O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
18 NOYABR – O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROG‘I QABUL QILINGAN KUN!

Bugun 18 noyabr O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan kun. 1991 yil 18 noyabrda “O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida”gi qonunning qabul qilinishi bilan mamlakat davlat suverenitetining ramzi – bayrog'imiz tasdiqlandi.

Davlat bayrog‘i va uning ramzi bugungi O‘zbekiston sarhadida qadimda mavjud bo‘lgan davlatlar bilan tarixan bog‘liqligini anglatadi hamda respublikaning milliy-madaniy an’analarini o‘zida mujassamlashtirib, chuqur ma'no-mazmun va qadriyatlarning timsoli hisoblanadi.

@NUU_students
👍11
❗️Endi OTMlar rektorlarni o‘zlari saylashi mumkin!

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarorida OTMlarda tashkilot jamoasi rektorlarni saylash tizimi joriy qilinadi.

Hozirgi tartib bo‘yicha esa rektorlar Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tayinlanadi.

@NUU_students
🤣22🔥2😁2👍1👎1
❗️Milliy kutubxona yana 24 soat ishlaydi!

Xabaringiz bor, 20-oktabr kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi faoliyati 24/7 rejimidan odatiy rejimga qaytgani haqida xabar berilgan edi.

Bugun, 21-noyabr kuni Parlament Quyi palatasida bo‘lib o‘tgan majlisda deputatlar 2024-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjetida kutubxonaning kechki vaqtda ishlashi uchun talab qilinadigan mablag‘ni aks ettirish masalasini ham ko‘tardi.

Qayd etilishicha, hujjat loyihasida yoshlarga kutubxonadan kechki vaqtda foydalanish uchun qulay sharoit yaratish maqsadida O‘zbekiston Milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi huzuridagi byudjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi harajatlari uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratish ko‘zda tutildi.

@NUU_students
👍35🔥6😁3🤣1😐1
Forwarded from Tarix - Muarrix Kutubxonasi (Jahongir Jabborqulov)
🎙 Amir Temur hayotiga qiziqadigan tarixchilar uchun maxsus vebinar!!!

🔴 Kutib oling, "Muarrix Kutubxonasi" kanalida ko'pchilik kutgan "Amir Temur siyosiy maydonga kelishi. Hokimiyatga kelish strategiyalari" mavzusida suhbatlashamiz.

🎙 Ovozli suhbatda sizni qiziqtirgan barcha savollarga Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD, Professor) ustozimiz Akbar Zamonov dan javob olasiz.

🏪 Vaqti: 23-noyabr, Payshanba, 21:00
🙌 barchani taklif qilamiz
📍 Qayerda: "Muarrix Kutubxonasi" telegram kanalida

😉 Tarixga qiziquvchi do'stlaringizga ulashish esdan chiqmasin-a!

https://t.me/MuarrixKutubxonasi?livestream
👍6
🏆 DIQQAT EʼLON

🥁 Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida “Zakovat” intellektual oʻyini boʻlib oʻtadi.

🧩 Ushbu musobaqa 24-noyabr kuni soat 16:00 da fakultetning 124-xonasi oldida boʻlib oʻtadi.

🎯 Qatnashmoqchi boʻlgan jamoalardan quyidagi talabnomani toʻldirib, @Oybek_Jorayev Telegram manziliga yuborib qoʻyishlari soʻraladi.

🎗 Qoʻshimcha maʼlumotlar oʻyin oldidan aytib oʻtiladi.

🏆 Gʻolib boʻlgan jamoalar fakultet rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadilar.

@nuu_amitf
👍2
Giveaway juda yaxshi biznes :)

@NUU_students
😁11🤔6👍5🔥1😡1
❗️Talabalar uchun qishki ta'til 24-dekabrdan boshlanishi mumkin.

O'tgan yili qishki ta'til 26-dekabrdan boshlangan va bu haqida 5-dekabr kuni e'lon qilingan. Bu yilgi xabarlarga ko'ra qishki ta'til 2023-yilning 24-dekabridan 2024-yilning 7-yanvarga qadar davom etadi, 8-yanvar o'qishning birinchi kuni bo'ladi degan tahminlar bor.

