Jurabek Vision💡
195 subscribers
164 photos
32 videos
1 file
111 links
🇯🇵 15 yil Yaponiyada | endi Vatanda 🌏 Global Business | Karyera bo’yicha maslahatlar berib boraman.
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Бир неча йиллардан буён мунтазам равишда “Япон университетлари битирувчилари клуби” учрашуви ўтказилади.

@yangidavr_rasmiy
👍7🔥1💯1
Eng muhim davr: 9–15 yosh — “critical period”

Kitob do‘konlarida “Uchdan keyin kech” degan mazmundagi kitoblar juda ko‘p sotiladi.
Lekin men hozir o‘qiyotgan, 1989-yilda yozilgan “Ijtimoiy psixologiya” (社会心理学) kitobida insonning o‘zligi (identity) shakllanadigan eng muhim yosh 9–15 yosh oralig‘i ekanligi aytiladi.
Aynan shu davr critical period hisoblanadi.

Ichki madaniyat qaysi yoshda rivojlanadi?

O‘rdak — tug‘ilgandan keyin 5–24 soat ichida

Mushuk — tug‘ilgandan 2–3 hafta va 17–18 haftalar oralig‘ida

Inson — 9–15 yosh oralig‘ida


Yosh va madaniyat o‘zlashtirish

9–11 yosh oralig‘ida chet elda o‘sgan bola chet el madaniyati bilan o‘zining asl madaniyati orasida qolib ketadi.
Qaysi madaniyatga tegishli ekanini aniqlash qiyin kechadi.
Bu yoshda bola boshqa madaniyatni nisbatan muammosiz qabul qiladi, lekin farqlarni tushuntirib bera olmaydi.

11–14 yosh oralig‘ida chet el madaniyatini qabul qiladi, ammo o‘zining asl madaniyatini tezda unutib yubormaydi.
O‘zligini yo‘qotishi uchun uzoq vaqt talab etiladi.

14–15 yoshda chet elga chiqqan bolada o‘z madaniyati allaqachon shakllangan bo‘ladi.
U boshqa madaniyatni tezda qabul qila olmaydi, lekin majbur bo‘lsa moslasha oladi.
Bunday holatda ham u o‘zligini saqlab qoladi va ikki madaniyatlilik (bicultural) rivojlanadi.

Til va madaniyat masalasi

Chet tilini o‘rganish uchun odatda 3–4 yil vaqt ketadi.
Lekin chet til bilan birga chet madaniyat, muloqot uslubi va insoniy munosabatlarni to‘liq o‘rganish uchun kamida 6 yil kerak bo‘ladi.

Shu sababli chet elda 2–3 yil yashagan kishidan juda katta natija kutish — erta.

Xulosa

9–15 yosh — bu insonning muloqoti, ichki madaniyati va o‘zligi shakllanadigan eng muhim davr.
Ya’ni bu davr — critical period.

Nima demoqchiman?

Mening holatimda 9–15 yoshlar O‘zbekistonda, ota-onam bag‘rida o‘tgan.
15 yoshdan yapon tilini o‘rgana boshlaganim sababli yaponlarning dunyoqarashi va madaniyatini qabul qilishim oson bo‘ldi, lekin o‘z o‘zligimni saqlab qola oldim, deb o‘ylayman.

Bu maqolani o‘qiyotgan siz hozir 15–20 yosh atrofida bo‘lishingiz mumkin.
Yoki aksincha, farzandlaringiz ayni paytda 9–15 yosh oralig‘ida bo‘lishi mumkin.

Yaponiyada yashayotgan ko‘plab akalarimiz:
“Farzandim maktabga chiqguncha, ya’ni 6 yoshgacha O‘zbekistonga qaytaman” deyishadi.

Ammo bugun bildikki, o‘zlik va ichki madaniyat aynan 9–15 yosh oralig‘ida rivojlanadi.
Shuning uchun qaror qabul qilayotganda yosh va ichki madaniyat rivojlanishi o‘rtasidagi parallellikni inobatga olish juda muhim.

Hammaga omad!

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
Hammaga Salom!
Biz “Nukus” deb o’rgangan. Lekin aslida “No’kis” ekanligini bilarmidingiz?
❤6🤷3👍1
Katta tarixiy xato tufayli ushbu mintaqa ko’p azoblar ko’rishga majbur bo’ldi.

O’tgan ishdan kuyunishdan, birovni ayblashdan foyda yo’q.

Kuchni bir yerga berib, bir tan-u bir jon bo’lib harakat qilsak albatta yanada yaxshiroq natijaga erishamiz.

Men, ushbu zaminda katta salohiyat ko’raman. Hali biz, qardosh-og’ainilarimiz bilan birgalikda katta ishlar qilamiz!
❤6👍3
Havo -3 daraja juda sovuq.
Lekin meni ichimni bugun uchrashgan inson juda qizdirib yubordi.

