O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.04K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Matematika fakultetidagi ilmiy ishlar ko‘rgazmasi juda qizg‘in o‘tmoqda. Universitetimiz rektori Inomjon Majidov fakultetning Mexanika va matematika modellashtirish kafedrasi tomonidan tashkil etilgan 3D max va Ansys Workbench dasturlari bo‘yicha to‘garak mashg‘ulotlarining talabalari tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmalari bilan tanishdi va kerakli tushunchalarni berdi.


@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Universitetimizning Matematika fakulteti Mexanika va matematik modellashtirish kafedrasi 4-kurs talabasi Mirxamedov Abdumajidning 3D max dasturi bo‘yicha tayyorlagan ishi.
(Bu animatsiyada Matematika fakultetining kirish qismi tasvirlangan)


P.s Kelajakda Abdumajid akamizdan butun universitetning 3D modellarini kutib qolamiz:)

@NUU_students
👍37❤8😁2
💐TABRIKLAYMIZ!

🏛 Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o'qitish Nemis tili yo'nalishi 3-bosqich talabasi Jamshidbek Davronov Germaniyada yozda bo'lib o'tadigan til kurslariga qatnashish uchun to'liq grantni qo'lga kiritdi.

👏 Talabamizning yutuqlari bilan muborakbod etamiz. Ota-onasi va ustozlariga minnatdorchilik bildiramiz.

@NUU_students
👍26👏13
Kanalimiz obunachilari borgan sari kamayib ketyapti. Sizningcha buni sababi nima?

Kanalga joylanayotgan postlar yuzasidan qanday kamchilik(imloviy xatolarni aytish shart emas buni o‘zim ham bilaman😁)lar bor?

Izohlarda fikrlaringiz va takliflaringizni kutib qolaman. Sizning fikrlaringiz men uchun muhim!


@NUU_students
👍10🤬3👎1
#motivatsiya

Ilm oling, ilm oling va yana ilm oling!


@NUU_students
👍32❤11
#TAFAKKUR

"Hech kimdan yordam so'ramang, qo'lingizdan kelganini qiling, o'zingizni o'rgating va odamlarni hayratda qoldiring, siz har doim o'z maqsadlaringizga erishishga yordam beradigan eng yaxshi do'stingizsiz..."

@NUU_students
👍40❤11🥰2👏2👎1
🏆 O’zMU talabasi xalqaro shaxmat turniri g’olibi

Joriy yilning 31-martidan 7-apreligacha Hindistonning Gujarat shahrida xalqaro grossmeyterlar ishtirokidagi "3rd Gujarat International Open GrandMasters Chess Tournament 2022" xalqaro shaxmat turniri boʻlib oʻtdi.

Ushbu turnirda Mirzo Ulug’bek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti talabasi Ortiq Nigmatov muvaffaqiyatli ishtirok etib, 376 ishtirokchi o’rtasida kechgan bahslarda g’oliblikni qo’lga kiritdi.

Universitet rahbariyati va jamoasi nomidan talabamizni ushbu yutug’i bilan tabriklaymiz.


P.s Har kuni bir talabamizning g‘olib bo‘lganligi haqida xabar eshityapmiz. Qiziq ertaga qanday g‘alaba haqida eshitar ekanmiz?

@NUU_students
👍19👏7