Jurabek Vision💡
195 subscribers
164 photos
32 videos
1 file
111 links
🇯🇵 15 yil Yaponiyada | endi Vatanda 🌏 Global Business | Karyera bo’yicha maslahatlar berib boraman.
Download Telegram
Men otamdan boyman chunki otam bor; Deganlaridek, bugun Dadamni tug’ilgan kunlarini birgalikda nishonladik.
Har bir yigitning kim bo’lib erishishiga uning otasining roli beqiyos deb o’ylayman.
Xususan men Dadamdan o’rgangan bir ikkita xislatlarni sanab o’tmoqchiman:
・Erkak kishi yaxshi topishi uchun yaxshi yeyishi kerak
・Bir kunda 2-3 soat uxlasang ham, uxlashdan oldin, yaxshi kayfiyat, bo’lib o’tgan kunni tahlil qilish, ertangi rejalarni tuzish, uxlash imkoniyati borligiga shukur qilish
・Vatan ostinadan boshlanadi
・O’z ishini sevish va professionallikga harakat

O’z sohalari muhandis injiner bo’lishiga qaramay, Dadam shu vaqtgacha 500 dan ortiq sher yozganlar. Mana shu sherlarning barchasi bizning mafkuramizning shakllanishiga katta ta’siri bor. Baxtimizga sog’ salomat bo’ling.
❤9👏4👍3
Men maktabda juda a'lochilar qatoriga kirmas edim. Yapon Universitetida ham o'qigan vaqtim, darslar Yapon tilida va Yapon kursdoshlarim juda aqilli, ular bilan bilim jihatdan bellashishni xayolga ham olib kelmas edim. NEC da ham kam sonli chet elliklardan edim va Yapon ham kasblarimga nisbatan kamchiligi juda ko'p edi.

Lekin qayerda bo'lmasam ham, ulardan ortda qolmaslik uchun, bitta narsaga amal qilar edim. Bu ham bo'lsa, boshqalarga nisbatan, {maktabga ertaroq kelish, dars vaqtida auditoriyaning eng ol yoki hech bo'lmasa oldiroq partasida o'tirish, hammadan kamida 1-2soat vaqt sarflash, erta kelib kechroq ketish.}

Ba'zi kishilarda tug'ma talant va kuchli istedod bo'ladi. Sizda ham shu narsalar bormi? Bo'lmasa qanday yo'l bilan ortda qolmaslikka harakat qilyapsiz?

Rasmda mening qadrdon do'stlarim va men hayotimda birinchi marta ko'rgan Yaponiyalik inson Tanaka Sensei. 2008-yil, UJC tashkil qilgan bayramdan.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👍4
O'tgan shanba kuni Respublika Notiqlik San'ati musobaqasiga hakam sifatida qatnashdim va o'zbekistonliklarning yapon tilini qay darajada yaxshi bilishiga yana bir bor amin bo'ldim.

Bugun sizlarga Yapon tili Notiqlik san'atida g'olib bo'lishning qisqagina siri haqida aytib bermoqchiman.
Yapon tilida nutqni chiroyli, odamni yuragiga yetib boradigan qilib aytib berish juda muhim. Oxirgi vaqtlar AI rivojlangani uchun Textni chiroyli qilib yozish, uni native kabi yodlab aytish nisbatan osonlashgan degan qarash kuchaymoqda.

Aynan shu safar ham shunday qarash hakamlar ichida kuchli bo'ldi. Lekin savol javob qismida kim nima haqida gapirayotgani, va o'z nutqini qanchalik tushunishi yaqqol bilinadigan bo'lim bo'ldi.
Savolni tushunish bu bitta masala. Ikkinchisi shu savolga qanchalik chuqur, qanchalik mantiqiy va konstruktiv javob berish bu ikkinchi masala. Bu yerda nutqni qanday darajada yodlaganingiz ahamiyatini yo'qotadi.

Yana bir muhim jihat bu mavzu tanlash. Siz qanchalik chiroyli gapirmang, qanchalik savollarga yaxshi javob bermang, lekin mavzu Yapon tili, O'z hayotingiz, jamiyat muammolari haqida bo'lmasa siz yaxshi baho olishingiz qiyin. Chunki Nutq qachonki siz o'z tajribalaringiz, o'z hayotingizdan kelib chiqib gapirsangiz va bu qandaydir ma'noda Yaponiya va Yapon tiliga aloqali bo'lsa kuchli nutq hisoblanadi.

