O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Jamoat transportida yo‘l haqi 1-noyabrdan oshirilmoqda

Poytaxt jamoat transportida yangi, qo‘shimcha va rag‘batlantiruvchi tariflar joriy etilmoqda. Unga ko‘ra, bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tariflar naqd pul va bank kartalari orqali 2000 so‘m, ATTO transport kartalari orqali to‘lov uchun esa 1700 so‘m etib belgilanmoqda.

Yo‘lovchilar ATTO transport kartalaridan foydalangan holda bir soat ichida ikkinchi marotaba avtobusdan foydalansalar yo‘l haqi uchun 700 so‘m to‘laydilar. Bir soat davomida yo‘lovchilar avtobusdan uchinchi va to‘rtinchi marotaba ma’lum bir manzilga harakatlanishi esa mutlaqo bepul bo‘ladi.

@NUU_students
👎53👍7
❗️Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash va ijara pulini byudjetdan kompensatsiya qilish tartibi o’zgartirilmoqda

Xabaringiz bor, 2 yildan buyon talabalarning ijara xarajatlarining bir qismi davlat byudjetidan qoplanayotgan edi.

Aniqrog‘i, 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan to‘lanadigan oylik ijara to‘lovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilangandi.

Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, mazkur tartib o‘zgartirilmoqda. Yaʼni ijarada turgan talabalar uchun yagona aniq summa belgilanmoqda. Bunda ijara puli:

➖ Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (330 ming so‘m);
➖ qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari (165 ming so‘m) miqdorida davlat tomonidan qoplanadi.

Ya’ni masalan talaba Toshkentdagi biror xonadonda kursdoshlari bilan birga 600 ming so’mdan ijarada tursa, shuning 330 ming so’mi davlat tomonidan qoplanadi.

✅ Shuningdek, sentyabr va oktyabr oylarida ijara puli qoplanishi uchun hech qanday ijara shartnomasi ko‘rsatish shart bo‘lmaydi, shartnoma bo‘lmasa ham qoplab berilaveradi.

Bundan tashqari OTMlardagi talabalar turar joylari endi tarqatiladi va bunda byurokratiya hamda inson omili minimal darajaga tushiriladi.

@NUU_students
👍14👏3😁1😴1
-Vaqtingiz kam,⏰ lekin IELTSdan kafolatlangan kurs qidiryapsiz…
-Natijasidan🎯 esa havotirdasiz, to’g’rimi? 🤔🤔

Endi natijani bizga qo’yib bering va siz vaqtingizni ilm olishga sarflang!

-Standart va intensive IELTS kurslari uchun qabul boshlandi!
-Kursga imtixon asosida qabul qilamiz!
-IELTSdan 6+ olish uchun atigi 60 kun vaqtingiz qoldi!

-Quyidagi ☎️ orqali tezroq joyingizni band qiling: 33 200-30-30

Telegram: @city_education_beruniy
Instagram: city_education.uz

Manzil: Beruniy metro, Alpomish muz saroyi binosi!
👍3😁3
❗️Xalqaro islom akademiyasini tugatganlarga 20% qo‘shimcha maosh to‘lanadi

Vazirlar Mahkamasining 2003-yilda chiqqan qaroriga ko‘ra, Toshkent islom universitetini (hozirgi Xalqaro islom akademiyasi) bitirib, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlarga ishga qabul qilinadigan bakalavr va magistrlarning lavozim maoshlariga 20% miqdorida oylik qo‘shimcha haq to‘lash belgilangan.

@NUU_students
👍30👎5
❗️Toshkentda 6-noyabrdan ko‘p qavatli uylarni isitish boshlanadi

3-noyabr soat 00:00 dan boshlab, issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi

Muvofiq ravishda, 6-noyabrdan boshlab ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p xonadonli turar-joy binolarini issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.

@NUU_students
👍10🤣4🔥2❤1
❗️Xorijda olingan diplomlarni tasdiqlatish uchun qancha to‘lash kerak?

O‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish Bilimlarni baholash agentligi zimmasida.

