Ish haqi, nafaqa, pensiya va stipendiyalar oshiriladi.
2022-yili O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi. Bu haqda prezident Mirziyoyev o‘zining yangi yil tabrigida ta’kidlab o‘tdi.
«2022-yilda asosiy e’tiborimiz iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratiladi. Aholi daromadlari, ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirish borasidagi ishlarni davom ettiramiz», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
P.s: Qisqa qilib aytganda, stipendiya oshadi, bu kontrakt ham oshadi degani😅
@NUU_students

🎉20👍8🤩8👎4😁4🔥3❤1
⚡️ Pomodoro texnikasi: Ishni samarali tashkil etishning sinalgan metodikasi.
1980-yillarda Francesco Cirillo tomonidan yaratilgan «Pomodoro Technique» bugungi kunimizning eng samarali time managment metodlaridan biri hisoblanadi. Bu metodni sizning ish yoki o’qish faoliyatingizga to’g’ri kelish-kelmasligini ushbu maqolamizni
o’qigach bilib olasiz.
Pomodoro Texnikasi nima o’zi?
Pomodoro Technique yoki Pomidor Texnikasi – vaqtdan samarali foydalanish metodi bo’lib, belgilangan vazifaga maksimum diqqat e’tibor bilan, ortiqcha ruhiy bosimlarsiz erishish uchun ishlab chiqilgan. Agar siz qisqa vaqt ichida ma’lum bir belgilangan maqsadga ortiqcha aqliy va jismoniy zo’riqishlarsiz erishmoqchi bo’lsangiz, unda bu metod aynan siz
uchun.
Jarayon juda sodda: belgilangan loyihaga sarflamoqchi bo’lgan vaqtingizni qisqa, 25 daqiqalik «davr»larga bo’lib olasiz va xar bir shunday davrdan keyin kichik, 5 daqiqalik tanaffus qilasiz. Ya’ni, 25 daqiqa ishlab, 5 daqiqa dam olasiz. Xar bir 25 daqiqa «pomodoro» deb ataladi. Bu so’z italyanchasiga pomidor degani bo’lib, bu metodni yaratgan Francesco Cirillo dastlab pomidor shaklidagi oshxona soatidan foydalangani uchun shunday atalgan. Keyinchalik bu butun jarayon nomiga aylanib ketgan. Xar 4 ta «pomodoro» keyin, kattaroq, 15-20 daqiqalik tanaffus qilinadi va ish jarayonidagi kamchilik va yutuqlar yozib chiqiladi.
Samaradorlik qayerda?
— Tadqiqotlarga ko’ra, biror bir loyihani amalga oshirishda eng katta to’siq bu o’z-o’zini nazorat qila olmaslik hisoblanadi. Yuqoridagi metod orqali siz qisqa vaqt ichida kichik vazifalarni bajarishingiz kerak. Bu esa odatdagi zo’r berib ishlashdan ancha osonroq va nazorat qilishga qulay.
— Ish jarayonida sizga xalal beruvchi va chalg’ituvchi mayda detallar aslida siz o’ylaganizdan ko’proq vaqt va diqqatingizni olib qo’yadi. Pomidor texnikasi orqali siz tashqi chalg’ishlarni ham nazorat qilishingiz mumkin. Timerni 25 daqiqaga qo’yib ishga kirishganizda o’zi shundoq ham kam vaqt sizga boshqa tashqi omillarga chalg’imaslik kerakligini eslatib turadi. Xar bir *«pomodoro»* dan keyin qilinadigan 5 daqiqalik tanaffus esa, diqqatingizni yana ishga jamlab olish uchun sharoit yaratib beradi.
— Bu metod sizni vaqtni qadrlashga o’rgatadi. Shuningdek, bu jarayon orqali siz o’z imkoniyatlaringiz haqida chuqurroq bilib olasiz. Bir necha kunlik mashg’ulotlar natijasida ma’lum bir ishni udallash uchun sizga nechta *«pomodoro»* kerak bo’lishini aniq bilib olasiz.
— Pomidor texnikasi-sizni mukammallikka o’rgatadi. Bunda har bir *«pomodoro»* yangi bir imkoniyat, avvalgisida qilgan kamchilik va xatolarni keyingisida to’g’irlab, samaradorlikni yanada oshirib borishingiz mumkin.
Yuqoridagi metod sizning ish uslubingizga yoki ish jarayonni o’ziga mos kelmasligi mumkin. Lekin ko’p holatlarda bu sizga kundalik vazifalarni bajarishda va to do-listingizni yengillashtirishda qo’l kelishi mumkin. Eng asosiysi esa, bu mutlaqo tekin! Albatta, agar siz pomidor shaklidagi oshxona soatini sotib olishga pul sarflamoqchi bo’lsangiz bemalol. Lekin, timer uchun smartfoningiz yoki istalgan turdagi vaqtni ko’rsatuvchi qurilma to’g’ri keladi.