G'olib bo'lgan barcha uka-singillarimizni tabliklaymiz. Umuman olganda Respublika bosqichiga chiqishni o'zi ham hazil gap emas. Hammaga omad!
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8
2011-yil. Yaponiyada katta zilzila bo‘ldi.

O‘sha paytda men Yaponiyada edim. Vaziyat juda notinch edi. Shuning uchun ota-onamni tinchlantirish uchun vaqtincha O‘zbekistonga qaytdim.

Lekin vatanda o‘tgan uch hafta menga g‘alati tuyuldi.
Go‘yoki vaqt to‘xtab qolgandek edi. Uch hafta — xuddi bir yilga tengdek sezildi.

Bir kuni ertalab uyg‘onib, ota-onamga shunday dedim:

“Yaponiyada vaziyat hali ham to‘liq tinch emas. Lekin men yana Yaponiyaga qaytmoqchiman.”

Men hali 19 yoshga ham to‘lmagan edim.

Ota-onam bir oz jim turishdi. Keyin onam menga juda muhim gap aytdi:

“Sen endi katta bo‘lding. Hayotingni o‘zing tanla.”

Ular qarorni menga topshirishdi.

Men bir soniya ham ikkilanmadim.

Uch nafar do‘stim bilan yana Yaponiyaga yo‘l oldik.

Ichimizda qo‘rquv bor edi. Noaniqlik bor edi.
Kelajak qanday bo‘lishini hech kim bilmas edi.

Narita aeroportiga kelganimizda darhol bir narsani sezdim.

Hamma joy juda jim edi.
Hech kim kulmaydi.
Odamlarning yuzida xavotir.

Narita’dan Shinagawa tomon poyezdga chiqdik.

Poyezd ichida ham sukunat.
Hech kim gapirmaydi.

Bir necha bekatdan keyin taxminan 60 yoshlar atrofidagi bir yapon kishi yonimizga yaqinlashdi.

“Qayerdansizlar?” deb so‘radi.

Biz biroz hayron bo‘lib:

“O‘zbekistondan,” deb javob berdik.

Shunda u kishi birdan tabassum qildi va shunday dedi:

“Uzbekistan kelajagi buyuk davlat!”

Bu Islom Karimovning mashhur so‘zlari edi.

“O‘zbekistonning kelajagi buyuk davlat bo‘ladi.”

O‘sha paytda bu gap mening yuragimga juda chuqur kirib bordi.

Keyin u kishi bir necha yil oldin O‘zbekistonga borib, u yerda ma’ruzalar o‘qiganini aytdi.

Bir necha daqiqalik suhbat edi.

Lekin u menga juda katta kuch berdi.

O‘sha paytda ichimda bir fikr paydo bo‘ldi:

Hayot — qo‘rquvdan qochish emas.
Hayot — qaror qilish.

Va men o‘zimga shunday dedim:

“Endi ortga yo'l yo‘q. Yaponiyada bor kuchim bilan harakat qilaman!”

Ba’zida inson hayotini katta voqealar emas,
oddiy bir suhbat o‘zgartirib yuboradi.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤9👍8🔥5
Yaponiyada topgan birinchi ish tajribam.

Yaponiyaga kelgan paytimdagi asosiy maqsadim juda aniq edi:
Yaponiyaning eng kuchli universitetlaridan biriga kirish.

Yaponiyaga kelishdan oldin JLPT N2 sertifikatini olgan edim. Yapon til maktabidagi o‘qishlarim ham yaxshi ketayotgan edi. Darslar barqaror davom etardi.

Bir vaqtning o‘zida vaqtim ham paydo bo‘ldi.
Shunda men ikki sabab bilan arubaito (yarim stavkali ish) topishga qaror qildim:

Yapon jamiyatini ichidan o‘rganish

Ozgina bo‘lsa ham o‘zim pul ishlash

Bu taxminan 2010-yillar edi. O‘sha paytda 2008-yilgi global iqtisodiy inqirozning ta’siri hali ham bor edi. Ish topish oson emas edi.

Yana bir muammo bor edi.

O‘sha paytda Tokioda chet elliklarning arubaito qilishi hali juda odatiy hol emas edi.