Tanishing Botir aka Mirzakulov, Jizzax viloyat Mirzacho’l tuman hokimi.
Botir aka o’z karyeralarini, guruch zavodida yuk tashuvchilikdan boshlaganlar.
Undan keyin Kolxozda qehqonchilik, Fermer, hokimiyatda qishloq xo’jalik bo’yicha hokim o’rinbosari, Sirdaryo viloyatining 4 ta tumanida hokim, ayni damdagi Mirzacho’l tumani hokimlik qilayotgan 5-tuman bo’ladi.

Masalaning eng qiziq joyi shundaki, Botir aka universitetda o’qimaganlar.

Harakat, mehnat bo’lsa universitetda o’qish shart emas

deydilar. O’zimga yaxshigina matvatsa oldim!
👍9❤1🔥1🤬1
Senbetsu pulini nima uchun ishlatganim yaxshi?

Yaponiyaga borganimga ham ancha vaqt bo‘lib qolgandi. Bo‘sh vaqtlarimda ishxonadagi qog‘ozlarni qayta ishlash bo‘limida ishlayotgan ikki xodimga yordam berishni xohladim. Jamoaning vazifasi qog‘ozlarni kesishda chiqadigan chiqindilar va kartonlarni rangi, qog‘oz qalinligi, karton va boshqa turlariga qarab alohida-alohida ajratish edi.

Bu men uchun yapon qog‘oz biznesini ichidan o‘rganish uchun ham juda yaxshi imkoniyat bo‘ldi.

Bir kuni kechqurun boshliq meni o‘z xonasiga chaqirdi. U Yaponiyadagi hayotim, Sendai shahrida kunlarim qanday o‘tayotgani haqida anchagina so‘radi. Suhbatimiz oxirida boshliq qo‘limga oq konvert tutqazdi.

“Bu nima?” deb so‘radim.

“Buni yapon tilida Senbetsu (餞別) deydi. Oxirgi paytlarda qarasam, sen kompaniyamiz haqida juda yaxshi o‘rganayapsan. Yaxshi savollar berayotganingni, chin dildan qiziqayotganingni eshitdim. Shuning uchun buni senga berishga qaror qildim,” dedi.

U Senbetsu — tanish odam biror joyga ketayotganida minnatdorchilik va qo‘llab-quvvatlash sifatida beriladigan pul ekanini tushuntirib berdi.

Konvertni ochib qaradim. Ichida 30 000 yena bor edi. 2009-yilgi kurs bo‘yicha hisoblaganda bu taxminan 400 dollarga yaqin edi. Juda hayron bo‘ldim.

“Bu katta pul ekan. Sizningcha, bu pulni nimaga ishlatsam yaxshi bo‘ladi?”

deb so‘radim.

Boshliq jilmayib dedi:
“Men sening yoshingda bo‘lganimda otamdan juda yaxshi maslahat olganman. Otam har doim: ‘Avvalo o‘zingga investitsiya qil. Sog‘lig‘ingga, bilimingga sarfla,’ der edi. Yaponiyaga kelganingga ham ikki oydan oshdi. Sen hozircha faqat Miyagi va Yamagata prefekturalarida bo‘lding. Yaponiyaning siyosiy, iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lgan Tokyoni ko‘rishingni xohlardim. O‘ylaymanki, Tokyoda seni xursand qiladigan ko‘p narsalarni ko‘rasan.”


Ertasi kuni Sendai markaziy vokzalidan yakobasu — kechki avtobusga chipta oldik va men hayajon ichida Tokyoga yo‘l oldim.

Tokyoga yetib kelishim va dunyodagi eng katta, eng gavjum shaharlardan birini ko‘rish meni juda to‘lqinlantirdi. O‘ylaymanki, har bir vatandoshimiz Tokyoga birinchi marta kelganda shunday hissiyotlarni boshdan kechiradi.

Aynan shu safar keyinchalik Yaponiyaga talaba sifatida qaytishimga qaror qilishimda katta turtki bo‘ldi. Boshliqdan olgan 30 000 yena mening kelajagim uchun sarflandi.

Shu kundan boshlab bitta muhim narsani tushundim: inson o‘ziga investitsiya qilish masalasida hech qachon ikkilanmasligi kerak.

Ushbu maqolani o‘qiyotgan siz ham jamg‘armangizni yoki ishlab topgan pulingizni nimaga sarflash haqida jiddiy savollarga duch kelayotgandirsiz. Pulni o‘z kelajagingiz uchun ishlatish — bu eng to‘g‘ri va eng kuchli investitsiyadir.
🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13❤6👏6🔥2
2026-yil siz uchun “Connecting The Dots”ni topadigan yil bo’lishini tilayman.

Mana bugun yangi yil kirib kelmoqda. 2025-yil, siz uchun qanday kechdi? Balki, ba’zi rejalaringizga erishdingiz, bazilariga esa yo’q.

Aslida, yil o’zgarsada, asr o’zgarsada har kuni bir xil, yer quyosh atrofida aylanishda davom etaveradi. Lekin, yil yakuni biz uchun, eski yilni sarhisob qiladigan va yangi rejalar qo’yish imkoniyatini beradi.

