Muhrim / Муҳрим
13.9K subscribers
929 photos
403 videos
2 files
2.2K links
Gap bormi? Marhamat — @muhrimchatbot

Tijoriy takliflar uchun @muhrim_reklama_bot ga murojaat qiling.
Download Telegram
Kartoshka qimmatlashsa, odamlar odatda dehqonni ayblaydi. Dehqon esa ob-havoni.

Aslida kartoshka narxining bir uchi traktorga, traktorning bir uchi zavodga, zavodning bir uchi esa davlat siyosatiga borib taqaladi.

Masalan, bugun davlat fermerning traktor xaridiga millionlab so‘m subsidiya berishga tayyor. Lekin gap traktorda emas, hosil tannarxida:

Agar dehqon qimmat texnikada ishlasa, qimmat kredit olsa yoki eskirgan texnika sabab ko‘proq yoqilg‘i sarflasa, bu xarajatlar oxir-oqibat bozordagi kartoshka, piyoz va sabzi narxiga qo‘shilib boradi. Rastadagi narx aslida dalada boshlangan xarajatlarning davomidir.

Shuning uchun ham ko‘plab mamlakatlar hosilning o‘zini emas, uni yetishtirish xarajatlarini arzonlashtirishga harakat qilyapti. O‘zbekiston ham aynan shu yo‘ldan bormoqda.

Bu siyosatning izlarini esa ko‘pchilik allaqachon tarixga aylangan deb o‘ylaydigan TTZda ham ko‘rish mumkin. Tarixi Ikkinchi jahon urushi yillariga borib taqaladigan Toshkent traktor zavodi bugun AgroTech Klaster nomi ostida Chirchiqda faoliyat yuritadi.

Fermerlar uchun eng muhim jihati esa shundaki, mahalliy ishlab chiqarilgan ayrim texnikalarni xarid qilganlarga 15 foizgacha subsidiya beriladi. QQS qaytarilishi bilan birga hisoblaganda, imtiyozlar miqdori qariyb 27 foizga yetadi. Imtiyoz bilan, masalan, 300 million so‘mlik texnika ayrim hollarda 219 million so‘mgacha tushishi mumkin.

Texnikani birdaniga sotib olish imkoniyati bo‘lmasa, Agrozamin.uz platformasi orqali uni uzoq muddatli imtiyozli kredit asosida xarid qilish ham mumkin.
“Dacha” filmini ko‘rgan Jamshidxon Ziyoxonov Instagramda: “Vaqtimga achindim”, deb yozibdi. Oxirgi bir haftada ijtimoiy tarmoqlarda bu film haqida shu kabi past baholarni ko‘p ko‘rdim. E’tiborlisi, bu baholarning bir qismi ssenariy, tasvirga olish va kinematografiyani yaxshi tushunadigan, sohadan uncha-muncha xabardor odamlar tomonidan yozilgan. Ular buyurtmaga maqtov yoki tanqid yozadiganlar emas. Va menimcha, eng to‘g‘ri baho ham shu.

Aslida, har qanday san’at asariga (yoki o‘zini shunday da’vo qiladigan mahsulotga) qandaydir vazirliklar, qo‘mitalar yoki badiiy kengashlar emas, balki jamoatchilik — xoh u soha eksperti bo‘lsin, xoh oddiy tomoshabin va iste’molchi — baho berishi kerak. Ana shu baho eng ishonchli, xolis va samimiydir. Turli dunyoqarashdagi beshta tanishing bir film haqida bir-biridan bexabar holda deyarli bir xil fikr bildirayotgan bo‘lsa — eng yaxshi filtr shu emasmi?

Shunday ekan, “jamoatchilik asosidagi kengash” bo‘ladimi yoki vazirlik darajasidagi ishchi guruhmi, farqi yo‘q — har qanday rasmiy senzura tuzilmasi aksilsamaralidir.