Men stansiyalarda qo‘yiladigan Town Work jurnalidan rezume blankalarini kesib olib, restoranlar, konbini va boshqa joylarga telefon qila boshladim.

Har kuni 10 tadan ortiq joyga telefon qilardim.

Shunda ham zo‘rg‘a 1 ta joydan suhbatga chaqirishardi yoki yo'q.

Men uchun bu shunchaki ish emas edi.

Bu Yapon jamiyatida muvofaqiyatga erishish uchun birinchi sinov deb o‘ylardim.

Ammo natija juda og‘ir bo‘ldi.

3 oy davomida 30 dan ortiq suhbatdan o‘tdim.

Va hammasidan rad javobi oldim.

“Sen yapon tilini bilasan, Yaponiyada albatta muvaffaqiyatga erishasan,” degan ustozimning yuziga qanday qarayman degan o‘y meni ichimdan siqa boshladi.

Har bir suhbatga juda jiddiy tayyorlanardim.

Kostyum kiyaman.
Galstuk taqaman.
Savollarga juda muloyim va jiddiy javob beraman.

Lekin natija o‘zgarmas edi.

Bir kuni Kachidoki bekatidagi Denny’s restoraniga oshxona xodimi bo‘lish uchun suhbatga bordim.

O‘sha kuni ichimda bitta fikr bor edi:

“Baribir bu safar ham o‘tmayman.”

Shuning uchun bu safar kostyum ham kiymadim.

Ameyoko dan sotib olgan futbolka bilan suhbatga bordim.

Hech qanday tayyorgarlik ham qilmadim.

Uyimdan u yerga borish uchun 30 daqiqadan ko‘proq vaqt ketardi, shuning uchun ichimda:
“Sharoiti yaxshi bo‘lsa ishlayman,” degan xotirjam kayfiyat bor edi.

Men menejer bilan oddiy, erkin suhbatlashdim.

Qiziq tomoni shundaki, o‘sha Kachidoki Denny’s o‘sha paytda butun tarmoq ichida Top 5 savdoga ega eng band restoranlardan biri edi.

Menejer mening nima uchun Yaponiyaga kelganim, nega Yaponiyaga qiziqishim paydo bo‘lgani haqida juda qiziqib so‘radi.

Ish haqida esa deyarli gap bo‘lmadi.

Oxirida u birdan shunday dedi:

“Yaxshi. Sen qabul qilinding. Qachondan ishlay olasan?”

Men hayratda qoldim.

Chunki shu paytgacha har bir joyda bir xil gapni eshitgan edim:

“Natijani keyin telefon orqali aytamiz.”

Shunday qilib men Kachidoki Denny’s restoranida birinchi chet ellik oshxona xodimi sifatida ish boshladim.

Bu tajriba menga juda muhim saboq berdi.

Ba’zida biz nimanidir juda qattiq xohlaganimizda —
ish, universitet, yoki hayotdagi boshqa imkoniyatlar —
o‘zimizni haddan tashqari yaxshi ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Natijada asl o‘zimizni unutib qo'yamiz.

O‘sha kundan boshlab men bir narsani tushundim:

Qanchalik xohlasam ham,
o‘z qadriyatlarimni unutmaslik.

To'g'ri bo‘lish.
Ochiq gapirish.
Xotirjamlikni saqlash.

Bu saboq keyingi barcha suhbatlarimda menga juda katta yordam berdi.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥8🙏4👍3❤1👏1
1-aprel. Yaponiyada yangi o‘quv yili boshlanadi.

Yaponiyada bitta haqiqat bor:

Bu jamiyat — ma’lum darajada “学歴社会” (ta’lim va diplom muhim bo‘lgan jamiyat).

Qayerda o‘qiganingiz, qanday bilim olganingiz —
ko‘p hollarda sizning imkoniyatlaringizni belgilaydi.

Bu yaxshi yoki yomon masala emas.
Bu — real holat.

Shu sababli men Yaponiyaga kelganimda, maqsadim juda aniq edi:

Yaxshi universitetga kirish.

Bugundan roppa-rosa 14 yil oldin,
men o‘z orzuimdagi universitetga kirdim.

Hali ham o‘sha kunni unutmaganman.