👍12🔥6🤩4🎉3😁2
❗️2022-yilda oliy ta’lim muassasalarida kadrlar tizimida o‘zgarishlar bo‘ladi. Endi oliy ta’lim sohasida dars berishga haqli bo‘lmagan “o‘qituvchilar”dan voz kechish vaqti keldi.
Batafsil videoda tomosha qilishingiz mumkin.
@NUU_students
Batafsil videoda tomosha qilishingiz mumkin.
@NUU_students
👍17😁12🔥10❤3🎉2🤩1
⚡️ Qanday hollarda davlat 50 foizgacha kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?
Kontrakt pulini to‘lash imtiyozlari bo‘yicha ham savollar bo‘lmoqda. Bu masalada qisqacha tushuntirsam, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.
BHM – 270 ming so‘m (2021 yil 1 sentyabrdan). 50xBHM=13 500 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.
✅ Agar siz oilangiz “Temir daftar”ga yoki o‘zingiz “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa, bu imtiyozdan foydalanasiz.
"Temir daftar"ga Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibga ko‘ra quyidagi oilalar kiritiladi:
➖ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo‘lgan a’zolari mavjud oilalar;
➖kam ta’minlangan yakka-yolg‘izlar va keksalar;
➖boquvchisini yo‘qotgan ehtiyojmand oilalar;
➖ko‘p (4 va undan ortiq) farzandli moddiy ko‘makka muhtoj oilalar;
➖mehnatga layoqatli ishsiz a’zolari mavjud ehtiyojmand oilalar;
➖tibbiy yordamga muhtoj ehtiyojmand oilalar (surunkali yoki og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan va nogironlik guruhi belgilanmagan a’zolari mavjud yetarli daromad manbaiga ega bo‘lmagan oilalar);
➖noturar joylarda istiqomat qilayotgan, o‘zi yoki birgalikda yashovchi oila a’zolarining nomida turar joy bo‘lmagan ehtiyojmand oilalar.

👍8👎2🤩2❤1🔥1
❗️Talabalar diqqatiga! Qishki ta’til uzaytirildi.
OTM talabalari, akademik litsey va hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 24-yanvargacha uzaytirildi.

