O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
​Biz sessiyadan o‘tamiz xudo xohlasa...

Maylida kimgadir yoqsa yoqmasa,
Yiqilganlarga qo'shilib, yig'lasharmidik
Biz sessiyadan o‘tamiz xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa, tayyorlanarmidik.

Ruchka siyohini yo'llarimga sep,
Kitob o'qiymiz har doim ko'kka oy chiqqach,
Faqat yig'lamagin aybim nima deb,
Aybing ahmoqliging institutga kirganing.

Testlarda menga to'g'ri javob hadya et ey yor,
Nur tomsin biletlar variantlaridan,
O'zing ayt bizday talaba yana qayda bor?
Tankalariga ishonar o‘zlaridan ham.

So'kinib yashama oraliq chog'ida
O'qi, yodla, o'rtanma testlarda,
Testlarga ham chida, leksiyaga ham chida,
Axir sendaqasi ko‘p butun institutda.

Men esa talaba oddiy bir g'arib,
Tunda telegram titib, tongda yotguvchi,
Tushimda ham sevgim axtarib,
Kitobni ko'rsam, qochib ketguvchi.

Biz sessiyadan o‘tamiz xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa, tayyorlanarmidik.

@NUU_students
🔥2
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
TTA va NamDU o‘z talabalariga rag‘bat puli ajratibdi. O‘zMUda ham ajratiladimi? Bu haligacha noma’lumligicha qolmoqda. @NUU_students
⚡️O‘zbekiston Milliy universitetida davlat granti asosida tahsil olayotgan va o‘quv-semestrlari mobaynida barcha fanlarni "a’lo" baholarga o‘zlashtirayotgan, jamoat ishlarida faollik ko'rsatib kelayotgan 159 nafar iqtidorli talaba-yoshlarni universitetning byudjet mablag‘lari hisobidan bazaviy stipendiyaning 50 foizi miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirildi.

P.s: Mashnaqa gaplar, bo‘larkanu😁

@NUU_students
👍4
Kechadan beri kuzatyapman Kimyo fakulteti talabalari ajoyib maslahat va fikrlar yozishyapti. Sizlarga ham o‘qib ko‘rishni tavsiya qilaman, https://t.me/kimyoo_talimi/5361 ushbu postdan boshlab o‘qiysiz.

Yaxshi narsalar yozishibdi, ehtimol sizga ham manfaati tegar.

@NUU_students
👍1👎1
Rektorimizni megabayti qolmagan boʻlsa kerak😅

Yaxshi taklif bermoqchi edim, ha mayli
😁6👍3
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Odam zerikdi. Onlayn zakovat o‘tkazib yuboramizmi? 🧐
Ushbu zakovat turnirini o‘tkazish uchun bizga homiylar kerak bo‘ladi.

Homiylik qilishni istaganlar @Oybek_Jorayev'ga murojaat qiling.
👍8🔥4👎2
🎉 TABRIKLAYMIZ!

Kimyo fakulteti professor-o‘qituvchilari Alisher Xaitboyev Xamidovich, Xayrulla Mirzoxidov Abdullayevichlar 2021-yilda universitetning o‘quv, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy sohalarni rivojlantirish hamda milliy va xalqaro reytingini oshirishda qo‘shgan hissasi uchun O‘zMU rektori Inomjon Urishovich Madjidov tashakkurnomasi va 5 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Ustozlarni ushbu yutuqlari bilan samimiy muborakbod etamiz!

@NUU_students
👍21🎉13🤩4🔥3❤2
❗️Oliy ta’limda masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha qabul kvotasi shakllantiriladi.

Bundan tashqari, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilash tartibi joriy etiladi.

👉 Batafsil: https://kun.uz/uz/03845367

@NUU_students
👍6🔥2
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
⚡️ Tanishib chiqishni tavsiya qilaman. “Taraqqiyot strategiyasi” haqida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan. Batafsil maʼlumot: @dscuzbekistan
Sizga qarab “Saviyang yoʻq, ilming yoʻq, biliming yoʻq, kitob o'qimaysan, Prezidentni qarorini o‘qimaysan” demasliklari uchun yuqoridagi “Taraqqiyot strategiyasi”ni 7 ta ustuvor yo‘nalishlari va ularda amalga oshirilishi kerak boʻlgan sa’y-harakatlarni o‘qib chiqing.

@NUU_students
👍18😁11🔥1
​❗️O‘zbekistonda 2022-yilda yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish rejalashtirilmoqda.

Bu haqda «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasida so‘z boradi.

Hujjat loyihasiga ko‘ra, 2022-yil mayga qadar Oliy ta’lim muassasalari imkoniyatlarini hisobga olgan holda ta’lim shakllari, shu jumladan, masofaviy ta’lim shakli bo‘yicha ham qabul kvotani shakllantirish belgilanmoqda.

Shuningdek, ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yanada kengaytiriladi, bunda bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Oliy ta’lim tizimida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish orqali yoshlarni ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, farmon loyihasida qabul parametrini shakllantirish va tasdiqlashni soddalashtirish, ushbu jarayonda oliy ta’lim muassasalari vakolatini kengaytirish ham nazarda tutilgan. Bunda, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta’lim muassasalari tomonidan belgilash tartibi joriy etiladi, 2026-yilda qabul ko‘rsatkichi kamida 250 mingga yetkaziladi.

P.s: Bir necha yildan keyin, diplomni qadri pastdagi videodagidek boʻladi😁

@NUU_students
🤩5👍4🔥4❤2😁2
⚡️ Statistikaga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universiteti talabalarini 50,7 foizini qizlar, 49,3 foizini yigitlar tashkil qiladi.

@NUU_students
👍60😁26🔥10🤩9❤2
⚡️ 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, 2022-yilda 18 800 o‘rinli 47 ta talabalar turar joylari barpo etiladi.

Shuningdek, 2026-yilga qadar 72 400 o‘rinli 181 ta talabalar turar joylarini barpo etish natijasida talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash darajasini 60 foizdan oshirish ko‘zda tutilmoqda.

@NUU_students
👍15👎4🔥4🎉1🤩1
❗️O‘qish qaysi sanadan boshlanadi? 10-yanvar yoki 11-yanvar?

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi dastlab “Talabalar 28-dekabrdan ta’tilga chiqishadi” deb xabar berganidan so‘ng, ta’tilni 11-yanvargacha davom etadi degandi, ya’ni talabalar uchun o‘qishning birinchi kuni 11-yanvar edi.

Ammo keyinchalik qishki ta’til boshlanish sanasi 25-dekabrdan boshlanishi ma’lum qilindi. Lekin ushbu xabarda qaysi sanagacha ta’til ekanligi aytib o‘tilmadi.

10-yanvarni o‘qishning ilk kuni desak, dushanba kuniga toʻgʻri keladi, ammo oldingi e’londa esa 11-yanvar o‘qishning ilk kuni deb e’tirof etilgan.

Bu haqida hozircha bir narsa deyish qiyin, ammo keyinchalik o‘qishning boshlanishi haqida yana xabar berishlari mumkin, kutamiz.

@NUU_students
👎19👍13🎉4🔥2😢2❤1