O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Xorijiy perevodchilar diqqatiga: Bugun oxirgi kun!

transfer.dtm.uz sayti orqali ro'yxatdan o'tgan talabalar uchun bugun 122 500 so'm to'lovni amalga oshirishning oxirgi kuni. Shaxsiy kabinetga kirib invoysni yuklab olib to'lovni amalga oshirib qo'ying.

Eslatma: To'lov qilmaganlar imtihonlarga qo'yilmaydi, shoshiling!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Xorijiy OTMlar, shuningdek, O‘zbekistondagi filiallar va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan talabalar o‘qishini O'zbekistondagi Davlat OTMlariga ko'chirishda to'lov amalga oshirish kerak bo'ladi.

Ular shaxsiy kabinetiga kirganida videodagidek invoys shakllantirilgan. Video O'qishga qabul qilinayotganlar uchun tayyorlangan, lekin bu sizlarga ham taalluqli.

Bugun oxirgi kun shoshiling!

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Forwarded from TentakMinds
​​​​​​Мен маҳалламни севаман.

Янги Ўзбекистонда маҳаллалар ўзгача тус олмоқда, борган сари замонавийлашиб, борган сар очилиб бормоқда, беш йил олдин “Маҳалла” деган канал бормиди? Йўқ, бундай канал бўлиши ҳам мумкин эмас эди-ку, ўзгаришлардан кўзимиз қувонади.

Ҳа, айтганча вакцина нажот деб ёзиб қўйишни унутишмабди, ростан ҳам нажот экан, яқинда бир танишимнинг отаси биринчи дозани олган эди, иккинчисига обориб қўйиб келишди, нажот бўлса, шунчалик бўлар-да.

@tentakminds
❗️Savol: Joriy yil kontrakt narxlarida oʻzgarish boʻladimi?

Bu yilgi kontrakt narxlari oshirish haqida hech qanday gap-soʻz yoʻq.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Yana 5 ta hududda test sinovlari yakunland!

☑️ 13-avgust kuni Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida test sinovlari yakunlangan edi.

✅ 14-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Namangan, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida ham test sinovlari yakunlandi.

⏳ Test sinovlari yakunlanmagan yagona hudud Toshkent shahri bo‘lib, Toshkent shahrida test sinovlari 16-avgust kuni yakunlanadi.

📆 Tana harorati yuqori bo‘lgan va koronavirusga chalingan abituriyentlar uchun qo‘shimcha test sinovlari esa 16-avgustdan so‘ng 14 kun ichida tashkil etiladi.

📌 Mazkur test sinovini tashkil etish tartibi va sxemasi bilan quyidagi rasmda tanishishingiz mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Forwarded from Telegram_Yulduzlari| Расмий канал
#Тезкор #Тазия

Муфтий Усмонхон Алимов вафот этди

👇🏻👇🏻

https://telegram.me/joinchat/SDdS2FAiH5e4grs5
Siz vaksina oldingizmi?
(Barcha guruh va kanallarga ulashing)
Anonymous Poll
57%
Ha, oldim!
36%
Yo'q, olmadim
7%
O'qish boshlansa olaman
Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм канали(edu.uz)да 2021 йил 15 август куни "OAV va ijtimoiy tarmoqlarda 28-Xalqaro Matematika musobaqasi g‘oliblarini taqdirlash yuzasidan tarqalgan ma’lumotlar bo‘yicha rasmiy munosabat"ига
РЕСПУБЛИКА МАТЕМАТИКЛАР ҲАМЖАМИЯТИНИНГ ЖАВОБИ

2021 йилнинг 2–8 август кунлари бўлиб ўтган IMC-Халқаро Математика Олимпиадасида Ўзбекистонлик талабаларнинг иштироки ва уларни рағбатлантириш юзасидан Республика Математиклар ҳамжамияти қуйидаги фикрларни билдиради:

Математика соҳалари бўйича таҳсил олаётган иқтидорли талабаларни Халқаро Олимпиадаларга тайёрлаш ва уларни хорижий турли танловларда иштирокини таъминлаш бўйича Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Математика соҳасидаги таълим сифатини ошириш ва илмий-тадқиқотларни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-4708 Қарори асосида янги тизим яратилмоқда.

