O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.07K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
#MUHIM

⚡️Magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishi mumkin


2022/2023 oʻquv yili uchun davlat oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

Muhim jihati oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida talab etilganidek milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratiladi.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomning oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

Maʼlumot oʻrnida, Prezidentning tegishli qaroriga koʻra abituriyent filologiya yoʻnalishlari boʻyicha kamida C1, nofilologik yoʻnalishlari boʻyicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlish talabi belgilangan.

👉Milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar roʻyxati

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

@NUU_students
👍13👎1
⚡️ Magistraturaga qishki qabul 20 dekabrdan boshlanadi. Xorijiy til sertifikati albatta bo'lishi kerak, faqat minimal daraja hozircha talab etilmaydi

2022/2023 o'quv yili uchun davlat OTMlari magistraturasiga qishki qabul 2022 yil 20 dekabrdan 2023 yil 10 yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn bo'lib o'tadi.

Tanlov natijalari bakalavriat diplomning o'rtacha ballari asosida aniqlanadi. Ya'ni bu safar ham kirish imtihonlari bo'lmaydi.

✅ Xorijiy sertifikat bo'yicha istisno qilinadi

Tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qat'i nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

Muhim jihati o'qishga qabul qilingan talabalar o'qishi davomida talab etilgan sertifikatni qo'lga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestasiyasiga ruxsat etilmaydi.

❓ Bu nima degani?

Demak, qishki qabulda ham til bilish darajasini belgilovchi sertifikat so'raladi. Sertifkatsiz qabul bo'lmaydi.

Ammo minimal talab bo'lmasa ham istisno qilinadi. Amaldagi tartibga ko'ra, abiturient filologiya yo'nalishlari bo'yicha kamida C1, nofilologik yo'nalishlari bo'yicha esa B2 darajadagi milliy yoki unga mos xalqaro sertifikatga ega bo'lish kerak. Endilikda, masalan, B1 darajali sertifikat bilan ham magistraturaga kirsa bo'ladi.

Asosiy sharti, toki o'qishni tugatguncha, talab etilgandek C1 yoki B2 sertifikat olishga majbur. Yo'qsa yakuniy attestasiyaga kiritilmaydi. Boshqacha aytganda, toki kerakli sertifikatni olmaguncha magistr diplomi berilmaydi.

@NUU_students
👍7👎2
❗️Oʻqituvchilar oʻrtasida oʻtkazilayotgan “Zakovat” intellektual turnirining Toshkent shahri hududiy saralash oʻyinlarida Oʻzbekiston Milliy universiteti oʻqituvchilar jamoasi 3-o‘rinni qoʻlga kiritib, keyingi bosqichga chiqishdi.

Turnirning respublika bosqichi 27-noyabr kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtadi. Jamoaga omad tilab qolamiz!

@NUU_students
👍45👏3🔥2👎1🤬1
🏆 DIQQAT EʼLON

🥁 Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtadi.

🧩 Ushbu musobaqa 18-noyabr kuni soat 16:00 da fakultetning 124-xonasi oldida boʻlib oʻtadi.

🎯 Qatnashmoqchi boʻlgan jamoalardan quyidagi talabnomani toʻldirib, @Oybek_Jorayev Telegram manziliga yuborib qoʻyishlari soʻraladi.

🎗 Qoʻshimcha maʼlumotlar oʻyin oldidan aytib oʻtiladi.

🎖 Oʻtgan oʻyinda gʻolib boʻlgan jamoalar ham aynan shu kuni oʻyin oldidan taqdirlanadilar!

🏆 Gʻolib boʻlgan jamoalar fakultet rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar

@uzmuamit
👍6
Assalomu aleykum.
Ingliz tili o'rganmoqchi bo'lganlar diqqatiga ‼️

Ingliz tilini mukammal o'rganmoqchi bo'lganlar(0dan va boshqa darajadagi)ni kursimizga taklif qilamiz.


Darslar haftada 3 martadan va narxlar hamyonbop , sifat esa yuqori.


Birinchi dars sinov darsi.

Yuqori natijaga asoslangan tizim bo'yicha o'qitamiz.
Tizim va dars sifati yoqsa birga davom etamiz bo'lmasam yo'q.

Ingliz tilini o'rganish niyati jiddiylar murojaat qilinglar.

Biz bilan manfaatli ilm oling.

