O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
487 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Kirish imtihonlari 14 iyuldan boshlanishi mumkin

Bu yil ham OTMlarga test sinovlari 14–25 iyul oralig'ida o'tkazilishi mumkin. Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi vakili Jamshid Odilov ma'lum qildi.

Imtihon binolari ro'yxati shakllantirilgan. Aniq sanalar ariza topshirish yakunlanganidan so'ng e'lon qilinadi.

@NUU_students
👍11
❗️Bu yil ham magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

Kvota to‘g‘risidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berish qayd etilgan.

Kontrakt pullari hech qanday qaytarish shartlarisiz to‘lab beriladi. Buning uchun:

Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishadi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

Ma'lumot uchun: magistratura uchun chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi.

@NUU_students
❤17👍3👎1
❗️Bugundan 1-iyuldan magistraturaga hujjat topshirish boshlanadi!

2025–2026 o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga hujjatlar qabuli 2025-yil 1-iyuldan 30-iyulgacha davom etadi. Qabul jarayonlari magistr.edu.uz platformasi orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.


Ayni paytda O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida 582 ta magistratura mutaxassisligi mavjud. Bu mutaxassisliklarga hujjat topshirish uchun abituriyentlar tanlagan yo‘nalishiga mos milliy yoki xalqaro til sertifikatlariga ega bo‘lishlari zarur.

Til darajalari quyidagicha belgilanadi:

Xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha — kamida C1 daraja

Gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga oid fanlar, jurnalistika va axborot, AKT (axborot-kommunikatsiya texnologiyalari) bo‘yicha — kamida B2 daraja

Boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport yo‘nalishlari bo‘yicha — kamida B1 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikat talab etiladi.

@NUU_students
❤6🔥3👏1
❗️Nodavlat (xususiy) oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliy ta'lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish mumkinmi? 

Agar siz xususiy universitetda o‘qiysiz va o‘qishingizni davlat universitetiga ko‘chirmoqchi bo‘lsangiz, bu imkoniyat mavjud! Har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha ko‘chirish uchun ariza topshirish mumkin. 

✅ O‘qishni ko‘chirish jarayoni: 
1️⃣Ariza topshirish: my.uzbmb.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘ting va kerakli hujjatlarni yuklang (transkript yoki zachotka). 
2️⃣Imtihonlar: 15-20 avgust oralig‘ida test sinovlari bo‘lib o‘tadi. 
3️⃣Natijalar: Test natijasiga ko‘ra ko‘chirish tasdiqlanadi yoki turdosh bo‘lmagan yo‘nalishda kontrakt asosida o‘qish davom ettiriladi. 

Qanday yo‘llar mavjud? 
✅ Turdosh yo‘nalishga – maxsus test topshirish orqali. 
✅Noturdosh yo‘nalishga – kontrakt to‘lovi asosida o‘tish mumkin. 

@NUU_students
❤6
Magistratura-turdosh-yo'nalishlar- 2024.pdf
1.4 MB
❗️2024/2025-oʻquv yili MAGISTRATURAga qabul boʻyicha turdosh oliy taʼlim yoʻnalishlarining roʻyxati

Ushbu roʻyxat orqali qaysi taʼlim yoʻnalishi davlat oliy taʼlim muassasasi MAGISTRATURASI mutaxassisligiga turdosh ekanini bilib olishingiz mumkin.

Shuningdek:

🔹respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar OTM yoki filiallari hamda nodavlat OTM bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi;
🔸turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi.

@NUU_students
❤4
❗️Yozgi smestrdagi dars jarayonlari 21-iyuldan 23-avgustga qadar davom etadi.

Akademik qarzdor talabalar 10-iyulgacha kontrakt.edu.uz sayti orqali to'lov qilishi zarur.

GPA bali 2.80 dan past bo'lgan talabalar kursdan qoldirilishi to'g'risida ogohlantiramiz.

Kredit to'lovi bo'yicha savollar yoki muammo bo'yicha Jurnalistika va o'zbek filologiyasi fakultet binosi 1-qavatda joylashgan registrator ofisga murojaat qilishingiz mumkin.

@NUU_students
🔥3👎1
❗️Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali) tahsil olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

@NUU_students
❤1
❗️Ikkinchi va undan keyingi(ikkinchi mutaxassislik) ta'limga hujjat topshirish har yili 10-iyuldan boshlanadi.

Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

Qabul natijalari har yili 30-avgustgacha OTM tomonidan eʼlon qilinadi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimda oʻqish 2-kursdan boshlanadi. Bunda oʻqish davomiyligi tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari uchun belgilangan muddatdan bir yilga kam etib belgilanadi.

Nizom oliy harbiy taʼlim muassasalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qabul kvotalari va imtihonlar haqida o'qishga topshirmoqchi bo'lgan oliy ta'lim muassasangiz orqali bilib olishingiz mumkin.

@NUU_students
😁1
❗️Kasbiy (ijodiy) imtihonlar uchun ruxsatnomalar e’lon qilindi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar respublika bo‘yicha 52 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkaziladi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonning aniq sanasi, vaqti va manzili ko‘rsatilgan ruxsatnoma abituriyentning shaxsiy kabinetida (my.uzbmb.uz saytida) e’lon qilindi.

