Фарғона тумани ҳокимлиги
303 subscribers
8.77K photos
1.84K videos
41 files
3.25K links
🔵 Фарғона тумани ҳокимлиги ахборот хизмати расмий канали

Манзил: Фарғона тумани, Водил МФЙ, Марғилон кўчаси 1-уй.

Почта индекси: 150400

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: https://linkfly.to/40102LfEipB
Download Telegram
#xushxabar
#besh_tashabbus_axborot_texnologiyalari_bilan

Joriy yilning 2 iyun sanasida “5 tashabbus – axborot texnologiyalari bilan” shiori ostida “Robotlar jangi” festival-tanlovi Marg'ilon shahridagi RTMarkazida maktab o'quvchilari va “Barkamol avlod” bolalar maktabi to'garak a’zolari ishtirokida bo'lib o'tdi.

Tanlovga Respublika Xalq ta’limi vazirligidan xalqaro toifadagi hakam texnika fanlari nomzodi Zayniddinov Boburjon Gofurovich “ZOOM” platformasi orqali onlayn tarzda hakamlik qildi.

🏆Ushbu tanlovda faxrli ikkinchi o'rinni Farg'ona tumani "Barkamol avlod" bolalar maktabi to'garak a’zosi Mo'ydinjonov Muhammadziyo Ilhomjon o'gli egalladi.

📌Ushbu festival tanlovlarni tashkil etishdan asosiy maqsad iqtidorli bolalarni aniqlash,har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dod va mahoratlarini namoyon qilishlari uchun imkoniyat yaratish, yosh avlodni axborot texnologiyalar yo'nalishiga qiziqishlarini orttirishdan iboratdir