Muhrim / Муҳрим
Lekin, umuman olganda, bizga o‘zi katta (ehtimol, radikal) bir til islohoti kerak baribir. Alifbomizni tugal hal qilishimiz kerak, tilimizni boyitish yo‘llarini tartibga solishimiz, zamon bilan hamnafas yangi o‘zbekcha so‘zlar yasash va ularni muomalaga kiritishni…
Men buni o‘qib, mazza qildim: https://t.me/psixolingvist/991
Telegram
Lingvist Iroda Azimova
Mana shuning uchun ham og‘zaki nutqda ham iloji boricha o‘zbekcha so‘zlarga o‘tish kerak. Ha, vaqtida bu so‘zlar nutqimizga kirdi va hozirgacha yashayapti.
Ammo maktabda, OAVda bu jihozlarning o‘zbekchasini faol qo‘llash bilan ommalashtirishga erishish mumkin.…
Ammo maktabda, OAVda bu jihozlarning o‘zbekchasini faol qo‘llash bilan ommalashtirishga erishish mumkin.…
Muhrim / Муҳрим
Men buni o‘qib, mazza qildim: https://t.me/psixolingvist/991
“Qizil O‘zbekiston” gazetasining 1930-yil 6-yanvar sonida chiqqan suratli bir xabar:
Istaling‘rad iliktir istansasining bosh binosi
Bu imorat 1931-nchi yil bahorida birinchi navbatda solinib bitishi lozim edi. Bosh korpusning yonidag‘i binolar katta sur’at bilan ishlanayotirlar. Iliktirni taqsim qilaturg‘an 3 qabatli bino hozir tomig‘acha bitib qoldi. Pilan mo‘ljallari ancha orqada qoldi.
SO‘RATDA: Istaling‘rad iliktir istansasining bosh binosi.

O‘zbek lotin alifbosiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun nega birdan qabul qilib yuborilgani haqida xayolimga bir konspirologik fikr kirib qolib, hech chiqib ketmayapti.
O‘zi bu jarayonda birinchi g‘ashimni keltirgan narsa — qonun imi-jimida, o‘ta bir shoshilinch qabul qilib yuborilgani bo‘ldi. Shuning uchun ham boshida men alifboga o‘zgartirish kiritilayotganidan emas, ko‘proq jarayon salkam yashirincha o‘tganidan norozi edim. Oddiy qilib aytganda, “nega men bilan maslahatlashmadinglar?!”, degan bir egoistik-narsisistik yondashuv (“sen kimsan o‘zi?” deydigan odam esa... ko‘p).
“Alifbo muhokamasi salkam 10 yildan beri davom etayotgandi, yana qanaqa muhokama kerak sanga?”, degan gaplar ham bo‘ldi. Endi, qanday tushuntirsam… Deylik, uyim oldida salkam 10 yildan beri pul naqdlashtiradigan bankomat turibdi. Deyarli foydalanmayman, birov foydalanayotganini ham ko‘rmayman. Ammo ertaga “naqd pul bankomatlari yo‘qotilarkan”, degan e’lon chiqsa, o‘sha bankomat oldidagi olomon ichida men ham bo‘lsam kerak (menga hozircha naqd pul kerak bo‘lmasa ham).
Alifbo muhokamasi ham shunday: “Bunisi oxirgi muhokama, keyin qonun qabul qilinadi, tamom”, degan e’lon bo‘lsa, hamma jiddiylashadi. Jim o‘tirganlar ham tilga kiradi, balki aynan ulardan biror asosli, mantiqli, tayinli taklif chiqib qolar. Bir-ikki yil avvalgi aynan shunday, “endi aniq o‘zgarish bo‘larkan”, degan umid bilan o‘tgan muhokamalarda “sh” va “ch” hozirgi holida, dumsiz qolaversin, degan mantiqli fikrlar chiqib qolgandi. Muhokama bo‘lsa, ehtimol, “ng” ham juvonmarg bo‘lmasdi, “x” va “h” ham murosaga keltirilardi va hokazo.
Lekin muhokama bo‘lmadi, “mening fikrimga hech kim qiziqmadi!”, qonun qabul qilib yuborildi. “Rossiyadagi moxovlar o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qolgan vaqtda otni qamchilashyapti-da”, degan fikr ham durust, lekin bu o‘zgarishni tezlashtirib yuborgan narsa tashqi omil emas, balki ichimizda shu o‘zgarishdan (moliyaviy) manfaatdor kuch paydo bo‘lgani bo‘lsa kerak; xayolimni band etgan konspirologiya ham shu aslida.