Manzil: Xalqlar do'stligi metro bekatiga yaqin. 

Batafsil malumot uchun @deap_admin
👍10🔥2
Bayram muborak, hurmatli talabalar!

@NUU_students
🎉51❤5👍5🥰5🤩3🔥2❤‍🔥1👎1🐳1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Kibersport bo'yicha bakalavriat ta'lim yo'nalishi ochiladi

“Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–423-son, 16.11.2022-y.) qabul qilindi

✅ Qarorga ko'ra, kibersport turlari bo'yicha respublika va xalqaro chempionatlar va turnirlar tashkil etish, shuningdek, nufuzli xalqaro va mintaqaviy musobaqalarda munosib ishtirok etish kibersport turlarini rivojlantirishning asosiy yo'nalishlaridan biri etib belgilandi.

🗓 2023-yildan an'anaviy tarzda kibersport turlari bo'yicha:

▫️har yili aprel oyida “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionati;
▫️har yili dekabr oyida “O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi kubogi” turniri;
▫️har yili iyun oyida “Yoshlar kubogi” turniri o'tkaziladi.

🏢 Qaror bilan Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish bo'yicha idoralararo kengash tashkil qilindi.

📁 Shuningdek, kibersportda “ping” muammosini bosqichma-bosqich bartaraf qilishni nazarda tutuvchi Kibersport turlarini yanada rivojlantirish va keng ommalashtirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi.

❗️O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 2023/2024- o'quv yilidan “Sport faoliyati: kibersport” bakalavriat ta'lim yo'nalishi ochiladi hamda ushbu yo'nalish bo'yicha o'qish muddati 3 yil etib belgilanadi.

☑️ “Uzbekistan Esports Championship” respublika chempionatida oxirgi bir yilda g'olib (1-o'rin) bo'lgan kibersportchilar 2023/2024-o'quv yilidan mazkur bakalavriat ta'lim yo'nalishiga kasbiy (ijodiy) imtihonlarni topshirishdan ozod qilinib, ularga maksimal ball beriladi.

@NUU_students
👍6
Biologiya fakulteti 3-kurs talabasi Boborahimov Otabekning “Talabalar kuni” uchun ijodiy ishi

@NUU_students
❤20👍7👏6👎1🔥1🎉1
😁64💔20❤13👍11👏6🤔5❤‍🔥3👌3🥱3👎2🕊2
Talabalar uchun aviachiptalarga chegirma e’lon qilindi

Uzbekistan Airways O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talabalar uchun 22-dekabrdan 10-yanvargacha amalga oshiriladigan mahalliy aviaqatnovlarga ekonom-klass uchun 50% chegirma e’lon qildi.

Buning uchun Uzbekistan Airways Sales filialiga yoki hududingizdagi aeroport aviakassasiga kelib, talabalik guvohnomasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-kartani taqdim etish kifoya. Endi siz kerakli manzilga chegirmali aviachipta xarid qilishingiz mumkin.

@NUU_students
👍30🥱6🥴4👎1🥰1👏1
🇺🇿 18 - noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.

1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan qonunga ko‘ra, davlat bayrog‘i – O‘zbekiston Respublikasi davlat suverenitetining ramzidir. Davlat bayrog‘i xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasining timsoli bo‘ladi.

@NUU_students
👍16👎2❤1👏1
Biologiya fakulteti 3-kurs talabasi Boborahimov Otabekning “18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun” uchun tayyorlagan ijodiy ishi

@NUU_students
👍19👏6😁4❤3👎2🔥2🌭1
😅 Hurmatli talabalar eshiting: ​​​​​​​Talaba kim?

Talabalar – Asosan bilim yurti hududlarida vaqt o‘tkazadi. Kabinetdan - kabinetga guruh-guruh bo‘lib harakatlanishadi. Vaziyatga tez moslashuvchan, kezi kelganda ayyor va asosan dangasa bo‘lishadi. Tunda uxlashni, tongda uyg‘onishni yomon ko‘radi. Kunning birinchi yarmida asosan uyqusirab, ko‘zlari qizarib yuradi. Kech kirishi bilan yana aktivlashadi.

Tashqi ko‘rinishi – Topganini kiyadi (lekin did bilan). Bizning muhitda asosan oq-qora tusli liboslarda bo‘lishadi. Qo‘lida papka yoki hamma fan uchun tutilgan bir donagina daftari bo‘ladi (ba’zan shuyam bo‘lmaydi).

