Jurabek Vision💡
195 subscribers
164 photos
32 videos
1 file
111 links
🇯🇵 15 yil Yaponiyada | endi Vatanda 🌏 Global Business | Karyera bo’yicha maslahatlar berib boraman.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Og Mandino-ning The Greatest Secret in the world - Dunyoning eng katta siri, Величайший секрет в мире kitobidan parcha. 2026-yilda siz belgilagan maqsad, rejalarga erishish uchun sizga juda yaxshi odatlar kerak bo’ladi. Odatlarni mashaqqat bilan ko’paytib borish mumkin.
👍10🔥1
Savol: Ko’zingiz birinchi shu rasmning qaysi qismiga tushdi?

1) Qora rangli aylana qismigami?
2) Yuqoridagi ochib qismigami?




Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda 2) Yuqoridagi ochiq qismiga ko’zi tushgan kishi, kishilarni nuqsoni, xatolarini tez payqaydigan xususiyatga ega bo’lib, o’qituvchi, doktor, kasbiga mos kishilar bo’lishi mumkin deb tushuntirishdi. Sizga shu ta’rif to’g’ri keladimi?

Qora qismiga ko’zi tushgan kishi esa, Odamlarni qo’llab quvvatlaydigan, muloyim xarajterli kishilarga mos kelishi tushuntirildi.
❤4🔥4👍2
Yaponiyada yig'ilgan pul nimaga yetishini bilmadim-u, lekin Yaponiyada olingan tajribani hech qayerda olishni imkoni yo'qligi yana bir marta bir ovozdan ta'kidlandi!
👍2
Forwarded from U-Senpai Club
U-Senpai Club navbatdagi Networking seminari bo’lib o’tdi.
Bu galgi seminarga Speaker sifatida Akbarjon Akramov Sojitz Corporationning O’zbekistondagi vakili loyihalari bilan yaqindan tanishildi. Seminar juda qiziqarli, ma’lumotlarga boy bo’ldi. Tadbirning 2-qismida bir piyola choy ustida yaqindan tanishuv, yoshlarga career maslahatlar berildi.

Imkoniyatdan foydalanib seminar uchun joy ajratib bergan Profi Universitetiga minnatdorchilik bildiramiz.

Eslatib o’tamiz, U-Senpai Club bu Yaponiyada ish tajribasi bilan O’zbekistonga qaytganlar clubi hisoblanadi. Agar siz ham Yaponiyada 3 yildan ortiq ish tajribasi bilan O’zbekistonga qaytgan bo’lsangiz bizga aloqaga chiqing va club a’zosi bo’ling.
👍3🔥1
Yaqinda tayinlangan Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi janob Hirata O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan JICA ko‘ngillilari va ekspertlarini Elchi qarorgohiga taklif qildi hamda har bir loyiha bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Ushbu tadbirning menga ayniqsa yoqqan jihati shundaki, 2025-yil dekabr oyida Prezidentimizning Yaponiyaga bo‘lgan tashrifi doirasida qariyb 75 ta kelishuvga erishilgan va ikki tomonlama e’lon qilingan kelishuv deklaratsiyasida “JICA” so‘zi 35 marta tilga olingan.

Bu raqamlarning o‘ziyoq O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash yo‘lida JICA ning qanchalik muhim rol o‘ynayotganini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Bugun men birga ishlayotgan insonlarni yana bir bor yangidan kashf qildim.
Ular — har bir sohada jonkuyar, o‘z ishining chinakam professionali, O‘zbekistonni samimiy sevadigan insonlar ekan.

Ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning rivoji — aynan shu aloqaga daxldor har bir insonning kundalik fikri, mas’uliyati va harakatiga bog‘liq.

Bir-birimizdan o‘rganib, birga rivojlanishda davom etamiz.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍1
Yaponiyada Viza va Yashash Ruxsatnomasi (Zairyu) To‘lovlari Oshiriladi!

Yaponiyada yashayotgan yoki kelishni rejalashtirayotgan vatandoshlar diqqatiga! Yaponiya hukumati 2026-moliya yilidan (2026-yil aprelidan) viza va yashash hujjatlarini rasmiylashtirish to‘lovlarini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda.
Aniq qaror Yanvar yoki Fevral oyida bo'lib o'tadigan yillik budjet taqsimoti deputatlar yig'lishi vaqtida aniq bo'ladi.