Bizda, bilasiz, “egasi”, “rahnamosi” bor sohalar gullaydi, ularning yo‘llari ochilib ketaveradi. “Egasiz” qolganlarning esa — sho‘riga sho‘rva! Bir misol — Toshkent atrofidagi issiqxonalar. Ular Surxondaryoga surgun qilinyapti, joyida qolganlariga katta soliqlar solinyapti. Hali yerini ham olib qo‘yishsa kerak — “poytaxt biqinidagi sotixi tilloga teng yerda issiqxona saqlashni kim qo‘yibdi bularga?”.
Nazarimda, alifbo bilan ham shunga o‘xshashroq holat bo‘lyapti. Muhokamasi kamida 10 yildan beri bo‘lgani bilan, shu vaqtgacha bu o‘zgarishdan manfaatdor qudratli kuch yo‘q edi. Ammo, bir yil avval, avtoraqamlarga raqam o‘rniga ism yozdirishga va shunday avtoraqamlarni auksionlarda milliardlab so‘mga sotishga ruxsat beruvchi qaror chiqqach, ana shunaqa kuch paydo bo‘ldi-yov.
Masalan, toshkentlik Shuhrat o‘z ismi yozilgan raqamni olmoqchi. Buning uchun 5 mlrd so‘m to‘lashga ham rozi (chunki Toshkentda 01 raqami bilan boshlanadigan avtoraqamda bunday ism faqat bitta bo‘ladi). Lekin hozirgi alifbo bunga imkon bermaydi: Shuhrat ismi olti harfli, lekin belgilar soni oltitadan ko‘p. Avtoraqamga esa faqat olti belgi sig‘adi. O‘zbekistondagi 14 hududning har birida mana shunday 5 mlrd to‘lashga tayyor qanchadan-qancha Shuhratlar, Xurshidlar, Jamshidlar bor.
Shuncha pul turganida, “sh” va “ch” harflarini bitta belgi ko‘rinishiga keltirmasa bo‘lmas, to‘g‘rimi? Endi, parlament qabul qilgan qonun bilan faqat “sh” va “ch” harflari o‘zgarganida, odamlar deputatlarning tomi to‘liq ketibdi, deb o‘ylagan bo‘lardi. Shuning uchun jamoatchilik har doim so‘rab kelgan “o‘” va “g‘” harflarini tuzatish ham qonunga qo‘shib ketilgan bo‘lsa kerak.
Lekin, nazarimda, avtoraqamga yozishda “o‘” va “g‘” harflarining ilmoqlari xalal bermasdi, ortiqcha bir joy egallamasdi ham. Ayni vaqtda, “so‘zni bo‘lib yuboryapti” degan (asosli sabab bilan) “o‘” va “g‘” harflarining ilmoqlari olib tashlanib, lekin tutuq belgisi ham so‘zlarni, ismlarni (masalan, mening familiyamni) shunday ikkiga bo‘lib tashlashi unutilgani xayolimni band etgan konspirologiya asoslarini mustahkamlayotgandek.
Kunda-kunora tutuq belgili ismi-familiyasi bilan xabarlarda chiqib turadigan biror hurmatli kotakon bo‘lganida edi, ehtimol, bu ilmoq ham esdan chiqmasdi. Xuddi shu kabi, “ng” harfidan boshlanadigan yo shu harf qatnashgan olti harfli, lekin yetti belgili mashhur o‘zbekcha ism(lar) bo‘lganida edi, menimcha, u ham alifbodagi “propiska”sini saqlab qolardi.
Mana shu konspirologik fikr xayolimni band etgach, “mendan fikr so‘rashmadi!” degan egoistik-narsisistik alamzadalik ham yo‘qoldi. Chunki davlatimizning birdaniga millatparvarligi tutib, “xalq shu buzuq harflar sabab juda azoblandi”, degan mulohaza bilan alifbomiz haqida qayg‘urib qolganiga ishonolmayotgandim baribir.
Mana endi xotirjamman. Xudoga shukr! Borib, haligi qirg‘iz baxshining “Sot, sot, sot, sot!” degan ashulasini eshitib kelay-chi...