2020 йилдан бошлаб, талабаларнинг халқаро математика олимпиадаларида муносиб иштирок этиши ва иқтидорли талабаларни саралаш мақсадида Ўзбекистон Миллий университети ва В.Романовский номидаги Математика институти ҳамкорликда “Mathematical olympiads of Uzbekistan for University Students” онлайн лойиҳаси ташкил этилди. Лойиҳага 2020 йилда Карим Раҳимов (Италиянинг Пиза унвиерситети математика бўйича фалсафа доктори (PhD, 2020)), 2021 йилда эса Беҳзод Қурбонбоев (Математика институти кичик илмий ходими)лар раҳбарлик қилиб, жами икки минг нафардан ортиқ талабалар ўртасидан Республика гуруҳларини шакллантириши натижасида IMC-Халқаро Математика Олимпиадасида юқори натижалар (2020 йилда 2 та олтин медаль, 5 та кумуш медаль, 3 та бронза медаль ва 4 та фахрий ёрлиқ, 2021 йилда 5 та олтин медаль, 6 та кумуш медаль, 4 та бронза медаль ва 2 та фахрий ёрлиқ)га эришди.

Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий муносабатидаги:
“Ijtimoiy tarmoqlarda “olimpiada” deb atalgan bu tadbir aslida fan musobaqasi bo‘lib, olimpiada maqomiga ega emas (International Mathematics Competition). Bu tadbirning veb-sayti o‘rganilganida, shunday xulosaga kelindiki, bu ko‘plab davlatlardan ishtirokchilarni jalb qilgan mahalliy tadbir. U lokal xarakterga ega bo‘lib, xalqaro ilmiy akademik doiralarda yuqori reytingga ega emas”
деган фикрларини Ўзбекистон Математиклар Жамияти, қолаверса Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги ҳузуридаги Математиклар Кенгаши асоссиз деб ҳисоблайди.

Вазирликнинг юқоридаги фикрлари асоссиз эканлигини исботловчи далилларни келтирамиз.
❗️O‘zbekiston Respublikasida 2020-2021-o‘quv yili boshida jami oliy ta’lim tashkilotlari soni 127 tani tashkil etib, ulardar 571,5 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bermoqda.

Xabarga ko'ra, tahsil olayotgan jami talabalardan 260 ming nafari ya'ni 45 foizini qizlar tashkil etadi.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
🏛O'zbеkiston Milliy univеrsitеti Jizzax filiali hamda jahonning kuchli univеrsitеtlari rеytingida 347-o'rinda turuvchi🏛 Qozon fеdеral univеrsitеti bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo'shma ta'lim dasturi asosida o'qishga taklif etamiz!

Quyidagi bakalvriat ta'lim yo'nalishlari bo'yicha abituriеntlar qabul qilinadi: 👇

✅ 5210200 Psixologiya (faoliyat turlari bo'yicha) 25 nafar
✅ 5230100 Mintaqaviy iqtisodiyot 25 nafar
✅ 5330600 Dasturiy injiniring 25 nafar
✅ 5510500 Farmasiya (turlari bo'yicha) 25 nafar
✅ 5330200 Axborot tizimlari va tеxnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) 25 nafar

🧑‍🎓Bitiruvchilar Qozon fеdеral univеrsitеti va O'zbеkiston Milliy univеrsitеti Jizzax filiali diplomlariga ega bo'ladilar.✅

Qo'shma ta'lim dasturida malakali profеssor-o'qituvchilar dars bеradi.

O'qish istagingiz bormi? Unda murojaat qiling!
Murojaat uchun tеlеgram: @KFUJizzakhbranch
Email: kfujizzakhbranch@internet.ru

🏛 O‘zMU Jizzax filialining rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling
🌍 telegram: @uzmujizzaxfiliali
❗️2021-2022-o'quv yili uchun darslar 6-sentabr dushanba kunidan boshlanishi mumkin!