👍61🎉31👎16❤12🤩9😢7😁4
Har yili 7-martdan keyin 8-martni uchirgan shamol bu yil 14-yanvarga shafqat qilib o‘tirmadi😅
@NUU_students
@NUU_students
😁47🔥6🎉5
Qizlar, endi telegramdagi "14-yanvar, faqat qizlar!" degan gruppalarni o'chirib tashlayversangiz ham bo'ladi😁
Yig'ilgan pulga lak tush pamada va shunga o‘xshash o‘zingizga kerakli narsalarni olishingiz mumkin😅
@NUU_students
Yig'ilgan pulga lak tush pamada va shunga o‘xshash o‘zingizga kerakli narsalarni olishingiz mumkin😅
@NUU_students
😁37👍7🎉4🔥3
24-yanvargacha zerikib qolmasliklaringiz uchun onlayn tarzda Zakovat o‘tkazamiz. Homiy topilmasa, topilmasin😅
Tez orada reglament va o‘tkazilish tartibini e’lon qilamiz.
@NUU_students
Tez orada reglament va o‘tkazilish tartibini e’lon qilamiz.
@NUU_students
🤩14👍7❤2
❗️Onlayn Zakovat turniri uchun qisqacha reglament!
Ushbu turnirda ishtirok etish uchun, quyidagi talablar mavjud:
- 6 kishilik jamoa tuzing;
- Jamoa uchun telegramda guruh oching;
- Jamoaga nom tanlang;
- Jamoani turnir uchun ro‘yxatdan o‘tkazish uchun @Oybek_Jorayev'ga tarkib va jamoa nomini yuboring;
Ro‘yxatga olish, 11-yanvar soat 23:59 ga qadar davom etadi. Ilk saralash o‘yini 12-yanvar kuni 21:00 da boshlanadi!
Ha aytgancha, O‘zMU Jizzax filiali talabalari ham ishtirok etishlari mumkin. Ushbu postni barcha guruh va kanallarga tarqatishingizni iltimos qilib qolamiz!

👍8👎1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Talabalar diqqatiga! Qishki ta’til uzaytirildi. OTM talabalari, akademik litsey va hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 24-yanvargacha uzaytirildi. @NUU_students
❗️11-yanvargacha olingan biletlar nima bo'ladi?
2022-yil 11-yanvargacha bo‘lgan muddatga qadar xarid qilingan avia va temir yo‘l chiptalari tegishli muddatga qadar bepul almashtirib beriladi.
Oldindan sotib olingan poyezd chiptalari bo'yicha batafsil ma'lumot olish uchun O'zbekiston temir yo'lllari ma'lumotxonasi telefon raqamlari bilan bog'lanishingiz mumkin:
👉 Toshkent — 1005 (Toshkent shahri hududida)
👉 Buxoro — 0 (365) 524-73-32
👉 Samarqand — (+99895) 560-01-42
👉 Navoiy — 0 (436) 225-59-07
👉 Qo'qon — 0 (373) 543-17-33
👉 Andijon — 0 (374) 228-42-85
👉 Termiz — 0 (376) 227-03-86
👉 Qarshi — 0 (375) 227-24-65
👉 Urganch — 0 (362) 225-61-11
👉 Qo'ng'irot — 0 (361) 312-22-60
👉 Nukus — 0 (361) 223-29-58
👉 Marg'ilon — 0 (373) 237-57-28
👉 Namangan — 0 (369) 233-43-84

👍13❤6🔥1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Talabalar diqqatiga! Qishki ta’til uzaytirildi. OTM talabalari, akademik litsey va hunar maktablari o‘quvchilari uchun qishki ta’til muddati 24-yanvargacha uzaytirildi. @NUU_students
❗️Nega qishki ta’til muddati uzaytirildi?
2021-yil 24-dekabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan oliy ta’lim tizimini tub ijobiy oʻzgarishlarga olib keladigan oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy, akademik va tashkiliy-boshqaruvda mustaqillik berish borasidagi 2 ta tarixiy qaror imzolandi. Bu bilan esa – Oʻzbekiston oliy ta’lim tizimida yangi davr boshlab berildi.
Qaror bilan 2022-yil yanvar oyidan boshlab respublikadagi eng salohiyatli 35 ta oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berilishi – bu boradagi vazifalarni sifatli tarzda amalga oshirish va hozirdanoq mustahkam poydevor yaratishni talab etadi.
Shu maqsadda, oliy ta’lim tizimi tarixida ilk marotaba – rektorlar, prorektorlar, dekanlar va moliya masalalariga mas’ullar uchun oʻz kasbiy mahoratini oshirish, yangicha tartibda ishlashni boshlash maqsadida joriy yil 10-24-yanvar kunlari amaliy seminar-treninglar tashkil etiladi.
Shu sababli barcha talaba-oʻquvchilar uchun qishki ta’til muddati 2022-yil 24-yanvarga qadar uzaytirildi.