Masalan, men o‘zim shu “Dacha”ni “Lolazor” podkastida, o‘zim ko‘rmagan bo‘lsam-da, xuddi maqtagandek gapirdim. Chunki o‘sha vaqtda u qaysidir badiiy kengash qarori bilan taqiqqa tushgandi. Bizda davlat tashkilotlari huzuridagi bunday tuzilmalarning o‘ziga, ayniqsa kompetensiyasiga ishonch juda past. Shuning uchun biror nima taqiqlansa, birinchi gumon “Demak, qandaydir yaxshi va haqqoniy narsani taqiqlashibdi” degan ruhda bo‘ladi.

Mening ko‘plab tanishlarim ham aynan shunday umid bilan “Dacha”ni ko‘rgan bo‘lsa kerak va deyarli barining hafsalasi pir bo‘lgan. Ya’ni, badiiy kengashning “Dacha”ni omma ko‘rmasin” degan qarori filmga bo‘lgan qiziqishni sun’iy ravishda kuchaytirib yuborgan. Bu tabiiy holat: O‘zbekistonda ham, umuman dunyoda ham rasman yoki norasman nima “zapret”ga tushsa, o‘shani ko‘rishga, eshitishga hamma talpinadi.

Shunday ekan, har qanday taqiqlovchi organlarni tugatish kerak. Nimani ko‘rish, eshitish yoki o‘qishni esa jamoatchilikning o‘ziga qo‘yib beraylik. Odamlar nima yaxshi-yu, nima yomonligini o‘zi oson ajratib ololadi.

PS. “Yoqmadi”, “vaqtimga achindim”, “badiiy kengashlar aksilsamarali” kabi postlar orqali ham film targ‘iboti davom etyapti. Menimcha, hammasiga boshidagi bitta taqiq sababchi :)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi murosasiz kurashish va jamiyatni ushbu tahdiddan himoya qilishga qaratilgan qonunni imzoladi.

Yangi qonunda narkotiklarni tarqatishning zamonaviy usullarini jilovlash ko‘zda tutilgan, bunday jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilgan va voyaga yetmaganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratilgan.

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, “bu kurashda chetda tomoshabin bo‘lib turishga hech kimning haqqi yo‘q. Zero, juda ko‘p narsa o‘zimizga — ota-onalarga, maktab va mahallaga hamda yon-atrofidagi hodisalarga befarq bo‘lmagan har bir insonga bog‘liq”.

Ushbu masalani shaxsan Saida Mirziyoyevaning o‘z nazorati ostida ekan.

O‘zi bu masala avvaldan uning nazoratida edi, deyish mumkin — o‘tgan yili shu masalada katta yig‘ilish o‘tkazgandi, bu yil esa shu yo‘nalishdagi deyarli barcha katta tashkilotlarning rahbarlari bilan uchrashib chiqdi.
Uzum Market логистика тармоғини кенгайтириб, ҳудудлардаги тадбиркорларни қўллаб-қувватламоқда

Миллий маркетплейс Ўзбекистонда электрон тижорат инфратузилмасини ривожлантиришда давом этмоқда. Бугунги кунда бутун мамлакат бўйлаб компаниянинг ўзида ҳам, кичик ва ўрта бизнесда ҳам юз минглаб иш ўринлари яратилган, тадбиркорлар эса мамлакат бўйлаб 9 та шаҳарда ўз товарларини маркетплейсда сотиш учун топширишлари мумкин.

Uzum Market минтақадаги энг йирик логистика инфратузилмаларидан бирини қурди: энг замонавий омбор мажмуаларидан тортиб, 1800 дан ортиқ буюртмаларни топшириш пунктлари, ҳамда ўзининг курерлик хизматигача. Буларнинг барчаси тадбиркорларга ўз бизнесини ривожлантиришга ёрдам бериш ва ҳатто энг чекка аҳоли пунктлари аҳолисига 100 миллиондан ортиқ ноёб товар номларидан фойдаланиш имкониятини таъминлаш учун мўлжалланган.

