O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.07K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
#talabaga_yengillik

⚡️Endi talabalar shartnoma to‘lovlarini onlayn to‘lashlari ham mumkin


📌 Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to‘lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Bunda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.

❗️Buning uchun:

📲 Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling;

💳 plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang;

📑 “OTM shartnoma” to‘lovi xizmatini tanlang;

🪪 va JSHSHIR raqamingizni kiriting.

✔️ kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

➡️ Dasturning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.

👉Android uchun yuklab oling

👉iOS uchun yuklab oling

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍11
Qadimda Telegramdan foydalanish shunaqa boʻlgan shekilli)

@NUU_students
😁68🤣49👍15🕊6👌1
❓Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi?

✅ Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq toʻlanadigan ishlarda ishlashi mumkin.

Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq.

Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy taʼlim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashga ruxsat etiladi.  

Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.

@NUU_students
👍25😁2
IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorlanish kerak?

Hammasini qisqa qilamiz, IELTS'dan yuqori ball olish uchun qanday tayyorgarlik kerak, xorijiy tilda ravon gaplashish uchun nima qilish kerak? Birinchi IELTS masalasi.

💭 Tasavvur qiling, mashina boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasiga o‘qidingiz, lekin amaliyot kam bo‘ldi. Rulga o‘tirganda baribir qo‘rqasiz. Mashina hayday olmaysiz. Chunki siz faqat qoida va nazariyani o‘qidingiz. IELTS sertifikati uchun o‘qish ham haydovchilik guvohnomasiga o‘qishdek gap, ingliz tilini zo‘r bilmay turib, test yechishni o‘rganish samara bermaydi. Aksincha, mashina haydashni zo‘r bo‘lib, qoidani bilmasangiz, masalan parking masalalari boshni og‘ritadi. Buning uchun instruktor yordamida parking qilish sirlarini bilib olish kerak. IELTS'da ham tilni zo‘r bilsangizda, test yechish yo‘llarini bilmasangiz, kutilgan natijaga erishmaysiz.

✅ Hulosa: avval tilni chuqur o‘rganing, IELTS testiga tayyorlanish qirq kunlik ish bo‘ladi, holos.

✌Ikkinchi masala: Xorijiy tilda ravon gapirish uchun nima qilish kerak? Ingliz tilini o‘rgatgan ustozimning aytishicha, xorijiy tilda 1200ta so‘zni bilgan odam fikrini o‘sha tilda yetkaza oladi. Rasmiy va adabiy til qoidalari bo‘yicha gapirishni istagan odam 3 mingga yaqin so‘z, o‘sha tilda ilmiy ish bilan shug‘ullanib, akademik maqolalarni o‘qimoqchi bo‘lgan odam 5 mingta so‘zni bilishi kerak. Aslida kuniga 10tadan so‘z yod olib, mustahkamlab borsangiz, uch oyda tilni o‘raganasiz.

📚 Tilning asosi bu grammatika. Til qoidalari grammatikada, uni his eta olish uchun qunt bilan grammatikaga vaqt sarflang. U qo‘rqinchli emas. Xorijiy til grammatikasini oson o‘zlashtirish uchun siz yaxshi bilgan, katta ehtimol bilan o‘zbek tili grammatikasiga solishtirib borish kerak. Shuning uchun, ingliz tili o‘qituvchingiz o‘zbek tilini ham yaxshi bilsa, nur ustiga a’lo nur bo‘ladi. O‘zingiz ham ot, sifat, olmosh yo to‘ldiruvchi, aniqlovchi nima ekaniga qiziqing. Bu zerikarli ishdan qiziqarli olamga aylanadi.

💪 Til o‘rganishning muhim shartlaridan biri muntazam va bir tempda harakatlanish. Ortiqcha yuklama olmang, dars va mashqlarni qoldirmang.

© Alisher Ro'zioxunov

@NUU_students
👍26🔥1😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Oddiy odamning o‘g‘li yoki qizi porasiz borib, kirib ketyaptimi-yo‘qmi? Kirib ketyapti» - Prezident ta’lim sohasiga Finlandiya tajribasi joriy etilishi haqida

Prezident Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatiga tashrifi chog‘ida ta'lim sohasiga Finlandiya tajribasining joriy etilishi haqida gapirdi.

@NUU_students
👍27👏5⚡1
Forwarded from Ahror Hamidov...
❗️Talabalar va yosh kitobxonlar diqqatiga .

🔷 Sizlarni Infinity books klubimizga taklif qilamiz.

🔶 Kitob oʻqishni endi boshlmoqchisiz, lekin, dangasalik qilyapsizmi yoki har kungi kitob oʻqishlik rejimiga oʻtolmayapsizmi bu trening unda aynan siz uchun

🔸 Infinity books yosh kitobxon va ilm olishlik yoʼlida katta marralarni maqsad qilgan kitobxonlar klubidir.

🔶 Bizning klub a'zolari 3-dekabr soat 16:00 da trening tashkillashtirmoqda, barcha kitobxonlarni mamnuniyat bilan kutib qolamiz.

😊 Treningda qatnashish mutlaqo bepul.

📝 Roʻyxatdan oʻtish uchun:
@Infinity_books_admin
☎️ 712001013

📍Manzil Beruniy metro, Huvaydo restarani ro'parasidagi Avlod 21 biznes akademiyasi 3-qavat

Telegram | Instagram
👍6👏1🥱1
Forwarded from ITIM_UZ
🌍 Xalqaro ilmiy forumga
barchangizni taklif etamiz!