Ushbu o‘zgarishlar 1978-yildan beri birinchi marta amalga oshirilmoqda. Maqsad — viza tekshiruvlarini kuchaytirish va xizmat sifatini G7 davlatlari darajasiga ko‘tarishdir.
Kutilayotgan yangi narxlar (taxminan):
🔹 Viza (O'zbekistondan viza oladganlarga ta'sir qiladimi hali aniq emas. Ayni vaqtda O'zbekistondan bir martalik qisqa muddatli viza olish tekin):
Bir martalik (Single) viza: ~3,000 iyendan → ~15,000 iyengacha.
Ko‘p martalik (Multi) viza: ~6,000 iyendan → ~30,000 iyengacha.
🔹 Yaponiya ichida (Nyukan to‘lovlari):
Vizani uzaytirish (Koshin) yoki o‘zgartirish (Henko): 6,000 iyendan → 30,000 - 40,000 iyen atrofida.
Doimiy yashash (Eijyu) ruxsati: 10,000 iyendan → 100,000 iyendan yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Nima uchun oshirilmoqda?
Yaponiya hukumati ushbu mablag‘lar hisobidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish va immigratsiya tizimini raqamlashtirishni (tezlashtirishni) rejalashtirgan.

Eslatma: Ushbu o‘zgarishlar 2026-yilning aprelidan kuchga kirishi kutilmoqda. Agar vizangizni uzaytirish yoki hujjat topshirish muddati o‘sha vaqtga yaqin bo‘lsa, ushbu xarajatlarni oldindan hisobga olishingizni maslahat beramiz.

Ayni vaqtda ishchi vizasi qiladigan holatda ish beruvchi viza to'lovlarini to'lashi odatiy holat edi. Bundan keyin siz ishga kiradigan kompaniya bilan ham oldidan kim xatajatlarni qoplaydi aniqlashtirib oling.
Mening shaxsiy fikrimcha Yapon kompaniyalari xarajatni qoplashni bo'yniga olishadi. Bir tomondan bu biz chet elliklar uchun o'zimini ko'rsatish, aslida oddiy ishchi emas, Yapon kompaniyasi chet ellikni ishga olganidan katta foyda ko'rishini isbotlash uchun imkoniyat deb o'ylayman.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3👍2👀1
O‘zbekistonda universitetlar soni 200 tadan oshdi.
Xo‘sh, shunday bo‘lsa ham oliy ta’lim olish uchun chet elga chiqish kerakmi?

Ko‘p ota-onalar farzandining O‘zbekistondagi universitetda o‘qishini xohlashadi. Buning bir nechta asosli sabablari bor.

Birinchidan, farzand ota-onaga yaqin bo‘ladi — xavotir kamroq.
Ikkinchidan, ta’lim nisbatan arzon.
Uchinchidan, “bitirgandan keyin ish aniq bo‘ladi” degan ishonch bor.

Chunki sovet davrida va mustaqillikning ilk yillarida universitetlar juda kam edi. O‘sha paytda universitet bitirganlarning aksariyati yaxshi daromadli ish bilan ta’minlangan. Hozir vaziyat boshqacha.

Lekin bir haqiqatni tan olish kerak.

O‘zbekiston ham asta-sekin dunyodagi boshqa davlatlar kabi oddiy (normal) davlatga aylanib bormoqda. Ya’ni, universitetga kirish — alohida tanlanganlar emas, oddiy odamlar qiladigan odatiy jarayonga aylanmoqda.

Masalan, Yaponiyada 700 dan ortiq universitet bor. Tabiiyki, bu universitetga kirishni osonlashtiradi.

Muammo boshqa joyda.
Siz qaysi universitetda o‘qiyapsiz?

Bugun ko‘p uy vazifalarini AI orqali qilish mumkin. O‘qituvchidan olinadigan bilim ham avvalgidek yagona manba emas. Shunday sharoitda savol tug‘iladi:

Unda universitetda o‘qishning foydasi nimada?

