Iqtisodiyot fakulteti
107 subscribers
4.54K photos
607 videos
270 files
1.13K links
Fakultetimiz talabalari uchun muhim yangiliklar, qiziqarli ma'lumotlar va e`lonlar kanali.
Kanalda #hashteglar orqali ma`lumot qidirishingiz mumkin. Takliflaringiz bõlsa, marhamat @Nuraliyev_Samandar
ga yuborishingiz mumkin.
Download Telegram
#StudFest
#Yoshlar_yetakchilari
#TIIAME #tashrif #na'munali

Bugun Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutiga O'zbekiston Respublikasidagi barcha Oliy ta'lim muassasalaridagi O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchilari tashrif buyurdi. Xabaringiz bor Noyabr oyi boshida Toshkent shaharida joylashgan barcha Oliy ta'lim muassasalaridagi yetakchilar tashrif buyurgandi. 22 noyabr kuni Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan va hozirgi kunda ko'plab yoshlarni qamrab olayotgan "StudFest" loyihasini ochilish marosimida "Murad Buildings" asoschisi Murod Nazarov, Toshkent shahar kengashi raisi Durdona Raximova, Markaziy kengash raisi birinchi o'rin bosari Akmal Jumaboyev bilan bir qatorda Institutimiz Yoshlar yetakchisi Akmal Berdimurodov ham ishtirok etdi. Bu ham albatta nufuzli institutimizni Oliy ta'lim muassasalari o'rtasida tutgan o'rnini naqadar yuqori ekanidan dalolat beradi. Bugungi uchrashuv ham yetakchilar forumi doirasida tashkil etildi fursatdan foydalangan holda bizni institutimizga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida Institut Yoshlar yetakchisi xonasi, Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti Yoshlar kengashi xonasi, Institut ma'naviyat bo'limiga hamda Konferensiyalar zalini ko'zdan kechirishdi. Institut yoshlar yetakchisi xonasini ko'zdan kechirish davomida boshlang'ich tashkiloti hujjatlari, faol talabalar tomonidan erishilgan yutuqlaru sovg'alar bilan tanishishdi, xonadagi yoshlarga yaratib berilgan sharoitlardan haqiqat ham lol qolishdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Tashrif davomida ma'naviyat bo'limida ham bo'lib jarayon bilan tanishdi, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha Prorektor R.Choriyev yetakchilarga o'z maslaxatlari hamda tavsiyalarini berib ularni ishlariga rivoj tiladi. Navbat Suv xo'jaligini tashkil etish va boshqarish fakulteti Yoshlar kengashi xonasiga yetib keldi bu yerda mehmonlarni faol talabalar hush kayfiyat bilan kutib olishdi hamda hozirda faollar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbat qurishdi Akmal Berdimurodov hamda Fakultet Yoshlar yetakchisi Haytboy Iskandarov yaqin kunlarda amalga oshirilishi kutilayotgan chora-tadbirlar hamda loyihalar yuzasidan ma'lumotlar berib o'tdi. Undan keyin barcha mehmonlar Konferensiyalar zaliga to'planib Yoshlar Ittifoqi tizimidagi muammolar, imtiyozlar yuzasidan fikr almashdi. Yoshlar yetakchilariga tajribali yetakchi Alimov Uchqun o'z fikrlar va mulohazalari bilan o'rtoqlashdi. Kun oxirida barcha Oliy ta'lim muassasalaridan tashrif buyurgan yetakchilar tashkil etilgan uchrashuvdan ma'mnun holda Institutimizni hozirgi holatidan beqiyos ta'surotlar bilan qaytishdi.
@IM_fakulteti
#StudFest
#Yoshlar_yetakchilari
Toshkent shahar hamda barcha viloyatlar yetakchilari uchun tashkil etilgan Yetakchilar forumida Institutimiz yetakchisi ham munosib ishtirok etdi hamda Sertifikat bilan taqdirlandi bunday forumlar, festivallar albatta yetakchilarning bilim salohiyatini, fikrlash doirasini kengayishiga katta ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Bizga ham nasib qilsin 😊😉
@IM_FAKULTETI