"Кучли логистикасиз электрон тижоратни ривожлантириб бўлмайди. Биз иш ўринлари яратиш, тадбиркорларни қўллаб-қувватлаш ва замонавий хизматларни Ўзбекистоннинг барча ҳудудлари аҳолиси учун қулай қилиш мақсадида бутун мамлакат бўйлаб инфратузилмага сармоя киритишда давом этамиз", — деди Uzum Market операцион директори Данил Лебедев.


Батафсил | Реклама
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Агробанк спорт ҳақида эмас, инсонлар ҳақида фильм қилди

Агробанкнинг “Қаҳрамонлар” лойиҳаси доирасида тайёрланган янги ҳужжатли фильм эълон қилинибди.

Лойиҳанинг эътиборли жиҳати, у машҳур инсонларнинг муваффақиятини эмас, балки уларни шу даражага олиб келган ҳаёт йўлини кўрсатган. Бу сафар фильм миллий терма жамоа футболчиси Отабек Шукуров ҳақида экан. Лекин, Ўзбекистон терма жамоасининг эртанги тарихий ўйини арафасида яхши лойиҳа бўлибди.

Жаҳон чемпионати трансляциясининг бош ҳомийси сифатида Агробанк футбол мавзусига фақат реклама нуқтаи назаридан эмас, балки ижтимоий ва мотивацион ёндашув билан ҳам қараётгани сезилиб турибди.

Фильмни томоша қилиб, катта спорт ортида қандай ҳаёт мактаби турганини билиб олиш мумкин.

Видеога ҳавола
Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston so‘nggi besh yilda 123 milliard dollar sarmoya jalb etibdi. Zo‘r ko‘rsatkich va bunda xalqaro investitsiya forumlari, xususan, Toshkent investitsiya forumining ham o‘rni bor. Bu yilgi Toshkent investitsiya forumi dunyoning 100 ta mamlakatidan 4000 dan ziyod ishtirokchini o‘zida jamlabdi.

Saida Mirziyoyevaning yozishicha, “forum doirasida prezidentimiz O‘zbekiston iqtisodiyoti o‘sishini ta’minlaydigan oltita ustuvor yo‘nalishni belgilab berdilar. Bular qatorida kapital bozorini rivojlantirish, “yashil” iqtisodiyot, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda investorlarning huquqiy himoyasini yanada kuchaytirish masalalari bor”.

“Endigi asosiy vazifa — erishilgan barcha kelishuvlarni iqtisodiyot, biznes va jamiyat farovonligiga xizmat qiladigan real loyihalarga aylantirishdan iborat”, — deydi Saida Mirziyoyeva.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aqlli transport tizimi ma’lumotlar asosida rivojlanadi

Yandex Uzbekistan Toshkentdagi 300 dan ortiq svetoforlar haqidagi ma’lumotlarni o‘zining navigatsiya xizmatlariga qo‘shdi. Endi haydovchilar Yandex Maps va Navigator ilovalari orqali nafaqat svetoforning hozirgi rangini, balki signal qachon o‘zgarishini ham oldindan ko‘rishlari mumkin.

Bir qarashda bu oddiy yangilanishdek tuyulishi mumkin. Ammo aslida bu shahar transport tizimini raqamlashtirish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri. Bugungi kunda yirik shaharlarda harakatni yaxshilash uchun svetoforlar, kameralar, datchiklar va boshqa qurilmalardan olinayotgan ma’lumotlardan keng foydalanilmoqda.

Avval bunday ma’lumotlar asosan yo‘l harakatini boshqaruvchi tizimlar uchun xizmat qilgan bo‘lsa, endi ular haydovchilar uchun ham ochiq bo‘lmoqda. Bu esa yo‘ldagi vaziyatni yaxshiroq tushunish va harakatni oldindan rejalashtirish imkonini beradi.

