O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
487 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Ayrim oilalarning talaba qizlariga maxsus stipendiya to'lanadi

Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-iyundan “qizil” toifaga kiritilgan oilalarning “a'lo” baholarga o'qigan talaba qizlariga bazaviy stipendiyaning 2 baravari miqdoridagi maxsus stipendiya to'lanadi.

2025-yil 1-sentabrdan umumiy o'rta ta'lim muassasasining uzaytirilgan kun guruhlariga qatnaydigan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kambag'al oilalar farzandlari uchun alohida kvota ajratiladi va ular ota-onalar to'lovidan ozod etiladi.

2026-yil 1-yanvardan kambag'al oilalarning “a'lo” baholarga o'qiydigan farzandlarining O'zbekiston kasaba uyushmalari federasiyasi tizimidagi oromgohlarda dam olishi va sog'lomlashtirilishi xarajatlari to'liq qoplab beriladi.

@NUU_students
👍6🔥1
❗️2024-yilda eng ko'p daromad ko'rgan OTMlar

Top-10 davlat OTMlari (jami daromad boʻyicha):

✔️ Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 927,5 mlrd soʻm;

✔️ Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti — 574,6 mlrd soʻm;

✔️ Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti — 475,9 mlrd soʻm;

✔️ Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti — 473,9 mlrd soʻm;

✔️ Jizzax davlat pedagogika universiteti — 423,9 mlrd soʻm;

✔️ Chirchiq davlat pedagogika universiteti — 398 mlrd soʻm

✔️ Fargʻona davlat universiteti — 389,5 mlrd soʻm

✔️ Urganch davlat universiteti — 363,9 mlrd soʻm

✔️ Buxoro davlat universiteti — 329,2 mlrd soʻm

✔️ Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti — 327,9 mlrd soʻm

@NUU_students
👍17😁3
❗️1-sentyabrdan stipendiyalar oshiriladi

Qozog’istonda 1-sentabrdan boshlab talabalar uchun stipendiyalar miqdori oshirilishi ma’lum qilindi))

@NUU_students
😁67👎19🏆2
Unical ERP kompaniyasi sotuv menejeri va operator qiz-yigitlarni jamoasiga chaqiradi

Xodimni vazifalari:

- Mijozlarga qo‘ng‘iroq qilish.
- Mijozlarni Unical ERP sotuv menejerlari bilan uchrashuvga taklif qilish va kelishini ta'minlash.
- Mijozlarga kompaniyamiz xizmatlari haqida qisqacha ma'lumot berish.
- Qo‘ng‘iroqlar natijasini tizimga kiritish va hisobot berish


Talablar:
Yaxshi muloqot qobiliyatiga ega bo‘lish.
- Telefonda mijozlar bilan samimiy va professional suhbat olib borish.
- Mas'uliyatli va o‘rganishga tayyor bo‘lish.

Biz taklif qilamiz:

- Yaxshi ish sharoiti va do‘stona jamoa.
- Barqaror oylik ish haqi va bonus tizimi.
- Kasbiy o‘sish imkoniyati.
- O‘quv va trening dasturlarida qatnashish imkoniyati.

Ish vaqti:

- Haftaning 6 kuni, 10:00 dan 19:00 gacha.
- Dam olish kuni: yakshanba.

Ish turi: Oflayn (viloyatda ham kelib ish o'rganib ketib ishlash mumkin)
Ofis: Chilonzor metroga 10 minutlik piyoda boriladi

Oylik: 3miliondan 10 miliongacha tajribaga qarab kelishiladi

Bonuslar:
— Bepul tushlik
— Qulay ofis
— Reja bajarilgani uchun bonuslar va daromad

Ishga topshirish uchun quyidagi formani to'ldiring: https://forms.gle/UnJt5cq3b2x5UpC18
👍4❤1👏1😁1
Eco Expo Central Asia 2025 doirasida yashil startaplar ko‘rgazmasi

UEnter O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan Eco Expo Central Asia 2025 doirasida yashil startaplar pavilyoni tashkil etmoqda.

Ko‘rgazmada ishtirok etish uchun yashil texnologiyalar yo‘nalishida (GreenTech) faoliyat yuritayotgan startaplar taklif etiladi.

