O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Metro Qurbon hayiti kuni ikki soatga vaqtliroq ish boshlaydi

Qurbon hayiti kunida Toshkent metropoliteni soat 03:00 dan 10:00 ga qadar yoʻlovchilarga bepul xizmat koʻrsatadi.

Boshqa dam olish kunlarida esa yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan xizmat koʻrsatiladi.

@NUU_students
👍20🔥4
Turk tilidan online dars o'taman. TYS sertifikatim bor.
- Milliy(cefr) va Xalqaro(TYS, TÖMER) sertifikatga tayyorlayman.
- 0 dan (Alifbodan) o‘rgatiladi.
- Bakalavr
- Magistratura
- Doktarantura da o'qimoqchi
- Turkiyaga ketmoqchi bo'lgan
- Turk tiliga qiziqadigan barcha uchun.

(Kurs hamyonbop narxlarda)

Murojaat uchun: @kubayevna111
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarining xalqaro reytinglarga kirishining ahamiyati nimada?

@NUU_students
❗️11-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti “Times Higher Education” agentligi tomonidan 2024-yil uchun “THE Impact Rankings” reytingi eʼlon qilindi.

Reyting universitetlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (BRM) qoʻshgan hissasini tahlil qildi. Unda bu yil Oʻzbekistonning 53 ta oliy taʼlim muassasasi qayd etildi. Shulardan 7 tasi TOP-1000 talikdan joy oldi.

Oʻzbekiston Milliy universiteti reytingda 601–800-oʻrinni qayd etdi.

@NUU_students
👏7👍2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Rasman: Joriy yilgi kirish test sinovlari 14-28-iyul kunlari o‘tkazilishi aniq bo'ldi!

2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2024-yil 14-iyuldan kunidan 28-iyul kuniga qadar o‘tkazilish rejalashtirilgan.

@NUU_students
❗️Imtiyozli tarzda OTMga kirganlarga grant o'qishni tugatguncha beriladi.

ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant olganlar, ya’ni maqsadli qabul va imtiyoz asosida qabul qilingan talabalarga davlat granti butun o‘qish davri uchun beriladi.

@NUU_students
👍4😐2
20242025_o‘quv_yili_bakalavriat_ta’lim_yo‘nalishlari_uchun_qayta.pdf
259 KB
❗️2024/2025-o‘quv yili bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun qayta tasdiqlangan fanlar majmuasi

@NUU_students
❗️Bu yil imtihon topshiradigan oʻzbekistonlik abituriyentlar uchun “qaynoq” sanalar.

5-25 iyun – abituriyentlarni ro‘yxatga olish;
1-25 – ijodiy imtihonlar o‘tkazish;
14-28 iyul – kirish test sinovlari;
29 iyul - 12 avgust – universitet, yo'nalish va o'qish shaklini tanlash.

@NUU_students
👍5❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Kirish imtihonidagi testlar qanday tekshiriladi?

Bilimlarni baholash agentligining zamonaviy texnologiyalari yordamida javoblar varaqalari tekshiriladi.

Bu texnika javoblarni tekshirish bilan birga abituriyent xato qilgan javoblar varaqasini alohida ajratadi.

@NUU_students
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Telefon raqamini yo'qotgan abituriyentda qanday yechim bor?

1️⃣ Parolni unutgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Parolni tiklash” funksiyasi orqali o‘z parollarini yangilashlari mumkin.

2️⃣ Telefon raqamini yo‘qotgan abituriyentlar my.uzbmb.uz saytida “Telefon raqamni o‘zgartirish” funksiyasi orqali shaxsiy kabinetiga kirib, mazkur funksiyadan foydalangan holda o‘z telefon raqamini yangilashi mumkin.

3️⃣ Ham telefon raqamini yo‘qotgan, ham parolini unutgan abituriyentlar shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan Bilimni baholash agentligi yoki uning hududiy bo‘limlaridan biriga ish vaqtida murojaat qilishi mumkin. Bunda Bilimni baholash agentligi mutaxassislari tomonidan abituriyentning telefon raqami o‘zgartirib beriladi.

@NUU_students
👍5
Muhtaram vatandoshlar!

Siz, azizlarni, butun xalqimizni tinchlik, mehr-oqibat va hamjihatlik fazilatlaridan tobora obod va munavvar bo‘layotgan yurtimizga kirib kelgan Qurbon hayiti bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman — Shavkat Mirziyoyev

@NUU_students
❤9👍3🔥3
❗️OTMga kirish uchun 43 ta turdagi imtiyozlar mavjud

2023-yil boshida OTMlarga kirishda beriladigan imtiyozlar ro‘yxati tasdiqlangan. Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida 43 ta turdagi imtiyozlar mavjud.

👉 Imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar

👉 Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar;

👉 Tegishli fan bo‘yicha imtihondan ozod etilib, ma’lum miqdorda ball berishga asos bo‘luvchi imtiyozlar;

👉 To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar;

👉 Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish uchun asos bo‘luvchi imtiyozlar;

👉 Qo‘shimcha imtiyozlar.