Ayniqsa, svetoforlarda vaqt hisoblagichi bo‘lmagan chorrahalarda bu funksiya juda qo‘l keladi. Haydovchi yashil yoki qizil signal qachon almashishini bilib, tezlikni to‘g‘ri tanlashi, keskin tormoz berish yoki ortiqcha tezlashishning oldini olishi mumkin.

Kelajakda aqlli transport tizimlari ana shunday ma’lumotlar asosida yanada rivojlanadi. Shu sababli svetofor ma’lumotlarining navigatsiya xizmatlarida paydo bo‘lishi oddiy yangilik emas, balki shahar infratuzilmasini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir.
Forwarded from Bektosh Khatamov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Нималар бўлаяпти-а?

Бошидан тушунтириб бераман. Ҳозир Мексикада тонг отмади.
Хуллас ўғлим Исфандиёрнинг видеоси бутун дунёда тарқаб кетибди, барча машҳур нашрлар видео ҳақида ёзишди. Ҳозир меҳмонхонага телефон қилишиб мени уйғотишди, ФИФА расмийлари, BBC, CNN хуллас мен таниган ва танимаган барча учрашишмоқчи.

Америкадаги брендлар, спорт ва болалар компаниялари боғланишмоқда. Ўзи нима бўлаётганига ақлим шошиб қолди.

Нашрлар асосан Ўзбекистон ҳақида, ўғлимнинг футболга қизиқиши, Ўзбекистондаги футбол ҳаёти ҳақида сўрашмоқда. Қўлдан келганча жавоб бериб турибмиз. Мана бу карикатура фильм эса эронлик машҳур карикатурачи Hamid Saxari томонидан қилинибди.

Бир видео Ўзбекистонимизни бунчалик машҳур қилиб юборади деб ўйламаган эдим. Ўғлим эканлиги эса ота сифатида унинг учун ўзгача ғурур бермоқда. Ҳаммангизга раҳмат катта.

@bektoshkhatamov
3
Ўзбекистон хусусий мактаблари тарихида илк бор Sodiq School ўқувчиси Harvard университетига қабул қилинди

Бу натижа тасодиф эмас. Бунинг ортида ўқувчининг меҳнати, устозлар кўмаги ва тўғри йўлга қўйилган таълим тизими турибди.

Аммо ютуқлар фақат Harvard билан чекланмайди. Мактаб битирувчилари жами 18 та давлатдаги Toronto университети, Bowdoin College, NYU Qatar, NYU Shanghai каби 60 дан ортиқ дунёнинг нуфузли олийгоҳларига ўқишга кирган.

Агар фарзандингиз учун кучли билим, халқаро имкониятлар ва рағбатлантирувчи муҳит излаётган бўлсангиз, Sodiq School қабул жараёнида иштирок этиш учун яхши имконият.

📅 1 июль куни мактабга кириш имтиҳонлари бўлиб ўтади.

🌐 Рўйхатдан ўтиш: sodiqschool.uz
📞 Маълумот учун: 78 888 80 80

Реклама
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gap kim haqida ketayotganini bilmoqchi bo‘lsangiz, videoning to‘lig‘ini ko‘ring, mana: https://www.instagram.com/reel/DZ5IPQRNduW/?igsh=b3ZlemJhYm02Zmxy
Yaqinda Oliy sud rahbari o‘zgardi. Baxtiyor Islomov ishdan olindi (“boshqa ishga o‘tishi munosabati” bilan gap-so‘z, xat-hujjat hali chiqqani yo‘q, balki chiqmas, balki chiqar, bilmadim). Saida Mirziyoyeva kecha, 22-iyun kuni Robaxon Mahmudovani sudyalar hamjamiyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlariga Oliy sud raisi sifatida tanishtiribdi.