Ma'lumot uchun vazirlar mahkamasi qaroriga ko'ra dekabr oyining oxirgi o‘n kunligi va yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oralig‘ida ikki haftalik qishki ta’tili o‘tkazilishi belgilangan.

@NUU_students
👍38👎17
#IT ZONE da chegirmali qabul!

📣 Frontend kursiga qabul boshlandi!


«IT ZONE» o‘quv markazimizda dasturlashning Frontend yo‘nalishi uchun kurs yakunigacha amal qiluvchi 50% chegirma asosida qabul boshlanganini e‘lon qilamiz!

💥 Kursning davomiyligi 7 oy bo‘lib, darslar chuqurlashtirilgan tarzda haftada 3 kun 2 soatdan o‘tiladi.

Kursimiz yakunida siz HTML, CSS, SASS, Bootstrap, JavaScript, React yoki Vue shu kabi hamda boshqa Frontend texnologiyalar bo‘yicha yuqori natijalarga ega talabalarimiz qatorida bo‘lasiz.

Agar sizda yuqori malakali ustozlardan, dunyo talablariga moslangan o‘quv dasturi asosida o‘qish istagi bo‘lsa, kursimizga hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!

⚡️Chegirmali qabul 30-dekabrgacha davom etadi.

Kursga ro‘yxatdan o‘tish

Batafsil 👇👇
Tel: +998950976999
Telegram: Admin
Manzil: Beruniy metro
👍4
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim nima u nega kerak?

O‘zbekistonda oliy ta’limdan keyingi ta’lim 2 xil:

1️⃣ Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura;

2️⃣ Dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimlaridan iborat.

Tayanch doktoranturaga magistr darajasiga yoki oliy ma’lumotga (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lgan, yoxud klinik ordinaturani tugatgan (tibbiyot fanlari uchun) shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi.

Doktoranturaga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda berilgan, unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega bo‘lgan shaxslar o‘rnatilgan talablarga muvofiq qabul qilinadi.

Bu darajalarni olish uchun dissertatsiya himoya qilish talab qilinadi.

@NUU_students
👍7
❗️Talabalar uchun qishki ta’til muddati e’lon qilindi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrug‘iga ko‘ra, barcha oliy, o‘rta maxsus va professional ta’lim (davlat, nodavlat, xorijiy) muassasalarida qishki ta’til muddati 2023-yilning 25-dekabridan 2024-yilning 7-yanvariga qadar etib belgilandi.

Dars jarayonlari 2024-yil 8-yanvar, dushanba kunidan boshlanadi.

@NUU_students
👍20👎17🫡1
Assalomu alaykum hurmatli bilimdonlar 🤩 Sizlar uchun yangi platforma (loyixa) taqdim etmoqchimiz

Demak loyiha haqida qisqacha 📋

1. Loyiha nomi : Soff - Intellektual mulk bozori

2. Loyihaning mazmuni: intelektual onlayn bozor (kerakli hujjatlarni sotib olish va sotish (albatta mualliflik huquqi asosida))

3. Loyiha asoschisi: Soff Hub IT Company

4. Loyihaning maqsadi: O’z bilimingizni pullash va o’zingiz uchun muhim hujjatlarni platforma orqali sotish va sotib olish.

Loyihaning ajralib turuvchi qismlari 🔑

1. Sotib olayotgan hujjatingizdagi sahifalarning ma’lum qismlarini sotib olishdan oldin vizual (to'liq) ko’rish imkoniyati

2. Do’stingizni taklif qilish orqali dostingizning har bir sotuvidan sizga pul tushishi

3. Clicl va PayMe orqali xavsiz to'lov tizimi

4. Sotuvchi sifatida pul topishingiz

imokoniyatlar qo’shilishda davom etmoqda


Saytda ro'yxatdan o'tish uchun buyerga bosing, yangi loyixamizni birinchilardan bo'lib sinovdan o'tkazing🏆
👏10👍6🔥4👎1
❓Eshitishimcha, "Yoshlar daftari"da turadigan yoshlar o‘quv markazlarida o‘qisa, uning pulini davlat qoplab berar ekan. Shu rostmi? Agar rost bo‘lsa, qaysi yo‘nalishlarda o‘qish kerak? O‘quv markazlari ro‘yxatini qayerdan topsa bo‘ladi?