Darslarning qay tartibda(online yoki an'anaviy) bo'lishi hozircha ochiqlanmadi.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Zulmatdan noligandan ko'ra, hech bo'lmaganda bitta sham yoq

💡Agar inson ilm nuri bilan oʻz yoʻlini yoritmasa, zulmat va nodonlik koʻchasida qoladi. Ilm — eng fazilatli amaldir, chunki u ikki dunyo saodatining kalitidir. Inson ilm va maʼrifat bilangina chinakam baxtga erishadi.

©Osmondagi bolalar

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Yangi o'quv yili an'anaviy (offline) tarzda boshlanadi!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Yangi o'quv yili an'anaviy (offline) tarzda boshlanadi! 📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Ijtimoiy tarmoqlarda yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonining an’anaviy (offline) tarzda boshlanishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan:

Ayni kunlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda ta’lim jarayonini an’anaviy (oflayn) tarzda tashkil etish bo‘yicha tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra tegishli ma’lumotlar Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish yuzasidan yakuniy xulosa tasdiqlangandan so‘ng, vazirlik sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalari orqali rasmiy tarzda e’lon qilinadi.

Shu o‘rinda, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi talabalarni pandemiya sharoitida sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini, ularning ota-onalari ham farzandlari sog‘lig‘iga mas’uliyat bilan qarashlari va, albatta, vaksinatsiya jarayoniga faol ishtirok etishlarini so‘rab qoladi.

Emlash talabalarning yaxshi bilim olishlari bilan bir qatorda o‘zlari hamda professor-o‘qituvchilarning ham sog‘-salomat bo‘lishini ta’minlaydi.

Bu haqida Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi xabar berdi. Darslar an'anaviy tarzda boshlanishi katta ehtimol bilan kutilmoqda, faqat talabalar va professor-o'qituvchilardan vaksina olishlari so'ralmoqda.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza topshirganlar diqqatiga!

Ko‘plab talabgorlarning murojaatlariga asosan xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha onlayn ariza topshirgan va arizasi qabul qilingan, lekin test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirmagan talabgorlarga to‘lovni amalga oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda.

✅ Unga ko‘ra xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi qabul qilingan talabgorlar 2021-yil 19-avgust kuni 18:00 ga qadar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.

❕Bu talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda ular uchun berilayotgan so‘nggi imkoniyatdir.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️OTMda kasbiy (ijodiy) imtihon topshirgan abituriyentlar diqqatiga!

Ma’lumki, alohida iqtidor talab etiladigan yoki fanlar majmuasida kasbiy (ijodiy) imtihon mavjud bo‘lgan ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalari tomonidan kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari Davlat test markaziga taqdim etildi va mazkur natijalar Davlat test markazining maxsus tizimlariga joylashtirildi.

✅ Mazkur imtihonlarda ishtirok etgan abituriyentlar kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari va test sinovida to‘plagan ballarini umumlashgan holda 4 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limi orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @mandat2021bot
👉 @mandat_2021_1_bot
👉 @mandat2021_2_bot
👉 @mandat2021_3_bot
👉 @mandat2021_4_bot

4️⃣ Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Talabalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi belgilandi!

Hukumat qarori (527-son, 18.08.2021-y.) bilan Moliya vazirligi huzuridagi Ta’lim kreditini moliyalashtirish jamg‘armasi hisobidan oliy ta’lim tashkilotlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlarini ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

📌 Nizomga ko‘ra, ta’lim kreditlari oliy ta’lim tashkilotlarining kunduzgi ta’lim shaklida bakalavriat va magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan, shuningdek o‘qishini ko‘chirgan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

☑️ Bunda, kredit oluvchining doimiy daromad manbayiga ega oila a’zolari (ota-onasi, aka-ukasi, opa-singlisi, eri yoki xotini) yoki vasiylari birgalikda kredit oluvchi sifatida qatnashishi mumkin.