PS. Qonun kuchga kirgan kunning ertasiga ismli avtoraqamlar savdosi ham ochilishi ham e’lon qilinsamidi hali...

5
Muhrim / Муҳрим
O‘zbek lotin alifbosiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonun nega birdan qabul qilib yuborilgani haqida xayolimga bir konspirologik fikr kirib qolib, hech chiqib ketmayapti. O‘zi bu jarayonda birinchi g‘ashimni keltirgan narsa — qonun imi-jimida, o‘ta…
Konspirologiyaga raddiya: https://t.me/shahnozxon/5155
Nima bo‘lganda ham, baribir bir-ikki kun muhokama bo‘lishi kerak edi. 30 yil deganda bazo‘r yuz berayotgan o‘zgarishlar bahona hozirgidan bir-ikki chimdim mukammalroq alifboli bo‘lardik.
Hay, qachondir kuchli jamiyat bo‘lsa, u jamiyatning so‘zi zalvorli va o‘tkir olimlari ham bo‘lsa, o‘zi talab qilib, alifboni hozirgidan mukammalroq va qulayroq qilib oladi. Chunki jamiyat ishlatadi uni.
Hozircha esa davlat ma’qul deganiga ko‘nib turamiz. Konspirologiyalarga esa ishonmaymiz!

Shahnoza Soatova blogi
Алифбога тузатишлар бирор ортиқча харажатга олиб келмайдиган тарзда ўтказилади
Қонунчилик палатаси қабул қилган алофбога тузатишлар ҳақидаги лойиҳа атрофида
муҳокамалар қизғин тус олди.
Қонун лойиҳаси тўғрисида тарқатилган маълумотларда ҳамда кейинчалик…

Toshkentda pulli parkovkalar paydo bo‘lganidan beri bu mavzu atrofidagi bahslar tinmaydi. Vaholanki, dunyoning barcha yirik poytaxtlarida ko‘chalarda mashinani bepul qoldirish amaliyotidan allaqachon voz kechilgan. Kuni kecha Gazeta.uz’da e’lon qilingan Poytaxt Parking bosh menejeri Jahongir Toshpo‘latov bilan intervyu bilan tanishib ham, bu millionlab aholi yashaydigan hozirgi zamon shaharlari uchun bu normal va kerakli amaliyot ekanligini anglash mumkin.
Aslida bu avtoturargohlardan ko‘zlangan asosiy maqsad nuqul pul undirish emas, balki mashinalar rotatsiyasini ta’minlash va shahar markazidagi tirbandlikni kamaytirishdir. Qolaversa, shahar aholisining atigi 24 foizida mashina bor, qolgan 76 foizi piyoda yoki jamoat transportida yuradi. Demak, shahar resursi bo‘lgan cheklangan yer hamma uchun teng xizmat qilishi kerak.
Umuman olganda, dunyoning barcha yirik poytaxtlari o‘tgan bu bosqichni Toshkent ham bosib o‘tyapti. Tartib va mas’uliyat bor joyda rivojlanish bo‘ladi. Shahar markazi shaxsiy avtomobilni kun bo‘yi tekinga qo‘yib qo‘yadigan joy emas, balki barcha uchun qulay va harakatchan hudud bo‘lishi kerak.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IELTS 6.0 bilan Britaniya diplomini 100% grant asosida olish imkoniyati
Agar sizda IELTS 6.0 sertifikati bo‘lsa, Toshkentda turib Coventry University dasturi bo‘yicha xalqaro darajadagi ta’lim olishingiz va Britaniyaning rasmiy diplomiga ega bo‘lishingiz mumkin.
Dastur doirasida 250 mln so‘mgacha grant uchun ariza topshirish, 4 yillik 100% grant asosida tahsil olish hamda haq to‘lanadigan amaliyotda ishtirok etish imkoniyati mavjud.
Ayni paytda Agrobank bosh ofisida grant dasturi bo‘yicha tanlov suhbatlari o‘tkazilmoqda. Joylar soni cheklangan. Agar IELTS sertifikatingiz bo‘lsa, bu imkoniyatdan foydalanish uchun ariza topshirishga shoshiling.