Mening nazarimda, universitetning asosiy afzalliklari quyidagilar:

• Universitet — katta hayotga birinchi qadam.
Maktabda ota-ona bag‘rida, ma’lum bir “himoya zonasi-SHELTER”da bo‘lamiz. Universitet esa shu zonadan chiqishdir.

• Universitet — jamiyatni o‘rganish joyi.
Siz pul to‘laysiz. Endi majburiy ta’lim emas, siz mijozga aylanasiz.

• Universitet — networkingning boshlanishi.
Yangi do‘stlar, jamoalar, balki umr bo‘yi yoningizda qoladigan insonlar bilan tanishish.

• Universitet — bilimni hayotda sinab ko‘rish bosqichi.
Faqat bilish emas, ishlatish va natijasini ko‘rish.

Endi asosiy savol:
Universitetni O‘zbekistonda o‘qish kerakmi yoki chet elda?

Men shaxsan chet elda o‘qish tarafdoriman.

Sababi oddiy:
mustaqillik, intizom, vaqtni boshqarish, mas’uliyat.

Chet elda “muddatdan kechikdim”, “ChatGPT bilan qildim” degan bahonalar ishlamaydi. Tanishlar, iltimoslar bilan ishlar hal bo‘lmay qoladi — va bu sizni majburan o‘sishga majbur qiladi.

Albatta, O‘zbekistonda ham qattiq talab qiladigan universitetlar bor. Lekin ularni aniq topish va solishtirish kerak.

Yana bir muhim jihat.

Universitetni tugatganingizda siz odatda 22 yosh yoki undan katta bo‘lasiz.
Kimdir ishga kiradi, kimdir oila quradi. Yoshlik davri cheklanadi.

Shuning uchun universitetdan keyin 100% risk bilan yangi yo‘l boshlash uchun vaqt kamroq bo‘ladi.

Xulosa shuki:
har birimiz o‘z hayotiy maqsadimizga qarab yo‘l tanlashimiz kerak. Har bir tanlov kelajakda katta burilishlarga olib keladi.

Hammaga omad.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1👀1
AI qanchalik tez rivojlanib, kundalik ishlarni bir zumda bajarayotganini menimcha barchangiz his qilyapsiz.
Kecha Shvetsariyaning Davos shahrida bo'lgan Nividia kompaniyasi va Teslaning boshlig'i Elon Maskning dunyodagi eng katta investitsiya fondi boshqaruvchisi BlockRock kompaniyasi boshlig'i bilan bo'lgan suhbatlarni albatta tomosha qilishingizni tavsiya qilaman.

Jensen va Larry: https://youtu.be/eqpkLUUDvNg?si=95WOhCnYi-am7ncc
Elon va Larry: https://www.youtube.com/live/IgifEgm1-e0?si=46mCewJeIyrppAfj

Chat GPT yoki boshqa AI ning pullik versiyasini oramizda necha kishi ishlatyapti?

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Bugun Yaponiyadagi hamkorim menga bitta to‘rt iyeroglifli iborani (四字熟語-yojijukugo)yubordi:
大所高所(Taisho Kōsho)ー今後とも大所高所よりご指導のほどよろしくお願い申し上げます。

Bu ibora menga juda yoqdi.

Ma’nosi:
Masalaga kengroq nuqtai nazardan,
balandroq joydan qarab,
faqat bugunni emas, kelajakni ham hisobga olib fikrlash.

Oddiy qilib aytganda:
Bugungi kichkina foyda, hissiyot yoki bosim bilan emas,
katta manzara va uzoq muddatli natija bilan qaror qabul qilish.

Bu nima uchun yoshlar uchun muhim?

Bugun ko‘pchilik shoshadi:

tez pul topish

tez mashhur bo‘lish

tez natija ko‘rish

Lekin hayotda kuchli bo‘ladigan odamlar boshqacha yo‘l tanlaydi:
ular bir qadam orqaga chiqib, vaziyatga balanddan qaraydi.

“Bu qaror 5 yildan keyin menga nima beradi?”
“Bugun qulay, lekin ertaga afsus bo‘lmaydimi?”
“Hamma qilayotgan yo‘lmi yoki menga mos yo‘lmi?”

Mana shu savollar — 大所高所 fikrlashning o‘zi.

