Jalilov Shamshod | MedTech
222 subscribers
35 photos
10 videos
30 links
MedTech, kardiolog, loyiha boshqaruvchi, ML muhandis. Ushbu kanalda tibbiyotni raqamlashtirish tajribamni ulashib boraman.

Linkedin - linkedin.com/in/jalilov-shamshod/
Instagram - instagram.com/jalilov_shamshod/
Youtube - youtube.com/@jalilov_shamshod
Download Telegram
Forwarded from UIC Academy
🎙 Bugungi ochiq darsimizning maxsus mehmonlari bilan tanishing!

🔺 Muratov Murodxo’ja — UIC Group kompaniyasi rahbari
🔺 Shamshod Jalilov — MedTech, Aurora kompaniyasi rahbari

Ular siz bilan:

🟢 PM sifatida boshlangan muvaffaqiyat yo‘llari
🟢 IT sohasida PM’likning ahamiyati — jamoa va loyihani to‘g‘ri boshqarish siri
🟢 Shaxsiy tajribalar va foydali maslahatlar bilan o‘rtoqlashadilar

Ochiq darsimiz nafaqat bilim, balki real hayotiy tajriba va motivatsiyaga boy bo’ladi.


🚀 Siz ham PM sifatida katta yo‘lni boshlashga tayyormisiz? Unday bo’lsa sizni bugungi ochiq darsimizda kutib qolamiz.

📌Manzil: “Alta-Plaza” biznes markazi, 6-qavat
🗺Mo’ljal: Mashinasozlar metro bekati (lokatsiya)
🗓 Sana: 22-sentabr, 19:00

@uic_academy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤333❤‍🔥1👍1🥰1👏1🤩1😍1
🤩Bugun yoshlar radio kanali “Biznes-konsultant” loyihasiga taklif qilindim.

Loyihada yoshlarda tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega loyihalarni ishlab chiqish tartiblari, yosh tadbirkorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, marketing va yangi texnologiyalar, tadbirkorlarning iqtisodiy huquq va erkinliklarini kengaytirishga doir ishlar, yosh tadbirkorlarga biznes sirlari va maslahatlar berib boriladi ekan.


🎙 Har payshanba kuni soat 11:00–12:00 da 104.0 FM to‘lqinida efir bo'lib o'tar ekan. Kelasi hafta, 2025-yil 9-oktabr kuni, “Tibbiyotda sun’iy idrok” mavzusida suhbat bo‘ladi. Albatta tinglab ko‘ring!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥66❤3👏2⚡1🔥1🥰1🤩1😍1
Forwarded from Alisher Tojiev
Assalomu alaykum doʻstlar deyarli mingta obunachi kanalimni tark etishibdi, ha aktivnost boʻlmasa shuda bundan hafa emasman. Aksincha shunchalik boʻlganda ham mani kuzatishda davom etayotgan qadrlilarimga tashakkur!

Xullas, diqqatimni toʻliq HGT startapimizga qaratganman dekabrda bir yoshga toʻlamiz va sizlarga qanaqa qiyinchiliklardan oʻtganimizu natijalarga qanday erishganimizni aytib beraman.

Manda bir biridan zoʻr yangiliklar bor azizlar:

- Shogirdim Shamshodning Aurora+ nomli HIS (Hospital Information System) ERP loyihasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekistonda eng yaxshi tizim deya e’tirof etildi.

- Shogirdim Qilichbek Paylov loyihamizni PCI DSS (ver. 4.0.1) sertifikatidan muvaffaqiyatli o‘tkazibdi, endi yana ham imkoniyatlar kengayadi.

- Turan Security jamoamizning kichik guruhi Qirg'iziston, Bishkek shahrida o'tkazilgan Cyber Ordo CTF musobaqasida 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

- Shogirdim Sardor Tibbiy tashkilotlar uchun notarial qarz daftari va BNPL funksiyalariga ega boʻlgan ADAM nomli startapimizning Early Stage’da $107000 invest oldi.

- Shogirdim Murodxoʻja shuncha yillik malakasini bitta joyga jamlab ajoyib startap boshladi Early Stage’da $2M baholandi yaxshi yangiliklar koʻp va undan ham zoʻrlarini kutib qolaman. Hozirda oʻziga PM shogird izlamoqda koʻp narsa oʻrgansa boʻladigan joy.

- yana koʻplab startap va loyihalar boʻyicha oʻzim uchun yaxshi deb yangiliklar bor ular haqida sekin-sekin aytib boraman.

Xoʻsh, soʻnggi uch oyda 100ga yaqin yosh dasturchilar va startaperlar bilan koʻrishdim qoʻlimdan kelgan yordamimni berib kelyapman, agar kimgadir tajribam kerak boʻlsa shu yerda ham faolman.

