O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Forwarded from O'zMU | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Milliy_universitet

🇺🇿 Markaziy Osiyodagi yetakchi oliy ta’lim muassasasi – O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olishni istaysizmi?

⏺Bir asrdan oshiq zalvorli tarixga ega otaxon dargoh turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha dunyo tan olayotgan salmoqli yutuqlarga erishib kelmoqda.

⏺Ulkan ilmiy salohiyatga ega O‘zbekiston Milliy universiteti ta’limning deyarli barcha fundamental yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston oliygohlari uchun respublikadagi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

O‘ZMU BILAN KELAJAK SARI YUKSALING!

🗣Qo‘shimcha ma’lumot: qabul.nuu.uz

📞 Ishonch telefonlari:
71 246 79 89
71 227 17 39
71 712 13 90

Biz shu yerdamiz:
🌐 Veb-sayt 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
❗️Oʻzbekiston Milliy universiteti QS World Rankings reytingi 2025-yilda dunyo boʻyicha 781-790 oʻrinni egallab TOP 1000 talik OTMlar safidan joy oldi.

@NUU_students
❤23🔥13👍6🗿5👏2
❗️Bugun 5-iyun sanasidan oliy taʼlim muassasalariga kirish imtihonlari uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanadi.

@NUU_students
👍3🔥1
❗️O'zbekiston Milliy universiteti qabul komissiyasi huzuridagi "Call-center" oʻz faoliyatini boshladi.

Davlat oliy taʼlim muassasalariga 2024/2025-oʻquv yili uchun oʻqishga qabul qilish jarayonlarida abituriyentlar va ularning ota-onalari murojaatlariga tez va aniq javob, huquqiy tushuncha va maslahatlar berish maqsadida O'zbekiston Milliy universiteti qabul komissiyasi huzurida "Call-center" ishga tushirildi.

📞 Murojaat uchun:
+99871 227 17 39
+99871 246 79 89
+99871227 13 90

O'zMU “Call-center” operatorlari 09.00 dan 18.00 ga qadar qabulga oid barcha savollarga javob beradi.

@NUU_students
👍4
❗️Talabalar ham abituriyentlar kabi OTMga hujjat topshira oladi

OTMlarda o‘qishni xohlagan barcha, hujjat topshirishi mumkin. Hatto talaba bo‘lsa ham.

Talabalar ham OTMga hujjat topshirishlari mumkin, lekin agar hujjat topshirgan OTMlariga o‘qishga kiradigan bo‘lsa, bir vaqtning o‘zida 2 ta joyda o‘qishning imkoni yo‘q.

Sababi talabaning hujjatlari asli o‘zi o‘qiyotgan OTMda saqlanishi lozim. Tabiiyki, hujjatning asli bitta bo‘ladi va talaba shuning uchun ham bitta OTMda tahsil olishi kerak.

@NUU_students
👍9🔥4👎3🥰2
Abituriyentlarga umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat bo‘yicha ball berish tartibi

✅ Hukumat qarori (12.10.2020, №646)ga asosan abituriyentlarga berilgan sertifikatga muvofiq mutaxassislik fanidan maksimal yoki tabaqalashtirilgan (proporsional), majburiy fanlardan esa maksimal ball berilishi belgilangan. Bunda:

❗️2024-yil 1-martgacha berilgan sertifikatlarga (sertifikatning amal qilish muddati doirasida):

❇️ Sertifikat bali 86 va undan yuqori ball bo‘lganda abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

❇️ Sertifikat bali 60 balldan 86 ballgacha bo‘lganda abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

💡Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

❗️2024-yil 1-martdan keyin berilgan sertifikatlarga (Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-yanvardagi 17-son qaroriga asosan):

❇️ A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentlarga test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ball beriladi;

❇️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentlarga mos ravishda sertifikatdagi umumiy ballga nisbatan foiz asosida test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

💡 Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.

✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

@NUU_students
👍3
❗️Rasman: 5 ta fan, 90 ta test, 3 soat vaqt! Maksimal ball 189 bo'ladi!

👉 Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

➖ Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

➖ Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

➖ O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.
✅ Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.


👉 Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

➖ 1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
➖ 2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
✅60 ta savoldan jami 156,0 ball.

⏳ Umumiy holda, abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. 90 ta test uchun ajratiladigan vaqt esa 3 soat.

@NUU_students
🔥8👍1
❗️2 mingta grant uchun xotin-qizlarga tavsiyanoma berishning oxirgi muddati — ertaga

Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

@NUU_students
👍6
Fanlar majmuasi yangi.pdf
541.1 KB
❗️Fanlar majmuasiga o'zgartirish kiritildi

2024/2025-o‘quv yili uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgan holda qayta tasdiqlandi.

