Iqtisodiyot fakulteti
107 subscribers
4.54K photos
607 videos
270 files
1.13K links
Fakultetimiz talabalari uchun muhim yangiliklar, qiziqarli ma'lumotlar va e`lonlar kanali.
Kanalda #hashteglar orqali ma`lumot qidirishingiz mumkin. Takliflaringiz bõlsa, marhamat @Nuraliyev_Samandar
ga yuborishingiz mumkin.
Download Telegram
"Eng yaxshi guruh" tanlovining uchinchi sharti ya'ni OVOZ BERISH jarayoni natijalariga ko'ra berilgan ballar(nizomga ko'ra 10ballgacha):
102 guruh. 10ball
103 guruh. 8ball
302 guruh. 5ball
101 guruh. 5ball
301 guruh. 4ball
107 guruh. 4ball
209 guruh. 4ball
201 guruh. 3ball
207 guruh. 3ball
108 guruh. 2ball
Navbatdagi shartlar bo'yicha berilgan ballarni ushbu kanal orqali kuzatib boring!

#natija
#voting
#superyetakchi2
@IM_fakulteti
#natija
#amaliy_ish
Kuni kecha yilning eng so'nggi loyihasi "Munozara-2018" o'yinlarining fakultet turniri yakunlandi. Unda umumiy hisobda 8ta jamoa yani, 101- 102- 103- 108- 201- 207- 301- va 302- guruh jamoalari ishtirok etishdi. 12ta o'yindan so'ng A va B guruhlarda saralash baxslari yakunlandi. Yarim final 101- guruhning Kelajak iqtisodchilari, 103-guruhning Auditorlar, 301-guruhning Iqtisodchi va 302-guruhning Taraqqiyot jamoalari o'rtasida o'tkazildi. Jami 15ta o'yindan keyin fakultet munozara o'yini g'oliblari aniqlandi. 101-guruhning "KELAJAK IQTISODCHILARI" jamoasi fakultetda mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi va ta'tildan so'ng o'tkazilishi kutilayotgan Munozara o'yinining institut bosqichida fakultet nomini himoya qilish uchun yo'llanma olishdi. Final o'yinlarini yuqori saviyada o'tishida 103- guruhning 3 nafar spikeri Ro'ziyeva Shakina, Mahmudova Nargiza, Habibullayeva Lobar va 101-guruhning 3 nafar spikeri Nazarov Shohjahon, Nasullayeva Yoqutoy, Iskandarov Hayitboy katta hissa qo'shishdi.

Eng kuchli notiqlardan iborat jamoalar har bir o'yin uchun alohida mavzuda tasdiq va inkor pozitsiyada tayyorgarlik ko'rgan holda o'z pozitsiyalarini himoya qildilar. O'yinlar juda ko'tarinki kayfiyatda, qiziqarli ruhda o'tdi. Mavzular ekologiya, turizm, aniq fanlar, urbanizatsiya kabilar bo'ldi.
Munozara o'yinlar bo'yicha tajribali talabalar va magistrlar Normurodov Shahzod, Ozodov E'zoz va Xolova Sarvinoz har bir o'yinda odil hakam vazifasini bajardilar. Fidoiy hakamlarga, 8ta jamoadagi barcha zukko ishtirokchilarga va shunchaki fakultet e'lonlar doskasidan yoki fakultet telegram kanali ( @IM_fakulteti )dan ma'lumot olib ixtiyoriy tomoshabin bo'lib kelgan qiziquvchan talabalarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

#munozara
#tanlov
#loyiha
@IM_fakulteti
#bizning_faxrimiz #yutuq #ishonch #natija #tiiame_nru

Шоназарова Азиза Исокул кизи

- Студентка 305 группы 3 курса направления "Экономика (по отраслям и сферам) факультета Организация и управление водным хозяйством

- 2021/2022 учебный год

- Лауреат Государственной стипендии имени им.
Ислама Каримова

tiiame.uz| Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Twitter