar
👍2🕊1
Forwarded from Hayrat (Elyor Haydarov)
Она қабридан очилган гул


@Fo1osurat
🕊3❤2🔥2😢2
ISTE’DODLI MUALLIFLAR UCHUN TANLOV!

Siz iste’dodli shoir, yozuvchi, dramaturg yoki ssenaristmisiz? Unda ushbu imkoniyat aynan siz uchun!

Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi iste’dodli mualliflarni qo‘llab-quvvatlash va ularga munosib moliyaviy sharoit yaratish maqsadida maxsus tanlov e’lon qiladi.

Saralangan ishtirokchilarga 1 yilgacha har oy bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda haq to‘lanadi.

Arizalar 15-apreldan 15-mayga qadar quyidagi havola orqali hamda Yoshlar ishlari agentligining hududiy boshqarmalarida qabul qilinadi.

👉 Ariza berish

Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

@kitobxonlikkengashi
Forwarded from “Yoşlik” jurnali
#shoir_qalbi

SUHBAT

Yana surat bilan so‘zlashaman jim,
Qo‘limda titraydi maʼsum nigohlar.
Sen ila yashnar dil, sensiz bo‘ldim kim,
Qay baxtdan asrading, qaysi gunohdan?!

Zimdan termulaman holing siniqqan,
Yuzingda qayg‘uning alangalari.
Nechun ayrolikka oson ko‘nikdik,
Nechun taqdir o‘yin, talangani biz?!

Ko‘zim botib ketmish nigohlaringda
nechun takror-takror o‘zimni ko‘rdim,
Ayt-chi, asroldimmi gunohlarimdan,
yo ishq maydonida qildikmi g‘o‘rlik?!

Bu ko‘zlar aldamas, aldamas yonish,
U oydin kechalar, farahli kunlar.
Tepamda musicha aylarkan honish,
Sarg‘aygan surating yig‘laydi, jimman.
Yana surat bilan so‘zlashaman jim!

Elyor HAYDAR

📱Telegram 📱 Instagram
📱Veb-sayt 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤2🕊2
O‘zbekning Javohiri


@Elyor_Haydar
🔥3