Iqtisodiyot fakulteti
107 subscribers
4.54K photos
607 videos
270 files
1.13K links
Fakultetimiz talabalari uchun muhim yangiliklar, qiziqarli ma'lumotlar va e`lonlar kanali.
Kanalda #hashteglar orqali ma`lumot qidirishingiz mumkin. Takliflaringiz bõlsa, marhamat @Nuraliyev_Samandar
ga yuborishingiz mumkin.
Download Telegram
#TIIAME_FAXRI
Ma’lumki har yili milliy ma’naviyat, madaniy meros va umuminsoniy qadriyatlar negizida yuksak vatanparvarlik, xalqparvarlik, fidoyilik tuyg‘usini va mehnatsevarlik fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan, Vatanimiz obro‘si, shon- shuhrati va sharafini yuksaltirishga hamda uning xalqaro nufuzini oshirishga xizmat qilayotgan, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etib namuna ko‘rsatayotgan bir guruh yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 22-iyuldagi PF-1822-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan ( Yangi tahrirda 2003-yil 4-avgustda PF-3290-son bilan) “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.0‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2019-yil 7-dekabrdagi № 01-03/64-sonli Qarori bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti boshlang‘ich tashkilot yetakchisi, Respublika yetakchilarining eng faoli Berdimurodov Akmaljon Azamat o‘g‘li ushbu yuksak mukofotga loyiq deb topildi.