Xulosa

Katta qarorlar:

qaysi yo‘nalishni tanlash,

qayerda o‘qish,

qaysi ishga kirish,

kimlar bilan yaqin bo‘lish,

bularni mayda hissiyot bilan emas,
keng fikr va baland nuqtai nazar bilan qabul qilish kerak.

Shunda xato kamroq, natija kattaroq bo‘ladi.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤1
Ayni vaqtda sizda:
-Pul
-Bilim
-Network (Insoniy aloqalar)
-No moddiy boyliklar
Kam bo'lishi mumkin.

Lekin sizda hozir eng ko'p narsa bu sizning VAQTINGIZ.
Chunki ayni hozir umringizning eng uzoq nuqtasida turibsiz va bu vaqt soniya sayin kamayib boraveradi.
Lekin shund ham sizing eng katta boyligingiz bu sizning VAQTINGIZ.

VAQT ni to'g'ri boshqagan kishi dunyoni boshqaradi.

Xo'sh siz eng qadrli boyligingiz bo'lgan vaqtni kundalik nimalarga ishatyapsiz?
Hammaning ham siz kabi 24 soat vaqti bor.
Lekin ba'zi kishlar juda ko'p narsaga ulguradi, ba'zilar esa yo'q.

Mening sizga vaqtni boshqarish haqidagi qisqa maslahatim:
- Uyqu bir kunda 7 soatdan ko'p kerak emas. 18-25 yoshlar orasida 5-6 soat ham juda yetadi.
- Kechasi erta uxlab, ertalab erta turish. Ertalab hamma uxlaganda siz juda ko'p ishga ulgurasiz. Kechasi sizni e'tiboringizni tortadigan narsalar juda ko'p. Shuning uchun kechasi tezroq uxlash afzal.
- Eski tanish, sinfdosh, kursdosh, hamkasblar bilan samarali vaqt o'tkazish. Siz ulardan oladigan narsalaringizni allaqachon olgansiz.
- Ish vaqtini faqat ish emas, siz o'zingiz uchun o'sish vaqtiga aylantirishingiz kerak. Ishdan siz nimadir olishingiz, bilimlaringiz oshishi kerak. Faqat ishlab vaqt o'tkazib ishdan tezroq qochish kerak yoki ishni jarayonini o'zgartirib, bilim ham olish kerak.
- Sport bilan shug'llanish. Chunki jismoniy harakat, miyyani tez ishlashiga katta yordam beradi.

時間を制する者は世界を制する!

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍4
Yaponiyada ishlashim davomida juda ko'p managerlarni ko'rdim.
Biri Micro Management, Biri imkoniyat bermaydi, Biri juda katta erkinlik beradi, biri qattiq qo'l, biri juda yumshoq.
To'g'risini tan olish kerak, birlari bilan ishlashga odam zerikardi, birlaridan odam motivatsiya olar edi.
Lekin bitta narsa, hammalaridan hech bo'lmasa bitta bilim olishga, ulardan bilim o'g'rilashga harakat qilar edim.
Bir zo'r kishini hamma tomonini o'zingizga olishingiz qiyin, lekin har xil odamlardan o'zingizga kerak bilimlarni, skill-larni olish imkoniyati bor.
Bugungi mavzu o'rtoqlar: Har kimdan bizga eng kerak bo'lgan, ISH O'G'RILAYMIZ!
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡6👍4🔥1😨1
Ko‘pchilik tadbirkorlik yoki boy bo‘lish haqida o‘ylaganda, darrov Jeff Bezos, Elon Musk kabi odamlarni misol qilib oladi. Bu tabiiy. Lekin amalda bu yondashuv ko‘p hollarda foyda bermaydi.

Sababi juda oddiy.

Bu insonlar bizdan juda uzoqda. Ularning yo‘li, sharoiti, vaqti, risk darajasi va imkoniyatlari biznikidan mutlaqo boshqa. Ularni ko‘rib ilhom olish mumkin, lekin ularga qarab real qadamni rejalash qiyin.

Aslida eng to‘g‘ri namuna — bu sizdan bir qadam oldinda yurgan odam.

Masalan:

bitta do‘koni bor tadbirkor

bitta restoran ochgan inson

o‘z kasbida barqaror daromadga chiqqan mutaxassis

Bu odamlar:

qayerda qiynalganini biladi

nimadan boshlaganini eslaydi

real xatolarini ochiq ayta oladi

Shu sababli ularning tajribasi siz uchun ancha foydaliroq.

