Iqtisodiyot fakulteti
107 subscribers
4.54K photos
607 videos
270 files
1.13K links
Fakultetimiz talabalari uchun muhim yangiliklar, qiziqarli ma'lumotlar va e`lonlar kanali.
Kanalda #hashteglar orqali ma`lumot qidirishingiz mumkin. Takliflaringiz bõlsa, marhamat @Nuraliyev_Samandar
ga yuborishingiz mumkin.
Download Telegram
Vatanparvar yoshlarni bo‘sh ish o‘rinlariga taklif qilamiz!

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimidagi bo‘shagan ish o‘rinlariga zaxira kadrlar ro‘yxati shakllantirilayotgani munosabati bilan, moliya-iqtisod yo‘nalishi bo'yicha oliy ma’lumotga ega Vatanparvar, fidoyi, tashabbuskor, shijoatli, iqtidorli yoshlar o‘z rezyumelarini joriy yilning 30-dekabr kuniga qadar Yoshlar ittifoqining info@yi.uz elektron manziliga yuborishlari mumkin.

Kelib tushgan hujjatlar o‘rganilib, tanlab olingan nomzodlar Yoshlar ittifoqiga suhbatga chaqiriladi.
Ma'lumot uchun tel.: 241-08-94, 241-00-50

#rasman
@i_m_yoshlar_ittifoqi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Rasman
DTM rahbari axboroti: Ushbu o'quv yilidan boshlab 5 ta fandan imtihon topshiradi
1) Majburiy fanlar - O'zbekiston tarixi, Ona tili, Matematika
2) Mutaxassislik fanlari - 2 ta


Imtihon o'tkazish tartibi, baholash mezonlari yaqin muddatda Oliy Attestatsiya komissiya tomonidan tasdiqlanadi
#Rasman

Talabalar "ведомость" ga, ya'ni qayta topshirishga qolsa stipendiyasi kuymaydi.

Grantda o'qiydigan talabalar avvalgi o'quv semestri natijalariga ko'ra fanlardan o'zlashtirish ko'rsatkichlarining 30% i va undan ko'pi "qoniqarli" baho bo'lgan talabalarga nisbatan o'quv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi!

Mazkur talab 2019-2020 o'quv yilida davlat granti asosida oxirgi kursda o'qiyotgan talabalarga nisbatan qo'llanilmaydi va ular uchun davlat byudjetidan stipendiya to'lashning amaldagi tartibi va miqdorlari saqlanib qoladi.

Batafsil👇👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEJkS8Idlq1q52q7KQ