Tanlab olingan ishtirokchilarga quyidagi imkoniyatlar taqdim etiladi:

📣 Yashil startaplar pavilyonidan individual stend olish
🇯🇵 Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan dunyodagi eng yirik Expo 2025 Osaka ko'rgazmasiga tashrif buyurish uchun yo'llanma yutib olish
🎤 Startapingizni investorlar va xalqaro fondlar oldida taqdim etish
👥 Ishlab chiqaruvchilar va biznes vakillari bilan B2B uchrashuvlar o‘tkazish

Ariza topshirishning so‘nggi muddati:
2025-yil 5-iyun

Ariza yuborish

📅 Sana: 2025-yil 19-21 iyun
📍 Manzil: CAEx, Toshkent

@uenteruz

Telegram | Instagram | Facebook | Website
❤1
❗️Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.

Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.

@NUU_students
❤1
❗️Rasman: Qizlar uchun Grantga tavsiyanoma berish boshlandi

— Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari doirasida ajratiladigan o‘rinlar uchun tavsiyanoma olish maqsadida talabgorlardan arizalar 30-maydan 8-iyunga qadar https://tavsiyanoma.ijro.uz ( https://xotin-qizlar.uz ) platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi.

❓Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

• Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
• Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
• Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
• 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
• Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
• Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

Tavsiyanoma egalariga qachon yetkaziladi?

Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi va 14-iyungacha elektron shaklda tayyor qilinadi. 15-iyungacha tavsiyanomaga loyiq ko‘rilgan hamma talabgorga o‘z tavsiyanomasi yetkaziladi.

@NUU_students
❤3👍2👏1
❗️O'qishni ko'chirish bo'yicha bu yil quyidagi platformalar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi

15-iyuldan 5-avgustga qadar:

👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

@NUU_students
❤3🔥1👏1
Bakalavr_turdosh_2024.pdf
1.8 MB
❗️Turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati

Ushbu faylda balalavriat ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori bo‘yicha turdosh taʼlim yo‘nalishlari ro‘yxati keltirilgan.

O'qishini ko'chirmoqchi bo'lganlar ushbu ro'yxatdan foydalanishlari tavsiya etiladi. Yo‘nalishlar jami 32ta turdosh guruhlarga ajratilgan.

Bir guruhda bo'lgan ta'lim yo'nalishlari o'sha guruhdagilar uchun turdosh hisoblanadi va biridan boshqasiga o'qishni ko'chirish mumkin.

@NUU_students
❤2🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi

Bu haqda Prezident farmoni imzolangan.

Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Qonunchilik palatasidagi hisobotida mazkur hujjat yaqin soatlarda e’lon qilinishini ma’lum qildi.

@NUU_students
😁12🔥5❤3👍1
❗️2025/2026-o'quv yili magistraturaga qabul qilishda talabgorlardan talab qilinadigan xorijiy til sertifikatlar roʻyxati yangilanishi kutilmoqda.

@NUU_students
👍13❤2
❗️2-semestr qayta topshirishlar 16-iyundan 28-iyungacha. Qayta topshirish jadvallari yaqin kunlarda tashlab beriladi.

Yozgi o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshirish muddati (1-semestr)dan qolgan fanlar uchun 28-iyungacha, (2-semestr) dan qolgan fanlar uchun 10-iyulgacha. To‘lovlarni amalgan oshirgandan keyin Talabalar ofisidan ruxsatnoma olib dekanatga taqdim qilish kerak.

@NUU_students
❤7
❗️Sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmaydi

Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul tugatildi.

Mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi.

@NUU_students
❤20👎1🤔1
❗️Quyidagi abituriyentlar imtihonsiz o‘qishga kirish imtiyoziga ega:

Imtihonsiz davlat granti asosida
➖ Harbiy qism qo‘mondonligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining tavsiyanomasiga ega abituriyentlar;
➖ Harbiy xizmatchilarning farzandlari;
➖ Ichki ishlar organlari xodimlari farzandlari;
➖ Bojxona organlari xodimlarining farzandlari;
➖ Respublika va xalqaro sport musobagalari g‘oliblari;
➖ Respublika va xalqaro shaxmat va shashka turnirlari g‘oliblari;
➖ Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureatlari;
➖ “Nihol” mukofoti sohiblari;
➖ Madaniyat vazirligining respublika ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari;
➖ ”Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sohiblari;
➖ “Tarbiyachi” respublika tanlovi g‘oliblari;
➖ “Hamshira” respublika tanlovi g‘oliblari;
➖ O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol aʼzolari;
➖ Xalqaro olimpiadalar g‘oliblari;
➖ Prezident maktablari bitiruvchilari.

Imtihonsiz kontrakt asosida
➖ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar va ijod maktablarining bitiruvchilari;
➖ “Zakovat” intellektual o‘yini g‘oliblari;
➖ Profilaktika inspektorlari.