🔄 Ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.

🔘 Ta’lim kreditini olish uchun Moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

✔️ ariza;

✔️ to‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilinadigan hisob varaqasi/fakturasi (mavjud bo‘lganda). Shartnomada o‘qishni tamomlashning belgilangan muddati va bir yil uchun to‘lov miqdori ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim;

✔️ ta’lim krediti qaytarilishining ta’minoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan ta’lim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;

✔️ “Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (“Ijtimoiy himoya yagona reestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari uchun);

✔️birgalikda kredit oluvchiga tegishli ma’lumot.

⏳ Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

📝 Ta’lim krediti shartnomasi to‘lov-kontrakt shartnomasida ko‘rsatilgan bir yillik to‘lov summasiga teng miqdordagi summaga tuziladi.

🏦 Ta’lim krediti kredit oluvchiga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida ajratiladi.

⚠️ Bunda, Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaytirilgan taqdirda, ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi mutanosib ravishda pasayadi, Markaziy bankning asosiy stavkasi oshirilgan taqdirda esa ta’lim krediti bo‘yicha foiz stavkasi o‘zgarishsiz qoladi.

✅ Mazkur tartib:

➖ chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga;

➖ tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘laridan tashqari boshqa manbalar hisobidan beriladigan ta’lim kreditlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

🚫 Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontraktni va uning minimal miqdoriga teng bir martalik boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun ta’lim krediti ajratilmaydi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Prezident grantini olishi mumkin bo‘lganlar ro‘yxati e'lon qilindi, o‘tish balli — 185,85

▪️DTM e'lon qilgan natijalarga ko‘ra, prezident grantiga 233 nafar abituriyent da'vogarlik qilyapti. 185-o‘rindan 233-o‘ringacha abituriynetlar bir xil 185,85 ball to‘plagan.

Ya'ni 185-o‘rindan boshlab bitta o‘ringa 48 nafar o‘quvchi to‘g‘ri kelyapti. Natijalar sog‘lig‘i tufayli testga kirolmagan abituriyentlar qayta test topshirganidan keyin o‘zgarishi mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Forwarded from Hasankhoja Muhammad Sodiq (Hasankho'ja Muhammad Sodiq)
Ajib holat.

Tarovehni tugatib tashqariga chiqdim. Jiyanim amaki "morojniy" obering dedi. Eshikni tagida Andijon muzqaymoģi bor ekan. Navbatga turdik. Bizdan avvalgilar olib bòlgach navbat tegdi. Shu payt atrofni biroz kuzatdim. Qarasam 4 ta yosh bolalar navbatda turishibdi. Ularning faqat bittasini qòlida pul turibdi, yaxshilab qarasam 5 ming sòm, boshqa yòq. Bir-birining quloģiga nimadir deyapti, eshitilmadi.
Biz muzqaymoqni olib bòldik, jiyanimni san boraver man yetib olaman deb jònatib yubordim. Kuzatsam faqat bittasi muzqaymoq olmoqda, qolgan 3 tasi esa intiq bòlib qaramoqda. Vaziyatni tushunganday bòlib, sotuvchiga asta imo qilib, muzqaymoqni 4 tasi 5000 sòm deb ayting, qolganini men beraman deb aytdim. U ham tushunganday bolalarga 4 ta muzqaymoq solib berdi. Bolalar hayron. Ularga namozni zòr òqiganlaring uchun sizlarga skidka qilib berishdi deb aytdim. Ular xursand. Men oradagi farqni tòlab, agar ular ertaga ham kelishsa beravering, men ertaga yana tòlab ketaman deb aytdim. Bolalarning yuzidagi quvonchni kòrsangiz edi.... tòģrisi taroveh namozidan ham kòproq zavq oldim...
Aytmoqchi bòlganim, atrofimizga kòproq e'tiborlik bòlaylik, ayniqsa bolalarning kòngliga...

Ey, Allohim men diningni ana shunday tushunganman, meni johillardan qilib qòyma....
👍1