🔍 Xalqaro ilmiy forum
Oʻzbekiston, Germaniya,
Turkiya, Rossiya va Fransiya
kabi davlatlarning yetkachi
ilmiy markazlari ishtirokida
masofaviy tarzda o'tkaziladi.

Forumda quyidagi shaklda
ishtirok etishingiz mumkin:
🟥Maqola bilan (muallif);
🟢Maqolasiz (kuzatuvchi).

🗓 Forum 2023-yil 13-yanvar
kuni boʻlib oʻtadi. Ro'yxatdan
o'tishning eng oxirgi muddati
2022-yil 25-dekabrga qadar.

"Eng yaxshi ilmiy maqola" va
"Eng innovatsion-ilmiy taklif"
bildirgan ishtirokchilar forum
doirasida "ILM-FAN IFTIXORI"
esdalik nishoni bilan tantanali
ravishda taqdirlanadi. ✅

➡️ Forum axborot xati
➡️ Ro'yxatdan o'tish

Forum rasmiy sahifasi:
t.me/ITIM_UZBEKISTAN
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TOGʻA — Erkin Bozorov

- To‘g‘ri yo‘ldasan uka,
Maqsad sari yur tikka!

@NUU_students
👍33😁11🤩3⚡1
👍92🤩19👏8🎉5👎3❤2🏆2🤔1😢1🤣1
❗️Talaba farzandli bo'lganida OTM tomonidan unga 600.000 so'm nafaqa puli beriladi

"Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida" nizomga asosan quyidagi qoidalar belgilangan:

Ishlayotgan ayollarga, hamda ishlab chiqarishdan ajralgan holda oliy, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalarida, magistratura, aspirantura, klinik ordinatura, doktoranturada tahsil olayotgan ayollarga bola tugʻilganda beriladigan bir martalik nafaqa tegishlicha ish yoki oʻqish joyidan toʻlanadi.

☝️Talaba OTMga arizani bola tug'ilgan kunidan boshlab olti oydan kechiktirmay taqdim etadi va unga rahbariyat tomonidan belgilangan nafaqa pulini 10 kundan kechiktirmay to'lab berish majburiy hisoblanadi. Hozirgi kunda nafaqa puli miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravarini (600.000 so'mni) tashkil etadi.

📑 Nafaqani olish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

• OTM rektori nomiga ariza;
• Pasport nusxasi;
• Tug'ilganlik haqida guvohnoma nusxasi.

📌 Agar bolaning onasi ishlamaydigan va o‘qimaydigan hollarda nafaqa bolaning ishlaydigan yoki ishlab chiqarishdan ajralgan holda o‘qiydigan otasi yoki ota-ona o‘rnini bosuvchi shaxslarga to‘lanadi.

@NUU_students
👍9😁6👎2❤1
❗️Talabalar o‘rtasida Prezident sovrini uchun Intellektual olimpiada o‘tkaziladi!

Joriy yil dekabr oyi boshida Toshkent shahrida talabalar o‘rtasida Intellektual olimpiada bo‘lib o‘tadi.

🎓 Intellektual olimpiadaga ta’lim yo‘nalishidan qat’i nazar, respublikadagi barcha OTM (davlat, nodavlat OTMlar, ularning filiallari, xorijiy OTMlar va ularning filiallarida bakalavriat va magistratura bosqichida ta’lim olayotgan) talabalari jalb etiladi.

✅Olimpiada ishtirokchilari quyidagi 6 turdagi o‘yinda bellashadi:
1) "Zakovat" o‘yinining sportcha versiyasi;
2) Breyn-ring;
3) Shaxsiy o‘yin;
4) Erudit-kvartet;
5) Shaxmat;
6) Shashka.

☝️Olimpiadada har bir OTMdan 12 nafar ishtirokchi (7 nafari – "Zakovat", breyn-ring, shaxsiy o‘yin, erudit-kvartet uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shaxmat uchun; 2 nafari (1 qiz, 1 o‘g‘il) shashka uchun; 1 nafar OTM murabbiyi) qatnashadi.

1-dekabrga qadar har bir OTM belgilangan tartibda tashkilotchilarga ariza yo‘llashi lozim bo‘ladi.

👉 Tanlov nizomi bilan tanishish

@NUU_students
👍21
#talabaga_yengillik
#raqamlashtirish

⚡️150 mingdan ortiq elektron resursga ega yagona elektron kutubxona yaratildi

🔰 Endi unilibrary.uz platformasi orqali talabalar respublikamizning barcha davlat oliy taʼlim muassasalari kutubxonalaridagi o‘quv adabiyotlar hamda ilmiy nashrlaridan onlayn foydalanishlari mumkin.

📌 Platformada:

✅ o‘quv adabiyotlar;
✅ ilmiy maqolalar;
✅ monografiyalar;
✅ dissertatsiyalar;
✅ avtoreferatlar

va boshqa shu kabi 150 mingdan ortiq elektron resurslar jamlangan.

➡️ Shuningdek, hozirda oliy ta'lim muassasalari tomonidan adabiyotlarni raqamlashtirish hamda ushbu platformaga joylashtirish davom etmoqda.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍10
Jahon banki ishtirokida 7 ta OTM ilmiy-tadqiqot laboratoriya jihozlari bilan modernizatsiya qilinmoqda

O‘zbekiston Milliy universitetida “Zamonaviy tadqiqot laboratoriyasining oliy ta’lim muassasalar ta’lim sifatiga ta’siri” mavzusida milliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Yevropa sifatni ta’minlash agentligi, tegishli vazirliklar va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

➡️ Batafsil ushbu havolada

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍12🤣4👎1
Konspektni shunday yozish kerak)

@NUU_students
🤣243😁15👍10👎4👏3😢2