Tokioda xalqaro siyosat va iqtisodiyot yo‘nalishida o‘qish imkoniyati o‘sha paytda deyarli faqat 2 ta universitetda bor edi:

— Waseda
— Aoyama Gakuin

Talablar esa oddiy emas edi:

— JLPT N1
— Yaxshi ingliz tili
— EJU va boshqalar

Men maxsus yoki juda iste’dodli emas edim.
Lekin men bitta narsani qildim:

to‘xtamadim.

— Intervyuga jiddiy tayyorlandim
— Hatto konbini menejeri(Tencho)dan maslahat oldim
— EJU imtihonini 3 marta topshirdim
Natija qoniqtirmaguncha qayta-qayta topshirdim.

Chunki men uchun bu shunchaki universitet emas edi.

Bu — Yaponiyada qolish yoki qolmaslik masalasi edi.

Shu paytda men bir narsani tushundim:

Ko‘pchilik orzu qiladi.
Lekin kamchilik tayyorlanadi.

Orzu — bu hissiyot.
Natija — bu intizom va harakat.

Men qilgan ish juda oddiy edi:

— Har kuni tayyorlanish
— Yon atrofdagilardan maslahat, yordam olish
— Reja bilan ishlash
— Yapon o'qituvchilardan yordam olish, ularga orzularim haqida uyalmasdan aytdim.

Mening orzum o'zimni esimdan chiqsa ham ustozlarim qattiq qo'llik bilan har doim eslatishar edi. Har zamonda nega aytdim a deb ham o'ylab qolar edim 😄

Orzular o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi.

Siz qilgan har bir kichik harakat
— ertangi natijangizni quradi.

Bugun yangi bosqich boshlayotganlar uchun:

Oson yo‘l yo‘q.
Lekin aniq yo‘l bor.

Shu yo‘lda yuradiganlar oxirigacha yetadi. Hammaga Yaponcha yangi yil muborak bo'lsin!

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥12❤6👍6👏1
Jurabek Work Skill Tips

Yaponiyada biznesda ishonch qozonishning birinchi qadami:

Quick Response

Bu faqat tez javob berish emas.
Bu — tez reaksiya berish.

Ko‘pchilik shu joyni noto‘g‘ri tushunadi.

Savol keladi → odamlar mukammal javob berishga harakat qiladi → vaqt o‘tadi → javob kechikadi. Siz mukammal javob berishga harakat qilayotganingizni hech kim bilmaydi.

Yaponiyada bu noto‘g‘ri yondashuv.

To‘g‘risi:

Avval signal berish, keyin to‘g‘ri javob berish.

Xabarni oldingizmi — darhol bildiring

Masalan:

“Qabul qildim, hozir tekshiryapman”
“Rahmat, ko‘rib chiqib javob beraman”

Bu bilan siz:

Men xabarni ko‘rdim. Xavotir olmang!
Men bu ishni e’tiborsiz qoldirmayman.

degan signal berasiz.

Bu juda muhim.

Email — 24 soat ichida

Yaponiyada emailga javob bermaslik — eng yomon xavotir uyg'otadigan jihat.

To‘liq javob bo‘lmasa ham:

“Hozir tekshiryapman, falon vaqtda javob beraman” deb jarayon haqida aytib qo'yish

yetarli.

Jimlik — xavotir.

Telefon — tez qayta aloqa

Qo‘ng‘iroqni o‘tkazib yubordingizmi?

Keyin darhol qayta qo‘ng‘iroq qiling.

Yoki qisqa yozing:

“Uzr, hozir band edim. Qayta qo‘ng‘iroq qilaman.”

Bu ham Quick Response.

Tez javob berishga shoshilmang

Masalan sizdan:

“Ertaga tayyor bo‘ladimi?” deb so‘rashdi.

Noto‘g‘ri:

“Ha bo‘ladi” (tekshirmasdan)

To‘g‘ri:

“Hozir tekshirib, aniqlab aytaman”

Avval tushuning, keyin javob bering.

Xulosa:

Quick Response — bu darrov mukammal javob berish emas.

Bu:
tez ko‘rish
tez signal berish
va keyin shoshmasdan aniq javob berish

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏8👍6⚡1🔥1
Yaponiyada 3 yildan ortiq kompaniya xodimi sifatida ishlayapsizmi?
Ingliz tilida MBA o'qishga qattiy qiziqishingiz bormi?
Shunday bo'lsa men o'zim o'qigan Shizenkan MBA Leadership and Innovation Schoolga taklif qilaman.