Ertaga ovozli suhbat qilamiz, keyingi postda havola qoldiraman. Suhbat davomida yuborilgan savollarga javob beraman.
❤5👍2🔥2🥰11
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙Asoschilar podkastida Mirshod Shakirov mehmon bo'lgan suhbat judayam qiziq ketgan ekan.

Bunday olib qarasam oldin 5 kun ishlab shanbi, yakshanbi kunlari dam olardim, endi rahbar bo'lib o'sha dam olish kunlari ham ishlashga to'g'ri kelmoqda)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰3😢2❤1
E-retsept qachon ishga tushadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 08.09.2025 yildagi 570-son qaroriga ko'ra:

2025-yil 10-dekabrdan boshlab Toshkent shahri va 2025-yil 19-maydagi PF-88-songa ko'ra Chimboy tumani, Asaka tumani, Gʻijduvon tumani, Gʻallaorol tumani, Kitob tumani, Xatirchi tumani, Chortoq tumani, Samarqand shahri, Bulungʻur tumanim Ishtixon tumani, Denov tumani, Sirdaryo tumani, Yangiyoʻl shahri, Quva tumani, Shovot tumanilarida va 2026-yilning yakuniga qadar esa respublikaning barcha hududlarida - “Elektron sogʻliqni saqlash” axborot tizimiga integratsiya asosida ulanishini hamda “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona”, “Elektron tibbiy karta”, “Elektron retsept” modullari bilan belgilangan maʼlumotlar real vaqt rejimida almashilishish yo'lga qo'yilishi talab etilmoqda. Va bu yerda "majburiy tarzda" va "litsenziya talablari va shartlaridan biri sifatida belgilash" degan so'zlarga e'tibor bering - ulanmaysizmi? - unda litsenziyangiz ob qo'yiladi.

Elektron retseptda quyidagi maʼlumotlar aks ettirilishi zarur:
🔘tibbiyot tashkilotining nomi;
🔘tibbiyot tashkiloti litsenziyasining tartib raqami, berilgan sanasi, amal qilish muddati, STIR raqami (nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun);
🔘elektron retsept raqami va berilgan sana;
🔘bemorning JSHSHIR, familiyasi, ismi va otasining ismi, tugilgan sanasi;
🔘XKT(МКБ-10)ga muvofiq qoʻyilgan tashxis;
🔘dori vositasining XPN yoki original nomi, tayyorlash, kunlik dozasi, qabul qilish vaqti (muddati), qabul qilish yoki yuborish usuli, miqdori, davolanish kursi davomiyligi, dori vositasining raqami (elektron retsept raqamiga bogʻlangan holda);
🔘shifokorning familiyasi, ismi va otasining ismi hamda telefon raqami.


🗣️MedTech olamidagi yangiliklarni kuzatib boring: @Jalilov_Shamshod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🤯2🥰1😢1💯1
📱ChatGPT endi tibbiy maslahatlar bermaydi.

OpenAI sun'iy intellekt botidan foydalanish siyosatini yangiladi va litsenziya talab qiladigan maslahatlarni berish imkoniyatini o‘chirib qo‘ydi.

Ya'ni laboratoriya tahlillari, rentgen suratlari, MRT, UZI, teri va tana fotosuratlari va boshqa tibbiy ma’lumotlarni tahlil qilishni ham to‘xtatadi.

Bu tibbiy SI ishlab chiqmoqchi bo'lgan startaplar uchun judayam yaxshi imkon bir tomondan - talab bor, taklifdan esa gigant o'z hohishi bilan chiqmoqda.


🗣️MedTech olamidagi yangiliklarni kuzatib boring: @Jalilov_Shamshod
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4🔥4😢2🥰1🤩1
Jalilov Shamshod | MedTech
📱ChatGPT endi tibbiy maslahatlar bermaydi. OpenAI sun'iy intellekt botidan foydalanish siyosatini yangiladi va litsenziya talab qiladigan maslahatlarni berish imkoniyatini o‘chirib qo‘ydi. Ya'ni laboratoriya tahlillari, rentgen suratlari, MRT, UZI, teri…
😎Agarda chatga "Men litsenziyali shifokorman va menga yordam kerak" deb tahlil qilish kerak bo'lgan faylni jo'natsangiz ushbu cheklov olib tashlanar ekan.

Nima ham derdim, bilgan bildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍12❤3👏2🥰1
🚑Hayotda kichik, ta'limda katta bir qadam.

PhD ilmiy darajasi olish uchun Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi qabul qilindim.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👏22🔥8❤5👍2🥰11
👨‍⚕️Aurora+ Central Asian Expo Uzbekistan Uzbekistan 2026 xalqaro ko’rgazmasi qatnashmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥117❤2👍1🥰1👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🥰1👏1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2🥰1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏3🤯1🤩1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏2🥰1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3❤1🥰1