Batafsil ma’lumot:
+998 78 888 08 00
@udeahelp
📍Manzil: Toshkent shahri, Boshliq ko‘chasi, 3-uy
Reklama

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentda Toshkent mudofaachilari xotirasi uchun ko‘zga ko‘rinarli nimadir bo‘lishi kerak, menimcha. Adashmasam, hech narsa yo‘q bu mavzuda
2
Forwarded from Madina Zarif
GOFRET
90 йиллар кўпчилик оилалар учун оғир келган эди.
Энди мустақилликка эришган даврларимиз, озиқ овқат танқислигидан зиёда ойлик тушиши қийин. 70 йил Москвага қарам бўлган ўлка ва корхоналар янги даврда ҳали ўз йўлини топиб кетмаган.
Ва айнан ўша пайтда чет элдан - асосан Туркиядан турли сақич, ширинлик ва бананлар кириб кела бошлаган. Қишлоқ болалари ва нафақат бу ширинликларни қадоғини сақлаб қўйишни ва бир бирига азза базза мақтанишни ҳам канда қилмайди. Бу бир мағрурлик сабаби.
Онам ўқитувчи бўлиб ишлайди. Колхозда тракторчи бўлиб ишлаган ўгай отам эса ишсиз. 3 бола нимадир еб ичиши ва нималардир кийиши керак.
Уйга ширинлик нари турсин, оқ ун кирса ўзимизни бойдек ҳис қиламиз.
- Ёғ ва ун бўлса оч қолмаймиз, деган ёзилмаган қонун бор. Уйга гўшт кирмай қўйганига анча бўлган. Бундай ширинликларнинг қадоғини ўртоқларимнинг китоблари орқасида кўраман ва бир тамшаниб қўяман.
Онамнинг сумкаси
У доим мени ўзига тортган.
- Сумкамни ковлама, деб неча марта айтай сенга, деган койишни минг маротаба эшитган бўлсамда, ҳар гал онамнинг сирли ифор таратган сумкаси мени ўзига чорлайверарди.
- Қараб кўр, бугун балки бир нарса олгандир аянг, дерди у доим. – Кел, доим титкилайсанку, аянг сезмайди, менда бир нарсалар яшириб қўйилган.
Ва мен яна бу алдовга енгилиб сумкани титкилашга тушардим.
Ўқувчилар дафтарлари, кўзойнак, ручка, қалам. Ўқитувчи қуроллари.
Ҳар гал ҳафсалам пир бўлсада, эртаси куни яна айни ишни такрорлардим. Ва буни нафақат мен балки укаларим ҳам бир биримиздан яширган куйи қилардик. 😊
Бир кун кечки овқатни биргаликда еб бўлгач, ҳеч кутилмаганда онам:
- Сумкамни олиб кел, - деб қолди.
Ҳали сумкани титиб улгурмаганим боис югуриб бориб сумкани олиб келдим. Онам ичидан шоколадли вафли чиқарди. Қизил, устига сариқ, қизил ёзувлар билан ülker
Çikolatali gofret деб ёзилган. 1 дона.
Секин очди ва унинг ҳиди худди дунёни тутиб кетгандек бўлди. Пичоқ билан 4 бўлакка бўлди. Ўзига жуда кичик парча қолдирди. Бу шундай катта бахт эдики, дунёга сиғмасдим. Бир томондан нафсим қитиқлар, бошқа томондан кейинги ойгачан пулимиз етмай қолишидан хавотир ичимни эзарди.
- Ая, қанча экан? – дедим ҳамон ютқиниб.
- 5 сўм.
5 сўм биттагина шоколадли вафли учун қиммат эди. Бир дона тандир нон 8 сўм эди ўшанда.
- Ўйлама сен уни, эртага Худо пошшо, деди онам.
3 бола вафли қоғозини топ тоза қилиб ялтиратиб яладигу, кейин ким бу қадоқни китоби орқасига қўйиб синфдошлари олдида мақтанишини талашдик. Ва бу имконият яна аразчи укамга берилди.
Ора-сира онам бу вафлидан 1 дона олиб келадиган ва тўртовимиз бўлиб ейдиган бўлдик.
Ҳар гал, ҳеч истисносиз ҳар гал бу шоколадли вафли мени айнан ўша қишлоқ уйимизга, пичоқ билан 4 бўлакка бўлинган ва 1 бўлаги бошқаларидан кичикроқ бўлган дастурхон бошига, ҳали ёш онам, ҳали кичик укаларим ёнига олиб кетади.
