Iqtisodiyot fakulteti
102 subscribers
4.54K photos
607 videos
270 files
1.13K links
Fakultetimiz talabalari uchun muhim yangiliklar, qiziqarli ma'lumotlar va e`lonlar kanali.
Kanalda #hashteglar orqali ma`lumot qidirishingiz mumkin. Takliflaringiz bõlsa, marhamat @Nuraliyev_Samandar
ga yuborishingiz mumkin.
Download Telegram
#stipendiya #milliy

VILOYAT HOKIMI STIPENDIYASI

Andijon viloyatidagi oliy taʼlim muassasalarining turli yoʼnalishlarida tahsil olishi davomida oʼz iqtidori va qobiliyatini namoyon eta oladigan hamda vatan ravnaqi va taraqqiyotiga oʼzining munosib hissasini qoʼsha oladigan yoshlarni izlab topish, ularning ijodini Respublika va xalqaro darajaga koʼtarish, yangi iqtidor va isteʼdod qirralarini ochish, yoshlar orasida sogʼlom raqobat muhitini vujudga keltirish maqsadida, Аndijon viloyati hokimligi, Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, viloyatdagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda Viloyat hokimi stipendiyasi tanlovini eʼlon qiladi.

Viloyat hokimi stipendiyasini tayinlash va toʼlash haqidagi farmoyishga asosan gʼoliblarga bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari miqdorida bir martalik stipendiya tayinlanadi va viloyat hokimining qarori bilan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma tantanali topshiriladi.

Hujjatlar 2020-yilning 10-yanvar kuni soat 18:00ga qadar taʼlim muassasalarining Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi boshlangʼich tashkilotlari tomonidan qabul qilinadi.

Batafsil ma'lumot bu yerda !

#tanlov_loyiha
🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#klub #milliy

“QIZLAR OVOZI” RESPUBLIKA FORUMI KOORDINATORI

🗓 7-9-yanvar
📍 Boʼstonliq tumani “Yoshlar oromgohi”

Muhtaram Prezidentimizning 2019 -yil 27-dekabrdagi yoshlar bilan uchrashuvida koʼtarilgan yosh oilalar ajrimining sabab va oqibatlarini tanqidiy-tahlil qilish, yosh xotin-qizlar bilan ishlashning zamonaviy modulini yaratish, ularning ijtimoiy-siyosiy savodxonligini oshirish maqsadida 2020-yildan boshlab “Qizlar ovozi” platformasi doirasidagi loyihalarga start berilmoqda.

🇺🇿Oʼzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi qoshida tashkil etilayotgan “Qizlar ovozi” klubi koordinatori boʼlib, ushbu saʼy-harakatlarga bosh-qosh boʼling!

Nomzodga qoʼyiladigan talablar: 30 yoshdan oshmagan, Toshkent shahrida ishlayotgan yoki tahsil olayotgan boʼlishi lozim.

Bu yerda motivatsion anketani toʼldiring

☎️Maʼlumot uchun tel: (99) 858-43-69

Sogʼlom va baxtli yosh oilalar sonini koʼpaytirishga hissa qoʼshing!

🍀 @yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
#uchrashuv #milliy

MODUL 5

🗓 20-fevral
15:00
💳 bepul
📍 Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi

Navbatdagi uchrashuv spikerlari:

1. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev - “Deputatlikning yaxshi va yomon tomonlari”
2. Fizik olim, fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa fanlari doktori Rustam Ashurov - “Yoshlarning fanda samarali ilmiy faoliyat olib borishi”
3. Jurnalist, bloger, O’zbekiston 24 telekanali katta muharriri Aziza Qurbonova - “Ayol bo’lishning 10 ta mashaqqati”
4. Og'ir atletika bo'yicha jahon chempioni Ruslan Nurudinov - "Jahon rekordlarini yangilash uchun sportchiga qanday talablar qo'yiladi?"
5. Hasan va Husan triosi a'zosi, QVZ, KVN, Comedy Uz rezidenti - Azamat Djalalov

🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook
MEHNAT YARMARKASI

🗓 Sana: 18-fevral 2021-yil

Bugun 10:00 dan 18:00 ga qadar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi markaziy “Eko bog‘”da bo‘sh ish o‘rinlari “Mehnat yarmarkasi” tashkil etiladi. 100ga yaqin korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Hurmatli do'stlar ! Ushbu mehnat yarmarkasida ishtirok eting va o‘zingizga munosib ish o‘rniga ega bo‘ling! Yaqinlaringizga ulashing.

#milliy #yctadbir #ycyarmarka

🍀@yourchanceuz
Telegram | Instagram | Facebook