O'qish to'lovi 20 oy uchun 5,000,000 JPY lekin, Omadingiz kelsa 100% yoki kamroq stipendiya ham olishingiz mumkin.
O'ylab ko'ring!
https://admissions.shizenkan.ac.jp/en/

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4❤2👍1👏1
Muvaffaqiyatning "sehrli" formulasi bormi? Yoki 20 yil oldingi 1500 so'mning qadri

Bundan 20 yil oldin, 2006-yilda hayotimni butunlay o‘zgartirib yuborgan birinchi qadamni tashlaganman. O'shanda men yapon tilini o'rganishni boshladim.

Siz o'rgangan birinchi yaponcha so'z nima edi? Meniki esa — "Nippon" (Yaponiya). "Iye, dunyo bu mamlakatni Japan deb bilsa, nega ular o'zlarini Nippon deyishar ekan?" deb hayron qolganman. Mana shu kichik qiziqish katta yo'lning boshlanishi edi.

O'shanda o'z oldimga qat'iy maqsad qo'ydim: yapon tilini rekord darajadagi tezlikda o'rganaman!

Akamning maslahati bilan repititorga bordim. Opam esa go'zallik salonida ishlab topgan pullarini mening o'qishimga tikdi. Haftada uch kun dars. Bir soati — 1,500 so'm. O'sha paytlar bu o'rta daraja oila uchun juda katta pul, katta investitsiya edi.

Men bu investitsiyani isrof qilishga haqqim yo'qligini tushunib yetdim. Boshqa talabalar "Minna no Nihongo" kitobining 1 ta darsini (unit) kamida 3 ta mashg'ulotda tugatishardi. Men esa o'qituvchimdan: "Yo'q, menga 1 ta darsda 1 ta unitni o'ting!" deb iltimos qildim. Ustozim: "Jurabek, shoshilma, qiyin bo'ladi," desalar ham, boshqa iloj yo'qligini tushuntirdim.

Lekin haftasiga 3 ta darsni o'zlashtirish oson emas. Kollej kutubxonasidagi CD-disklarni uyga berishmasdi, faqat 1 soat eshitishga ruxsat bor edi. Nima qildim? Akamning internet-kafesi bor tanishi yordamida u disklarni nusxalab oldik va har kuni uyda kechasi bilan eshitib chiqdim.

Ota-onam esa: "Sen faqat o'qi, uy ishlariga yordamlashishing shart emas," deb meni barcha uy yumushlaridan ozod qilishdi.

Natija nima bo'ldi? 3 oy ichida men kitobdagi 50 ta darsni to'liq tugatdim. O'sha 3 oyni umrimning oxirigacha unutmayman. Til o'rganish shunchalik zavqli ediki, hayajondan kechalari uyqum kelmasdi. Ustozimga har safar: "Qachon gaplashaman? Qachon Yaponiyaga boraman?" deb savollar yog'dirardim. Ustozim esa mening vulqondek yonayotgan ishtiyoqimni bazo'r jilovlab turardilar.

O'sha yili yozda bo'lgan JLPT testida men N3 darajasini qo'lga kiritdim.

Bugun yapon tilini yoki boshqa sohani o'rganayotgan yoshlarga aytadiganim:
Ha, bu qiyin. Juda qiyin. Lekin ayting-chi, dunyoda osongina erishiladigan muvaffaqiyat bormi? Kimdir sizga "oson yo'li bor" desa, ishonavering — u firibgar.

Sizda vaqt yo‘q:

— bahona qilishga
— boshqani ayblashga
— o‘zingizni aldashga

Agar xohlasangiz:

O‘rganasiz.

Agar xohlamasangiz:

100 ta sabab topasiz.

Tanlov oddiy.

Yoki bajarasiz.
Yoki gapirasiz.

Siz o'rgangan birinchi yaponcha so'z nima edi?

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍10❤1🔥1
Bir savol.
Nega tog‘ga chiqish kerak?

1920-yillarda ingliz alpinisti
George Mallorydan so‘rashgan:

“Why do you want to climb Everest?”

U:
“Because it’s there.”
(U yerda borligi uchun.)

Eng qizig‘i:

U odam Everestni zabt eta olmadi.