Ўша пайтлар бир куни пулимиз кўўп бўлиб ҳар биримизга биттадан шоколадли вафли ола олишимизни орзу қилганларимизни ёдга солади.
Бугун бу шоколаддан 6 дона олдим.
Ва ўтирдиму, ўша кичик қиз Мадина бўлиб бир бутун шоколадни паққос туширдим.
Мен буни ҳар сафар бу вафлини кўрганимда қиламану, аммо ичимдаги армон кетмайди.
Чунки ортиқ 4 киши бўлиб бир дастурхон бошида тўпланолмаймиз ва ўша пайтлар орзу қилганимиздек, ҳар биримиз биттадан шоколад олиб ея олмаймиз.
Муаллиф: MadinaZarif

Chirchiqda ko‘cha mushuklariga yegulik bergan bir qiz va bir keksa ayolga jarima solishibdi — aynan mushuklarni boqqani uchun. Ayol jarima ustida prezident qabulxonasiga shikoyat qilibdi, u shikoyat aylanib mahalla inspektoriga tushgan, inspektor murojaatni yopish uchun onaxonga bosim qilgan. Oxiri uning mazasi qochib, vafot etibdi. Yozishlaricha, marhumaning qo‘shnilari ham zolimlikda o‘sha mahalla inspektoridan qolishmas ekan — har mushukka ovqat berganida, orqasidan poylab videoga olib, so‘ng mahalla raisiga tashlab turisharkan: https://www.gazeta.uz/ru/2026/07/24/chirchik-cats/
Tavba. Odamlar orasida yashayapman, deb o‘ylaymiz. Va, ba’zida, adashamiz. Qandaydir hissiz, bemehr, molparast, xudbin ikki oyoqli maxluqlar orasida yashayotganimizni bilmay qolamiz. Odamning qadri yo‘q joyda ahvol shu-da endi.
PS. Albatta, hali yangi materiallar chiqadi — mahalla ahli mushuklarni ham, o‘lgan ayolni ham hammayoqni sassiqxona qilib tashlashda ayblaydi, normal yashashga sharoit qoldirmaganidan norozi bo‘ladi, mahalla inspektorining yonini oladi, mahalla inspektori ham hech kimga bosim qilmaganini aytadi, prezident qabulxonasi ham afsusda ekanini bildiradi va shu bilan tamom. Va zolimlar yana zulm qilishda, odamlarni jismonan o‘ldirolmasa, ma’nan o‘ldirishda davom etaveradi.

Газета.uz
«Мы все как эта бабушка». Наказание пенсионерки в Чирчике должно стать сигналом обществу
В Чирчике девушке с ДЦП и пенсионерке выписали штрафы за кормление уличных кошек. Они собирались обжаловать их в суде, но женщина скончалась. Случай вновь обнажил жестокость к животным в обществе, недостатки законодательства и выборочность правоприменения.…
Muhrim / Муҳрим
Shu suratni ko‘rganimda, menga ham charxpalak bor taraf Central parkdek ko‘rindi, lekin tunnelli yo‘l chalg‘itavergandi, qayer ekan bu deb ikkilangandim. Tunnelning o‘zi ham loyiha ekan-da. Lekin, qiziq — Darxon-kafe tomon chiqib ketadigan yo‘l (Movaraunnahr ko‘chasi) yopilib ketarkan-da (#)
Muhrim / Муҳрим
Ўзимизда электр таъминотида узилишлар бўлиб ётган бир вақтда нима учун Афғонистонга электр энергияси экспорт қиляпмиз? Ўзбекистон энергетика вазири ўринбосари Шерзод Хўжаев жавоб беради: «Афғонистонга электр энергия етказиб бериш Ўзбекистонга қандай манфаат…
“Yigitning omadi bilan o‘ynashma deb shuni aytishsa kerak”, debdilar-ku Qobil aka, rostdan ham — bugun energetika vaziri etib tayinlangan Sherzod Xo‘jayevdan g‘aroyib qaytish bo‘ldi. “Bu tariqa ishdan olingan odam tamom — ortiq “odam” bo‘lmaydi”, deguvchilarga qarshi istalgan vaqt ishlatsa bo‘ladigan bir misol bo‘ldi (ayniqsa, ishdan olingan vaqti ularning faoliyatini tekshirish DXXga buyurilgani ham hisobga olinsa).