Agentlikka ko‘ra, bu xizmat uchun talabgor BHMning 20 foizi (hozirda 66 ming so‘m) miqdorida to‘lov qiladi.

Hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha turli firmalarga murojaat qilish shart emas. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz sayti orqali ariza berish imkoniyati mavjud.

@NUU_students
👍3🤣2🔥1
❗️Qishki "perevod"ga kimlarga ruxsat beriladi?

Xuddi yoz oyidagi kabi qishda ham o‘qishni ko‘chirish mumkin. Faqat bir davlat OTMidan boshqasiga.

✔️ Kimlarga ruxsat bor

🔴talaba oila qurishi munosabati bilan
turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun;
🔴davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

🔵o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
🔵talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
🔵pasport nusxasi;
🔵yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Qishki "perevod" uchun arizalar dekabr-yanvar oylarida olinadi.

@NUU_students
👍6😁2❤1
❗️Rasman: 2024-yilgi imtihonda test tushadigan darsliklar ro‘yxati e’lon qilindi

Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun o‘qishga tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

O‘qishga tavsiya etilgan darsliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tavsiya etilgan o‘quv adabiyotlar ro‘yxati asosida shakllantirilgan.

Darsliklar 2023-2024-o‘quv yilida umumta’lim maktablari hamda akademik litseylarni bitiruvchi o‘quvchilar va boshqa abituriyentlarning OTMlarga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rishlari uchun tavsiya sifatida taqdim etilgan.

Ro‘yxat: https://uzbmb.uz/info/textbooks

@NUU_students
👍4
❗️O'zbekistonda sirtqi ta’lim shakli masofaviyga o‘tkaziladi. Hozircha qachonligi noma'lum

Oliy ta’lim vazirligi mas’uli Abduvali Xoliqov sirtqi ta’lim shakli hozir o‘zini oqlamayotganini, bu ta’lim shakli bosqichma-bosqich masofaviyga o‘tkazilishini aytgandi.

"Faqat buning uchun texnik jihatdan tayyor bo‘lish kerak. Internet yaxshi bo‘lishi kerak. Aynan qachon masofaviyga o‘tilishini jarayon hal qiladi. Balki 3 yil, balki 5 yildan keyin to‘la sirtqi ta’limdan voz kecharmiz", degandi u.

@NUU_students
👎9👍7🔥2😡1
❗️2024-yildan ish haqi, pensiya va stipendiyalarni oshirish rejalashtirilmoqda

2024 yilda byudjet xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdorini oshirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024−2026 yillarga mo‘ljallangan byudjetnomasida ma’lum qilingan.

@NUU_students
👍17😁3🤔2👎1
❗️Talabalar o'zlariga qancha stipendiya to'langanini ko'rishi mumkin

Buning uchun STUDENT HEMIS platformasiga kirish va “Moliyaviy to‘lovlar” bo‘limidan “Stipendiya hisobini” tanlash kerak.

Ushbu bo‘limda joriy yilda to‘langan stipendiya ma’lumotlarini olish mumkin.

@NUU_students
👍5
❗️Fan olimpiadasida g‘olib bo‘lganlarga o‘qishga kirishda imtiyoz beriladi

Tegishli tartibga ko'ra, asosiy fan olimpiadasining to‘rtinchi, ya’ni respublika bosqichida 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarga ixtisoslik fani bo‘yicha davlat OTMlariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqini beruvchi elektron sertifikatlar beriladi

Bu sertifikatlar 3 yil amal qiladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha
mazkur sertifikatni olgan o‘quvchilarga ixtisoslik fan sifatida matematika fanidan davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida maksimal ball olish huquqi beriladi.

@NUU_students
👍13👎2
❗️Webometrics Ranking of World Universities reytingida O‘zbekiston Milliy universiteti 2023-yilning 2-yarmidagi e’lon qilingan reytingida O‘zbekiston OTMlari bo‘yicha 1-ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.

Webometrics Ranking of World Universities, shuningdek, Ranking Web of Universities nomi bilan ham tanilgan, jahon universitetlari uchun kompozit metrikaga asoslangan reyting tizimi bo‘lib, u veb-kontent hajmini (sahifalar va fayllar soni), hamda ko‘rinadigan ta’sirini ham hisobga oladi.