@NUU_students
👎17❤7👍6😁2
❗️Endi 2-mutaxassislik bo'yicha ham sirtqi ta'limga qabul jarayonlari amalga oshirilmaydi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari sirtqi ta’lim shakli tugatilishi yuzasidan fuqarolar va jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javob berdi.

SAVOL: Ikkinchi mutaxassislik uchun sirtqi ta’lim shakli saqlanib qolinadimi? Yoki unda ham yopildimi?

JAVOB: 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab ta’limning sirtqi shakliga qabul to‘liq tugatilishi ta’limning barcha yo‘nalishlariga, jumladan, ikkinchi mutaxassislikka ham taalluqlidir.

Shu munosabat bilan, ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha ham sirtqi ta’lim shaklida yangi qabul amalga oshirilmaydi. Ushbu yo‘nalishda ta’lim olishni istovchilar uchun kunduzgi, masofaviy yoki kechki ta’lim shakllarining mavjud ta’lim yo‘nalishlari tavsiya etiladi.

Shu bilan birga, avvalgi yillarda sirtqi ta’lim shaklida ikkinchi mutaxassislikka qabul qilingan shaxslar tahsilni belgilangan tartibda davom ettiradilar.

@NUU_students
👎4❤2👍2
​❗️O'qishni ko'chirish (perevod) qabuli boshlanishiga 28 kun qoldi!

Xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo‘lgan OTMlari, Respublikadagi xususiy va xorijiy OTM filiallaridan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Oʻqishni koʻchirish uchun arizalar 15-iyuldan 5-avgustga qadar qabul qilinadi.

Kerakli hujjatlar:
👉 ariza;
👉 reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxasi;
👉 Akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).
Imtihonlar test (alohida iqtidor talab etiladigan ta'lim yoʻnalishlari uchun mutaxassislik fanlaridan kasbiy-ijodiy) shaklida bo'lib o‘tadi.

Maxsus sinov natijasi davlat komissiyasiga taqdim etiladi va fuqaro davlat komissiyasi qarori bilan ko‘rsatilgan o‘quv shakliga to‘lov-kontrakt asosida ko‘chiriladi.

Magistraturada tahsil olayotgan talabalar o‘qishini davlat oliygohlariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmaydi.

@NUU_students
❤2👍1🔥1
Sertifikat magistratura 2024.pdf
6.4 MB
❗️Magistratura va doktorantura uchun talab etiluvchi sertifikatlar ro'yxati

➖ Qaysi yo'nalishga C1 shart?
➖ Qaysi yo'nalishga B2 kerak?
➖ Qaysilariga B1 ham bo'ladi?

2024-2025 o‘quv yili Magistratura mutaxassisliklariga kirish uchun chet tili sertifikatlari yo‘nalishlar kesimida taqdim etilmoqda.

@NUU_students
👍6❤3
❗️Bu yil ham magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

Kvota to‘g‘risidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berish qayd etilgan.

Kontrakt pullari hech qanday qaytarish shartlarisiz to‘lab beriladi. Buning uchun:

Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishadi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

Ma'lumot uchun: magistratura uchun chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi.

@NUU_students
👍1
❗️O'qishni ko'chirish jarayonlari boshlanishiga ham oz qoldi.

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:

➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

Arizalar qachon beriladi?

● O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi.
● Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor:

■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;

■ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin.

O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

● ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;
● reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari;
● ichki perevod bo'lsa asoslantiruvchi hujjat;
● pasport yoki ID nusxasi.

Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin:

✅akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar;

✅mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga;
OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;

✅1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar;

✅OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;

✅kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda;

✅talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida;

✅grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida;

✅OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda;

✅maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘rirmoqchi bo‘lganda;

✅kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;

✅ talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa.

Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul kvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak.

Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi.

Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.

@NUU_students
❤5
❗️Magistraturaga hujjat topshirish qachon boshlanadi?

➖ Amaldagi qonunchilikka ko'ra, 1-iyul kunidan rasman magistraturaga uchun qabul jarayonlari boshlanadi va 30 iyul kuniga qadar davom etadi.

Ariza topshirish uchun quyidagi sayt orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:

Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Eslatma: joriy yilda faqat bir marta yozda qabul bo’ladi, qishki qabul tashkil etilishi haqida hozircha hech qanaqa gap-so’z yo’q.

@NUU_students
❤3