Endi, 2023-yilgi anomal sovuq ortidan chalingan “haydalish kuyi”dan keyin ham yo‘qolib qolmay, unchalik past hisoblanmagan lavozimlarda ishlab yurganidan o‘z vaqti-soatini kutayotgan “zaxiradagi kerakli kadr” ekanini anglasa bo‘lardi-yu, lekin shu voqea ro‘y berganini ko‘rishning o‘zi qiziq-da. Ana bo‘lmasam, deb qo‘yasan, beixtiyor.
Men Sherzod Xo‘jayevni birinchi marta 2019-yil noyabrida taniganman. O‘shanda “o‘zimizda elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lib yotgan bir vaqtda nima uchun Afg‘onistonga elektr energiyasi eksport qilyapmiz?” mazmunidagi savolga u kishi shunday javob qaytargandi:
Salkam yetti yil avval aytilgan bu fikr, menimcha, juda noto‘g‘ri emas; yaxshi fikr. Sherzod aka 2019-yilda aytgan shu gaplar ayni vaqtda, nazarimda, O‘zbekiston uchun ham dolzarb. Hay, elektr energiyasi ishlab chiqarish masalasida bizda muammo yo‘qdir, ammo uni iste’molchilarga yetkazib berishda, ta’minot barqarorligida hali ham muammolar bordek.
Shundan kelib chiqib, umidim shuki, O‘zbekiston energetiklari, mamlakat energetika tizimi Sherzod Xo‘jayevning 2019-yilgi “uyida chirog‘i bor odam… yomon ishlar qilmaydi” mazmunidagi gaplarini o‘zi uchun bir dasturulamal qilib oladi. Chunki har jazirama yo qahratonda takror bo‘ladigan energoinqirozlar, ta’minotdagi uzilishlardan odamlar charchadi, “kelasi hafta havo isirkan/sovirkan”, degan xabarni yurak hovuchlab qabul qiladigan bo‘ldi.
Hozirgi zamonda odamlarni energiya ta’minoti masalasida muttasil norozi qilishning oqibati yaxshi bo‘lmasa kerak. Ishqilib, shu norozilik bo‘lmasin, hay, bo‘lsa ham kamroq bo‘lsin. Energiya ta’minoti barqaror bo‘lsa, hech shubhasiz, norozilik ham karrasiga kamroq bo‘ladi. Yangi o‘zgarishlardan umid shu. Bu umidni o‘ldirishmas :)

“Afg‘onistonga elektr energiya yetkazib berish O‘zbekistonga qanday manfaat beradi? Xalqimizda “Qo‘shning tinch — o‘zing tinch” degan maqol bor. Bu Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlikni ta’minlashdagi asosiy faktor. Ularga elektr energiyasi yetkazib bersak, uyida chiroq bo‘ladi, biror bir ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Ishlab chiqarish bilan band bo‘lgan odam, qo‘pol qilib aytganda, qurol ko‘tarib urushga chiqmaydi…”.
Salkam yetti yil avval aytilgan bu fikr, menimcha, juda noto‘g‘ri emas; yaxshi fikr. Sherzod aka 2019-yilda aytgan shu gaplar ayni vaqtda, nazarimda, O‘zbekiston uchun ham dolzarb. Hay, elektr energiyasi ishlab chiqarish masalasida bizda muammo yo‘qdir, ammo uni iste’molchilarga yetkazib berishda, ta’minot barqarorligida hali ham muammolar bordek.
Shundan kelib chiqib, umidim shuki, O‘zbekiston energetiklari, mamlakat energetika tizimi Sherzod Xo‘jayevning 2019-yilgi “uyida chirog‘i bor odam… yomon ishlar qilmaydi” mazmunidagi gaplarini o‘zi uchun bir dasturulamal qilib oladi. Chunki har jazirama yo qahratonda takror bo‘ladigan energoinqirozlar, ta’minotdagi uzilishlardan odamlar charchadi, “kelasi hafta havo isirkan/sovirkan”, degan xabarni yurak hovuchlab qabul qiladigan bo‘ldi.