✅ JAVOB: Ha, rost. Amaldagi tartibga ko‘ra, "Yoshlar daftari"da ro‘yxatda turadigan 14-30 yoshdagi yoshlar «Kelajak kasblari» loyihasi doirasida zamonaviy kasblar, IT va xorijiy tillar yo‘nalishlarida ta‘lim olsa, ularning 6 oygacha kurs xarajatlari davlat tomonidan qoplab beriladi.

Tizimga ulangan o‘quv markazlari ro‘yxatini mana bu yerdan ko‘rish mumkin:

https://yoshlardaftari.uz/approved-list

Dizayn va dasturlashning turli yo‘nalishlari, xorijiy tillar, zamonaviy arxitektura, animatsiya va ko‘plab sohalarini o‘rganishni niyat qilgan yoshlarga quyidagi havola orqal ariza topshirishni tavsiya qilamiz:

https://yoshlardaftari.uz/applications/create/center?service_id=8

Ayniqsa, mabodo siz o‘qishdan yiqilgan bo‘lsangiz, unda kasb yoki til o‘rganishning ayni payti!

Ma‘lumot uchun: bugungacha 12 mingga yaqin yoshlarning 700 ga yaqin o‘quv markazlarida olgan ta‘limlari moliyalashtirilgan.

@NUU_students
👍5❤1
❗️Toshkent metrosida kaft orqali pul toʻlash yoʻlga qoʻyildi

Toshkent metropolitenining “Xalqlar doʻstligi” bekatida ilk marotaba kaftni skanerlash orqali toʻlovni amalga oshirish tizimi ishga tushirildi.

Oʻtish joyida UZINFOKOMning — Palm ID, tomirlar tasviriga asoslangan identifikatsiyalash yangi biometrik loyihasi ishga tushirildi.

Kaftingizni skaner ustiga tutasiz va tizim sizni identifikatsiya qiladi. Sizdan avtomatik tarzda toʻlov yechib olinadi. Buning uchun siz bir necha daqiqa sarflab, dastur orqali oʻz shaxsiy maʼlumotlaringizni kiritishingiz zarur.

Jamoat transporti foydalanuvchilari uchun mobil ilova ham ishga tushirilgan. Mobil ilova orqali virtual karta ochilib, pul mablagʻi bilan toʻldiriladi. Shundan soʻng toʻlov uchun kaftingiz kifoya qilib, hech qanday internetsiz, karta yoki, QR-kodli cheklarsiz toʻlovni amalga oshira olasiz.

@NUU_students
👍28🤔7👏3
Oldingisi ham birlashtiraman deb chiqqandi, bunisining ham maqsadi shu. Bilmadim, keyingisini ham maqsadi shu boʻladi. Xoʻp, birlashtirding. Nima oʻzgarib qoladi?

@NUU_students
🤔24
❗️Diqqat yaqinlaringizga tarqating!

Endi mustaqil izlanuvchilik (PhD, DSc) uchun chet tili sertifikati talab etilmaydi
.

Magistraturaga qishki qabul bo‘ladimi yo‘qmi bu haqida hali qaror e'lon qilingani yo‘q.


@NUU_students
👍15👎3👏1
Ma’lumotlarga ko‘ra, Prezident Administratsiyasi departament rahbari Abdurahmonov Odil Qalandarovichga oliy ta’lim masalalariga qarab turish vazifasi yuklatilgan.

Aytilishicha, Odil Qalandarovich nomzodi oliy ta’limga vazir sifatida ko‘rsatilgan, biroq bu lavozimni rad etgan. Shu sababli munosib nomzod tayinlangunga qadar oliy ta’llim vazirligini vaqtincha “boshqarib” turishi aytilmoqda.

Eslatib o‘taman, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 25-oktabrdan beri vazirsiz qolgan. Vazir sifatida kim qo‘yilishi haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q!

@NUU_students
👍8🤔2❤1😁1