Yashash tarzi – Deyarli hamma qatori. Stipendiya chiqsa 3 kun mazza qilib yashaydi, so‘ng, yana keyingi stipendiyani kuta boshlaydi. Talabalik davrini surib yuradi. Ba’zida esa talabalik davri o‘zini suriiib-survoradi.

Ijtimoiy tabaqalanishi – Asosan 3 tabaqaga bo‘linadi:
1. Oddiy tabaqa – grantda o‘qiydi.
2. Sal mindeyeyeroq tabaqa – kontraktda o‘qiydi.
3. Krutoy tabaqa – “super-muper” kontraktda o‘qiydi (bu tabaqadagilarni ko‘rganda hamma O‘-o‘-o‘ deydi).

Uxlash tarzi – Shaxsiy yoki ijara uyi. Yotoqxona. Leksiyalar zali...

Oziqlanish tarzi – Oy boshida kafema-kafe yurib, keyin gumma, rollton va topgan-tutgani bilan oziqlanadi

Shiori – Talabalik oltin davrim! (ayrim manbalarda keltirilishicha, ushbu davr otning kallasidek kontrakti sababli oltinga tenglashtiriladi).

Yomon ko‘radi – Hech “kelishib bo‘lmaydigan” domlalarni.

Yoqtiradi – Darsda uxlashni.

Qo‘rqadi – Sessiyadan.

Ustunlik tomoni – 3 oy yallo qilib yurib, imtihonga uch kun qolganda o‘sha fanni “qalpoq” qilib tashlaydi.

Zaif tomoni – Dars tugashi bilan mavzuni esdan chiqarvoradi.

Orzusi – O‘qishni bitirgach o‘z mutaxassisligi bo‘yicha katta oylikli ishga joylashish. (tuya hommomni... e nimalar deyapman o‘zimdan-o‘zim?!). Orzuga ayb yo‘q.

Kelajagi – Agar yaxshi o‘qisa, qobiliyatli bo‘lsa, fanlarni yaxshi o‘zlashtirsa, bilimi kuchli bo‘lsa - kelajakda yo taksist yoki sotuvchi bo‘ladi. Mabodo mindeyeyeroq joyda ishlaydigan tanishi bo‘lsa – unda boshqa gap. Masalan-da...

@NUU_students
👍60😁23🤣19👏2❤1
Gulim
Konsta MTM
🔥22👍9🤡6👎3😢3💔3😐3❤‍🔥2😱2
❗️Koronavirusga chalinish kuniga 15-20% dan ortib bormoqda!

SSV xabar berishicha, kecha 18-noyabr kuni respublika bo‘yicha 92 kishida koronavirus qayd etilgan bo‘lib, ulardan 71 nafari Toshkent shahrida yana 10 nafari Toshkent viloyatida aniqlangan.

@NUU_students
😱59😁17👎13😐5👍4😢3🥴3
❗️Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik

⚡️ Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.

🎓 Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:
🟢 erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;
🟢 dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.

🔅 Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.

✔️ Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.

Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzoq – 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin.

📃 Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi – bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o'quv semestri davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

@NUU_students
👍23
❗️Turmush oʻrtogʻining kontrakt toʻlovini toʻlaganda daromad soligʻi toʻlamasligi aytilgandi, shu tartib kuchga kirganmi?

✅ JAVOB:
Ha, bu imtiyoz kuchga kirgan. Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga koʻra soliq toʻlovchining:
🟢professional taʼlim tashkilotlarida;
🟢oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

🟥Bu imtiyoz soliq toʻlovchi:
🟢oʻzi uchun;
🟢26 yoshga toʻlmagan farzandlari uchun;
🟢26 yoshga toʻlmagan turmush oʻrtogʻi (eri yoki xotini) uchun kontrakt toʻlovlarini amalga oshirgan
summasiga qoʻllaniladi.

☝️Mazkur imtiyoz soliq toʻlovchining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun tijorat banklari ajratgan taʼlim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga yoʻnaltirilgan daromadlariga nisbatan ham qoʻllaniladi.

❌ Bu imtiyoz soliq toʻlovchining aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki kuyovi uchun qoʻllanilmaydi.

@NUU_students
👍10
Audio
Odamlar nima deydi?!

@NUU_students
👍27🔥10👎3👏1