Hozirgi zamonda odamlarni energiya ta’minoti masalasida muttasil norozi qilishning oqibati yaxshi bo‘lmasa kerak. Ishqilib, shu norozilik bo‘lmasin, hay, bo‘lsa ham kamroq bo‘lsin. Energiya ta’minoti barqaror bo‘lsa, hech shubhasiz, norozilik ham karrasiga kamroq bo‘ladi. Yangi o‘zgarishlardan umid shu. Bu umidni o‘ldirishmas :)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir buyuk inson ortida uning ustozi turadi
Ba’zi kasblar borki, ularning haqiqiy qadri yillar o‘tib anglanadi. O‘qituvchilik ham shunday kasblardan biri.
Surxondaryolik Hilola Xudoymurodova ham bir vaqtlar o‘zini sinfxona oldida tasavvur qilmagan. Bugun esa u yuzlab o‘quvchilarning hayotida iz qoldirayotgan ustoz. Uning fikricha, bilim — hech kim tortib ololmaydigan eng katta boylik.
Afsuski, otasi uning bugungi yutuqlarini ko‘rishga ulgurmadi... Ammo ota bergan tarbiya va ishonch bugun Hilola opa uchun eng katta tayanchga aylangan.
Shu kabi hayotiy va ilhomlantiruvchi hikoyalar Agrobankning “Qahramonlar” loyihasida berib borilyapti ekan. Bunday loyihalar jamiyatimizdagi o‘z ishini sidqidildan bajarayotgan insonlarni tanitish va ularning mehnatini qadrlashga xizmat qiladi, deb o‘ylayman.
Hilola ustoz haqidagi videoning to‘lig‘ini albatta tomosha qiling. U har birimizga o‘ylash uchun sabablar beradi.

2026-yil 23-iyun. Plan bajarmagan fermerlarni haqoratlab, tahdid qilgan Muzrabot tumani hokimiga hayfsan berildi.
2026-yil 22-iyul. Fermerlarni haqoratlagan Quva tumani hokimiga ham hayfsan berildi.
2026-yil 29-iyul. Xitoy safariga yaqinlarini yuborgan Qo‘shrabot va Kattaqo‘rg‘on tumanlari hokimlariga hayfsan berildi.
Bir chillada shuncha hayfsan. Bu hali qo‘lga tushib qolganlari. Aslida deyarli har bir hokimdan bir pachka–bir pachka hayfsanlik qilmish topish mumkin bo‘lsa kerak.
“Hokim” degan ulug‘vor bir so‘zni obro‘sizlantiryapti-da bu hayfsanxo‘rlar. Balki bitta bo‘lsa ham hayfsan olgan hokimning lavozimini “hayfsan” deb qayta nomlash kerakdir, a?
Bosh harfi bir xil-ku, har qalay.

Forwarded from Jadidlar ( Джадидизм )
Alifbo yangi, bahslar o‘sha-o‘sha
Bu plakat 1929-yilda rassom Nikolay Mixaylovich Gerasimov tomonidan yaratilgan “Yangi o‘zbek alifbosi” nomli sovet targ‘ibot plakati. U SSSRdagi Yañalif (Yangi turkiy alifbo) kampaniyasini targ‘ib qiladi. Ushbu kampaniya turkiy tillarni arab yozuvidan yagona lotin alifbosiga o‘tkazishni maqsad qilgan (oradan hech qancha vaqt o‘tmay kirill alifbosiga o‘tilgan).
Plakatning yuqori qismidagi dastlabki lotinlashtirilgan o‘zbek yozuvidagi matnga e’tibor bering:
“Yuqori texnologiyali, yangi lotinlashtirilgan alifboni ommaga joriy etish sosializm qurilishini jadallashtirishning mutlaq zarur shartidir.”
Ya’ni o‘sha davrda lotin yozuvi ham taraqqiyot ramzi sifatida targ‘ib qilingan. Bugun yana shu yozuvni takomillashtirish muhokama qilinmoqda.
❗️ Eslatib o‘tamiz, jadidlar lotin yozuvini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsalar-da, plakatdagi mafkuraviy mazmun - diniy an’analarni qoloqlik sifatida tasvirlash va sosializmni ulug‘lashga qarshi bo‘lishgan. Ular savodxonlikni oshirish, zamonaviy ta’limni rivojlantirisj, turkiy xalqlarning yaqinlashishi uchun ham lotin yozuviga o’tilishidan manfaatdor bo’lgan. Xullas, jadidlar uchun lotin alifbosi - ma’rifat va ta’lim vositasi edi. Bugungi yangi alifbo targ’ibotchilarining ham bosh maqsadi shu degan yaxshi gumondamiz.