👍29🤩4
❗️Talabalar chegirmali temiryo‘l chiptalarini 7-yanvardan boshlab almashtirishi mumkin.
Chiptalarni almashtirish tizimi 7-yanvar 00:01dan boshlab ishlaydi. Shu paytdan boshlab chiptani uzaytirilgan ta’til muddatiga moslab almashtirib olish mumkin. Chegirmalar muddati 24-yanvargacha uzaytirilgan. — Transport vazirligi

👍15😁4🔥1
“Oliy ta’lim muassasalarida yakuniy nazorat imtihonlari onlayn ravishda olinib, bahorgi semestr an’anaviy tarzda boshlanadi” deyishsa, siz ham mendek xursand bo'larmidingiz?😁
@NUU_students
@NUU_students
🎉69😁22🤩22❤8👎4🔥4
❓Savol: Men sirtqi ta’limda o‘qiyman. 24-yanvargacha ta’til bizga ham taalluqlimi?
✅ Javob: Professor-o‘qituvchilar asosiy ishidan ajralgan holda qo‘shimcha kurslarga jalb etilishini inobatga olib, ta’lim shaklidan qat’iy nazar barcha (kunduzgi, sirtqi, kechki, ikkinchi mutaxassis) talabalar uchun qishki ta’til muddati 24-yanvarga qadar etib belgilandi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

🔥19👎5🤩5😢4🎉3👍1
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Onlayn Zakovat turniri uchun qisqacha reglament! Ushbu turnirda ishtirok etish uchun, quyidagi talablar mavjud: - 6 kishilik jamoa tuzing; - Jamoa uchun telegramda guruh oching; - Jamoaga nom tanlang; - Jamoani turnir uchun ro‘yxatdan o‘tkazish uchun…
Hozirga qadar roʻxyatdan o‘tgan jamoalar ro‘yxati:
1. Imperia
2. Everest
3. Optimist
4. Of the best
5. Olimlar
6. Alfraganus
7. Tulg‘ama
8. Gumanitar
9. Olmos
Qabul davom etadi. Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev

👍14🔥9🤩1
⚡️7 kunda 7 ta Iphone 13 PRO. Bunaqasi hali bo‘lmagan! Yoshlar ishlari agentligi Toshkent shahar boshqarmasi onlayn olimpiadalar haftaligini ochiq deb e’lon qiladi!
Aziz talabalar! Ta’tilda zerikdingizmi? Yap-yangi Iphone 13 PRO sohibi bo‘lishni istaysizmi? Unda o‘z bilimingizni sinab ko‘ring va tengdoshlaringiz havasini keltiring!
@jonlitestbot'dan ro‘yxatdan o‘ting va quyidagi mavzularda test yeching! Eng yuqori ball sohibi Iphone 13 PRO ni qo‘lga kiritadi:
7-yanvar – aniq fanlar (matematika, fizika)
8-yanvar – o‘zbek tili va adabiyoti
9-yanvar – O‘zbekiston va jahon tarixi
10-yanvar – ingliz tili
11-yanvar – mantiqiy savollar va psixologiya
12-yanvar – IT bilimdoni
13-yanvar – dunyo xaritasi
Eslatma: Olimpiadada O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat yurituvchi OTMlar talabalari g‘olib deb topiladi. Ya'ni testlarni istalgan shaxs yechishi va turli ballarni toplashi mumkin, faqat bosh sovrinni ayni paytda talaba bo'lganlargina qo'lga kiritadi (talabalik guvohnomasi asosida sovrin topshiriladi).
Har kuni soat 09:00 da bitta yo‘nalishda 50 ta test savoli beriladi va 23:59 da yakunlanadi. Ballar teng bo‘lib qolganda takroriy test o‘tkaziladi. Bir kishi faqat bitta yo‘nalishda bosh sovrinni qo‘lga kiritishi mumkin.
❗️Ishtirok etish mutlaqo bepul!