Bu faqat biznesda emas, bilim olishda ham shunday.

Masalan, til o‘rganish:
Ko‘pchilik darrov N1 yoki native darajadagi odamlarni kuzatadi. Lekin bunday odamlar ko‘pincha:

jarayonni unutib yuborgan bo‘ladi

“qanday o‘rgandim”ni aniq tushuntira olmaydi

Asl foydali namuna — sizdan biroz oldinda yurgan kishi:

・N3 yoki N2 ga yangi chiqqan

・yaqinda ishlay boshlagan

・hali xatolarni eslaydigan odam

Uning yo‘li sizga yaqin, shuning uchun takrorlash oson.

Xulosa:
・katta orzular yomon emas. Lekin katta orzularga kichik va real qadamlar orqali boriladi.

Bugun sizga Ilon Mask yoki Donald Trump (dieta qilayotganlar uchun Black Pink-dagi Jeni) emas,
sizdan bir qadam oldinda yurgan inson ko‘proq yordam beradi.

Shuni toping. Shu odamni kuzating. Shu odamdan o‘rganing.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤1🔥1
Yaponiyaning Hyogo prefekturasida Coin Parking-da 6 yil mashina to'xtatib, pulini bermagan kishi qo'lga olindi.
6 yillik Parking summasi 3,000,000 iyena, 20 ming dollar bo'ldi.
https://news.yahoo.co.jp/articles/4e5012795d7d9f13abb3c8296ca1b5491a2938aa


Sizning har kuni, lekin ozgina qilgan yaxshi ishingiz kun kelib katta natija ko'rsatadi. Aksincha har kuni qilingan behuda harakat albatta sizdan qasos oladi.

O'z maqsadingiz sari ozroq, lekin har kuni, bir qadam qo'yishni odat qilaylik.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8❤1
Siz ishlayotgan yoki o'qiyotgan joyning P&L haqida qiziqgansizmi?
P&L degan Profit and Loss. Ya'ni necha pul foyda, necha pul zarar, qayerdan, nimani evaziga pul kiradi va qayerga nima uchun, qancha to'lanadi.

Aslida bu juda ko'pchilik shu jumladan men ham mana shu ma'lumotga qiziqmagan yoki chuqur o'ylamagan vaqtlarim bo'lgan. Lekin P&L ga qiziqgan kishi, o'zi bilmagan holda tadbirkorlik haqida, jamoani boshqarish haqida o'ylashni boshlaydi. Bugun o'zingiz ishlayotgan, yoki o'qiyotgan joyning daromadlari va xarajatlari qanday bo'lyapti, sizning bir oylik oyligingiz chiqishi uchun siz qanday foyda olib kelishingiz kerak? Shuni bilgan kishining ishdagi o'zini tutishi yer bilan osmoncha o'zgaradi.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥3
Kecha https://t.me/u_senpaiclub a'zolari bilan "business dinner" tashkil qildik.

Qozonga yaqin yursang qorasi yuqadi deganlaridek, jamoadagi barcha katta maqsad, reja, niyyatga va harakatga ega bo'lgan insonlar.

Shu yerda bir Yapon iborasizni ishlatmoqchiman.
万里一空ーo'qilishi ばんりいっくう 

Ma'nosi: Qancha uzoq bo'lmasin, hatto 10,000 km, uzoqda bo'lsa ham yagona osmon ostidamiz. Siz ko'rayotgan manzara qancha uzoq bo'lmasin, harakat qilsangiz albatta yetib borasiz.