1924-yilda yo‘qolgan.
Qaytib kelmagan. 1-bo'lib Everestni zabt etgan odamni bilsangiz yozib qoldiring.

Lekin bugun ham uning gapi yashab kelmoqda.

Nega?

Chunki bu gap natija haqida emas.

Bu — ichki chaqiriq haqida.

Kecha men ham tog‘ga chiqdim.

Rostini aytsam, chiqmasam ham bo‘lardi.

Uyda qolish osonroq edi.
Dam olish osonroq edi.

Lekin chiqdim.

Va yana bir narsani tushundim:

Tog‘ — bu hayotning o‘zi.

Siz tog‘ga chiqmasangiz ham yashaysiz.

Xuddi shunday:

— katta maqsadsiz ham yashaysiz
— risk qilmasdan ham yashaysiz
— o‘rtacha hayot bilan ham kunimiz o'tadi

Hech kim sizni majbur qilmaydi.

Lekin savol boshqa:

Shunaqa yashash sizga yetadimi?

Tog‘ga chiqish oson emas.

— tayyorgarlik kerak
— reja kerak
— jamoa kerak
— sabr kerak

Ba’zida to‘xtamoqchi bo‘lasiz.
Ba’zida o‘zingizdan so‘raysiz:

“Nima keragi bor edi?”

Lekin yuqoriga chiqqaningizda…

Hamma narsa o‘zgaradi.

— manzara boshqacha
— fikr boshqacha
— o‘zingiz boshqacha

Va eng muhimi:

ichingizda bir gap paydo bo‘ladi —
“Men qilaoldim.”

Ko‘pchilik chiqmaydi.

Chunki:

— qiyin
— qo‘rqinch bor
— kuch kerak

Lekin haqiqat oddiy:

Pastda qolganlar — pastdagi hayotni ko‘radi.
Chiqqanlar esa — butun manzarani.

Mallory tog‘ga chiqib, qaytib kelmadi.

Lekin u bitta narsani isbotlab ketdi:

Hayot — xavfsiz o‘tirish uchun emas.

Men hammaga “tog‘ga chiq” demayman.

Lekin agar siz:

— o‘zingizni his qilmoqchi bo‘lsangiz
— ichingizdagi ovozni eshitmoqchi bo‘lsangiz
— yangi energiya xohlasangiz

👉 chiqing.

Bu tog‘ bo‘lishi shart emas.

Lekin bu siz uchun qiyin bo‘lishi kerak.

Yoki boshqa yo‘l ham bor:

Uyda qoling.
Osonini tanlang.
Va hayot qanday o‘tsa, shunday o‘tsin.

Tanlov sizniki.
Oson hayot, qiyin hayot qaysini tanlaysiz?

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥11❤3
YAPON TILIDAN TOPGAN BIRINCHI PULIM…

Men bolaligimdan oilada pulni tejashni yaxshi biladigan bola bo‘lganman. Maktabda tushlik uchun berilgan pulni ishlatmasdan, uyga tezroq qaytib, ovqatlanib, qolganini yig‘ardim. Onam hayron bo‘lib: “Bu pulni qayerdan yig‘ding?” deb so‘rardilar.

Lekin haqiqiy o‘zgarish kollejga kirganimda boshlandi. Yapon tiliga jiddiy kirishdim. Maqsadim aniq edi: Eng tez o‘rganish! 🚀

Har kuni darsdan keyin Registon maydoniga borardim. Yaponiyalik turistlarni kutib, ular bilan gaplashib, Yapon tilini mashq qilardim. Bir kuni Sanae-san ismli ayol bilan tanishib qoldim.

Ertasi kuni u kutilmagan taklifni berdi:
— “Samarqandni menga ko‘rsatib bera olasanmi?”
Men esa imkoniyatni qo‘ldan boy bermadim:
— “Sizga bepul ko‘rsataman. Siz esa menga professional gid bo‘lish haqida maslahat bering.”

Ochig‘ini aytsam, hali tayyor emasdim, qanday tushuntirishni ham to‘liq bilmasdim. Lekin bu IMKONIYAT edi.

📍 O‘sha kun tartibi:
Registon maydoni
Siyob bozori keyin yonida palov
Ulug‘bek rasadxonasi
Afrosiyob muzeyi

Kechqurun xayrlashayotganimizda, menga maslahatlar berdi-yu, qo'limga bir konvert tutqazdi. Biz tekinga kelishganimizni aytsamda, qo'ymasdan ol dedi.

