Muhammadjon Rahmatullayev
3.05K subscribers
4.79K photos
704 videos
15 files
990 links
- Qarzlardan qisqa muddatda xalos bo’lishingizga yordam beraman
- Pulning eng muhim bilimlarini o’rgatib, moliyaviy erkin insonga aylanishingizga yordam beraman
- Kuchli tomoningizni aniqlashga yordam beraman
Download Telegram
😅 #foydali_post

NEGATIV ODATLARDAN QUTILISH UCHUN MASHQLAR

Vazifani bajarishdan oldin, qaysi yomon xislatlaringizdan qutulishni xohlashingizni aniq qilib yozib olishingiz juda muxim.(chekish, yolgʻon soʻzlash, koʻp pul ishlatish)

📝 Endi oq qogʻoz va ruchka oling va qogʻozga shu xislatlardan qutilsangiz qanday yengillik va afzalliklarga ega boʻlishingizni aniq yozib chiqing,

masalan:
✅qancha pul tejaysiz
✅qanchalik yoqimliroq va sogʻlom boʻlasiz
✅boshqalar bilan muloqot qanchalik yengillashadi
✅qancha yangi imkoniyatlar ochiladi

Yozayotganda doimo aniq va toʻgʻri yozishga xarakat qiling.

📌Har safar yomon xislatlaringizga qaytmoqchi boʻlganingizda odatiy ish qilmoqchiligingizda ishonch bilan, aniq va baland ovozda oʻzingizga ayting:

🍀“Men ozodman. Orzuyim sari yoʻl ochiq. Men xotirjamman. Mening xayotim va taqdirim oʻz qoʻlimda!”

Agar sizni yomon xislatlarga yanada kuchliroq tortayotgan boʻlsa, unda barcha narsadan maʼlum bir tanaffus qiling va oʻzingizga ayting, misol uchun:

📌“Menda chekishga xohish paydo boʻlmoqda, chunki bu odatga aylanib, oʻrganib qolganman”

Oʻzingizni urushmang - siz uzoq yoʻlga tushgansiz, lekin qadamma-qadam uni bosib oʻtasiz.

☝🏻 Tezkor natija - doim xam yaxshi natija emas. Oʻzingizni qaroringizda qatʼiy boʻling va muvaffaqiyat oʻzini koʻp kuttirmaydi.

✅ Oʻzingiz xaqingizda koʻproq pozitiv oʻylashni boshlang. Negativ odatlarni pozitiv odatlar bilan birgalikda yenging.

🔥 Post foydali bo’lgan bo’lsa reaksiyalar yuboring!
🔥176👍96❤‍🔥10🕊10🥰9❤5💯5⚡2😁2