Biz havas qiladigan har qanday inson, u ham albatta odam bolasi. Xuddi siz va biz kabi. Bir kimga havas qilib, o'sha kishiday bo'lishga harakat qilsak albatta, eng kamida shu kishidek bo'lamiz. Odam qilganni odam qilaoladi deydi. Shuning uchun qo'rqmasdan qadamlarni oldinga tashlaymiz.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6🔥2
Men otamdan boyman chunki otam bor; Deganlaridek, bugun Dadamni tug’ilgan kunlarini birgalikda nishonladik.
Har bir yigitning kim bo’lib erishishiga uning otasining roli beqiyos deb o’ylayman.
Xususan men Dadamdan o’rgangan bir ikkita xislatlarni sanab o’tmoqchiman:
・Erkak kishi yaxshi topishi uchun yaxshi yeyishi kerak
・Bir kunda 2-3 soat uxlasang ham, uxlashdan oldin, yaxshi kayfiyat, bo’lib o’tgan kunni tahlil qilish, ertangi rejalarni tuzish, uxlash imkoniyati borligiga shukur qilish
・Vatan ostinadan boshlanadi
・O’z ishini sevish va professionallikga harakat

O’z sohalari muhandis injiner bo’lishiga qaramay, Dadam shu vaqtgacha 500 dan ortiq sher yozganlar. Mana shu sherlarning barchasi bizning mafkuramizning shakllanishiga katta ta’siri bor. Baxtimizga sog’ salomat bo’ling.
❤9👏4👍3
Men maktabda juda a'lochilar qatoriga kirmas edim. Yapon Universitetida ham o'qigan vaqtim, darslar Yapon tilida va Yapon kursdoshlarim juda aqilli, ular bilan bilim jihatdan bellashishni xayolga ham olib kelmas edim. NEC da ham kam sonli chet elliklardan edim va Yapon ham kasblarimga nisbatan kamchiligi juda ko'p edi.

Lekin qayerda bo'lmasam ham, ulardan ortda qolmaslik uchun, bitta narsaga amal qilar edim. Bu ham bo'lsa, boshqalarga nisbatan, {maktabga ertaroq kelish, dars vaqtida auditoriyaning eng ol yoki hech bo'lmasa oldiroq partasida o'tirish, hammadan kamida 1-2soat vaqt sarflash, erta kelib kechroq ketish.}

Ba'zi kishilarda tug'ma talant va kuchli istedod bo'ladi. Sizda ham shu narsalar bormi? Bo'lmasa qanday yo'l bilan ortda qolmaslikka harakat qilyapsiz?

Rasmda mening qadrdon do'stlarim va men hayotimda birinchi marta ko'rgan Yaponiyalik inson Tanaka Sensei. 2008-yil, UJC tashkil qilgan bayramdan.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍4
O'tgan shanba kuni Respublika Notiqlik San'ati musobaqasiga hakam sifatida qatnashdim va o'zbekistonliklarning yapon tilini qay darajada yaxshi bilishiga yana bir bor amin bo'ldim.

Bugun sizlarga Yapon tili Notiqlik san'atida g'olib bo'lishning qisqagina siri haqida aytib bermoqchiman.
Yapon tilida nutqni chiroyli, odamni yuragiga yetib boradigan qilib aytib berish juda muhim. Oxirgi vaqtlar AI rivojlangani uchun Textni chiroyli qilib yozish, uni native kabi yodlab aytish nisbatan osonlashgan degan qarash kuchaymoqda.

Aynan shu safar ham shunday qarash hakamlar ichida kuchli bo'ldi. Lekin savol javob qismida kim nima haqida gapirayotgani, va o'z nutqini qanchalik tushunishi yaqqol bilinadigan bo'lim bo'ldi.
Savolni tushunish bu bitta masala. Ikkinchisi shu savolga qanchalik chuqur, qanchalik mantiqiy va konstruktiv javob berish bu ikkinchi masala. Bu yerda nutqni qanday darajada yodlaganingiz ahamiyatini yo'qotadi.

Yana bir muhim jihat bu mavzu tanlash. Siz qanchalik chiroyli gapirmang, qanchalik savollarga yaxshi javob bermang, lekin mavzu Yapon tili, O'z hayotingiz, jamiyat muammolari haqida bo'lmasa siz yaxshi baho olishingiz qiyin. Chunki Nutq qachonki siz o'z tajribalaringiz, o'z hayotingizdan kelib chiqib gapirsangiz va bu qandaydir ma'noda Yaponiya va Yapon tiliga aloqali bo'lsa kuchli nutq hisoblanadi.

G'olib bo'lgan barcha uka-singillarimizni tabliklaymiz. Umuman olganda Respublika bosqichiga chiqishni o'zi ham hazil gap emas. Hammaga omad!
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8