Saida Mirziyoyevaning bu voqea haqida yozganlariga qarab, bu nafaqat yangi rahbariyat uchun yo‘lko‘rsatkich, balki eski rahbariyat oqsagan nuqtalar bayoni, shekilli, degan xulosa ham chiqarish mumkindek. Masalan,

▪️jamiyatimizda qonunsizlik va korrupsiyaga aslo o‘rin qolmasligi shart;

▪️sudlarimiz Angliya huquqiga asoslangan sud tizimini shakllantirish kabi yangi tajribalarga ochiq bo‘lishi, dunyoning ilg‘or namunalarini o‘z faoliyatida dadil joriy qilishi juda muhimdir;

▪️tizim alohida shaxslarga bog‘lanib qolmasdan, kadrlar almashinuvidan qat'i nazar, soat mexanizmi kabi aniq va uzluksiz ishlashi kerak;

▪️har bir sudya sharafi va sha'nini yuksak darajada saqlagan holda egnidagi mantiyasiga munosib bo‘lishi lozim (haqiqatan ham, oxirgi yetti-sakkiz oyda sudyalarimiz bilan bog‘liq bir necha uyatli ishlar bo‘lgandi).

“Robaxon Anvarovnaga mustahkam iroda hamda doimo oqilona, halol va adolatli qarorlar qabul qilishida ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!”, – debdi Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqlarda qoldirgan xabarlarida.

Menimcha, matonat masalasida Robaxon Anvarovnaga shubha qilmasa ham bo‘ladi-yov: u 2026-yil yanvar oyida o‘g‘lidan ayrilgan, may oyida esa turmush o‘rtog‘i vafot etgan edi. Shunday og‘ir judoliklarga qaramay, u iyun oyida O‘zbekistondagi eng og‘ir va murakkab tizimlardan birining rahbarligini qabul qilib oldi. Matonat degani shu bo‘lsa kerak, balki.

UPD. Robaxon Mahmudovani Xadicha Sulaymonovadan keyin Oliy Sud raisligiga tayinlangan birinchi ayol deb yozgandim boya. Baloni yebman. Uzr.
Muhrim / Муҳрим
Yaqinda Oliy sud rahbari o‘zgardi. Baxtiyor Islomov ishdan olindi (“boshqa ishga o‘tishi munosabati” bilan gap-so‘z, xat-hujjat hali chiqqani yo‘q, balki chiqmas, balki chiqar, bilmadim). Saida Mirziyoyeva kecha, 22-iyun kuni Robaxon Mahmudovani sudyalar hamjamiyati…
Boya Robaxon Mahmudovani Xadicha Sulaymonovadan keyin Oliy sud raisligiga saylangan ikkinchi ayol deb yozgandim (hozir u joyi yo‘q, olib tashladim). Shoshildim-da – qidirishga qidirdim, lekin yaxshilab qidirmadim. Va, mana, baloni yedim.

Xadicha Sulaymonovadan keyin, sovet davrida, Halima Muhiddinova O‘zbekiston Oliy sudiga raislik qilgan ekan (ma’lumotlarga ko‘ra, 1972–1984-yillarda). Mustaqillik davrida esa Farruxa Muhiddinova (2003–2005-yillarda) O‘zbekiston Oliy sudi raisi bo‘lib ishlagan birinchi ayol bo‘lgan ekan (O‘zAda qanchadan-qancha materiallar chiqqan ekan bu haqda).

Shunday qilib, Robaxon Mahmudova to‘rtinchi ekan. Noto‘g‘ri ma’lumot berib qo‘yganim uchun uzr. Bir hafsala qilib, “Har balo”ga Oliy sudimiz raislari ro‘yxatini kiritib qo‘yishim kerak ekan o‘zi.

PS. Hozir internetni titkilasam, rusiyzabon segmentda, asosan ijtimoiy tarmoqlardagi pabliklarda “Robaxon Mahmudova – (mustaqil) O‘zbekiston tarixida Oliy sud rahbariga aylangan birinchi ayol” degan xabarlar rosa tarqalibdi.