👍11👎4🤩1
❗️“El-yurt umidi” jamg‘armasi 420 o‘ringa mo‘ljallangan 2022 yil uchun 1-stipendiya tanlovini e’lon qiladi!
“El-yurt umidi” jamg‘armasi eng ustuvor sohalar uchun 420 o‘ringa mo‘ljallangan ochiq stipendiya tanlovini e’lon qiladi!
Jumladan, 2022-2023-o‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:
- bakalavriat ta’lim dasturi uchun — 120 ta,
- magistratura ta’lim dasturi uchun — 180 ta,
- doktorantura ta’lim dasturi uchun — 120 ta stipendiya ajratishini ma’lum qiladi.
Barcha ta’lim dasturlari bo‘yicha nogironligi bo‘lganlar uchun ham kamida 20 ta o‘rin ajratilib, ularga ham alohida e’tibor qaratiladi.
Nomzodlarning hujjatlari 2022-yil 10-yanvardan 10-fevralga qadar respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida elektron tarzda qabul qilinadi.
Saralash bosqichlari 2022-yil 10-fevraldan 10-martga qadar davom etadi.
Batafsil maʼlumot: https://eyuf.uz/site/view?id=630

eyuf.uz
“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2022 yilgi 1-stipendiya tanlovini e’lon qiladi!
МУТАХАССИСЛАРНИ ХОРИЖДА ТАЙЁРЛАШ ВА ВАТАНДОШЛАР БИЛАН МУЛОҚОТ ҚИЛИШ БЎЙИЧА “ЭЛ-ЮРТ УМИДИ” ЖАМҒАРМАСИ
👍13🎉3❤1😁1
⚡️Talabalarga stipendiya to‘lashda ularni qobiliyat va iqtidorlarini baholash mezonlari belgilanmoqda!
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan Hukumat qarori bilan talabalarni alohida qobiliyat va iqtidorlari uchun stipendiyalarga qo‘shimcha ravishda 50 foizgacha miqdorda rag‘batlantirish uchun saralab olish mezonlari tasdiqlanishi kutilmoqda.
Unga ko‘ra, talabalarning iqtidor va qobiliyatlari quyidagi mezonlar asosida baholanadi:
▪️ respublika va xalqaro ilmiy jurnallarda yakka mualliflikda maqolalar chop etganligi;
▪️ yaratgan innovatsion ishlanmalari turli grantlarga nomzod sifatida taqdim etilganligi va unga loyiq topilganligi uchun;
▪️ taklif qilayotgan startap loyihalari uchun;
▪️ intellektual mulk ob’yektlari, jumladan sanoat mulki ob’yektlarini yaratishdagi ishtiroki uchun;
▪️ xalqaro va respublika sport musobaqalari, ko‘rik-tanlovlar, fan olimpiadalaridagi ishtiroki va sovrinli o‘rinlardan birini egallaganligi uchun;
▪️ AKT sohasidagi erishgan yutuqlari, jumladan dasturiy ta’minot mahsulotlari, veb-ilovalar va boshqalarni ishlab chiqayotganligi uchun;
▪️ o‘zi ta’lim olayotgan oliy ta’lim muassasasini respublika miqyosida tanilishida qo‘shayotgan hissasi uchun.
💬 “Moddiy rag‘batlantirishga tavsiya etilgan talabalarning ko‘rsatkichlari ushbu mezonlarning istalgan biriga to‘g‘ri kelgan taqdirda ularga nisbatan rag‘batlantirish berilishi mumkin”, deyiladi, hujjat loyihasida.
Qayd etish lozim, amaldagi tartibga muvofiq, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilot yetakchisi bo‘lgan bakalavr va magistratura bosqichi talabalariga bazaviy stipendiyaning besh baravari miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Shuningdek, quyidagi toifalarga bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida har oylik qo‘shimcha haq to‘lanadi:
▪️to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar;
▪️ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ta’lim olish va o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qat’i nazar.

👍13🔥1