@NUU_students
👍2
❗️Talabalari xorijda o‘qiyotgan davlatlar orasida O‘zbekiston 5-o‘rinda qayd etildi

O‘zbekistonning qariyb 110 ming talabasi chet elda tahsil olyapti. Dunyo miqyosida oxirgi 20 yilda o‘qish uchun xorijga ketganlar soni 2,2 milliondan 6,39 millionga yetgan.

Maʼlumotga koʻra, eng koʻp talabani oʻz bagʻrida jamlagan davlat AQSh boʻlgan. Bu davlatga 2021-yilda 833 ming nafar xorij talabasi oʻqish uchun borgan.

Quyida 5 ta eng koʻp xorij talabalarini qabul qilgan davlatlar keltirilgan:
1) AQSh – 833 ming nafar;
2) Buyuk Britaniya – 601 ming nafar;
3) Avstraliya – taxminan 378 ming nafar;
4) Germaniya – 376 ming nafar;
5) Kanada – 318 ming nafar.


@NUU_students
👍13
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Hujjatlarni onlayn topshirishda nimalarga alohida eʼtibor qaratish lozim?

@NUU_students
👍1
❗️Sirtqi ta'lim shakli yopilgan ta'lim yo'nalishlari mavjud

@NUU_students
❤5👍3
❗️"Perevod" qabuli boshlanishiga 35 kun qoldi

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlari, Respublikadagi xususiy va xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:

👉 ariza;
👉 reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
👉 Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).

Imtihonlar test (alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yoʻnalishlari uchun mutaxassislik fanlaridan kasbiy-ijodiy) shaklida bo'lib o‘tadi.

Maxsus sinov natijasi davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shakliga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.

OTMlarning magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini davlat OTMlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

@NUU_students
👍3
❗️Yoshlar daftariga kiritilgan xususiy oliygoh talabalarining 17 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

➖ Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
➖ Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
➖ Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖ Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
➖ Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
➖ Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖ Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
➖ Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

👉 bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;

👉 magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.

Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (17.000.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarlarga amal qilmaydi:

➖ ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
➖ qo‘shma taʼlim dasturlari;
➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

@NUU_students
👍5👎3❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️2024/2025 oʻquv yili qabulida abituriyentlar uchun davlat granti yoki taʼlim yoʻnalishi ustuvorligini tanlash imkoniyati saqlanib qoladimi? Batafsil videoda.

@NUU_students
👍1
❗️Nogironligi bor abituriyent qanday imtiyozlarga ega?

Abituriyentlar uchun mo‘ljallangan barcha ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘lishi lozim.

Nogironligi bor abituriyentlar kirish imtihonida qatnashish uchun to‘lanadigan to‘lovdan ozod.

I va II guruh nogironligi bor fuqarolarga umumiy qabul kvotasining 2 foizi miqdorida grant o‘rni ajratiladi. Bu 2 foizlik kvota yo‘nalishlar doirasida taqsimlanadi. Imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent maksimal ballning kamida 30 foizini to‘plashi kerak.

Ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun oliy ta’lim muassasalari tomonidan maxsus imtihon tashkil etiladi.

Nogironligi bor fuqarolarga “Maxsus pedagogika, defektologiya” yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti beriladi.

OTMlarda o‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratilishi kerak.

@NUU_students
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endi kontraktga kirgan talaba 2-kursdan grantga o‘tishi mumkin, grantga kirgani esa kontraktga tushib qolishi mumkin

Oliy ta’limda o‘zgarish: endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga berilmaydi — grantlar har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi

Bundan tashqari, yangi tartibga ko‘ra, muayyan bir yo‘nalishga ajratilgan davlat granti doirasida yuqori ball to‘plagan abituriyent, tanlagan oliy ta’lim muassasasidan qat’i nazar, davlat grantiga tavsiya etiladi. Ya’ni, yuqori ball olgan yoshlar o‘qishga kirmay qolmaydi.

@NUU_students
👍8
❗️Qurbon hayiti munosabati bilan yurtdoshlarimiz necha kun dam olishadi?

Qurbon hayiti kuni hijriy taqvim bo'yicha zulhijja oyining o'ninchi sanasi, joriy yilda 16-iyun yoki 17-iyunga to'g'ri kelishi kutilmoqda.

Hayit 16-iyunga toʻgʻri kelsa, dam olish kunlari quyidagicha boʻladi:


↪️15-iyun, shanba — 5 kunliklar uchun dam olish, 6 kunliklar uchun ish kuni;
↪️16-iyun, yakshanba — Qurbon hayiti;
↪️17-iyun, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to'g'ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko'chiriladi);
↪️18-iyun, seshanba — barcha uchun qo'shimcha dam olish kuni (Prezidentning 22.12.2023 yildagi PF-213-sonli farmoniga asosan).

@NUU_students
👍14❤2👎2
❗️Rasman: Qurbon hayiti 16-iyun, yakshanba kuni nishonlanadi

2024 yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16 iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. 

@NUU_students
👍9❤3