Steve Jobsning mashhur “Connecting The Dots” degan so’zi bor.
Ma’nosi, ba’zi voqea, hodisalarni ma’lum bir vaqt o’tgandan keyin bir-biriga juda bog’liq ekanligi, sizni bugungi kuningiz aslida yillar davomida sodir bo’lgan hodisalarning natijasi ekanligini mana shu so’zlar bilan ta’riflash mumkin.

Sizning hayotingizda mana shu so’zlarni his qilgan vaziyatlar bo’lganmi? Menda esa 2025-yil oxirida yana bir marta his qildim.

2024-yildan beri Yaponiyadan qaytib Migratsiya sohasida ish olib boryapman. Buni qarangki, 2022, 2023, 2025 yillar, aynan O’zbekistonning Migratsiya Agentligidan tashakkurnoma olish imkoniyatiga ega bo’ldim. 2022-2023 yillar men NEC Corporationda ishlar edim va to’g’ridan to’g’ri bu sohaga aloqam yo’q edi. Lekin ichimda chet eldagi vatandoshlarimizni og’rini yengil qilish niyyatim mana shunday natijalarni olib keldi deb o’ylayman.

Connecting The Dots, mening bu hayotdagi vazifam aslida nima ekanligini kimdur xuddi pishirlab aytib turgandek.

Sizda ham shunday Connecting The Dots vaziyatlari bo’lganmi?
Agar hali bo’lmagan bo’lsa, kelayotgan 2026-yil barchangizga o’zingizni topish uchun turtki bo’ladigan yil bo’lishini xohlayman.

2026-yilda ham birgalikda yangi marralarni zabt etish nasib etsin!
❤4👍2🔥1
2026-yil siz uchun “Connecting The Dots”ni topadigan yil bo’lishini tilayman.

Mana yangi yil ham kirib keldi. 2025-yil, siz uchun qanday kechdi? Balki, ba’zi rejalaringizga erishdingiz, bazilariga esa yo’q.

Aslida, yil o’zgarsada, asr o’zgarsada har kuni bir xil, yer quyosh atrofida aylanishda davom etaveradi. Lekin, yangi yil biz uchun, eski yilni sarhisob qiladigan va yangi rejalar qo’yish imkoniyatini beradi.

Steve Jobsning mashhur “Connecting The Dots” degan so’zi bor.
Ma’nosi, ba’zi voqea, hodisalarni ma’lum bir vaqt o’tgandan keyin bir-biriga juda bog’liq ekanligi, sizni bugungi kuningiz aslida yillar davomida sodir bo’lgan hodisalarning natijasi ekanligini mana shu so’zlar bilan ta’riflash mumkin.

Sizning hayotingizda mana shu so’zlarni his qilgan vaziyatlar bo’lganmi? Menda esa 2025-yil oxirida yana bir marta his qildim.

2024-yildan beri Yaponiyadan qaytib Migratsiya sohasida ish olib boryapman. Buni qarangki, 2022, 2023, 2025 yillar, aynan O’zbekistonning Migratsiya Agentligidan tashakkurnoma olish imkoniyatiga ega bo’ldim. 2022-2023 yillar men NEC Corporationda ishlar edim va to’g’ridan to’g’ri bu sohaga aloqam yo’q edi. Lekin ichimda chet eldagi vatandoshlarimizni og’irini yengil qilish niyyatim mana shunday natijalarni olib keldi deb o’ylayman.

Connecting The Dots, mening bu hayotdagi vazifam aslida nima ekanligini kimdur xuddi pichirlab aytib turgandek.

Sizda ham shunday Connecting The Dots vaziyatlari bo’lganmi?
Agar hali bo’lmagan bo’lsa, kelayotgan 2026-yil barchangizga o’zingizni topish uchun turtki bo’ladigan yil bo’lishini xohlayman.

2026-yilda ham birgalikda yangi marralarni zabt etish nasib etsin!

🚀Telegram📷 Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏3🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Og Mandino-ning The Greatest Secret in the world - Dunyoning eng katta siri, Величайший секрет в мире kitobidan parcha. 2026-yilda siz belgilagan maqsad, rejalarga erishish uchun sizga juda yaxshi odatlar kerak bo’ladi. Odatlarni mashaqqat bilan ko’paytib borish mumkin.
👍10🔥1
Savol: Ko’zingiz birinchi shu rasmning qaysi qismiga tushdi?

1) Qora rangli aylana qismigami?
2) Yuqoridagi ochib qismigami?




Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda 2) Yuqoridagi ochiq qismiga ko’zi tushgan kishi, kishilarni nuqsoni, xatolarini tez payqaydigan xususiyatga ega bo’lib, o’qituvchi, doktor, kasbiga mos kishilar bo’lishi mumkin deb tushuntirishdi. Sizga shu ta’rif to’g’ri keladimi?

Qora qismiga ko’zi tushgan kishi esa, Odamlarni qo’llab quvvatlaydigan, muloyim xarajterli kishilarga mos kelishi tushuntirildi.
❤4🔥4👍2
Yaponiyada yig'ilgan pul nimaga yetishini bilmadim-u, lekin Yaponiyada olingan tajribani hech qayerda olishni imkoni yo'qligi yana bir marta bir ovozdan ta'kidlandi!
👍2