Universitet veb saytlariga va nashrlariga qilingan tashqi havolalar soni bo'yicha ham hisob kitob ishlarini olib boradi.

Reyting Madridda joylashgan Ispaniya Milliy tadqiqot kengashining (CSIC) tadqiqot guruhi Cybermetrics Lab tomonidan e'lon qilingan.
Reytingni tuzishdan maqsad internetda akademiyalar va ilmiy-tadqiqot institutlarining mavjudligini oshirish va ilmiy natijalarni ochiq nashr etishga ko‘maklashishdan iborat.

@NUU_students
👍12🔥5🤣4👏3👎2
❗️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi “Yil talabasi” tanlovini eʼlon qiladi

Tanlovda oliy ta’lim muassasasida uzluksiz (akademik ta’tilsiz) kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib kelayotgan 2-, 3-, 4-bosqich talabalari ishtirok etishi mumkin. Mazkur tanlovda oldingi yillarda ishtirok etib 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan talabalarning qayta ishtirok etishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tanlovda quyidagi 7 ta nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi:

▶️ Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
▶️ Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
▶️ Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
Yilning eng faol sportchi talabasi;
▶️ Yilning eng faol iqtidorli talabasi (rangtasvir, grafika, dizayn, amaliy san’at, haykaltaroshlik bo‘yicha);
▶️ Yilning eng faol ijodkor talabasi;
▶️ Yilning eng faol tadbirkor talabasi (xotin-qizlar uchun).

Tanlov nominatsiyalari bo‘yicha birinchi OTM bosqichida yuqori o‘rinlarni egallagan g‘oliblar oliy taʼlim muassasasining faxriy yorlig‘i va tegishli ravishda bazaviy hisoblash miqdorining 8, 6 va 4 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Respublika bosqichi esa joriy yilning noyabr oyida tashkil etiladi. Ushbu bosqich g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi diplomi, maxsus statuetka hamda bazaviy hisoblash miqdorining 1-o‘rin 15 barobari, 2-o‘rin 10 barobari va 3-o‘rin 8 barobari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

“Yil talabasi” tanlovi nizomi

Hujjatlar oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha masʼullari tomonidan qabul qilinadi. Ishtirok etish uchun oʻz oliygohingiz masʼullariga murojaat qiling.

@NUU_students
👍8🗿2
❗️Hammasi bittada: O‘zbekistonda talabalarga talaba kartasi, bank kartasi, transport va kutubxona yo‘llanmasi sifatida foydalanish mumkin bo‘lgan super karta beriladi.

TFI va TATU talabalari allaqachon kartadan tajriba sifatida foydalanishni boshlashgan. Kelajakda boshqa talabalarda ham shunday kartalar bo‘ladi.

@NUU_students
👍45😁8👏2
Eslab qolishni oʻrgatadigan ustozda 1 oy tahsil oldim. 1 yildan keyin kelsam tanimadi :)

@NUU_students
😁54🤣41👎4🤪3👍1🌚1
“17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan har bir OʻzMU talabasiga bazaviy stipendiya miqdorining 2 barobari miqdorida (1 mln. 35 ming soʻm) ragʻbatlantirish puli ajratiladi degan xabarni oʻqisangiz bizga ham yuboring :)

@NUU_students
😁79🤣35👍6👏4
❗️1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoniga ko‘ra, joriy yil - dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda, ya’ni:

- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 372 ming so‘m;
- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – 725 ming so‘m;
- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 mln 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, bazaviy hisoblash miqdori 1-dekabrdan 3% miqdorda (7% emas!) o‘zgarib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda.

@NUU_students
Guruh:

— Starsta sizga ishonsak boʻladimi?

Starsta:

— Qoʻrqmanglar. Hammasi yaxshi boʻladi. Hammasi meni nazoratim ostda.

deb turib hammaga NB tushiradigan starstalar boʻladi-yu :)

@NUU_students
🤣96👍12👻3😁2❤1