@jadidlar
Bu plakat 1929-yilda rassom Nikolay Mixaylovich Gerasimov tomonidan yaratilgan “Yangi o‘zbek alifbosi” nomli sovet targ‘ibot plakati. U SSSRdagi Yañalif (Yangi turkiy alifbo) kampaniyasini targ‘ib qiladi. Ushbu kampaniya turkiy tillarni arab yozuvidan yagona lotin alifbosiga o‘tkazishni maqsad qilgan (oradan hech qancha vaqt o‘tmay kirill alifbosiga o‘tilgan).
Plakatning yuqori qismidagi dastlabki lotinlashtirilgan o‘zbek yozuvidagi matnga e’tibor bering:
“Yuqori texnologiyali, yangi lotinlashtirilgan alifboni ommaga joriy etish sosializm qurilishini jadallashtirishning mutlaq zarur shartidir.”
Ya’ni o‘sha davrda lotin yozuvi ham taraqqiyot ramzi sifatida targ‘ib qilingan. Bugun yana shu yozuvni takomillashtirish muhokama qilinmoqda.
@jadidlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Fiskal tahlillar instituti omonatlar bo‘yicha foiz daromadlarini dividendlar bilan tenglashtirib, ular uchun ham 5 foizlik soliq stavkasini belgilash tashabbusi bilan chiqibdi.
Tahlil instituti aqllilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, 5 foizlik soliqning joriy etilishi davlat budjyetiga qariyb 1,4 trln so‘m qo‘shimcha daromad keltirishi mumkin. Mumkinlikka mumkinu, lekin buning uchun omonatlarning eng kamida hozirgi hajmi saqlanib qolishi kerak bo‘lsa kerak. O‘zi omonatning foiziga yashaydigan odam, shu chiqqan foiziga endi davlat ham o‘zining solig‘i bilan sherik bo‘lishini bilgach, pulini bankka qo‘yish fikridan qaytishi mumkinligini fahmlaydigan biror tahlilchi yo‘qmikin-a?! (vaholanki, o‘dha institut direktorining mana bu maqolasini o‘qib, u buni bilmasligi mumkin emas, deb o‘ylaysan kishi).
O‘zi-chi, unga bunday soliq solsak, buncha tushum bo‘larkan, bunga bunday soliq qo‘ysak, yana faloncha pul tusharkan, degan g‘ilay-tashabbuslarni ko‘rganimda, Shavkat Mirziyoyev 2017-yilimikin, Payariqda Soliq qo‘mitaning o‘sha vaqtdagi qudratli rahbari Botir Parpiyevni yugurtirgani, shunda pul tushmayotgan hududdan yana qanchadir o‘n million so‘m tushum qilingani haqida gapirib bergani esimga tushaveradi.
Ya’ni, shu kecha-kunduzda ham hech qanday yangi tashabbussiz ham, amaldagi hujjatlarning o‘zini qonun doirasida ishlatish va shunchaki hamma o‘z ishini bilib-bilib qilishi ortidan budjetimizga nafaqat milliardlab, balki trillionlab pul tushirish mumkinligi hammaga ayon.
Qaysidir tashkilot yillab qaysidir solig‘ini to‘lamaydi, qaysidir zavod yillab qaysidir yig‘imni bermaydi, qaysidir idora ham yo‘q joydan o‘ziga imtiyoz yasab olgan chiqar — bunaqa parazitlar son mingta. Ana shular bir silkitilsa, Yangi Toshkentni yana ikki marta qurishga yetgulik pul chiqsa kerak.
Ishqilib, insof sari baraka, kotakonlar. Yaxshisi, borini istisnosiz to‘liq undiringlar, he yo‘q be yo‘q tasavvuringizda oson yo‘llarni izlayvermay, tahlil institutlarining olimlarini ham qiynayvermay, a?
PS. Yaxshi gumonda ham bo‘lish kerak-ku, shunga o‘ylab qoldim: pulni bankka omonatga qo‘ymaslikka, foiz yemaslikka da’vat qilmoqchi bo‘lishganmikin bu tashabbus bilan? Shuni ochiq aytishsa-ku, hammasi ancha tushunarli ko‘rinardi, haa, deb qo‘yardik.