Imtiyozlarning to‘liq ro‘yxati bilan tanishish

@NUU_students
👍5
❗️Mandat 22-avgustga qadar eʼlon qilinadi

2024-2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari 2024-yil 14-iyuldan kunidan 28-iyul kuniga qadar o‘tkazilishi rejalashtrilgan

Maʼlumotga koʻra, katta ehtimol bilan, 14-iyulda boʻlajak huquqshunoslar imtihonni boshlab berishi kutilmoqda.

Imtihonlar 28-iyulda yakunlanadi hamda, 30-iyuldan boshlab 15 kun yoʻnalish tanlash imkoniyati yaratiladi.

13-avgustda (shu kuni ham tanlash mumkin boʻladi) ushbu muddat yakunlanadi.

@NUU_students
🔥7👍2❤1
❗️2024 – 2025-o‘quv yilida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha ma’lumot

🖥 2024-yil 17-iyun 18:00 holatiga oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 245 606 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.
📎Shundan:

🏛 Abituriyentlarning test sinovi topshirish hududi bo‘yicha taqsimoti:

👉 Qoraqalpog‘iston Respublikasi -- 10 736 nafar
👉 Andijon viloyati  -- 19 493 nafar
👉 Buxoro viloyati -- 15 309 nafar
👉 Farg‘ona viloyati -- 21 542 nafar
👉 So‘x tumani -- 419 nafar
👉 Jizzax viloyati -- 11 314 nafar
👉 Namangan viloyati -- 13 448 nafar
👉 Navoiy viloyati -- 17 091 nafar
👉 Qashqadaryo viloyati -- 23 034 nafar
👉 Samarqand viloyati -- 25 744 nafar
👉 Sirdaryo viloyati -- 8 882 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Termiz shahri) -- 8 647 nafar
👉 Surxondaryo viloyati(Denov tumani) -- 4 007 nafar
👉 Toshkent shahri -- 48 029 nafar
👉 Xorazm viloyati -- 17 911 nafar

🧑‍🎓 Abituriyentlarning joriy va avvalgi yillar bitiruvchilar bo‘yicha taqsimoti:
       
     👨‍🏫 joriy yil bitiruvchilari --126 627 nafar
      💁‍♂️avvalgi yillar bitiruvchilari -- 118 979 nafar

👬Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:

     🤵‍♂️ erkaklar -- 121 009 nafar
     👩🏻‍🔧 ayollar -- 124 597 nafar

📚 Abituriyentlarning ta'lim tili bo‘yicha taqsimoti:

🇺🇿 o‘zbek tili -- 211 941 nafar
🇷🇺 rus tili -- 28 200 nafar
🔘  qoraqalpoq tili -- 4 636 nafar
🔘  boshqa tillar -- 829 nafar

@NUU_students
👍10❤1
⚡️ 14-iyuldan imtihonlar boshlanadi

— Kirish test sinovlari 1 oydan keyin, ya'ni 14-28-iyul kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


@NUU_students
👍7
❗️Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball qanday tartibda beriladi?

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda:

2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi. 

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga muvofiq):

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida oliy ta’lim muassasasi bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

@NUU_students
👍5
❗️Test uchun to‘lovni qachongacha qilish kerak? 

JAVOB: Joriy yil bitirganlar uchun testga kirish tekin, avvalgi yillarda bitirganlar 170 ming so‘m (yarim “minimalka”) to‘lashi kerak.

To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan deb hisoblanadi va test sinovlariga qo‘yilmaydi.

Ushbu to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirsa ham bo‘ladi, faqat 25-iyunga qadar (o‘sha kuni ham) mazkur summa to‘liq to‘lanishi shart. Ya'ni qachon ro'yxatdan o'tganingizni farqi yo'q, asosiysi to'lovni 25-iyun soat 23:59 gacha to'lash shart.

LEKIN!!! Siz taqab oxirgi muddatga olib bormang. Sababi bank va onlayn tizimlarda kutilmagan profilaktik ishlar bo'lsa, yoki oxiriga taqagan odamlar tufayli serverda yuklama ko'payib ketsa, kutilmaganda to'lovni amalga oshira olmay qolishingiz mumkin.

Kimlar to‘lovdan ozod qilingan:

— taʼlim muassasasini joriy yilda tugatganlar;
— Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchalari bitiruvchilari;
— to‘liq davlat taʼminotidagi shaxslar;
— nogironligi bor shaxslar;
— ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxslar va ularning farzandlari;
— “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.

@NUU_students
👍4
❗️Magistraturaga qabul boshlanmoqda

2024-yil 1-iyuldan
respublika davlat OTMlari magistratura mutaxassisliklariga hujjatlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish boshlanadi.

2024/2025-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

@NUU_students
👍2
Magistratura va doktoranturaga chet tili sertifikatlari.pdf
15.9 MB
❗️Magistratura va doktoranturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining ro‘yxati tasdiqlandi

Bunda qaysi mutaxassislikka C1, B2 va B1 daraja talab etilishi belgilangan.

@NUU_students
👍4