Sanae mehmonxona tomon ketgandan keyin, ichini ochsam… 2 ta 20 dollarlik. Jami 40 dollar!

2007-yil uchun bu ko‘pchilikning yarim oylik maoshi edi. Boshqalar 15 kun ishlab tobadigan summani men, bir necha soatlar, shahar aylanib topib qo'ydim.
O‘sha joyning o‘zida xursandchilikdan "uchib ketdim". Bu oddiy 40 dollar emas, bu — oilamning menga qilgan sarmoyasining birinchi mevasi edi. Kechqurun uyga qaytdim va oila davrasida Yapon tilidan kelgan birinchi daromadni nishonladik.

O‘sha kuni bitta narsani tushundim:

Ta’limga qilingan investitsiya — albatta qaytadi. Va albatta bir necha barobar bo‘lib qaytadi.

Sanae-san bilan aloqamiz yillar davomida uzilmadi. U menga Yaponiyadan kitoblar, lug‘atlar yubordi. Yapon tili menga nafaqat birinchi yaxshi daromadni, balki yangi insonlar va kelajak yo‘lini berdi.

Xulosa:
Yangi ish boshlaganingizda natija darrov kelmaydi. Lekin chin dildan harakat qilsangiz, bir kuni "birinchi signal" keladi. O‘sha paytda o‘zingizga bo‘lgan ishonch oshadi va natijalar tezlashadi. Muhimi signalni o'tkazib yubormaslik.

Siz-chi? O‘z bilimingiz orqasidan topgan birinchi daromadingizni eslaysizmi?

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2😁1
Forwarded from Migratsiya agentligi
🇯🇵Япониянинг йирик транспорт компанияси ўзбекистонлик автобус ҳайдовчиларига қизиқиш билдирмоқда!

🚍 Willer Express — Япония туристик ва йўловчи транспорт бозоридаги энг илғор автобус оператори.
Компания мамлакатнинг шимолидан жанубигача бўлган кенг ҳудудни қамраб олган.

🤝 Япониянинг халқаро кадрларни тайёрлаш ва ишга жойлаштириш соҳасида етакчи компанияларидан бири “Onodera User Run” ушбу ташкилотни Ўзбекистон бозорига олиб кирмоқда.


📄 Миграция агентлиги раҳбари Беҳзод Мусаев, "Willer Express" раҳбари Hirayama Koji ва “Onodera User Run” компанияси вакили Kato Jun ўртасида имзоланган уч томонлама келишувга кўра:

🚍 Ўзбекистонда "Willer Express" учун автобус ҳайдовчиларини тайёрлаш ва Кун чиқар мамлакатда юқори даромадли иш ўринларига жойлаштириш йўлга қўйилади.

🏗 Тошкент шаҳрида замонавий ўқув полигони барпо этилади.

🚏Амалиёт жараёнлари учун Япониядан ўнг бошқарувли автобуслар олиб келинади.

📢 Хабарни тарқатинг!
👉 @uzmigration
👍4❤1
Career Development nima?

Bugun ko‘p ishlatiladigan bir so‘z bor:

Career (karera)

Lekin rostini aytsam,
bu tushuncha hali ham O‘zbekistonda to‘liq shakllanmagan.

Ko‘pchilik uchun bu shunchaki:

— ish topish
— oylik olish
— ishlash

bilan cheklanadi.

Aslida esa Career — bu ancha keng tushuncha.

Bu:

insonning butun hayoti davomida o‘sish yo‘li

— qanday bilim olasiz
— qaysi sohada ishlaysiz
— qanday tajriba yig‘asiz
— qayerga qarab ketayapsiz
— qanday inson bo‘lib shakllanyapsiz

bularning hammasi — sizning karerangiz.

Endi Career Development nima?

Bu:

o‘z karerangizni ongli ravishda rivojlantirish

ya’ni tasodif bilan emas,
reja bilan, bosqichma-bosqich qurish.

Bu yerda men o‘z tajribamdan bitta misol keltirmoqchiman.

