O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️DTMning mandat saytida test sinoviga kirib chiqqan abituriyentlarning natijasi asosida hududlar kesimida oʻrtacha ballar koʻrsatilmoqda.

✅Uch kunlik test sinovlaridan keyin eng yuqori oʻrtacha ball Buxoro viloyatida qayd etilgan — 70,3 ball. 2-oʻrinda Fargʻona (68,2 ball), 3-oʻrinda Namangan (66,9 ball). Keyingi oʻrindagi Toshkent shahrida oʻrtacha natija 66,5 ball.

👉Qolgan hududlardagi oʻrtacha ballar qoʻyidagicha:

Samarqand — 64,9;
Surxondaryo — 64,4;
Navoiy — 64,2;
Xorazm — 64,1;
Qashqadaryo — 63,8;
Jizzax — 63,4;
Andijon — 63,2;
Qoraqalpogʻiston — 63,0;
Sirdaryo — 61,9;
Toshkent v. — 60,1.

👉Hududning oʻrtacha bali qanday hisoblanadi? Masalan, Buxoroda testga kirgan 16 ming abituriyent olgan barcha ballar qoʻshib chiqiladi va 16 mingga boʻlinadi. Shunda oʻrtacha arifmetik koʻrsatgich kelib chiqadi. Bu oʻrtacha ballarning kirish ballariga hech qanday aloqasi yoʻq.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chiroyli insonlarning hammasi ham yaxshi bo'lmasligi mumkin,
Lekin yaxshi odamlarning hammasi chiroylidir...

- Hazrati Ali (r.a.)

©Muhammadali Eshonqulov

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Magistraturaga ikkinchi bosqich imtihonlari qachon bo'lib o'tishini qanday bilsa bo'ladi?

Barcha OTMlarda mutaxasislik fanidan imtihon jarayonlari yakunlaganidan so'ng imtihon natijalari 20-avgustga qadar Davlat test markazi bazasiga kiritiladi. magistr.edu.uz sayti shaxsiy kabinetida DTM ruxsatnomalari shakllana boshlaydi. Ushbu ruxsatnomalar asosida talabgorlar DTM tomonidan o'tkaziladigan chet tili imtihonlarida ishtirok etishlari mumkin boʻladi. Ruxsatnomada test toshiriladigan sana va manzil ko‘rsatilgan bo‘ladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️DTM: "Isitmasi yuqori bo‘lib jami 110 nafar abituriyent testga kirmagan. Ularga 30-avgustgacha alohida test sinovlari tashkil etiladi"

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Mandat chiqmasdan turib o'qishgan kirgan yoki kirmaganligingizni aniqlash yo'li | Abituriyentlar uchun

📹Yuqori formatda ko'rish

Eslatma: Yakuniy mandat 10-sentabrga qadar chiqishi belgilangan.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun test sinovlari 23-avgust kuni o‘tkaziladi!

Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari 2021-yil 23-avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Unda quyidagi toifadagi abituriyentlar ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi:

👉 test sinoviga kelgan vaqtda tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan va tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan abituriyentlar;

👉 16-avgustga qadar koronavirusga chalinganligi sababli qo‘shimcha test sinovlarida ishtirok etish uchun ariza bilan murojaat qilgan va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan koronavirusga chalinganligi tasdiqlangan abituriyentlar.

Qayta tashkil etilgan test sinovlarida ham tana harorati 37º C dan yuqori ekanligi aniqlangan yoki koronavirusdan to‘liq sog‘aymagan abituriyentlar uchun boshqa test sinovlari tashkil etilmaydi.

Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida test topshirish hududi sifatida o‘zlari tanlagan hududda test sinovida ishtirok etadi.

Abituriyentlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tegishli ma’lumotlar Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng 21-avgust kunidan boshlab my.dtm.uz sayti orqali yuklab olishlari mumkin bo‘ladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Hozirgina bizga bir talaba bog'landi va kontraktini to'liq to'lamaganini va bu yil 4-kursga o'tishini ma'lum qildi. Oilaviy sharoiti yaxshi bo'lmagani uchun ushbu kontrakt masalasi muammoligicha to'lanmay qolganini aytdi.

👉Siz azizlardan ushbu talabaga yordam berishingizni so'raymiz! Savob yo'lida birlashaylik do'stlar! 1000 so'm bo'lsa-da qilgan yordamingiz ertaga sizga jannatni olib berishi mumkin. E'tiborsiz qoldirmang, hech bo'lmasa moddiy tomondan yordam bera oladigan tanishingizga yoki guruhlarga tarqating!

👉Yordamingiz uchun tashakkur aytib qolamiz!

👉Karta raqami:
9860030148718817
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalarga ta'lim krediti berishning yangi tartibi tasdiqlandi!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Agar bir oilaning ikki nafar farzandi kontraktda o‘qiydigan bo‘lsa, ular uchun qandaydir imtiyoz bormi?

Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva brifing davomida mazkur savolga batafsil izoh berdi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O‘qishni ko‘chirishga oid test sinovlari 23-25-avgust kunlari bo‘ladi!

Bu haqda DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi.

Tez orada DTM sayti orqali ruxsatnomani ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi. Ruxsatnomada kim qayerda va qachon test topshirishi yozilgan bo‘ladi.

Testlar butun respublika bo‘ylab o‘tkaziladi, kim qaysi hududda test topshirishni tanlagan bo‘lsa, o‘sha yerda topshiradi.

O‘qishni ko‘chirishda talaba o‘zi tanlagan yo‘nalishga mos 2 ta mutaxassislik fanidan test topshiradi. Har bir fandan 30 ta, jami 60 ta savol beriladi.

2 ta fanga jami 3 soat vaqt ajratiladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️O‘qishni ko‘chirishga oid test sinovlari 23-25-avgust kunlari bo‘ladi! Bu haqda DTM direktori o‘rinbosari Sardor Rajabov ma’lum qildi. Tez orada DTM sayti orqali ruxsatnomani ko‘chirib olish mumkin bo‘ladi. Ruxsatnomada kim qayerda va qachon test topshirishi…
❗️Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni 2-smenada boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi.

✅Bunda test sinovlari:


1️⃣-smenada 07:00 dan 10:00 ga qadar;
2️⃣-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

⏳Test sinovlari 2 ta mutaxassislik fani bo‘yicha o‘tkaziladi va talabgorlarga har bir mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

📌Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, birinchi mutaxassislik fani bo‘yicha har bir tog‘ri javob uchun 3,2 balldan (jami 96 ball), ikkinchi mutaxassislik fani bo‘yicha esa 3,1 balldan (jami 93 ball) beriladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining transfer.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

❕Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

Izoh: Alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar test sinovida ishtirok etmaydi va ularga Davlat test markazi tomonidan ruxsatnoma berilmaydi. Ular uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Xorijdan o'qishini O'zbekiston Milliy universitetiga ko'chiruvchilar uchun imtihondan o'tish balli - 66,1 ball etib belgilangan.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Ota-onasini yo'qotgan talabalar uchun Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 50 foizga oshirilgan miqdorda stipendiya (amaldagi 517 ming so‘mdan 775 ming so‘mga oshiriladi) to‘lanadi — Prezident qarori.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O‘zMU bitiruvchisi "Xalq ta‘limi a‘lochisi" ko‘krak nishoni sohibi bo‘ldi!

⚡️O‘zbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakulteti O‘zbek adabiyotshunosligi mutaxassisligi 2020-2021 o`quv yili bitiruvchisi Fayzullo Yaxyoyev barkamol avlodni tarbiyalashdagi xizmatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta‘limi vazirligining "O’zbekiston Respublikasining xalq ta‘limi a‘lochisi" ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Fayzullo Yaxyoyev filologiya fanlari doktori, professor Hamidulla Boltaboyev ilmiy rahbarligida "XX asrning ikkinchi yarmi o‘zbek navoiyshunosligi masalalari (To‘xtasin Jalolov ilmiy merosi misolida)" mavzusida magistrlik dissertatsiyasini 2021-yilda muvaffaqiyatli himoya qildi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
👍1
❗️2021-2022-o‘quv ta’lim krediti ajratadigan tijorat banklari ro‘yxati e’lon qilindi!

⚡️Oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ta’lim krediti olishning yangi yengillashtirilgan mezonlari ishlab chiqildi.

Unga ko‘ra, talabalar quyidagi 11 ta tijorat banklari va ularning filiallariga ariza orqali murojaat qilgan holda kreditga ega bo‘lishlari mumkin:

⁃ Milliy bank
⁃ Sanoatqurilishbank
⁃ Agrobank
⁃ Mikrokreditbank
⁃ Xalq bank
⁃ Qishloqqurilishbank
⁃ Turon bank
⁃ Hamkorbank
⁃ Asaka bank
⁃ Ipoteka bank
⁃ Orient Finans bank

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Yangi o'quv yili vaksina olganlar uchun offlayn boshlanishi mumkin.

Vazirlik yangi o'quv yilin offlayn boshlash bo'yicha o'rganish ishlari olib borilayotgani haqida aytib o'tdi. Shu qatorda talabalarni vaksinatsiyada faol qatnashishga chaqirdi.

Xulosa qilib aytsak, yangi o'quv yili barcha uchun offlayn boshlanishi mumkin, faqat vaksinatsiya masshtabini kengaytirish kerak.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
UZMU.zip
17.7 MB
❗️2021-2022-o‘quv yilida O'zbekiston Milliy universiteti magistratura bosqichi bo‘yicha mutaxassislik fanlardan imtihonlar natijalari!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!