Diqqat! Abituriyentlardan shaxsiy kabineti orqali kasbiy (ijodiy) imtihon ruxsatnomasini yuklab olish va imtihon o‘tkaziladigan joyga belgilangan vaqtdan bir soat oldin yetib borish so‘raladi.

@NUU_students
❤3
❗️Ta’lim granti tanlovi uchun arizalar qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga asosan davlat grantlarini qayta taqsimlash tartibi belgilangan.

Ta’lim granti tanlovida 2024/2025 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan birinchi kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.

Ta’lim grantiga talabgorlar https://grant.nuu.uz/ elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan holda ariza topshirishlari lozim.

Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki 20-iyuldan keyin murojaat qilgan, shuningdek, ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalar ta’lim granti tanlovida ishtirok eta olmaydi.

Savollar yoki ro‘yxatdan o‘tishda muammolar bo‘lsa Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.

Manzil: (Avvalgi) O’zbek filologiyasi fakulteti binosi, 1-qavat.

@NUU_students
❤9👍2👏1
Eslatma: Fanlardan qarzdor boʻlgan barcha kurs talabalariga 10-iyulga qadar toʻlov qilib yozgi semestrda oʻqishga ruxsat berilgan.

@NUU_students
❗️Ikkinchi mutaxassislikka qabul 10-iyuldan boshlanadi

Hukumat qarori (606-son, 24.09.2021 y.) bilan Oliy taʼlim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi taʼlimni olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ko'ra: oliy maʼlumotga ega boʻlgan bakalavr (diplomli mutaxassis) darajasiga ega shaxslar bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimni olishlari mumkin.


Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha qabul parametrlari OTM kengashi tomonidan belgilanadi.

Oʻqishga kirish uchun abituriyentlar har yili 10-iyuldan 10-avgustgacha (shu kuni ham) my.edu.uz elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi.

Qabul tartibi (kirish imtihoni shakli, baholash mezonlari, imtihon oʻtkazish muddatlari) har yili 1-iyulgacha OTM rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

@NUU_students
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Magistraturaga qabul boshlandi.

Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi.

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

@NUU_students
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️O'qishni ko'chirish uchun ariza qabuli 15-iyuldan boshlanadi

Bu haqida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot kotibi brifingda ma`lum qildi. Vazirlar Mahkamasining 20.06.2017 yildagi 393-son qaroriga muvofiq, 15-iyuldan OTMlarda o‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanadi.

O‘qishni ko‘chirish uchun arizalar Bilimni baholash agentligining my.uzbmb.uz sayti orqali 5-avgustga qadar qabul qilinadi. O‘zbekistonning o‘zidagi xorijiy va xususiy OTM talabalari ham davlat OTMiga o‘tish uchun imtihon topshiradi.

O‘tish ballini to‘plolmaganlar "super-kontrakt" bilan qabul qilinishi mumkin. Abituriyentlarga o‘qishga kirishda beriladigan imtiyozlar "perevod"chilar uchun amal qilmaydi.

@NUU_students
❤9👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi

2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.

Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

@NUU_students
❤2😁1
❗️Talabalar murojaatini inobatga olib yozgi semestr uchun roʻyxatdan oʻtish va toʻlov qilish muddati 12-iyul 23:00 gacha uzaytirildi. Yozgi semestr uchun kontrakt.edu.uz saytidan ariza elektron yuboriladi.

@NUU_students
❤8😁2
❗️Ta'lim shaklini o'zgartirish tartibi haqida

Oliygoh ichida faqat ta'lim shaklini o'zini o'zgartirish – Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin.

Bir davlat oliygohidan boshqasiga ta'lim shaklini o'zgartirib ko'chirish – vazirlik xulosasiga ko'ra amalga oshadi (bir davlat OTMdan boshqasiga perevod uchun uzrli sabab kerak);

✅ Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Xorijiy, nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ta'lim shaklini o'zgatirib ko'chirishda – testdan yetarli ball to'plab o'qishi ko'chirilsa, ta'lim shakli bo'yicha xulosani ko'chirayotgan OTM moddiy texnik bazaga qarab o'zgartirishi mumkin;

Nodavlat oliygohlardan boshqasi – ko'chirayotgan OTM hal qiladi

Nodavlat oliygohning o'zida ta'lim shaklini o'zgartirish – OTM komissiyasi xulosasiga asosan amalga oshiriladi.

@NUU_students
❤6👍1
❗️Yozgi semestr uchun ro'yxatdan o'tgan lekin to'lov qilib ulgurmaganlar uchun to'lovlarni to‘liq amalga oshirishning oxirgi kuni 16.07.2025

@NUU_students
❤3
❗️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-oʻquv yili uchun xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan talabalar oʻqishini respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish boʻyicha oʻtkaziladigan maxsus sinovlar boʻyicha oʻtish ballari tasdiqlandi.

Ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirildi.

@NUU_students
❤2
Bakalavr grant 4 yillik.pdf
1.4 MB
❗️Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun 4 yillik davlat granti

2025/2026 va kelgusi uch o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlari bakalavriatning KUNDUZgi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi (granti) parametrlari:

▪️ 2025/2026-o‘quv yili uchun – 35 500 ta;
▪️ 2026/2027-o‘quv yili uchun – 36 023 ta;
▪️ 2027/2028-o‘quv yili uchun – 36 460 ta;
▪️ 2028/2029-o‘quv yili uchun – 36 761 ta.

@NUU_students
❤2