Men Yaponiyaga ketishimdan oldin
o‘zimga aniq qaror qo‘ygan edim:
10 yil ichida:
— Yaponiyada yapon tilini o‘rganaman
— universitetni tugataman
— global darajadagi karera quraman
— va oxirida Vatanga qaytib olgan tajribalarimni ishlataman

2 yil MBA da o'qiganim uchun 14 yil Yaponiyada qoldim

Bu qarorlar o‘sha paytda oddiy gap emas edi.

Lekin aynan shu aniqlik menga yo‘nalish berdi.

Natijada oldimdan doimo O‘zbekistonga aloqali imkoniyatlar chiqdi:

— O'zbekistonni yaxshi ko'radigan Yaponlar bilan tanishuvlar
— Career haqidagi ma’lumotlar
— Xalqaro imkoniyatlar

Hatto ish faoliyatimda ham
O‘zbekiston va Xalqaro savdoga aloqali yo‘nalishda ishlash imkoniyati paydo bo‘ldi.

Bu tasodif emas deb o'ylayman.

Bu — oldindan qo‘yilgan yo‘l / maqsad natijasi.

Ko‘pchilikda qanday?

— maktab tugatadi
— universitetga kiradi
— ish topadi
— qandaydir imkoniyatni kutadi

Lekin o‘zidan so‘ramaydi:

Men qayerga ketayapman?
Maqsadim nima edi?

Career Development aynan shu savoldan boshlanadi.

O'z Career yo'lni topishni 3 ta muhim bosqichi bor:

1. O‘zini tushunish

— men nimaga qiziqaman?
— nimada kuchliman?
— qanday hayot xohlayman?

2. Reja qilish

— 1 yil keyin qayerdaman?
— 3 yil keyin-chi?
— 5 yoki 10 yildan keyin?

Reja bo‘lmasa, yo‘nalish bo‘lmaydi.

3. Harakat qilish

— o‘rganish
— yangi skill/ko'nikma olish
— xatolardan qo‘rqmaslik

Harakat bo‘lmasa, imkon bo‘lmaydi.

Maqsad “barqaror joy/ yaxshi oylikli ish” topish emas
Maqsad — o'z karyera yo'lini (Career path) topish.

Ya'ni: Siz yaxshi ko'rgan, siz qo'lingizdan keladigan, jamiyatda kerak bo'lgan yo'lni topish.

Men buni oddiy qilib aytaman:

Agar siz o‘z karerangizni rejalamasangiz,
boshqalar siz uchun yo‘l tanlaydi va boshqalar tanlagan yo'lda yurishingiz kerak bo'ladi.

Oxirida bitta savol:

Siz hozir shunchaki ishlayapsiz / o‘qiyapsizmi?

yoki

o‘z career yo‘lingizni ongli ravishda qurayapsizmi?

Career Development — bu katta gap emas.

Bu har kuni qilinadigan kichik qarorlar:

— bugun nima o‘rgandingiz
— kim bilan gaplashdingiz
— qaysi yo‘lni tanladingiz
— va qaysi maqsad uchun?

Shu kichik qarorlar sizning kelajagingizni quradi.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤1
できる人も はじめはできなかった」
Zo'r odam ham boshida zo'r emas edi.

Hammasi harakat, mehnat, izlanish, sekin-sekin, bosqichma-bosqich bo'ladi.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤3
Chat GPT ❌
GEMINI ❌

CLAUDE ⭕️

Bu boshqa dunyo.
https://claude.ai/login


https://claude.ai/signup

Oyiga 20$ ozroq qimmat ekan lekin, arziydi deb o'ylayman!

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌3
Bugun Claude menga juda katta yordam qildi.
Notebookimda anchadan beri saralanmagan fayllar bor edi. 2 yillik fayllarni saralab berdi. Natijada xotirada 54GB bosh joy ochib berdi.

Kimga tarjimasini iltimos qilishni bilmay turgan hujjatlar bor edi, shularni ham o'zi tarjima qilib, o'zi word faylga joylab qo'yibdi. Bu ketishda
Ertaga meni o'rnimga ishga borib ishlab kel

deb aytib qo'ymasam bo'ldi 😂

Aytgancha ishlarni ko'p buyurganimdan 20$ likdagi limit tugab qolibdi. Oyiga 100$ olish kerak bo'lishi mumkin bu ketishda.
Agar o'zimni soatiga keling mayli 80$ topadi deb tasavvur qilsak, bir oy uchun 100$ juda qimmat degani emas.

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁11👍5